Mavzu: Ekosistema, biom va biogeotsenoz Reja


Ekosistemalarning o’zgarishi



Download 285,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana31.12.2021
Hajmi285,28 Kb.
#262468
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4-mavzu biogeogr maruza

Ekosistemalarning o’zgarishi Biror-bir biogeotsenozni bir necha yil davomida kuzatish 

orqali uning o’zgarishining guvohi bo’lish mumkin. Bunda yashash sharoiti, organizmlar guruhi, 

jamoa-ning tuzilish tarkibi va organizmlarning o’zaro munosabat xususiyatlari o’zgaradi. Natijada 

biogeotsenozda avvalgidek sifat jihatdan farqlanish sezilib qoladi. Ekosistemalarning ma’lum vaqt 

o’tishi  bilan  birining  ikkinchisi  bilan  almashinish  hodisasi  suktsessiya  («suktsedo»—  kimning 

yoki nimaning izidan borish demakdir) degan nom olgan. 

Jamoadagi  o’zgarishlarning  ikki  asosiy  turi  ajratiladi:  tsiklik  va  asta-sekin  boradigan 

o’zgarishlar.  Siklik  o’zgarishlar  tashqi  muhitning  sutkalik,  mavsumiy  va  ko’p  yillik  davriy 

o’zgarishlarida  hamda  organizmlardagi  endogen  maromlarida  namoyon  bo’ladi.  Jamoaning 

sutkalik o’zgarishi  o’simliklar va ayniqsa hayvonlar uchun taalluqlidir. Nafas olish, fotosintez, 

modda almashinishining o’zgarishi, gullarning ochilishi va yumilishi kabilar, hayvonlarda esa turli 



sistematik  guruhdagi  vakillarning  sutkalik  faollikning  almashinib  turishi,  gulli  o’simliklarning 

changlatuvchi  hasharotlarda  qo’nish  intensivligi,  yirtqich  hayvonlarning  sutkaning  har  xil 

vaqtlarida ovga chiqishi va hokazolar bunga misol bo’ladi. Jamoa uchun mavsumiy o’zgarish ham 

xarakterli  bo’lib,  u  jamoaning  tashqi  qiyofasi  yoki  ba’zi  jihatlarining  almashinishi  bilan 

ifodalanadi.  Tashqi  qiyofaning  o’zgarishi  jamoadagi  hayvonlar  tarkibining  yoki  o’simliklar 

mavsumiy holatlarining o’zgarishi bilan bog’liqdir. Ko’p yillik o’zgarishlar ob-havoning bir necha 

yillar  davomida  o’zgarishi—fluktatsiya  bilan  bog’langan  bo’lib,  bunga  misol  qilib  keng  bargli 

o’rmonlarda turli yillardagi mevalarning hosilini olish mumkin. Odatda, yaxshi hosil 2—4 yilda 

bir marta olinadi. Mevalar hosili kam bo’lgan yillari sichqonsimon ke-miruvchilarning soni ham 

kamayib  ketadi.  Qushlarda  soyka  uchun  hakalak  (emanning  mevasi)  va  boshqa  daraxtlarning 

mevasi sevimli ozuqa hisoblanadi. 

Iste’molchilarning  soni  kamaygan  yili  odatda  yuqori  hosil  olinadi.  Natijada  urug’lar 

yalpisiga unib chiqadi, o’rtacha yoshdagi daraxtlar ham yaxshi rivojlanadi,. chunki urug’lar bilan 

oziqlanuvchi hayvonlar soni kamayib ketadi. Mo’l hosil o’z navbatida hayvonlar va qushlarning 

jadal ko’payishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, yuqori hosildan bir yil keyin kemiruvchilar va 

qushlar soni ortib ketadi. Ikkinchi yili esa kemiruvchilar qonini so’ruvchi kanalarning soni ortadi. 

Hayvonlar  soni  ko’paygan  yili  yoki  kelgusi  yili  hosildorlik  tushib  ketadi.  SHuning  uchun 

hayvonlarning  son  jihatdan  o’sishi  to’xtaydi.  SHu  davrda  daraxtlar  mo’l  hosil  beradi,  bu  o’z 

navbatida hayvonlar sonining ortishiga olib keladi. 

Jamoaning  asta-sekin  o’zgarishlari  natijasida  bir  jamoa  ikkinchisi  bilan  almashinadi. 

Bunday  o’zgarishlarning  sababi  jamoaga  uzoq  vaqt  davomida  tashqaridan  ma’lum  bir 

yo’nalishdagi  omilning  ta’siri  natijasidir.  Biotsenozlardagi  bunday  almashinish  ekzogenetik 

almashinish  deb  ataladi.  Agarda  jamoaning  tuzilishi  moddalashib,  turlar  tarkibi  kamayib, 

hosildorlik  ham  pasayib  ketsa,      degression  almashinish  kelib      chiqadi.  Endogenetik  

almashinishlar  jamoaning  ichidagi  o’zgarishlar natijasida paydo bo’ladi. Agarda jamoa hayot 

yo’q joyda rivojlana boshlasa, birlamchi suktsessiya deb ataladi. Bir jamoaning ikkinchisi bilan 

almashinishi esa ikkilamchi suktsessiya hisoblanib, bu yashash sharoitining keskin o’zgarishi yoki 

jamoa tarkibida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lishi natijasida kelib chiqadi. Jamoaning hayot yo’q   

joyda,    ya’ni   qurib   qolgan cho’l va dengizlar, qumli   yotqiziqlar,   yalang’och  qoyalar, tosh    

shag’alli    joylarda    rivojlanishi    uch bosqichda boradi.   Hayot   bo’lmagan   joylarga   tirik   

organizmlarning kelib   qolishi   tasodifiy    yoki    substratning xususiyatlari  bilan  bog’liq  bo’ladi.  

Tasodifiy  kelib  qolgan  ma’lum  o’simlik  urug’larining  ushbu  maydonda  unib,  rivojlanishi 

qandaydir hayvon turlarining ham kelishiga olib keladi. Bu yerga kelib qolgan organizmlarning 

hammasi  ham        yashab  ketavermaydi.  Dastlabki  organizmlar        o’simliklar        hisoblanib,    

konsumentlar  o’simliklarsiz  yashay  olmaydi.  jamoaning  rivojlanishidagi  bu  bosqich  dastlabki 

bosqich  deyiladi.  Bu  bosqich  turlar  tarkibining  turg’un  emasligi,  ayrim  o’simliklarning  tarqoq 

holda o’sishi   hamda   bir-birlariga yetarli ta’sir ko’rsata olmasligi bilan tavsiflanadi. Ammo tashqi 

muhit bilan bo’lgan aloqa va unga ta’sir etish kabilar ma’lum darajada amalga oshadi. Dastlabki 

bosqichdagi jamoaning o’zgarishi o’simliklarning vegetativ yoki urug’ yordamida    ko’payishi, 

yangilanishi bilan boshlanadi. Ana shu vaqtda hayvonlar ham ko’paya boshlaydi. 

YOSH 

individlar 



egallagan maydon kengayadi, o’simliklar qoplamida ma’lum   turlardan   iborat hududlar hosil 

bo’ladi.  Jamoaning    tarkibini    shu  davrda  ham  barqaror  deb  bo’lmaydi.  Yangi  turlarning  kelib 

qo’shilishi davom etadi. Jamoaning    tuzilmasi    ancha sodda, ammo jamoada turlar o’rtasidagi 

raqobat  ma’lum  darajada  rolь  o’ynaydi.  Jamoaning  ushbu  bosqichi  guruhlanish  deb  ataladi. 

Nihoyat organizmlarning birgalikda hayot kechirishi ekologik differentsiatsiyaning shakllanishiga 

olib keladi. Yorug’sevar o’simliklar tagida soyasevar o’simliklar o’sa boshlaydi, har xil tartibdagi 

konsumentlar kelishi natijasida ancha murakkab ozuqa zanjirlari va konsortsiyalar vujudga keladi, 

turlar  tarkibi  barqarorlashadi.  O’simlik  va  hayvonlarning  jamoada  bunday  rivojlanish  bosqichi 

shakllangan jamoa deb ataladi. Keyinchalik jamoaning rivojlanishi yanada ham tashqi muhit bilan 

bog’laigan munosabatlar uyg’unligi bilan davom etadi. Jamoaning tashqi muhit bilan uyg’unligi 

chet el adabiyotlarida klimaks deb ataladi. 



Ikkilamchi suktsessiyalar jamoaning asta-sekin tashqi muhitga ta’sir etib uni o’zgartirishi 

yoki  to’g’ridan-to’g’ri  tashqi  taassurotlar  natijasida  kelib  chiqishi  mumkin.  Tashqi  taassurotlar 

natijasida  almashinish  o’z-o’zidan  yoki  to’satdan  bo’lishi  mumkin.  U  iqlim,  tuproq,  tirik 

organizmlar  va  yong’in  hamda  inson  ta’siri  kabilar  bilan  bog’lanishi  mumkin.  Asta-sekin 

o’zgaruvchi ikkilamchi suktsessiyalarga misol qilib suv havzasining o’t bosishi, dasht jamoasining 

o’rmon bilan almashinishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Jamoaning to’satdan almashinishi har xil 

xarakterdagi halokatli ta’sirlar natijasida sodir bo’ladi. Bular suv bosish, surilish, yong’in, yerni 

haydab  yuborish,  o’rmonlarni  kesish  va  hokazolardir.  To’satdan  jamoaning  almashinishi 

turlarning halok bo’lishi va uning keyinchalik asta-sekin tiklanishida  kuzatiladi. 


Download 285,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish