6- amaliy mashg’ulot
Mavzu: Undov va taqlid so’zlar, modal so’zlar
1-ish turi. Quyidagi savol va topshirqlarni bajarib, bilimingiznii tekshirib ko’ring.
1. Undov so’zlar deb nimaga aytiladi?
2. Undovlarning ma’no jihatdan qanday turlari bor?
3.Taqlid so’zlar deb nimaga aytiladi?
4. Tovushga va holatga taqlidni bildiruvchi so’zlarni misollar orqali izohlang.
5. Taqlid so’zlar gapda qanday sintaktik vazifa bajaradi?
6.Modal so’zlar deb nimaga aytiladi?
7. Modal so’zlar qanday ma’nolarni anglatadi?
2- ish turi. O’qing, undov so’zlarni topib, ma’no va grammatik xususiyatini tushuntiring.
1. Qulluq, qulluq, o’rtoq vakila, hovlidagilarga men o’zim yaxshilab tushintirib qo’yaman. (C. An.) 2. «Xo’sh?» - dedi Hasan yo’lda, - demak, sen shifokor bo’lmoqchisan?» (Iboxon.) 3. Ha, barakalla! Ana endi chinakam frontchi qiz bo’ldingiz. (Z. Fatxullin.) 4. O, do’stlar, bilasiz baxt uchun kurash Necha- necha asr davom etganin. (U.) 5. Hovlida qiy – chuv, chapak bo’roni avjga chiqdi. (O.) 6. Qo’sh ho’kizim, juft mugizim, Omochni tort, chu! (Mirt.) 7. Calom, ey laylivash mahbubam, assalom, muhabbatim! (M. Qoriyev.)8. «Voy – bo’ – o’... – dedi Mohidil cevinchi toshib, - shuncha gul – a! » (J. Abd.)
3- ish turi. O’qing, undovlarni topib, turlari va gapdagi vazifasini ayting. Avval emotsional undov qatnashgan, keyin buyruq – xitob undovi qatnashgan gaplarni ko’chirib, undovlarning tagiga chizing.
1.Qanot yozib uchdik, go’yo «Ofarin!» deb boqdi dunyo. (E. Rahim.) 2. – O –o- o ... ish chatoq, Nazirqul! – dedi u tizzasiga shapaloqlab osmonga qarab qolib. (N.C) 3. Voy – vo’, hamma yoq gul. (H.F.) 4.O’hho’, juda faol bo’lib ketibsan – ku! (G’. G’.) 6. Xushvaqt suruvni ... qo’raga haydamoqchi bo’ldi: «Qur – ey, qur – ey». (C. Nurov.)
4-ish turi. O’qing, undovlarni aniqlang. Tuzilishiga ko’ra turini (sodda, takrorlangan, juft, qo’shma) ayting.
1. «Pisht», dedi. Haligi ikkita cho’g’ yo’q bo’ldi-qoldi. (S. An.) 2. Ho’h-ho’, papkayam juda qalinku! (S.An.) 3. O’h, o’h, o’h! Juda yarashibdiku, Xumorxon! (A.Q.) 4. Necha marta oldingga kirdim. Ho, rais, chorvaga ahamiyat ber, ho rais... – deb orqangdan ergashib yurdim. (I.R.) 5. Eh, Komil, Komil, qachongacha oyog’imga tushov, yo’limga g’ov bo’lasan! Ana, ana chiroq... Ana Botirning signali. Kelyaptilar.Yo’lini to’smasang, to’ppa-to’g’ri uyiga qarab ketishi mumkin. (I.R.) 6. Kunlardan bir kuni Saidg’ozi Ashir bilan gaplashib o’tirib: “Ho’, u kuni raisning oldida ranging o’chib ketdi, nima balo?”- deb qoldi. (S.An.)
5- ish turi. O’qing, taqlid so’zlarni topib ularning o’ziga xos leksik-grammatik xususiyatini, nimaga taqlid qilinganini ( taqlid ob’ektini ) izohlang.
1 Taqa-taq... taqa-taq... Taqa –tuq... taq-taqa-tuq... Poezd pishqirib olg’a chopardi. (N.S.) 2.Qo’rqqanimdanmi yoki sovuqdanmi qalt-qalt titrab sekin so’radim.(N.S.) 3. ... Og’zini katta ochib, esnab olib, so’ng “ miyov-miyov” lab dadamning pinjiga kiradigan Mosh ham sandalni tark etgan edi. ( N.S.) 4. Nazira oldinga qadam tashlamoqchi bo’lgan ediki, uning ko’z oldidan bir narsa lip etib o’tib ketdi. ( N. Biryukov.) 5. Bo’ron Mirniy ustida g’uvv, g’uvv, g’uvv deb na’ra tortyapti. ( Yu. Smuul.) 6. Hasana oyog’idan kavushini yechib turib ursa ham, u kishi hingir-hingir kulardi. ( M. Rasvo.) 7. Maysazorni oralab... Bir ona tipratikan O’rmalar dikong-dikong.( P. Ne ‘mat.)
6- ish turi. O’qing, taqlid so’zlarni topib, turlarini ayting. Gap bo’lagi sifatida qo’llangan taqlidiy so’zlarni o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan birga ko’chiring.
1. Ter oqardi manglaydan duv-duv. (Mirm.) 2. Nog’oraning serzavq taq- tumi Sari kabi chulg’aydi qaddin. ( Mirm.) 3. Gup, gup, gup, gup... uradi dizel. (Mirm.) 4. Olimjon tut va teraklardan chirt -chirt etib duv to’kilayotgan yaproqlarga ko’milib bir lahza xayol surib turdi. (H.N.) 5. Daryoning narigi tomonidagi ufqqa qadar quloch yoygan qumliklar jimir-jimir qiladi. (J. Abd.) 6. Choy qog’ozini burdalab tashlagandek oy tangalari suv betida milt-milt oqadi.(S. Ahm.)
7- ish turi. O’qing, yakka va takrorlangan holda qo’llangan taqlid so’larni topib, ma’nosidagi farqni va gapdagi vazifasini ayting; ularni ikki ustun shaklida yozing.
1. Tashqarida ot tuyoqlarining dupuri eshitildi.(O.Yo.) 2.G’ir – g’ir esar edi kuzgi shabada, Chirt – chirt etib tushar edi yaproqlar.(S. Nazar). 3.Shirr... etganda o’t tushmasin zinhor Paxtakorning anor bag’riga. (Mirm.) 4. Hovlida yugur-yugur boshlahgan, shivir- shivir ovozlar eshitilar, eshiklar sharaq- shuruq ochilib -yopilar edi. (O. Yo.) 5. Mo’rilardan tutun burqadi, Gur-gur yonar qoq g’o’zapoya. (Mirm.)
8- ish turi. O’qing. Otlashmagan va otlashgan taqlid so’zlarni topib, ularni o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan birga ko’chiring. Taqlid so’zlardagi egalik, kelishik affikslarining tagiga chizing.
1 Mayna uyda yolg’iz o’tirib uy tomini chertayotgan yomg’irning takir-tukurini tinglardi. Takir-tukur yana zo’raydi.( Sh. Toshmatov.) 2. Teshalarning taqir-tuquri, quruvchilarning baqirib – chaqirganlari, hatto havoni qoplagan to’zon ham Navoiyga lazzat bag’ishlardi.(L. Bat.) 3. U klub va choyxonadan o’tgach, o’zidan bir oz narida g’arch-g’urch bosib ketayotgan bir necha hasharchilarni ko’rdi. (O.) 4. Suvning shildir-shildiri kuchaydi. (S. Ahm.) 5. Hech kutulmaganda katta ko’cha tomondan nog’oraning taqa-tumi eshitilib qoldi. (P.T. ) 6. U duxobaday mayin, shirali ovozi bilan so’zlarkan, plyonkalar shivirlab aylanar, fotoapparatlarning chaqmoqlari yilt-yilt yonib-o’char , avtoruchkalar oq qog’ozlardan qitirlardi.
(H.G.) 7. Bolaxona bo’g’otlaridan musichalarning huv-huvi, popushaklarning kukusi eshitila boshladi. (P.T.) 8. Oq-sariq yuzli, oqish- sarg’ish sochli ozg’ingina kapitanning komandasi bilan yigitlar apil-tapil safga tizila boshladilar. (H.G’.).
