Mavzu:
Ekosistema, biom va biogeotsenoz
Reja:
1. Ekologik nisha.
2. Biotsenoz tuzilmasi.
3. Biotsenozning fazoviy tuzilmasi
4. Biotsenozlarda populyatsiyalar sonining idora etilishi.
5. Ekosistemalar
6. Ekosistemada moddalar aylanishini.
7. Ekosistemalarning o’zgarishi
8. Ekosistemalarning o’zgarishi
Tayanch iboralar:Populyatsiyaning o’sishi, populyatsiyaning gomeostazi, trofik, topik, forik
va fabrik. Ekosistemalar, agroekosistemalar. Suktsessiya, biotsenoz, klimaks, biotop.
Ekologik nisha Biogeotsenozdagi barcha tur populyatsiyalari organik moddalarni hosil
qiluvchi, iste’mol qiluvchi va to’plovchilar sifatida faollik ko’rsatadi. Biogeotsenozda turlarning
bunday faollik ko’rsatishi ekonisha deb ataladi. Ch. Eltonning ta’rifita ko’ra, ekonisha turning tirik
organizmlar orasida tutgan o’rni, uning ozuqa va dushmanlarga bo’lgan munosabatidan iborat.
Ekonisha hududiy ma’noda qaralmay, balki biotsenozda organizmlarning funktsional holatini
ifodalaydi. Biror tur (populyatsiya) ning u yoki bu ekonishaga mansub ekanligi avvalo ushbu
organizmning oziqlanish xarakteri, ozuqani topishi kabilarga bog’liq. Masalan, har qanday yashil
o’simlik biogeotsenozda bir necha ekonishalarning hosil bo’lishida ishtirok etadi. Ular orasida
ildiz, barglarning to’qimalari bilan oziqlanuvchi yoki gullari, mevalari, ildizdan ajralib chiqadigan
moddalar bilan oziqlanuvchi turlar bo’lishi mumkin. Har bir ekonisha turlar tarkibi xilma-xil
bo’lgan organizmlar guruhini birlashtiradi. Masalan, ildiz bilan oziqlanuvchilarga nematodlar,
ba’zi bir qo’ng’izlarning lichinkalari kirsa, o’simlik shirasini so’ruvchi ekonishaga esa o’simlik
bitlari va qandalalar kiradi. Yuqoridagi ekonishalar ham o’z navbatida mayda birliklarga bo’linib
ketishi mumkin.
Dashtlardagi biotsenozlarda ko’pchilik hayvonlar o’t o’simliklar bilan oziqlanadi. Bular
tuyoqlilar (otlar, qo’ylar, antilopalar, sayg’oqlar), kemiruvchilar, sug’urlar, yumronqoziqlar va
ko’pchilik sichqonsimonlardir. Ularning hammasi o’txo’r hayvonlar bo’lsada, doimo o’t
o’simliklar qoplamining turli qismlarini iste’mol qiladi. Masalan, to’yoqlilar bo’yi baland to’yimli
o’tlarni tanlab oladi, shu yerning o’zida yashovchi sug’urlar tuyoqlilar iste’mol qilmagan o’tlar
bilan oziqlanadi. Yumronqoziq kabi bir oz kichikroq hayvonlar esa o’to’simliklar qoplami ancha
ezilgan va tuyoqlilar, sug’urlardan qolgan o’tlarni yig’adi. SHunday qilib, jamoadagi ushbu uch
guruhdagi o’txo’r hayvonlar o’rtasida o’t o’simliklar biomassasidan foydalanish tartibi va
chegarasi kelishib olingan desak bo’ladi. Bu yerda bir ekonisha ikkinchisini to’ldiradi, natijada
biomassadan to’liq foydalanish kuzatiladi. Tabiatda ba’zan turlarning bir ekonishadan
ikkinchisiga ko’chib o’tishi kuzatiladi. Bu hodisa biogeotsenozdagi sharoitning o’zgarishi bilan
bog’liq bo’lib, moslanish xarakteriga egadir.
Sayyoradagi barcha o’simlik va hayvonlar odatda jamoa holida yashaydi. Jamoa
deyilganda rivojlanishning turli pog’onasida bo’lgan bir guruh tirik organizmlarning muayyan
sharoitda birgalikda yashashi tushuniladi. Bunda ular o’zaro munosabatda bo’ladilar. Muayyan
tuproq sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning birgalikda
yashashiga biogeotsenoz deyiladi. Faqat bir necha tur o’simlik birgalikda qavm bo’lib yashasa
fitotsenoz (o’simliklar jamoasi) deyiladi. Xuddi shu singari faqat bir necha tur hayvonlarning
birgalikda qavm bo’lib yashashiga zootsenoz (hayvonlar jamoasi) deyiladi. Tirik organizmlarning
birbirlariga o’zaro ta’siri muhitning biotik omillari deb qaralsa, ularning atrofini o’rab olgan
barcha tirik organizmlar biotsenotik muhitni tashkil etadi. Har bir tur normal hayot kechirishi
uchun u yakka xolda yashay olmaydi, balki atrofidagi boshqa tirik organizmlar bilan birgalikda
hayot kechiradi.
SHunday qilib, biotsenoz (lotincha «bios»—hayot. «tsenoz»— umumiy) deyilganda bir xil
muhitga moslashib olgan va bir joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar tushuniladi.
Biotsenozning katta-kichikligi har xil bo’lishi mumkin. Bunga oddiy lishaynk do’ngligidan tortib
to o’rmon, dasht, cho’l va shunga o’xshash yirik landshaftlarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Kichik o’lchamdagi biotsenozlar (daraxt tanasi yoki bargidagi, botqoqlikdagi moxlardan iborat
do’ngliklar, chumolilar uyasi va boshqalar) uchun mikrojamoa biotsenotik guruhlar kabi atamalar
ishlatiladi. Yer sharida turlicha yashash sharoitlari mavjud bo’lib, ular ma’lum darajada ajratib
olingan holda turlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganishda qo’l keladi. Ana shunday yashash
sharoitlari biotop deb ataladi.
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Ayni bir biotsenoz
uchun xos bo’lgan o’simlik va hayvon turlarining umumiy soni deyarli doimiy bo’lib, har xil
turdagi biotsenozlarda u keskin o’zgarib turadi. Nam tropik o’rmonlardagi biotsenozlar turlarga
boy hisoblansa, qurg’oqchil va sovuq viloyatlardagi biotsenozlarda turlar kam uchraydi. Maydon
birligiga to’g’ri keladigan turlar soni biotsenozning turlarga to’yinganligi deb ataladi. U ham turli
biotsenozlarda turlar tarkibi kabi o’zgarib turadi. Har qanday biotsenoz ma’lum tarkibdagi
hukmronlik qiluvchi hayot shakllariga ega bo’ladi. Masalan, o’rmon biotsenozlarida fanerofitlar
hukmronlik qilsa, o’t o’simliklardan tashkil topgan biotsenozlarda gemikiriptofitlar, arid
(qurg’oqchil) viloyatlarda esa xamefitlar va terofitlar hukmronlik qiladi. Biotsenoz, odatda
fitotsenoz, zootsenoz, mikotsenoz va mikrobiotsenozlardan tashkil topadi. Biotsenoz va u bilan
bog’langan biotopning chegaralari birinchi navbatda o’simlik qoplami o’zgarishi bilan aniqlanadi.
SHuning uchun ham biz quyida biotsenozning muhim tarkibiy qismi hisoblangan fitotsenoz va
uning ba’zi bir xususiyatlari haqida to’xtalib o’tamiz. Fitotsenoz yoki o’simliklar jamoasi
deyilganda Yer yuzining bir xildagi muayyan uchastkalarida qavm (guruh) bo’lib yashayotgan
tuban va yuksak o’simliklar yig’indisi tushuniladi. Ular o’zaro bir-birlari bilan hamda yashash
sharoitlari bilan aloqada bo’lib, natijada o’ziga xos maxsus muhitni hosil qiladi. Har qanday
o’simlik jamoasi (fitotsenoz) ham turlar tarkibi, turlar o’rtasidagi o’zaro miqdor va sifat
munosabatlari, qavatlik (yarus) gorizontal tuzilish, tashqi qiyofasi, davriyligi, hayot shakllarining
xilma-xilligi, yashash joyining xarakteri va shunga o’xshash bir necha xususiyatlari bilan
tavsiflanadi va bir-biridan farqlanadi. Fitotsenozni hosil qilishda o’simliklar orasida son jihatidan
ko’pchilikni tashkil etuvchi yoki ko’zga yaqqol tashlanuvchi tur ajratiladi va bu tur odatda
hukmron (yoki dominant) tur deyiladi. Demak, dominantlar yoki hukmron bo’lib hisoblangan
turlar miqdor jihatdan ko’p uchraydi va boshqa turlar orasida yaqqol ko’rinib turadi. Ular asosan
organik massa to’plovchi hamda fitotsenozning fonini (ko’rinishini) va xarakterini belgilaydi.
Dominant
turlarga
misol
qilib
qarag’ayzor
o’rmonlaridagi
oddiy
qarag’ayni,
qoraqarag’ayzorlardagi qoraqarag’ayni, O’rta Osiyo tog’larining archazorlarida o’suvchi
archaning bir necha turlarini, sakoovulli cho’llarda esa saksovulni ko’rsatish mumkin. Jamoada
har qanday dominant turlar biotsenozga ta’sir etavermaydi. Ular orasida edifikator turlar ajratilib,
jamoaning maxsus muhitini hosil qiladi. Ular jamoaning quruvchilari bo’lib, fitotsenozning
xususiyatlarini belgilab beradi. Masalan, O’zbekistondagi qumli cho’llarda daraxt ko’rinishidagi
edifikator tur oq saksovuldir. Dashtlarda chim hosil qiluvchi chalov va betagalar, o’rmonlarda esa
oddiy qarag’ay, qoraqarag’ay, eman kabi daraxtlar edifikatorlar hisoblanadi. Ba’zi hollarda
hayvon turlari ham edifikator hisoblanishi mumkin. Masalan, katta maydonda tarqalgan, yer
kovlovchi xususiyatga epa bo’lgan sug’urlar koloniyasi o’simliklarning o’sish sharoitiga,
mikroiqlimga va asosan landshaft xarakteriga katta ta’sir ko’rsatadi. Dominant turlarga nisbatan
ozroq miqdorda uchraydigan, ammo fitotsenozda ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan turlar
subdominant (ikkinchi hukmron) turlar deb ataladi. Dominant va subdominant turlardan tashqari
jamoa tarkibida kamroq sonda uchraydigan turlar ham mavjud. Ular komponentlar deyiladi. Kam
sondagi va noyob turlar ham biotsenozning hayotida muhim rolь o’ynaydi. Biotsenozdagi har bir
turning rolini aniqlashda ularning mo’lligi, uchrovchanligi va hukmronlik darajasi kabi miqdor
ko’rsatkichlar e’tiborga olinadi. Fitotsenozlarda mo’llik og’irlik, ball va o’simliklar soni bilan
ifodalanadi. Masalan, Toshkent atrofidagi efemerli cho’llarda 1 m
2
maydonda 5000 nusxadan
ortiq o’simlik ro’yxatga olingan bo’lib, 47 turdan iborat ekanligi aniqlangan. Og’irlik usuli amaliy
maqsadlar uchun foydalaniladi. Tabiiy pichanzorlar va yaylovlarning hosildorligi shunday usul
bilan aniqlanadi. Uchrovchanlik darajasi biotsenozda turlarning tekis yoki notekis tarqalganligini
ifodalaydi. U umumiy namuna maydonchalar sonini tur uchragan maydonchalar soniga nisbatan
hisoblash yo’li bilan aniqlanadi. Dominantlik darajasi ayni bir tur individlar sonining ushbu
guruhdagi umumiy soniga nisbatini bildiradi. Masalan, ma’lum maydonda 200 ta qush ro’yxatga
olingan bo’lsa, shulardan 80 tasi sayroqi qushlarni tashkil etadi. Demak, sayroqi qushlarning
dominantlik darajasi 40% ga tengdir. Biotsenozlarda bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar
ham uchraydi. SHunday qilib, biotsenozdagi turlarni miqdor va sifat jihatdan xarakterlash
natijasida uning turlar tarkibi haqida ma’lum bir xulosaga kelish mumkin. Biotsenozning yuqorida
ko’rsatib o’tilgan tuzilish birliklaridan tashqari uning funktsional tuzilish birligi, ya’ni
konsortsiyalar xarakterlidir. Biotsenozlarning hosil bo’lishi va yashashi asosida muayyan (bironta)
joydagi organizmlarning o’zaro munosabati, ular o’rtasidagi aloqa yotadi. B. N. Beklemishev
bunday munosabatlarni vositali va vositasiz turlararo munosabatlarga bo’lib ko’rsatadi. Jamoada
har bir turning o’zaro aloqasi, tashqi muhitga bo’lgan talabi va ta’siri shu turning ekologik o’rni
yoki ekologik shinasi deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, organizmning tabiatda egallagan o’rni
deyilganda uning hayot tarzi, oziqlanish usuli tushuniladi. V.N.Beklemishev tasnifotiga ko’ra
bunday ekologik o’rin (ekonisha) to’rt toifaga bo’linadi: trofik, topik, forik va fabrik.
Trofik aloqa bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishida namoyon bo’ladi. Bunda o’lja o’lik
yoki tirik holda yemish bo’lishi mumkin. Masalan, buni ninachi uchun hasharotlarning yemish
bo’lishi, go’ng qo’ng’izning to’yoqli hayvonlar tezagi bilan oziqlanishi, asalarining asalshira bilan
oziqlanishi kabi misollarda tushuntirish mumkin.
Topik aloqa bir tur tomonidan ikkinchi turning yashash sharoiti o’zgartirilishida namoyon
bo’ladi. Daraxtlar tanasida lishayniklarning yashashi, o’rmondagi daraxtlar tomonidan shu
yerlarda o’suvchi o’tlar hayotiga ko’rsatiladigan ta’sirlarda bu yaqqol namoyon bo’ladi.
Forik aloqa bir turning tarqalishiga ikkinchi turning ta’sir etishida ko’rinadi. Ko’pgina
hayvonlar tomonidan o’simlik urug’ va mevalarining tarqalishi bunga misoldir. SHunday tarqalish
aktiv yoki passiv tarzda o’tishi mumkin. Bir turning o’ziga in qurishi uchun boshqa turning
qoldiqlaridan foydalanishida fabrik aloqa namoyon bo’ladi. Masalan, qushlar in qurish uchun
daraxtlarning bargi, shoxchalarini tashib keladi, hayvonlarning jun va patlaridan foydalanib in
quradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |