Mavzu:eritmalar. Kontsentratsiya turlari
Erishning fizik-kimyoviy jaroyon ekanligi.Erivchanlik va unga ta`sir etuvchi omillar
Maqsad: Bu mavzuda dispers sistemalar, tarqalish koeffitsenei, kolloid eritmalar, zollar, faza,.
Rеja:
1.Dispers sistemalar va ularning turlari
2.Moddalarning eruvchanligi.
3.Diffuziya hodisasi haqida tushuncha.
4.Salvatlar va gidratlar haqida tushuncha.
5.Moddaning erishida sistema entropiya va entalpiyasining o`zgarishi.
Tayanch iboralar: dispersion muxit, dispers faza, suspenziya, kolloid eritma, chin eritma, zollar, to`yingan, to`yinmagan, o`ta to`yingan eritma.
Matn.
Dispers sistemalar va ularning turlari.
Ko`pchilik moddalar bir – birida (gaz – suyuqlik, suyuqlik – suyuqlik, qattiq modda –ga, qattiq modda – suyuqlik)tarqaladi. Tarqalish natijasida geterogen yoki gomogen sistemalar hosil bo`ladi.
Bir modda ichida (muhitida) ikkinchi moddaning juda kichik zarrachalar (bo`lakchalar)holida tarqalishi (disperslanishi)dan (disperses – tarqalgan, sochilgan,maydalangan degan ma`noni bildiradi) hosil bo`lgan mikrogeterogen sistemalar dispers sistemalar deyiladi. Har qanday dispers sistema dispersion muhitdan va unda tarqalgan modda zarrachalari – dispers fazadan iborat bo`ladi. Dispers sistemalar bir – biridan dispersion muhit va dispers fazaning agregat holati, zarrachalarning o`lchami (katta – kichikligi), ya`ni disperslik darajasi bilan farq qiladi.
Disperslik darajasiga ko`ra: dag`al dispers sistemalar(r =10-3 sm) mavjud. Bunday sistemalar suspenziyalar (dispers muhit – suyuqlik, dispers faza – qattiq modda zarrachalari)- loyqa suv; uning suvdagi aralashmasi, emul`siyalar(dispers faza va dispers muhit – suyuqlik) – bo`yoqlar, sut kabi aralashmalari kiradi.Bu dispers noturg`un sistemalar bo`lib vaqt o`tishi bilan buziladi. Masalan, loyqa suv ma`lum vaqt tinch tursa tinadi, ya`ni tuproq zarrachalari cho`kadi.Bu sistemalarga chang(qattiq modda – dispers faza, havo – dispersion muhit); ko`piklar(dispersion muhit – suyuqlik,dispers faza – gaz);tuman (dispers faza – suyuqlik – (suv),dispersion muhit – havo)ham kiradi.Nozik dispers sistemalar yoki kolloid eritmalar.r =10-7 – 10-5sm yoki 0,1 - 10,0 mkm kolloid eritmalarni “Zollar”ham deyiladi.Kolloid eritmalar dag`al dispers sistemalarga nisbatan barqarordir.Ularga qog`oz elimi(K2SiO3) yoki Na2SiO3 ning suvli aralashmasi – “suyuq shisha”),Ag I Fe (OH)3,As2S3 – zollari misol bo`ladi. Kolloid eritmadagi zarrachalar murakkab tarkibli bo`lib, bu zarrachalar “mistllalar” deyiladi.KI vaAgNO3 tuzlari eritmalar aralashuvidan hosil bo`lgan AgI – zolini quyidagicha tasavvur etish mumkin.
{m[AgI]×n Ag+ (n – x)NO3- }+x NO3
yadro
granula
mistella
Mistellaning zaryadiga ko`ra zollarni “gidrofil` zol`”(musbat kolloid) va “gidrofob zol`” (manfiy kolloid)ga bo`linadi. Bo’larga misollar sifatida Fe2O3 ning gidrofil` zoli – {[xFe2O3]×yH2O×z × Fe 3+×Cl-} va As2S3 ning gidrofob zoli{[xAs2S3 ×zHS × zH+}ni ko`rsatish mumkin.” Gidrofil`” –“suvni yoqtiradi”(suv bilan ta`sirlashadi); “gidrofob” – “suvni yoqtirmaydi”(suv bilan ta`sirlashmaydi),degan ma`noni bildiradi.Ko`pchilik yuqori molekulyar birikmalar (oqsillar,masalan,tuxum oqsili)ning eritmalarida ular zarrachalarining o`lchamlari katta bo`lganligi uchun bu moddalarning eritmalarini ham kolloid eritmalarga kiritiladi. Umuman, kimyo fanining kolloid eritmalarining olinishi, xossalari va ishlatilishini o`rganuvchi bo`limi mavjud bo`lib, uni “kolloid kimyo” deyiladi va maxsus o`rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |