o’zgarishiga va hokazolarga bevosita yoki bilvosita tasir qiladi. Bu sabablarni qarab
chiqar ekanmiz sport formasining rivojlanish qonuniyatlarini ham takidlab o’tmoq
zarur. Malumki, sport formasining tiklanishi, stabillashish va vaqtinchalik
yo’qotilishi qatiy mashg’ulot tasiri asosida sodir bo’ladi,
ularning xarakteri sport
formasining fazasiga qarab o’zgaradi:
1.
Asosiy tayyorgarlik davri sport formasiga ega bo’lishi uchun zamin va
sharoit yaratuvchi davrdir.
2.
Asosiy musobaqalar davri sport formasini saqlab turish va yuqori
natijalarga erishish davridir.
3.
O’tish davri-sportchini aktiv dam olishini taminlaydi va kommulyativ
charchash va holdan toyishning oldini oladi.
Bu davrlarda sportchini biologik sabablarga ko’ra har doim sport formasida
bo’la olmasligi uchungina mavjud bo’lmasdan, balki trenirovkaning tuzilishi va
mazmunining davrma davr o’zgarishi sportda takomillashishning zarur sharti
hamdir. Sport formasining fazalarini va trenirovka davrlarini aynan bir deb hisoblab
bo’lmaydi. Sport formasining fazalari biologik jarayonlarining holatidir. Bu holat
sportchi rivojlanishiga samarali tasir ko’rsatishni taminlaydigan malum vosita va
usullardan maqsadga muvofiq foydalanishni belgilaydi. Birinchi umumtayyorgarlik
bosqichda jismoniy tayyorgarlikning vazifasi jismoniy
sifatlarni har tomonlama
rivojlantirish orqali organizmning funktsional imkoniyatining umumiy holatini
oshirishdan iborat. Jismoniy tayyorgarlik bu erda unchalik ixtisoslikni
chuqurlashtirishga qaratilmasdan, balki funktsional imkoniyatlarni kengaytirishga
qaratiladi, chunki muayyan ixtisos turida rivojlanish shunga bog’liq bo’ladi. Sport
texnika va taktik tayyorgarlikka xos vazifa sport faoliyatining nazariy asosinitashkil
qiluvchi bilimni o’zlashtirish
va chuqurlashtirish, harakat, ko’nikma malakalar
hajmini kengaytirish, muayyan sport turida ko’nikma va malakalarni shakllantirish
yoki qayta tiklash hamda takomillashtirish va hokazolardan iborat. Ahloqiy irodaviy
tayyorgarlikning birinchi bosqichida katta hajmdagi ishga munosabatni
shakllantirish,
sportga
nisbatan
mehnatsevarlikni
tarbiyalash,
irodaviy
imkoniyatlarni oshirish va hokazolar alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Bu bosqichda
har tomonlama tasir ko’rsatadigan va maxsus mashqlar asosiy vositalar hisoblanadi.
Shuningdek, musobaqa mashqlari qo’llaniladi. Ular 0.4-0.5% ni tashkil qiladi.
Ikkinchi maxsus tayyorgarlik bosqichida mashg’ulotning strukturasi va
mazmuni bevosita sport formasiga kirishish uchun sharoit yaratish maqsadida
o’zgarib boradi. Bu erda tayyorgarlik barcha bo’limlar aro maxsus yo’nalishga ega
bo’ladi. Jismoniy tayyorgarlikda tanlab olingan sport turlarining xususiy talablariga
javob beradigan jismoniy qobiliyatlarga bo’lgan tasir kuchaytiriladi. UJT umumiy
mashq qilganlikda erishilgan holatni saqlash va ixtisoslik (sport turi) bilan bog’liq
bo’lgan tomonlarini oshirishni taminlaydi.
Sport texnik tayyorgarlikda
musobaqalashish davrida qo’llaniladigan faoliyatlarning texnikasini chuqurroq
o’zlashtirishga ahamiyat beriladi. Bu erda turg’un va egiluvchan dinamik stereotip
shakllantirish vazifasi qo’yiladi. Muayyan bosqichdan navbatdagi bosqichiga asta –
sekin o’tiladi. Bu holda mashg’ulot jarayonining mazmuniga ko’ra ko’proq uning
strukturasi-turli vosita va usullarning nisbati, yuklamaning hajm, shiddati va
hokazolar o’zgaradi.