Mavzu: eritmalar. Kontsentratsiya turlari Erishning fizik-kimyoviy jaroyon ekanligi. Erivchanlik va unga ta`sir etuvchi omillar



Download 39,18 Kb.
bet3/6
Sana30.06.2022
Hajmi39,18 Kb.
#720962
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma'ruza

Moddalarning eruvchanligi
Har qanday kimyoviy toza modda boshqa moddada eriydi.Moddalarning eruvchanligi shu moddaning va erituvchining tabiatiga va temperaturasiga bog`liq.
Moddalarning eruvchanligi deb, ayni temperaturada 100g erituvchida erigan moddaning gram miqdoriga aytiladi. Odatda buni moddalarning “eruvchanlik koeffistienti” deyiladi.
Kengroq ma`noda moddalarning eruvchanligi sifatida ayni sharoitda to`yingan eritmaning konstentrastiyasini qabo’l qilsa ham bo`ladi.Shunga muvofiq, eruvchanlik miqdoran erigan modda massasining to`yingan eritma massasiga nisbatini ifodalovchi foiz(%) qiymatga tengdir.Ba`zan 1 litr to`yingan eritmadagi erigan moddaning “ mol` ” lar soni ham moddaning eruvchanligi deyiladi.
Ko`pchilik hollarda erituvchi sifatida suv ishlatilgani uchun moddalarning suvda eruvchanligi quyidagicha tavsiflanadi:agar 100g suvda 10g va undan ko`p miqdordagi modda erisa – yaxshi eruvchan,agar 10g dan 1,001 gacha erisa – kam (yomon)eriydigan, agar 0,001g dan kam erisa – amalda erimaydigan modda deyiladi.
Moddalarning eruvchanligi ularning tabiatiga bog`liq. Qutbli moddalar qutbli erituvchida(spirt suvda, ammiak suvda, vodorod xlorid suvda) yaxshi eriydi: qutbsiz moddalar qutbsiz erituvchilarda(yood xloroformda, yog` benzolda, naftalin benzolda)yaxshi eriydi.
Temperatura ortishi bilan moddalarning eruvchanligi ham ortib boradi. Qattiq moddalarning eruvchaligi bosimga bog`liq bo`lmaydi.
Suyuq moddalar suyuqliklarda eriganda turlicha (cheksiz yoki cheklangan miqdorda)eriydi yoki aralashadi.
Temperaturaning ortishi bu moddalarni bir – biridan eruvchanligini oshiradi va ma`lum temperaturada ikkala modda o`zaro xohlagan nisbatda aralashadi.
O`zaro cheklangan miqdorda eruvchi suyuqliklarning cheksiz eruvchanlik holatiga o`tadigan temperature suyuqliklar erishining kritik temperaturasi deyiladi. Bunga misol: fenol(C6H5OH)66,40C gacha suvda cheklangan miqdorda eriydi, 66,40C dan boshlab esa , fenol suvda cheklanmagan miqdorda, suv esa fenol eruydi (aralashadi).Shuning uchun “fenol - suv”sistemasi uchun 66,40C erishning kritik temperaturasi deyiladi.
Ma`lumki,ikkita o`zaro aralashmaydigan suyuqlik aralashmasiga uchinchi – bu ikkala moddada o`z eruvchanlik koeffsentiga ega proporsional holda eriydigan modda qo`shilsa, bu modda ikkala suyuqlikda turlicha eriydi.
O`zaro aralashmaydigan moddalar aralashmasida erigan (tarqalgan)moddaning kansentratsiyalari nisbati ayni temperaturada doimiy son bo`lib, erigan moddaning umumiy miqdoriga bog`liq emas.Buni “taqsimlanish qonuni” deyiladi.
Agar C1 – erigan moddaning ikkinchi erituvchidagi konsentrasiyasi, C2 erigan moddaning ikkinchi erituvchidagi konsentratsiyasi bo`lsa, uning taqsimlanish koeffistenti – K quyidagicha ifodalanadi.
