O`ta nozik dispers sistemalar. Bu sistemalarda zarracha radiusi r £10-8 sm bo`lib, modda ion yoki molekula holida dispersion muhitda tarqalgan bo`ladi. Bu sistemalardagi zarrachalarni hatto mikroskop yordamida ham ko`rib bo`lmaydi. O`ta nozik dispers sistemalarni chin (haqiqiy)eritmalar ham deb aytiladi.
Chin eritmalar
Ko`pchilik kimyoviy o`zgarishlar, shu jumladan, texnologik jarayonlar eritmalarda kechadi. Xomashyo va mahsulotlar sifatini nazorat qilish, kimyoviy jarayonlar mexanizmini to`liq o`rganish, moddalarni sintez qilish, ularning xossa va tuzilishlarini aniqlash uchun eng ko`p qo`llaniladigan sistemalar – chin eritmalardir.
Eritma - ikki yoki undan ortiq komponet (tarkibiy qism)dan iborat bo`lgan gomogen sistemadir. Eritmalar ularni tashkil qiluvchi moddalarning agregat holatiga ko`ra qattiq, suyuq, gazsimon holatlarda bo`ladi. Qattiq eritmalar – bo’lar metallarning turli tarkibiga ega bo`lgan qotishmalari (po`lat,cho`yan,dyuralyuminiy, bronza, latun`)va tuzlarning yoki oksidlarning “aralashmasi”- shishalardir.
Gazsimon eritmalarga havo(azot,kislorot ba boshqa gazlardan iborat)va boshqa gazlarning aralashmalari kiradi.
Qattiq va gazsimon eritmalarda qaysi komponentning miqdori ko`p bo`lsa,shu komponent erituvch hisoblanadi. Masalan:cho`yan – uglerod (4% ning temir(96%)dagi eritmasi bo`lsa, havo – azotdagi (78%)kislorod (21%)va boshqa gazlarning eritmasi bo`ladi.
Eng ko`p o`rganiladigan va ko`p uchraydigan eritmalar suyuq eritmalardi.Suyuqeritmalar – asoslar, kislotalar, tuzlar va organic moddalarning suv yoki boshqa suyuq moddalarda erishida hosil bo`lgan sistemalardir. Shu sabali, eritmalar qatoriga ko`pchilik suyuqliklar)suv –spirt, spirt – efir, benzol –efir, asteton – suv, asteton – spirt, benzol –benzin va hokazo)ning o`zaro aralashamalarini kiritish mumkin. Suyuq eritmalarda eritma hosil bo`lish jarayonida agregat holatini o`zgartirmaydigan component erituvchi deyiladi.Shunga ko`ra, suv bilan spirtning aralashuvidan hosil bo`lgan: 40% li spirt eritmasi – spirtning suvdagi (60%) eritmasi bo`lsa,96%li aralashmasi – suvning (4%)spirtdagi(96%) eritmasi deb tushunilish kerak. Masalan:suvda osh tuzi eriganda (miqdoridan qat`I nazar)osh tuzi eriganda(miqdoridan qat`i nazar)osh tuzi kristallari suv ta`sirida kristall holatini yo`qotadi, suv esa suyuq holicha qolaveradi. Shuning uchun bunday eritmalarning barchasida suv erituvchi bo`ladi.
Agar suyuqliklarning o`zaro aralashuvidan hosil bo`lgan eritmalar bo`lsa, miqdori ko`p bo`lgan suyuqlik erituvchi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |