8 – amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Sintaktik aloqa vositalari
1-ish turi. Quyidagi savol va topshirqlarni bajarib, bilimingiznii tekshirib ko’ring.
1. Sintaktik aloqa nima?
2. Sintaktik aloqa vositasi sifatida so’z formalarining ahamiyati nimada?
3. Ko’makchi, bog’lovchi va bog’lamalarning so’zlarni bir-biriga bog’lashdagi o’rnini izohlang. Misollar keltiring.
4. Gap bo’laklarining odatdagi va o’zgargan tartibi haqida ma’lumot bering.
5. Intonatsiyaning sintaktik aloqani ifodalashdagi ahamiyati nimada?
2- ish turi. Gaplarni o’qing.Sintaktik aloqalarni ifodalashga xizmat qilayotgan egalik affikslari, kelishik affikslari, shaxs-son affikslarini aniqlang.
1. Men kinoga bordim. 2. Akamning hovlisi - keng. 3. U azoblarga uzoq vaqt chidash berdi, shuning uchun ham o’z baxti va o’zini o’ragan barcha go’zalliklarning qadriga astoydil yeta olardi. (X.K.Andersen.) 4. Uyda hech kim yo’q, oyim ishdan qaytmaganga o’xshaydi. (X.T.) 5. Xorunbekning ovozini hech kim eshitmadi, shekilli. (Mirmuhsin.) 6. U kunlarni tiklar xayolim, Yodga kelar barcha-barchasi . Odamlar, siz mening hayotim, Har biringiz umrim parchasi. (E.V.) 7. Ko’chaning boshida Salimboyvachcha ko’indi. (O.) 8. Men sizning taklifingizga ko’nayin, ammo ko’nishning va rizolikning zaruri qizingizda emasmi? (A.Q.) 9. Bu qasrlarning har biri shu asr ziynati edi. (A.N.) 10. Boburiylar ittifoq bo’lsa, ularga hech kim bas kelolmaydi. (P.Q.)
3- ish turi. Berilgan rasm asosida bog’lanishli matn tuzing. Matndagi sintaktik aloqa vositalarini belgilang.
4- ish turi. Yordamchi so’zlarning sintaktik aloqani ifodalashdagi ahamiyatini izohlang.
1. Men tadbir va urush bilan Eronni yo’lbarslar changalidan qutqarib qoldim. (Firdavsiy.) 2. Odamni yuzaga chiqaradigan ham, qaro yerga kirgizadigan ham farzand ekan. (R.T.) 3. Qoqqan qoziqday qaqqayib turgandan ko’ra yaxshi bo’ldi. (R.T.) 4. Saltanat bu gapni Azizga aytishni ham, aytmaslikni bilmasdi. (O’.U. )
5- ish turi. O’qing. So’z birikmalarini aniqlang. Yordamchi so’zlar vositasida tuzilgan so’z birikmalarinigina ko’chirib, turini ayting.
1. U hamisha oldinga, kamolot sari intildi. Xo’sh, kamolotning o’zi nima ? Kamolot ulkan mehnat va insonga nisbatan chuqur mehr- muhabbatdir. Kamolot kishining o’z iste’dodini yuksaltirishi va bilimini boyitishdir. Eng muhimi shuki, kishi o’zi orttirgan bilimini boshqalar bilan o’rtoqlashmog’i lozim. (L.Bat.) 2. Karimjon bilan ikkalamizga ayvonga joy qilib berishdi. Mayin shamol daraxt yaproqlari bilan so’zlashayotgan kabi, uzoqdan soy shivirlaydi. Qo’rg’onning orqasida bulbul xonish qiladi.Gullarning yoqimli isi dimoqqa uradi. Uyqum o’chib , notanish yellarning sehrli tungi manzarasini tomosha qilib yotdim (S.Yunusov.)
6- ish turi. O’qing. Affikslar yordamida, yordamchi so’zlar vositasida, shuningdek, intonasiya orqali tuzilgan so’z birikmalarini ikkitadan ko’chirib, birikma hosil qilishda ishtirok etgan vositalar tagiga chizing.
1. Iroda insonning qudrati, sevishi va sevilishi, nafrati va quvonchi, vafosi va ishonchi demakdir.(J.Abd.) 2. Navoiy keksa do’stiga Xorazmiyning ’’ Muhabbatnoma”si bilan sandal daraxti po’stlog’ining shirasidan tayyorlangan qimmatbaho dori hadya etdi. (L.Bat.) 3.Turli millatdan tashkil topayotgan bu ulkan oila Qizilqumda haqiqiy do`stlik qasrini o`rnatmoqda edi .(J.Abd.) 4. Davlat ishlarida siz kabi olijanob zotlar qancha ko’p bo’lsa, yurtimiz shunchalik tez ravnaq topgusidir.(L.Bat.) 5. Tepaqo’rg’onda yangragan karnay-surnay ovozlari butun kengliklar sari parvoz qildi. (J. Abd.) 6. Kulgi bir nafas tinmasa ham, vaqt juda sekin o’tmoqda edi. (O.Yo.)
Do'stlaringiz bilan baham: |