9- ish turi. O’qing . Yuklama va modal so’zlarni topib , ular orasidagi o’xshash va farqli tomonlarni izohlang.
1. Odam qo’ligina odamga abadiy haykal qo’yishiga ana o’shanda ishonganman . (S. Ahm.) 2. Aftidan, eshelon bu yerda to’xtamaydi. (I.P.) 3. Xuddi shu payt salomxona eshigi ohista ochilib, ustod ko’rindi. (O.Yo.) 4. Hali xabaringiz yo’qmi? Asrora opam kasalxonadalar-ku. (S.Ahm.) 5.Bizning faryodimiz hatto ota-onalarimizning ham qulog’iga kirmas edi! (A.Q.) 6. Mana, nihoyat , Dildorning qorasi ko’rindi. (S. Ahm.)
10- ish turi. O’qing, yuklama va modal so’zlarni topib, alohida-alohida ko’chiring, turlarini qavs ichida ko’rsating.
1. Toshkentdan kelgan har xil mutaxassislar proektni tuzish uchun ertagayoq cho’lga safar qilishadi. (O.) 2. Darhaqiqat, bugungi sayr umrbod esda qoladigan bo’ldi. (J. Abd.) 3. Nomini unutmas xalqlar, zamonlar, Jonajon shoirning baxti ham shu-da. (U.) 4. Balki shu turishda dunyoga keladigan yangi-yangi dalalarni, bog’larni, yaylovlarni ko’z oldiga keltirayotgandir? (J. Abd.) 5. Tiq etgan ovoz eshitilmas, faqat shamolda tebrangan terak barglarigina shitirlardi. (L. Bat.) 6. Giyoh unmagan joylarda kichik –kichik gulzorlar, shinam-shinam xiyobonlar, ikki qavatli uylar, hatto ko’chalar ham paydo bo’lgan. (J. Abd.) 7. Bu o’sha faollar majlisining natijasi edi , albatta. (J. Abd.) 8. Nima, men o’zim uchun ishlayapmanmi, rais buva? Boshqalarning ishiga aloqam yo’qmi? (H.G’) 9. Nihoyat, quyosh bulut orasini yorib chiqdi. (S.B.)
11- ish turi. Yuklamalar ishtirok etgan gaplarni ko’chirib, yuklamalarning tagiga chizing, turlari va ma’no xususiyatini izohlang.
1. Xuddi binoga yaqin joyda bir gurih odamlar doira qurib, o’yinlar tusha boshladilar. (J. Abd.) 2.Voy, ilm uvol emasmi, nega ishlamaysiz? Hozirgi zamonda sichqon tutmaydigan mushuk ham odamning ko’ziga xunik ko’rinadi-ya!(A. Q.) 3.”Axir, tug’ilib o’sgan joyingiz Fayzoboddir-ku !” – dedi u. (M. Rasvo.) 4. Ammo tabiatida bir xil kiborlik ham mavzud-ki, bu, shubhasiz, hammaga yoqavermas, hatto, kishida bir oz hayiqish ham uyg’otadi. (J.Abd.)
5.Axir har bir davr o’z romantikasini yaratadi-ki! (J.Abd.)
12- ish turi. O’qing, yuklama va modal so’zlarni topib, morfologik tahlil qiling.
1.Xullas, akasiga teng keladigan yigit yo’qday edi dunyoda. (J.Abd.) 2. Mohidil uchun bu uchrashuv katta mukofot, albatta. (J.Abd.) 3. Aftidan, mustaqil hayot kechirmoqqa ilk bor qadam qo’yish ham kishida hayajon uyg’otar ekan. (J.Abd.) 4. Faqat Mastura xolagina qattiq mehr qo’yganidan, u bilan xuddi bemorga muomala qilganday juda muloyim va ehtiyotkorona so’zlashardi. (J.Abd.) 5. Axir jo’nar paytida xat yozishni ... va’da bermaganmidi? (J.Abd.) 6. Menimcha, ular mashinada ketdilar. (Yu.S.) 7. Xayriyat, shunaqa o’rtoqlaringiz ham bor ekan! (Sh.)
13- ish turi. Badiiy asarlar matni ustida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |