Bog'liq Engil atletikada tayyorgarlik turlarining o’rni
Musobaqalar va trenirovkalarni davrlash: Sport kalendari sport
musobaqalarini
o’tkaziladigan
vaqtini
ko’rsatib
musobaqa
davrini
chegaralanganligini belgilaydi. Musobaqalar kalendarini rejalashtirishda trenirovka
jarayonlarini ratsional davrlash, va uning qonuniyatlaridan samarali foydalanish
kerak. musobaqa kalendarlari ko’p omillar ta’siri ostida bo’lib, trenirovka davrlariga
nisbatan mustaqildir. Musobaqalarning muddatlari sport formasini saqlab turish
imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Musobaqa miqdori sport
mahoratini oshirish uchun, jismoniy va iroda fazilatlarini takomillashtirish uchun
etarli bo’lish kerak. Musobaqalar orasida sportchilar ish qobiliyatini tiklash uchun
intervallar bo’lish kerak. Musobaqalar kalendari an’anaviy va o’zgarmas qilib
tuzilishi kerak.
25
Sport trenirovkasi davrlarining o’ziga xos xususiyatlari har bir davrda
trenirovka jarayonini tarkibini xarakterlovchi o’ziga xos belgilarga ega. Trenirovka
davrlari sportchilarning tayyorgarlik jarayonlariga bog’liq.
Jismoniy tayyorgarlik ixtisosni chuqurlashtirish bilan birga funktsional
imkoniyatlarni
takomillashtirishga
qaratilgan.
Sport
formasi
jismoniy
tayyorgarlikka va uning natijasida maxsus tayyorgarlikka bog’liq bo’ladi. Tayyorlov
davrining maxsus tayyorgarlik bosqichida jismoniy tayyorgarlik sport turining
o’ziga xos xususiyatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo’ladi. Maxsus jismoniy
tayyorgarlikka katta e’tibor beriladi. Sport texnik tayyorgarligida harakatlar
texnikasini musobaqa davrida olingan kabi sport o’zlashtirib boriladi. Shu bilan
birga maxsus taktik tayyorgarlik ham kengaytiriladi. Sport musobaqalari
tayyorgarlikning maxsus iroda tayyorgarligi ahamiyati ortadi. Trenirovkaning
maxsus tayyorgarlik bosqichi musobaqa oldi bosqichi deb atalishi mumkin. Bu
bosqichda qo’lga kiritilgan sport formasi boshlang’ich forma hisoblanadi.
Tayyorgarlik davrining funktsiyasi amalga oshganligini har bir bosqichda
erishilayotgan natijalar ortib borishida ko’rish mumkin.
O’zlashtirilgan malaka va mahoratlarni mustahkamlanadi hamda
harakatlarni bajarishni ta’minlash harakat koordinatsiyasini takomillashtirish va
taktik tafakkurni rivojlantirish talablarini o’rtaga qo’yadi. Musobaqa oldidan bir
necha kun to’liq dam olish maqsadga muvofiq emas. Malakali sportchilar har kungi
trenirovkalarni to’xtatmasliklari ham mumkin. Yuklamalarning hafatalik oshib
borishi mikrotsikllarda trenirovka kunlarining ko’payishi bilan xarakterlanadi.
Ma’naviy iroda tayyorgarligi sohasida sportchini erishgan yutuqlariga yoki
mag’lubiyatga to’g’ri munosabatda bo’lishini ta’minlash, faol dam olish va
kelgisidagi tadbirlarga ijobiy his-tuyg’ularni shakllantirishdan iborat bo’ladi.
O’tish davrida musobaqa va og’ir jismoniy yuklamalardan iborat mashqlar
to’xtatiladi. Umumiy tayyorlov mashqlariga katta e’tibor qaratiladi. Shuningdek,
faol dam olishning vositalaridan keng foydalaniladi. Agar sportchi tayyorlov davrida
etarli darajada jismoniy yuklamalar olmagan bo’lsa, doimiy trenirovka mashg’uloti
o’tmagan bo’lsa, musobaqalar va nazorat mashg’ulotlarida qatnashmagan bo’lsa
uning uchun o’tish davri zarur bo’lmaydi.
25
M.J.Abdullayev, M.S.Olimov,N.T.To’xtaboyev Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi 2017