K = C1/ C2
Ma`lumki yod suvda (C2 = 0.01 mol/l) kam eriydi, xloroform(CHCl3) da (C1 = 1.3mol/l )yaxshi eriydi. Agar “suv - xloroform” geterogen aralashamasiga yod kristallari solinsa, u ikkala erituvchida turlicha eriydi va tarqalish koeffisenti K = C 1J2 / C2J2 = 130 teng, ya`ni J2 ning xloforomda erigan miqdori suvdagiga nisbatan 130 marta ko`p.
“Taqsimlanish qonuni”ga asoslanib moddalarni bir – biridan ajratish,miqdorini oshirish – konsentrlash va ajratib olish (ekstraksiyalash)mumkin.
Gazlarning suyuqliklarda erishi ekzotermik jarayon bo`lib, Genri qonuniga bo`ysinadi.
Doimiy temperaturada o`zgarmas hajmdagi suyuqlikda erigan gaz miqdori shu gazning parstial bosimiga to`g`ri proporstional.
C = K · P

bunda; C – gazning eritmadagi miqdori, P – gazning parsial bosimi va K – proporsionallik koeffistenti yoki Genri doimiysi.


Agar suyuqlikda bir necha gazlar aralashamasi erisa, har bir gazning eruvchanligi gazlarning umumiy bosimiga emas balki shu gazning parsial bosimigagina bog`liq bo`ladi. Gazlarning eruvchanligi “ml/100ml” birlikda ifodalanadi.
Bu jadvaldan ko`rinib turubdiki, gazlarning suyuqliklarda erishi temperaturaga teskari ravishda bog`liq.
Eritmalar moddalarning eruvchanlik koeffisentiga ko`ra to`yinmagan, to`yingan va o`ta to`yingan xillarga ajratiladi.
To`yinmagan eritma. Ayni temperaturada ma`lum miqdorda erituvchida erish koeffisentidan kam miqdordagi modda erishidan hosil bo`lgan eritma – to`yinmagan eritma deyiladi.Agar eruvchanlik grafigiga e`tabor berilsa,200C da 100g suvda 36 NaCl eriydi.
Agar shu sharoitda 15g NaCl eritilsa, to`yinmagan eritma hosil bo`ladi. Bu eritmada yana qo`shimcha 21g modda eritib to`yingan eritma hosil qilinadi.
To`yingan eritma - ayni temperaturada ma`lum miqdordagi erituvchida koeffisentiga teng miqdordagi modda erishidan hosil bo`lgan eritmadir. To`yingan eritmada doimo erigan modda miqdori kristall(erimay qolgan)modda bilan muvozanatda bo`ladi, ya`ni eritmaga o`tayotgan zarrachalar soni eritmadan kristallga o`tayotgan modda miqdoriga teng bo`ladi.
O`ta to`yingan eritma.Agar to`yingan eritmaga erigan moddadan qo`shib temperature oshirilib boraverilsa, ortiqcha qo`shilgan modda erib ketadi.Yana modda qo`shilib, temperature oshirilsa, modda yana erib ketadi va natijada o`ta to`yingan eritma hosil bo`ladi.O`ta to`yingan eritmalar azaldan (T.E.Lovis,1974y)ma`lum bo`lib, ular oddiy sharoitda noturg`un(metastabil)sistemadir.
Shu tufayli bu eritmaga ozgina mexaniq ta`sir (eritma turgan idishga oddiy zarb) berilsa yoki ozgina qattiq modda zarrachasi qo`shilsa, temperature pasaytirilsa erit buziladi - erigan moddaning ortiqcha miqdori qayta kristallanib ajralib chiqadi.Shu usul (qayta kristallash )bilan ko`pchilik moddalar tozalanadi.Bunda ko`pincha kristallogidratlar olinadi. Masalan: Na2S2O3×5H2O (natriy tiosul`fat ristallogidrati),Na2SO4×7H2O
(Glauber tuzi), Na2B4O7×10H2O (bura),CuSO4×5H2O(mis kuporosi).
Eritmalarning hosil bo`lishini fizikaviy va kimyoviy (gidratlar)nazariyalar quyidagicha tushuntiradi.Eritma erituvchilarda turli modda molekulalarining tarqalib ketishi, ya`ni erishi natijasida hosil bo`ladi.Qattiq moddalar erishida uning sirtidagi zarrachalar erituvchi molekulalari ta`sirida sirtdan “uzilib”eritmaga o`tadi. Diffuziy hodisasi va molekulalararo ta`sir tekis tarqala boshlaydi. Shu tariqa kristall panjarani tashkil etgan barcha zarrachalar(eritma erigan moddaga to`yinmaguncha)eritmaga o`tadi va eritma hosil bo`ladi. Bu jarayon natijasida bir jinsli sistema hosil bo`ladi va bunda erituvchining tabiati va qattiq moddaning tuzilishi, kimyoviy xossasi asosiy rol` o`ynaydi.
Suyuq moddalar eritmalarining hosil bo`lishida erituvchi va eriydigan moddalarning molekulalari (diffuziy hodisasi tufayli) o`zaro aralashib ketadi. Bu jarayonda moddalarning dipol` momenti, qutblanuvchnligi kabi xususiyatlari asosiy o`rinni egallaydi. Shu sababli,qutbli moddalar qutbli erituvchida, qutbsiz moddalar qutbsiz erituvchilarda yaxshi eriydi.
Eritmalarning bir jinsli bo`lishi, erish jarayonida issiqlikning yutilishi yoki ajralib chiqishi eritmalarni kimyoviy moddalar deb aytishga asos bo`ladi.
Lekin eritmalar tarkibining har xilligi va o`zgararuvchanligi ularning mexaniq aralashmalarga taaluqli, degan xulosaga olib keladi.Shu sababli, eritmalarni kimyoviy moddalar bilan mexaniq aralashmalari o`rtasidagi “oraliq sistema” deb qarash kerak.
Yuqoridagi holatlarda va har qanday eritmalarning hosil bo`lishida erituvchi molekulalari bilan eriydigan modda molekulalari o`rtasida o`zaro fizik – kimyoviy ta`sir ro`y beradi.Bu ta`sirning mahsuloti sifatida erigan modda molekularining sol`vatlari – erigan modda molekulalariga erituvchi molekulalari birikishi mahsulotlari hosil bo`ladi.
Agar A – modda biror eruvchi (lotincha “solvent”)da erisa eritmada hosil bo`lgan yangi modda – sol`vat[A×nsolv] ko`rinishida yoziladi.Erituvchi suv bo`lsa, hosil bo`lgan moddalar(A×nH2O)gidratlar deyiladi. Eritmalar hosil bo`lishining sol`vatlar(gidratlar)nazariyasini D.I.Mendeleev* yaratgan. Bu nazariyaning rivojlanishiga S.Arrenius va V.Konoalovlar ham katta hissa qo`shganlar.
Eritmalarda erituvchi va erigan modda o`rtasida o`zaro ta`sir yuz berishining yana bir isboti suvli eritmalarda kristallgidratlarning hosil bo`lishidir.
Suvli eritmalarda ajratib olingan ko`pchilik kristall moddalar tarkibida bir necha molekula suv bo`ladi:Na2CO3×10H2O; K2CO3×7H2O;Na2SO4×7H2O; CuSO4×5H2O;Al2(SO4)3×18H2O; CaCl2×2H2O;MgCl×12H2O;(NH4)2Fe(SO4)2×12H2O va hokazo.
Demak, gidratlar (sol`vatlar)ning tarkibi erigan modda tarkibiga, tabiatiga, erituvchining miqdori va tabiatiga bog`liq bo`ladi.
Barcha kimyoviy jarayonalari singari moddalarning erishi ham sistemaning ental`piyasi(DH), entropiyasi (DS)va izobar – izotermik potenstiali DG o`zgarishi bilan tavsiflanadi. Termodinamika nuqtai nazaridan biror modda boshqa ikkinchi moddada eriganda eriganda shu jarayoni ro`y berayotgansistema uchun DG =DH -TDS < O shart bajarilishi kerak.
Bundan ko`rinib turibdiki, doimiy temperaturada DG ning qiymati erish jarayonida zarrachalarning tartibsizlik darajasi (DS) – entropiyaning va ental`piyaning (DH) o`zgarishidan tashkil topadi.
Bu ikkala kattalikning erish jarayonida o`zgarishi quyidagicha tushuntiriladi.Suyuqlik yoki qattiq modda eriganda ularning zarrachalari “tartibli” holatdan tartibsiz holatga o`tadi, ya`ni erituvchida tarqilib ketadi.Buning natijasida sistemaning entropiyasi ortadi( DS>O ),bu erish jarayonini o`z – o`zidan borishiga va DG< O bo`lishida entropiya omilining ijobiy hissa qo`shishiga sabab bo`ladi.Shuning uchun ham aksiriyat hollarda qattiq va suyuq moddalarning erishi temperature ortishi bilan ortadi.
Gazsimon moddalarning suyuqliklarda erishida zarrachalar (gaz holatdagi) tartibsiz holatdan tartibi yuqoriroq bo`lgan(suyuqlik)holatga o`tadi va DSEritma hosil bo`lish jarayonida sistemaning ental`piyasi yoki ortishi DH>O, yoki kamayishi DHtuzilishi bilan yangi hosil bo`lgan moddalarning(sol`vatlar, gidratlar) hosil bo`lish energiya (DHsol`v ) lari farqi DH erish=DHtuzilish - DHsol`v dan iborat bo`ladi.
Gazsimon moddalar uchun DH tuzilish =0 bo`lgani uchun DH(erish) = - DH(solva) bo`ladi, ya`ni gazlarning suyuqliklarda erishida gaz molekulalari bilan erituvchi molekulalari o`rtasidagi o`zaro ta`sir energiyasi asosiy faktor hisoblanadi va shu sababli doimo gazlarning erishi (DH(erish)<0)
ekzotermik jarayondir.
Shuningdek, shakar, gilitsiren, spirt, NaOH, KOH, Na2SO4 , sulfat, xlorid va nitrat kislotalarning erishi ham ekzotermik jarayondir. Chunki molekulalararo Van – Der Vaals kuchlarining energiyasi bu moddalarning solvatlanish (gidratlanish) enegiyasidan kichik, ya`ni DH(tuzilish) (solva) *
Ionli kristallardan iborat moddalar (NaNO3, NH4, Cl, KCNS, NaCl, KNO3, NH4NO3, CuSO4 va boshqalar)da molekulalar orasidagi bog`lanish energiyasi juda katta qiymatga ega. Shuning uchun bu moddalar eriganda DH(tuzilish)>DH(solva) bo`lgani tufayli intalpiya o`zgarishi DH>O bo`ladi. Bu moddalarni erishi endotermik reaksiyalardir, boshqacha aytganda bu moddalarning erishi temperature ortishi bilan ortib boradi. Moddalar eriganda issiqlikning yutilishidan foydalanib ba`zi bir sovitgich aralashmalari hosil qilinadi. Agar 60 g NH4NO3 ni 100g H2O eritilsa, sistemaning temperaturasi 300 C ga pasaydi, agar 88 g NH4NO100 g suvda eritilsa, tempeaturani 360 ga pasaytirish mumkin. Ba`zi moddalarda DH (tuzilish) =- DH(solva) bo`ladi. Bo’lar molekulyar tuzilishli qutblanmagan moddalar bo`lib, ularning erishi intalpiya o`zgarishsiz (DH (erish) =O) ro`y beradi. Bu erish jarayonida DGO) hal qiluvchi rol o`ynaydi. Bunga misol sifatida I2 kristallarining CCI4 da erishini keltirish mumkin. Bu eritma hosil bo`lishida erituvchi va erigan modda molekulalari o`rtasida yangi modda (solvat) hosil bo`lmaydi va bunday eritmalar ko`pincha oddiy ikkita moddaning aralashmasiga, ya`ni ideal eritmalarga yaqin bo`ladi.

Download 39,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish