konsumentlar deb ataladi.
Energiya oqimi. Ekosistemalardagi organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning
aylanishi uchun energiya talab etiladi. Yashil o’simliklar hayot uchun zarur bo’lgan kimyoviy
moddalarni olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to’playdi va Quyosh energiyasi
kimyoviy eneraiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning asosiy qismini
tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining miqdorini tiklaydi va
suvning aylanish jarayonida qatnashadi. O’simlik chirindilari tuproqda fosfor, kaliy, kalьtsiy,
marganets kabi elementlarninr bir me’yorda tarqalishiga yordam beradi. Bunday organizmlar
avtotroflar deb ataladi. O’simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotroflar
esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga
aylantiradi. Ular organik moddalarni o’simlik takror foydalanishi uchun yaroqli bo’lgan
darajagacha parchalaydi. SHunday qilib biogen moddalar tabiatda uzluksiz aylanib turadi.
Moddalarning bunday davriy aylanishi hayot uchun zarur sharoit bo’lib, bu uzoq evolyutsiya
jarayonida vujudga kelgandir. Geterotroflar ya’ni hayvonlar, zamburug’lar va bakteriyalar ikki
guruhga bo’linadi. Bulardan birinchisi iste’mol qiluvchilar, ya’ni konsumentlar ozuqa sifatida tirik
organizmlardan foydalanib, organik moddalarni o’zgartiruvchi, qisman parchalovchi
geterotroflardir. Ammo bu organizmlarning biron turi ham o’simliklardagi organik moddalarni
oxirigacha parchalay olmaydi. Har bir tur organik moddani muayyan darajada parchalay oladi,
xolos. Bunday turlardan qolgan chiqindilar esa boshqa geterotrof organizmlarga yem bo’ladi.
Geterotroflarning ikkinchi guruhi yemiruvchilar yoki redutsentlar bo’lib (redutsentlar,
zamburug’lar, bakteriya), bular o’lgan organizmlardagi murakkab organik moddalarni parchalab
oddiy mineral birikmalarga aylantira oladi. SHunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga
kelgan bir-biriga bog’liq turlardan barqaror zanjirlar paydo bo’ladiki, bular boshlang’ich ozuqa
moddalardan energiya va moddalarni birin-ketin olib turli yo’llar bilan tabiatda moddalarning
davriy harakatini ta’miklaydi. Organizmlar Quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiqlik
energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan hamma o’zgarishlar energiyani yo’qotish bilan
bog’liq bo’lib, u oxirgi issiqlikka aylanib tarqalib ketadi. Jamoalardagi ozuqa zanjirlari juda
murakkab bo’lib, ular aslida yashil o’simliklar tomonidan hosil qilingan energiyani 4—6-bo’g’in
orqali o’tkazadi. Bunday qatorlar boshlang’ich energiyaning sarflanish yo’li hisoblanib, ozuqa
zanjiri deb ataladi.
Ozuqa zanjiridagi har bir bo’g’inning o’rni trofik darajani tashkil etadi. Ozuqa zanjirlariga
doir misollar tabiatda juda keng tarqalgan. O’txo’r hayvonlarning o’simliklarni iste’mol qilishi,
go’ngxo’r va o’laksaxo’r hasharotlar hamda chirituvchi mikroorganizmlarning hayvonlar
chiqindilari va o’laksalari bilan kun ko’rishlari hammaga ma’lum. Lekin tabiiy sharoitda ozuqa
zanjirlari murakkab va ko’p bo’g’inli bo’ladi. Organizmlar orasida ham go’shtxo’r, o’txo’r va har
xil ozuqani iste’mol qiladigan turlar oz emas. Turli ekosistemalarda energiya oqimining sarflanish
zanjiri orqali o’tish quvvati va tarqalishi turlicha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |