1-MAVZU: FAN-TA’LIM TARAQQIYOTIDA INNOVATSION YONDAS’HUV VA ZAMONAVIY TENDENSIYALAR
REJA:
1.1.§
|
Pedagogik innovatikaning paydo bo’lishi va rivojlanish shart-sharoitlari.
|
|
1.2.§
|
Pedagogik innovatikaning mohiyati, maqsad va vazifalari.
|
|
1.3.§
|
Pedagogik innovatikaning nazariy bloklari. Innovasion jarayonning mohiyati va tuzilishi. Yangiliklar kiritishni loyihalash bosqichlari.
|
|
|
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
|
|
|
Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar
|
|
1.1.§ Pedagogik innovatikaning paydo bo’lishi va rivojlanish shart-sharoitlari.
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovasion faoliyat tashkil yetadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o’zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o’ylab topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy innovasion kompyuter, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf yetishgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tdi.
Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga o’zining aks ta’sirini ko’rsatadi. Shu bois ham ana shu ta’sir va bo’shliqning oldini olish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur 2018-yilni “Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb ye’lon qilindi.
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz ilm-fani, yetakchi ilmiy maktablar, birinchi navbatda, yeng yirik va muhim ahamiyatga yega tashkilot – O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida ye’tibor qaratildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ham qabul qilingan farmon va qarorlar yangi tarixiy voqyeliklarga mos keladigan fan-texnika va innovasiya sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish uchun o’ziga xos rag’bat bo’ldi.
XXI asr - texnika va texnologiya asri. Ha, bu nom bejizga berilmadi. Atrof-muhitda sodir bo’ladigan hodisalar uni o’rganishga bo’lgan qiziqishni yanada orttirdi. Bu qiziqish ortidan ilm-fan sohasida misli ko’rilmagan kashfiyotlar paydo bo’ldi va paydo bo’lmoqda. Kundan kunga kishini hayratga soladigan yangiliklar yaratilmoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo’layotgan tezkor o’zgarishlar ta’lim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo yetmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi orqali Respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ta’limda yeng muhim strategik yo’nalish ta’lim muassasalarining innovasion faoliyati hisoblanadi. Bu yesa barcha ta’lim muassasalarida, ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutaxassis kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim maskanlarida innovasion texnologiya ko’rinishida faoliyat olib borish dolzarb masalalardan biri bo’lib kelgan.
Xususan, hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovasion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, ye’tibor kuchaygan.
Innovasion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning yeng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o’zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil yetilishiga sabab bo’ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo’ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo’llanilishi o’qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O’qituvchilarning faoliyati ko’p qirrali bo’lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo’naltiruvchi, tashkil yetuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo’ladi.
Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovasion jarayonlarga qo’shilishini taqozo yetmoqda, o’zini yaratish imkoni mavjud innovasion maydonda ko’rish va yeng muhimi aniq yangiliklarni o’zlashtirishdan iborat.
Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko’rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o’rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o’ziga xos yangilik bo’lib innovasion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovasiya (in-“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi.
Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo’lib faol innovasion harakatni boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo’lga qo’yilgan yedi. Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko tomonidan o’qitishni jamoaviy o’qitish, D.B.Yelkonin, V.V.Davыdov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovasion ta’lim to’g’risidagi qarashlar o’z vaqtida ma’lum ahamiyat kasb yetdi. Shu bilan birga boshqa innovasion ta’lim texnologiyalari: dialektik o’qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o’qitishning individual yo’nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Yekologiya va dialektika” (L.V.Tarasov), yevristik o’qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler, S.Yu.Kurganov), loyihali o’z-o’zini refleksiya (G.P.Shedroviskaya) va bashqalarni keltirish mumkin.
Ilm-fan va ishlab chiqarishni integrasiyalashtirish, xususiy tadbirkorlar va davlat o’rtasidagi hamkorlik, kichik va o’rta innovasion biznesning xalqaro aloqalarini qo’llab-quvvatlash innovasion faoliyatni keng rivojlantirishning muhim shartlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyoning rivojlangan davlatlarida yangiliklarning qariyb yarmi tashkilotlar, kichik va o’rta biznes firmalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Chunonchi, AQSh Milliy ilm-fan fondi ma’lumotlariga ko’ra, kichik firmalarda hayotga tatbiq yetilayotgan yangiliklar soni sarf-xarajatlar birligi bo’yicha o’rta va yirik firmalarga qaraganda ancha ko’pdir. Bundan tashqari, kichik firmalar yangiliklarni jadal o’zlashtirish va iste’molchilarga yetkazib berishda ham yirik firmalarga qaraganda taxminan uchdan bir barobar ilgarilab ketgan.
Universitet va texnika institutlari ishlab chiqarish kompaniyalari va firmalar bilan birgalikda patentlangan ishlanmada o’z ishtiroki ulushini belgilab tadqiqot va innovasion loyihalarni amalga oshirgandagina ilm-fan va ishlab chiqarishning integrasiyalashuv jarayoni katta samara beradi. Yevropa patent idorasi tomonidan berilgan barcha xalqaro patentlarning 85 foizi aynan shunday hamkorlikdagi ishlanmalar ulushiga to’g’ri kelishi ham bejiz yemas.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovasion tizimga yega mamlakatlardagina innovasiya jarayonlari samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va boshqa ilmtalab mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning innovasiya faoliyatini qo’llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga yegadir. Zero, ilm-fan davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan ushbu integrasiya mexanizmining asosini tashkil qiladi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kun innovasion texnologiyalarini ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatli qo’llanilsa, yangi yosh avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib, ulg’aysa, davlatimizning yertangi istiqboli, kelajagi yorqin bo’lishiga shak-shubha yo’q.
Zamonaviy jamiyat o’zining tez va chukur o’zgaruvchan tavsifiga ega bo’lib, bunday o’zgarishlar jamoatchilik tuzilmalari, jumladan, mustaqil davlatlar, shaxe va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar, demografik siyosat, urbanizasiya ja- rayonlarida ko’zga yaqqol tashlanmokda. Ta’lim ham global umumhamjamiyat tuzilmasining alohida tarkibiy qismi sifatida jamiyatda bo’layotgan barcha o’zgarishlarni hisobga olishi, ana shu asosda o’z tuzilishi va faoliyat mazmunini o’zgartirishi zarur.
Bugungi kunda ta’limning jamiyat rivojlanish sur’atlaridan ortda qolayotganligi, ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan texno- logiyalarning zamonaviy talablarga to’liq javob bermasligi haqidagi masala dunyo hamjamiyati tomonidan tez-tez e’tirof etilmoqda. Chunki ta’lim ham ijtimoiylashtirish vazifasini bajaruvchi sifatida jamiyatdagi o’zgarishlar ortidan borishi hamda uning rivojlanishiga o’z ta’sirini o’tkazishi kerak. Birok jamiyat rivojlanishi va ta’lim tizimi o’rtasidagi munosabat murakkab ko’rinishga ega bo’lib, yuqori darajadagi jo’shqinlik bilan farqlanadi. Ta’lim barcha faol va suyet o’zgarishlar ta’sirini qabul qilavermaydi, jamiyatda bo’layotgan voqyealarga esa o’z ta’sirini o’tkazadi. Ana shu nuqtai nazardan ta’limdagi o’zgarishlar faqatgina natija sifatida emas, balki jamiyatning kelgusidagi o’ziga xos rivojlanish shartidir1.
Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko’plab ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormovda. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning yangi soha va bo’limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integrasiya jarayonini vujudga keltirmokda.
Bunday sharoitda, yuqori malakali pedagoglarga bo’lgan talab- lar ortib borib, barkamol avlodni ayerlar davomida shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, fanning fundamental asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada bo’lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo’llash ko’nikma va malakasiga ega ijodkor pedagoglarni tayyorlash talab etiladi.2
Ma’lumki, bugun barcha davlatlar ta’limga imkon qadar ko’p yangilik kiritishga intilmoqda. Bugungi yangiliklar ularga uyushgan, rejali, ommaviy yondashuvni talab etadi. Yangiliklar kelajak uchun uzok muddatli investisiyalardir. Novatorlikka qiziqish uygotish, yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash uchun ta’limning o’zi yangiliklarga boy bo’lishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti xukm surishi lozim. Dna shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda, bugungi kunda pedagogikaning mustaqil sohasi - pedagogik innovatika jadallik bilan rivojlanib bormokda.
Novatorlik va yangilik - madaniyat, ta’lim va umumiylikda jamiyat rivojlanishining ikki jihati. An’analar va yangi- liklarning xilma-xil munosabatlariga tayanib, madaniyatshunoslar jamiyatni an’anaviy va zamonaviyga ajratib ko’rsatishadi.
An’anaviy jamiyatda an’ana novatorlik ustidan hukmronlik qiladi. Zamonaviy jamiyatlarda esa, novatorlik bazali qadriyat sanaladi. “Innovatika” tushunchasi bundan 100 yil avval madaniyat- shunoslik va lingvistikada madaniy diffuziya, ya’ni bir madaniy arealning boshqa hududga tarqalishini asoslab berish jarayonida paydo bo’lgan. “Innovasion jarayonlar” tushunchasining to’liq tavsifi XX asrning boshlarida, aniqrog’i 1911 yilda iqtisodiyotchi I.Shumpeter tomonidan iqtisodiy tizimlardagi o’zgarishlarni taxdil qilishning “yangi kombinasiyasi”ni tahlil qilish jarayonida takdim etilgan. 1930 yilllarda I.Shumpeter va G.Menshlar yangi texnologiya yoki mahsulotdagi ilmiy kashfiyotni tavsiflovchi “innovasiya” tushunchasini fanga kiritishgan. 1970 yillarda zamonaviy postindustrial dunyoning rivojlanish vektorini aniqlab beruvchi “innovasion jamiyat” tushunchasining paydo bo’lishi yangiliklar kiritish haqidagi fanning murakkab, keng tarqalgan sohaga aylanishiga sabab bo’ldi.
Pedagogik innovasion jarayonlar G’arbiy Yevropada 1950 yillarda, Rossiyada 1980 yillarda hamda O’zbekistonda 2000 yil- larda maxsus o’rganish predmetiga aylandi. Bugungi kunda pedagogik innovatika ta’lim sohasidagi innovasion jarayonlarning uch asosiy elementa: pedagogik yangiliklarni yaratash; ularni amaliyotga joriy etash va o’zlashtarish; qo’llash va keng yoyishning birligi va o’zaro aloqadorligi haqidagi fan sifatada e’tirof etiladi.
Bugungi kunda esa, mazkur yo’nalishda qator ishlar amalga oshirilmokda. Hozirgi vaqtda Respublikamizda innovasion loyi- halar tizimining yo’lga qo’yilganligi, innovasiya, innovasion jarayon, innovasion faoliyat, innovasion boshkarish sohalarida qator tadqiqot ishlarining amalga oshirilganligi buning yorqin misolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |