Mavzu: Engil atletikada tayyorgarlik turlarining o’rni Reja


Taktik tayyorgarlik jarayonlari



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/33
Sana13.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#793572
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
Engil atletikada tayyorgarlik turlarining o’rni

Taktik tayyorgarlik jarayonlari 
Taktik tayyorgarlik. 
Sportning barcha turlarida taktika shakllari va uning 
ahamiyati xilma-xil bo’ladi. Sport o’yinlar, yakka kurashlarda taktika mukammal va 
o’zgaruvchan hamda kengroq natijalarda o’z ichiga olgan bo’ladi. Hamma sharoitlar 
va tayyorgarlik uslublari bir xil bo’lgan holda taktik tayyorgarlik g’alabani hal 
qiluvchi omil bo’ladi. Sportchining taktik tayyorgarligida sport taktikasi nazariy 
asoslarini o’zlashtirish, raqiblar imkoniyati va musobaqalar shart-sharoitlarini 
21
M.J.Abdullayev, M.S.Olimov,N.T.To’xtaboyev Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi 2017
22
M.J.Abdullayev, M.S.Olimov,N.T.To’xtaboyev Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi 2017


o’rganish, taktik usul, kombinatsiyalarni taktik mahorat darajasigacha egalla, taktik 
mahoratga erishish uchun tafakkur, ruhiy va ma’naviy iroda tayyorgarligi ham 
muhim rol o’ynaydi. Taktik tafakkurni tarbiyalash sportchida jismoniy va texnik 
tayyorgarlik natijalarini musobaqa sharoitlaridan kelib chiqqan holda foydalanish 
qobiliyatini rivojlantiradi.
Taktik tayyorgarlik ham umumiy va maxsus taktik tayyorgarlik turlariga 
bo’linadi. Umumiy taktik tayyorgarlik taktikaning nazariyasi va ulardan sport turiga 
muvofiq holda sport amaliyotida foydalanish qobiliyatini rivojlantiradi. Umumiy 
taktik tayyorgarlik bir-biriga o’xshash sport turlarida umumiy shaklda bo’ladi. 
Maxsus taktik tayyorgarlik sportning tanlangan turi harakat va jismoniy mashqlariga 
xos bo’lgan taktik mahorat, malaka va qobiliyatlarni takomillashtirishdan iborat 
bo’ladi. Taktik tayyorgarlik texnik tayyorgarlik bilan doimo muvofiqlikda bo’lib biri 
ikkinchisini to’ldirib boradi. Sportchining texnik mahorat darajasiga erishib 
borishida unda taktik tafakkur shakllanadi. Taktik tafakkur yuksak darajada bo’lishi 
bilan bir qatorda har qanday sharoitda qo’llaniladigan sport turiga mos mashqlar 
majmuini texnikasi shakllangan bo’lishi kerak. Shundagina mashqlar va harakatlarni 
tanlab bajarish imkoniyati yaratiladi. Sportchining texnik va taktik tayyorgarligi 
amaliy mashg’ulotlar bilan bir qatorda nazariy mashg’ulotlar ma’ruza, suhbatlar, 
kino va videofilmlarni tahlil qilish bilan o’tkaziladi. Taktikada–bu sport kurashini 
olib borish sanatidir. Bunda yutuqqa erishish uchun sportchi kuch va barcha 
imkoniyatlaridan maqsadga muvofiqroq foydalanishi zarur. Oldindan belgilangan 
plan bo’yicha va tezlik bilan hal qilinishi darkor vazifalarga ko’ra tashqi muhitning 
doimiy va o’zgaruvchan sharoitida foydalanadigan texnika taktikaning asosiy 
vositasi hisoblanadi. 
Taktik mahorat barcha sport turlari uchun zarurdir. Ayniqsa, sharoitni 
birdaniga anglab olmoq, raqibini juda yaxshi his qilish va boy tajribadan tez 
foydalanishni talab etadigan sport o’yinlarida ahamiyatlidir. Malum plan va 
kurashning har bir daqiqasini anglab olish asosida turli usullar, priyomlar va 
harakatlarni qo’llashda sportchilarning ruhiy, jismoniy va texnik qobiliyatliridan 
samaraliroq foydalanishda taktika zarur bo’ladi. Umuman taktika mahorat, 
belgilangan planni aniq amalga oshirishni taminlaydigan yaxshi bilim, ko’nikma va 
malakalarga asoslanadi.
23
Sport taktikasi uch shaklda namoyon bo’ladi: 
1) shaxsiy kurash: a) raqibning bevosita qarshiligi bilan (yo’lakchasi 
belgilanmagan joylarda yugurish, velosiped poygasi, sportga yurish, chang’i 
poygasi) va raqiblarning nisbiy tasiri bilan (yo’laklarda) yugurish, gimnastika, 
suzish, qayiq haydash, figurali uchish);
2) ikki kishining kurashi: a) raqibning bevosita qarshiligi bilan (boks, 
qilichbozlik, dzyu-do, kurash); b) raqiblarning bilvosita tasirida (tennis, stol tennisi, 
badminton, shaxmat);
3) komanda musobaqalari: a) raqibning bevosita qarshiligi bilan (basketbol, 
futbol, qo’l to’pi, xokkey) va b) raqibning bilvosita tasiri bilan (voleybol, estafetali 
23
M.J.Abdullayev, M.S.Olimov,N.T.To’xtaboyev Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi 2017


yugurish, badiiy gimnastika bo’yicha komanda musobaqalari)

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish