OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Mustaqil ish
MAVZU:Nutq uslublariga matinlar.Yo’nalishi bo’yicha refarat tayorlash.Erkin mavzu bo’yicha esse yozish
Fakultet:Axborot xafsizligi
Guruh: 730-21
Bajardi:Saydalixoniy Bahodirxon
Tekshirdi:Yulanova Nargiza
TOSHKENT – 2021
Mustaqil ish
1-topshiriq
Mavzu: Nutq uslublariga matnlar
Rasmiy idoraviy uslub
Men, Suyunov Ferdavs Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining birinchi bosqich talabasiman. Men universitet hodimlariga o’z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, xususan, vebsaytni nazorat qiluvchi hodimlar o`z ishlarini juda mukammal tarzda ammalga oshirishmoqda, barcha axborot resurslari va talabalr uchun mo`ljallangan bo’limlar to`liq tuzib chiqilgan va har doim nazorat ostida turadi. Vebsayt esa doim talabalar uchun ochiq turadi va shu kungacha hech qanday muammolar ko`zga tashlanmadi. Shu sababli, men universitet rahbaryatidan ularni munosib taqdirlashlarini so`rayman.
So`zlashuv uslubi
A: Salom. Kechirasiz, menga shu atrofdagi eng yaqin do`konga qanday borishni ko`rsata olasizmi?
B: Salom. Ha, albatta. 100 metrdan so`ng o`ngga buriling va ko`chani ohiriga borib chapga burilasiz. O`sha yerda do`kon bor.
A: Rahmat sizga. Yana bir savolim bore di.
B: Bemalol sorayvering.
A: 707-avtobus shu bekatdan o`tadimi?
B: Yoq, uning uchun siz yo`lning narigi tarafiga o`tishungiz lozim.
A: Chuunarli, yana bir bor rahmat.
B: Arzimaydi, sog` bo`ling!
Ilmiy uslubi
Boyl-Marriott qonini fizikadagi ideal gazlar uchun tadbiq etilganiga qaramasdan qisman real gazlar uchun ham o`rinli hisoblanadi. Bu jarayon sistemadagi bosim va hajm ya’ni P va V lar o`rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Formulasi,
dan kelib chiqgan holda aytish mumkunki, birinchi jism somi va hajmi har doim ikkinchi jism bosim va hajmiga tengdir.
Badiiy uslubi
Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlaridan so‘rashdi:
— Nimaga qo‘ylar doimiy iste’mol va qurbonlik maqsadida so‘yilishiga qaramay nasli qirilib ketmaydi? Aksincha ko‘paygani ko‘paygan. Vaholanki, qo‘ylar yiliga bir yoki ikki marta bittadan, ba’zan ikkitadan tug‘adi. Lekin itlar so‘yilmasa ham, birdan o‘nta bolalasa ham ko‘paymaydi. Qo‘ylar kabi suruv bo‘lib ketmaydi?
Mavlono javob berdilar:
— Tongga yaqin vaqt eng barakotli vaqtdir. Bu vaqtda qo‘ylar hech uxlamaydi. Doim uyg‘oq bo‘ladi. Itlar esa kechasi bilan sang‘ib, ayni shu vaqtda uxlab qolib, g‘aflatda bo‘ladi. Qo‘ylar tong barakotidan bahramand bo‘lishadi. Itlar esa bu barakotdan bebahra qolishadi. Shuning uchun qo‘ylar ko‘paygani ko‘paygan.
Publistik uslubi
“Yigʻilishda bugungi kunda eng muhim boʻlgan sohalar, yaʼni sogʻliqni saqlash hamda davlat xaridlari tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish taklif etilib, mazkur yoʻnalishlarda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhlari tuzildi”.
Bu jumla “Korrupsiyani birgalikda daf etamiz. Buning uchun barcha kuch va imkoniyatlarni birlashtirish talab qilinadi” sarlavhali maqoladan olingan.
Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining birinchi yigʻilishida koʻtarilgan masalalar haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishni xohlasangiz, ushbu maqolani oʻqib chiqishni maslahat beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |