Mavzu:Engil atletikada tayyorgarlik turlarining o’rni
Reja:
1.Yengil atletikada umumiy va maxsus tayyorgarlik
2.
Sport trenirovkasining nazariy asoslari
3.Yengil atletikada
ruhiy tayyorgarlik
4.Yengil atletikada texnik tayyorgarlik
5.Taktik tayyorgarlik jarayonlari.
6. Kasbiy amaliy tayyorgarlik vositalari
Tayanch iboralar:
. Sportchilarning texnik-taktik va jismoniy tayyorgarlik
shakllari, Sport trenirovkasi qonuniyatlari, Trenirovkalarning uzluksizligi, yuklama
va dam olish tartiblari, Sport trenirovkasi vositalari,
Sport trenirovkasi uslublari,
Kuch jihatdan tayyorlashning vositalari, Kuch imkoniyatlarini tarbiyalash uslubi,
Bolalar va o’smirlarda kuchni tarbiyalash, Harakatning tezligini tarbiyalash vosita
va usullari, Yosh sportchilarda
tezkorlikni tarbiyalash, Muvozanat saqlash va uni
rivojlantirish uslubi, Taktik tayyorgarlik jarayonlari, Kasbiy amaliy tayyorgarlik
vositalari.
1
1. Yengil atletikada jismoniy tayyorgarlik
Sportchilarning texnik-taktik va jismoniy tayyorgarlik
shakllari sport
trenirovkasining asosiy maqsadi bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun sportchilar
doimo texnik va taktik mahoratlarini orttirib borishlari zarur. Sport turlarida yuksak
natijalarga erishishning omillari sportchilarning shaxsiy xususiyatlari va jismoniy
qobiliyatlaridir.
Texnik tayyorgarlik sport mashqlarini va harakatlarini samarali va
muvoffaqiyatli bajarish qobiliyati xisoblanadi.
Asosiy texnik harakatlariga
sportchining turish, siljish, yurish, yugurish va sport turiga xos bo’lgan harakatlar
xamda jihozlar bilan yoki riqiblar yordamida usullar, mashqlar bajarishni kiritish
mumkin. Taktik tayyorgarlik sport mashqlari va harakatlari texnikasini amalda,
musobaqa va bellashuvlarda samarali va muvoffaqiyatli bajarish sanaladi.
Asosiy
taktik harakatlar xujum va himoya, aldov, soxta harakatlar, immitatsiya, fintlar va
boshqa shakldagi guruh yoki yakka harakatlar bo’lishi mumkin.
Sport turlari bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etishda bir necha talablarga rioya
qilinadi. Sport turlari mashg’ulotlari o’tkazish uchun zaruriy jixoz, joy va maydonlar
tayyorlanadi. Sport mashg’ulotlarida jismoniy yuklamalar, texnik va taktik
tayyorgarlik masalalarining xaftalik xajmi rejalashtiriladi. Sport mashg’ulotlarining
shug’ullanuvchilar yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga muvofiq yillik
rejalari ishlab chiqiladi. Sport mashg’ulotlarining davrlari tayyorlov, musobaqa va
o’tish davrlariga bo’linadi. Tayyorlov davrida sportchilarning jismoniy texnik va
taktik tayyorgarligi amalga oshiriladi. Tayyorlov davrining yakuniy qismlari asosan
sport mashg’ulotlari yig’ini
shaklida, tabiat qo’ynida, tog’li sharoitlarda olib
boriladi. Nazariy, uslubiy va ma’naviy tayyorgarliklari ta’minlanadi.
1
M.J.Abdullayev, M.S.Olimov,N.T.To’xtaboyev Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi 2017
Sport trenirovkasi mashg’ulotlarining asosiy vositalari sport turlariga
muvofiq bo’lgan maxsus jismoniy mashqlar, ularga o’rganish uchun zarur bo’lgan
yordamchi va umum rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar xisoblanadi. Shuningdek
tabiat
omillari suv, quyosh va havoning sog’lomlashtiruvchi ta’siri, shaxsiy va
jamoa gigienasi talablari xam sport tayyorgarliklari vositasi bo’ladi. Mutaxassislikka
erishtiruvchi guruhda mashg’ulotlar sport turlari bo’yicha malaka va ko’nikmalarni
takomillashtirish umumiy jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi.
Yuqori malakali sportchilar tayyorlash guruhi yuqori malakali sportchilardan tashkil
topgan bo’lib mashg’ulotlar texnik-taktik mahoratni orttirish xamda maxsus va
umumiy jismoniy fazilatlarni takomillatirishga qaratilgan bo’ladi.