Musobaqalardagi ruhiy ko’tarinkilik egiluvchanlikni orttirsa, o’zini yo’qotib qo’yish
holati egiluvchanlikni kamaytiradi. Egiluvchanlikni ortishi bilan cho’ziluvchan
muskullar kuchli darajada qo’zg’algan holatga o’tadilar. Egiluvchanlikning
namoyon bo’lishi muhitning tashqi temperaturasida bog’liq: temperaturaning ortish
bilan egiluvchanlik ham ortib boradi.
Sutka vaqti, boshqa jismoniy sifatlarga
qaraganda, egiluvchanlikka ko’p ta’sir qiladi. Ertalabki soatlarda egiluvchanlik
ancha kamaygan bo’ladi. Mashg’ulot o’tkazayotganda, egiluvchanlik to’ri sharoitlar
ta’sirida o’zgartirishni e’tiborga olish kerak. Egiluvchanlikning
yomonlashuviga
olib boradigan noqulay sharoitlarni razminka yordamida qizish bilan bartaraf qilish
mumkin. Egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli ravishda o’zgaradi, jumladan,
aktiv egiluvchanlik ko’rsatkichlari kamayadi, passiv egiluvchanlik ko’rsatkichlari
esa ortib boradi. Bolalarda egiluvchanlik kattaroq bo’ladi. Lekin bu faqat tayanch
harakat apparatining mortligi va zaifligi hisobiga xolos.
Shuning uchun bolalarda
egiluvchanlikni tarbiyalash oson kechadi.
Aktiv egiluvchanlik bevosita muskul kuchi bilan bog’liq. Biroq,
kuchlilikning
oshiradigan
mashqlar
bilan
shug’ullanish bo’g’inlardagi
harakatchanlikni chegaralab qo’yishi mumkin. Lekin bu salbiy ta’sirni engish
mumkin: egiluvchanlik va kuchlilikni oshiradigan mashqlarni maqsadga muvofiq
ravishda qo’shib olish borish yo’li bilan har ikkala
fazilatning yuksak darajada
rivojlanishga erishish mumkin. Umurtqa pog’onasining, tos-son va elka
bo’g’inlarining harakatchanligi eng ko’p ahamiyatga ega. Egiluvchanlikni
harakatlarni erkin bajarishni ta’minlaydigan darajada
rivojlantirish maqsadga
muvofiq. Bunda egiluvchanlik miqdori harakat bajariladigan maksimal
amplitudadan ortiqroq bo’lishi kerak. Egiluvchanlikni bo’g’inlar imkoniyatidan
ortiq darajada rivojlantirish bo’g’inlarning qolaversa tayanch harakat apparatining
uyg’un rivojlanishini buzadi. Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun harakat amplitudasi
oshirilgan mashqlarda foydalaniladi. Ular 2 guruhga-aktiv
va passiv harakatlarga
bo’linadi. Aktiv harakatlarda biror bo’g’indagi harakatchanlikning ortishi
bo’g’indan o’tadigan muskullar qisqarish xisobiga ro’y beradi. Passiv harakatda
tashqi kuchlardan foydalaniladi.
18
Aktiv mashqlar
bajarilish harakteriga ko’ra bir-birlaridan farq qiladi: bir
fazali mashqlar va prujinasimon mashqlar; silkinish mashqlari;
yuklama bilan
yuklamasiz bajariladigan mashqlar. Bulardan tashqari, maksimal amplituda
sharoitda gavdaning harakatsiz holatini saqlab turadigan
statik mashqlar ham shu
gruppaga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: