Mavzu: Fe’lning tuzilish jihatdan turlari va yasalishi



Download 151,5 Kb.
bet2/10
Sana07.01.2022
Hajmi151,5 Kb.
#326975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ona-tilidan-mustaqil-ish (1)

2- amaliy mashg’ulot
Mavzu: Ravish. Ravishning turlari.
1- ish turi. Quyidagi savol va topshiriqlarni bajarib, bilimingizni tekshirib ko’ring.
1 Ravish deb nimaga aytiladi?

  1. Ravishning qanday morfologik belgilari dor?

  2. Ravish va sifatning o’xshash hamda farqli tomonlari nimada?

  3. Ravishlarning otlashishini misollar orqali izohlang.

  4. Ravishning qanday ma’no turlari dor?

  5. Ravishlar gapda qanday sintaktik vazifa dajaradi?

  6. Ravishlarda shakl yasalishini qanday izohlaysiz?

2-ish turi. O’qing, ravishlarni topib, ma’nosi, so’rog’i va grammatik xususiyatlarini ayting, o’zi bog’langan so’z bilan birikma tarzida ko’chiring.

1. Ozroq podada yurmasa, biz bunda eplolmaydiganga o’xshaymiz.(S.Azim) 2.Nizomjon u yoqdan- bu yoqqa yuradi, sal tovush kelsa darrov alanglaydi. (S. Azim.) 3. Tilmoch jim o’tirganini ko’rgan O’qilmiyoz xola pastdan luqma tashladi. 4. Qo’shninikiga tomizg’i so’rab chiqqan Xajalxon bir zumda bir talay gap topib chiqdi.(A. Muhriddin.) 5. Kattagina kulrang chamadonini ko’tarib olgan Feruza hozirgina o’zi tark etgan vagon bilan yigirma qadamcha yonma-yon yurib bordi.(H. G’) 6. Qiz etaklarini hilpiratib oldinda shamoldek yelib borardi.(S.A) “Villis” shu erda edi.(A.Q)

3- ish turi. O’qing. Holat ravishlarini aniqlab, so’rog’i va gapdagi vazifasini ayting; ularni o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan ko’chiring?

1. Toshpo’latning yordamchilari birin-ketin kelishdi (N. B.) 2. Gulzordagi anvoyi gullarning yaproqlarini birov erinmasdan bittalab artib chiqqanday (H.Q.) 3.Katta oshxonaga asta kirib ketdi. (H. G’.) 4. Ular yonma –yon o’tirdilar. (H. G’.) 5. Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. (H.Q.) 6. Ashula eshitayot-gan bo’lib, zimdan Chorini kuzatdi. 7. …Yarim kechagacha chuvalchangnamo harflarni o’z qo’li bilan terib, birinchi nuqtani zo’rg’a yozib bo’ldi (A.Q.)
4- ish turi. O’qing, payt va o’rin ravishlarini topib, ma’nosi, qanday so’roqqa javob bo’lishi va gapdagi vazifasini aniqlang. Avval o’qin ravishini, keyin payt ravishini o’zi bog’langan so’z bilan birga ko’chiring.
1.Ertagayoq Abduxalilni Quvasoyga jo’nataman. (S.Ahm.) 2. Qadim-qadimlarda odamlar Mirzacholni “balo cho’li” deb ataganlar. (H. G’.) 3. Tog’a oldinda, Ikromjon keyinda bir-biri bilan gaplashmay katta ko’chaga yetishdi. (S. Ahm.) 4. Hali u yerdan, hali bu erdan gulduros chapaklar eshitiladi. (N.B.) 5. Yashil dala o’rtasidagi seleksiya tajriba stansiyasi uzoqdan dengizlardagi sokin orolga o’xshaydi. (Mirm.)

5- ish turi. O’qing, daraja-miqdor ravishlarini topib, gapdagi vazifasini belgilang.


1. Saroy uchun allaqancha taxta, yog’och, tunuka oldirib qo’ygan. (S. Ahm.) 2. Bir oz sabr qilingiz.(I. R) 3. Samolyot uchishiga hali bir soatdan mo’lroq vaqt bor, shuning uchun skameykaga o’tirdik. 4. Mehmonni uyga olib kir, men otga picha yem tashlab qo’yay. (S.A) 5. Suv sal taqchil bo’lar deyman.(S.A.)

6- ish turi. O’qing, sabab va maqsad ravishlarini topib, ularning farqi va gapdagi vazifasini ayting; gaplarni ko’chirib, ravishlarning turini ustiga yozing.


1. “Atayin qildim,- dedi Asrora,- shaftoli olib chiqolmaydi ”. (S. Ahm.) 2. Dilbar daladan qaytayotib yo’lni yaqin qilish uchun ataylab tutzor oralab kelardi . (S.A.) 3. To’lagan chol noiloj o’rnidan turdi. (S.A.) 4. O’zi bo’lsa qizlar oldidan atayin gerdayib, pisand qilmay o’tadi. (S.A.) 5. Elmurod noiloj indamaslikka majbur bo’ldi.(R.T.) 6. Unsin tog’asining gapiga parvo qilmaydi, jo’rttaga qaddini tag’in ham tikroq ko’tarib o’tib ketaveradi.(O.)


Download 151,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish