Lentali ekstraktorlar ko`pincha tarkibida yog` bor materiallardan (pista, chigit va h.) yog`ni ekstrakstiyalash uchun qo`llaniladi (5.68-rasm).
Maydalangan qattiq faza (pista) lentada yupqa qatlam holida uzatilsa, ekstragent - benzin yoki geksan esa nasoslar yordamida lentadagi xom - ashyoga purkaladi. Qattiq material va ekstragentlarning o`zaro harakati kombinastiyalangan, murakkab bo`lib, ya’ni har bir bo`limda o`zaro kesishgan va ekstraktorning butun uzunligi bo`ylab qarama–qarshi yo`nalishda harakatlanadi. Ekstraktor konstrukstiyasi qattiq material va ekstragentning o`zaro yaxshi to`qnashuvini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun, ekstrakstiyalash jarayoni juda kichik tezlikda kechadi. Demak, xom - ashyodan yog`ni to`la ajratib olish uchun ekstrakstiya jarayoni bir necha pog`onali qurilmada olib borish kerak.
Mavhum qaynash qatlamli ekstraktorlar. Bu turdagi qurilmalarda qattiq material zarrachalar yuzasi butun jarayon mobaynida turbulent oqim bilan yuvilib turadi, ya’ni to`qnashuvda bo`ladi. Natijada ekstrakstiyalash va eritish jarayonlari intensivlashadi.
Trubali ekstraktor ketma - ket ulangan truba 1 lardan iborat bo`lib, ulardan qattiq, mayda zarrachali suyuqlik nasosi 2 yordamida haydaladi. Ma’lumki, temperatura ortishi bilan jarayon tezlashadi. Shuning uchun, trubalar bug` qobig`i 3 bilan o`ralgan. Nasos to`satdan to`xtab qolgan hollarda, truba ichidagi qattiq quyqalarni devorga o`tirib qolmasligi uchun yuvib yuboriladi. Buning uchun tepada joylashgan idishdan trubalarga suv yuboriladi. Ushbu qurilmalarda ekstrakstiyalash jarayonining intensivligi, unda ideal siqib chiqarish rejimiga yaqin sharoit yaratilishi bilan bog`liqdir. Qurilmada fazalar qarama - qarshi harakat yo`nalishini qo`llab bo`lmasligiga sabab, qattiq jismning mayda zarrachalari suyuqlik bilan chiqib ketishidir.
Mavhum qaynash qatlamli ekstraktor. Stilindrsimon kolonna 1 ga pastki shtuster 2 orqali eritma uzluksiz ravishda uzatiladi. Shtuster 2 orqali kiritilgan eritma belgilangan tezlikda taqsimlovchi panjara 3 teshiklaridan o`tadi va maydalangan qattiq material qatlamini mavhum qaynash holatiga keltiradi.
Boshlang`ich material qurilmaning yuklash trubasi 7 orqali mavhum qaynash qatlamiga uzatiladi. Odatda, mavhum qaynash qatlami bir necha metr bo`ladi. Qurilmadan chiqishda yuqori konstentrastiyali eritma olish mumkin. Konstentrlangan eritma halqasimon tarnovga tushadi va shtuster 5 orqali tashqariga chiqariladi. Hosil bo`layotgan qattiq qoldiq taqsimlovchi panjara 3 dan ozgina yuqorida joylashgan shtuster 6 orqali uzluksiz ravishda chiqarib turiladi.
Bunday ekstraktorlar tuzilishi sodda va kam metall sarflanadi. Undan tashqari, jarayon intensivligi katta va qattiq jismdan kerakli komponentni ajratish darajasi yuqori.
Hisob qismi
Do'stlaringiz bilan baham: |