moddalar to’planadi va sarf bo’lib turadi. Demak, har bir ekosistema ma’lum darajada
mahsuldorlikka ega. Biomassaning hosil bo’lish tezligi biologik mahsuldorlik deb ataladi, u ayrim
turlar, butun ekologik sistema hayot faoliyati energiyasining eng muhim ko’rsatkichi bo’lib xizmat
Ekosistemaning asosiy yoki birlamchi mahsuldorligi yashil o’simliklar tomonidan
fotosintez jarayoni natijasida vaqt birligida to’plangan mahsulot hisoblanadi. Masalan, fotosintez
natijasida o’rmondagi o’simliklar 1 ga maydonda 5 t organik modda hosil qilsa, bu umumiy yoki
yalpi birlamchi mahsuldorli deb qaraladi. Ammo o’simlikning hayoti uchun ham hosil bo’lgan
moddalar sarf bo’ladi. Shuning uchun vaqt va maydon birligiga to’g’ri keluvchi biomassa bir oz
kam bo’ladi. Ekosistemada to’plangan barcha mahsulot (nafas olishga sarf bo’lgandan tashqari)
jamoaning haqiqiy birlamchi mahsuldorligini tashkil etadi Haqiqiy birlamchi mahsuldorlikni hosil
qiluvchi organik moddalar geterotrof organizmlar uchun o’zlashtirilishi mumkin. Biomassa
deyilganda jamoadagi barcha tirik organizmlar umumiy og’irlirinnng yig’indisi tushuniladi.
Konsumentlar ham haqiqiy birlamchi mahsulot hisobiga organik modda to’playdi. Ular hosil
qilgan mahsuldorlik ikkilamchi hisoblanadi. Hisoblashlarning ko’rsatishicha, 1 ga o’rmon jamoasi
yiliga o’rtacha Quyosh nurining 2,1-10
9
kJ energiyasini o’zlashtiradi. Agarda shu yerdagi
o’simliklar yoqib yuborilsa atigi 1D-10
6
kJ yoki to’plangan energiyaning 0,5% ni tashkil etadi.
Demak, produtsentlar tomonidan to’planadigan birlamchi mahsuldorlik juda kam ekan. Ikkilamchi
esa bundan ham kam miqdorda bo’ladi. Ozuqa zanjirining bir bo’g’inidan ikkinchisiga o’tishi
vaqtida 80—99% energiya sarf bo’ladi. 1 m
2
maydondagi o’simliklar bir sutkada hosil qilgan
moddalar ekvivalenti taxminan 84 kJ ni tashkil etsa, birlamchi konsumentlar hosil qilgani 8,4 kJ,
ikkilamchi konsumentlarniki 0, 8 kJ dan oshmaydi. 1 kg mol go’shti hosil bo’lishi uchun 90 kg
ko’k o’t massasi zarur bo’ladi.
Emanzor (dubzor) o’rmonlarda yillik to’plangan organik moddalarda 9 milliard kkal
potentsial energiya yig’iladi. To’plangan organik moddalarning deyarlk yarmi o’simliklarning
nafas olishi uchun ketadi. O’simliklarning yer ustki qismlaridagi organik modda yiliga gektariga
5—6 t (quruq vaznda), yer ostki qismlarida esa 3—4 t ko’payadi, jami to’plangan yillik birlamchi
biomassa 10 tonnani tashkil etadi. Bu massaning 4 tonnasi barglar, gul, meva va shunga
o’xshashlarga to’g’ri keladi. O’rmonda o’simliklarni iste’mol qiladigan hayvon turlari ularga
ozuqa bo’ladigan o’simlik turlariga niobatan ancha ko’p bo’ladi, hayvonlarning biomassasining
yig’indisi nihoyatda kam. Masalan, tuyoqlilar (bug’u, kiyik, yovvoyi cho’chqa) biomassasi
gektariga 2 kg, kemiruvchilar va sutemizuvchilar hamda mayda hayvonlarniki 5 kg, qushlar
biomassasi esa 1—3 kg.
Yuqorida energiyaning avtotrof organizmlar organik moddalari kimyoviy bog’larida
to’planishi, keyinchalik geterotrof organizmlarga yem bo’lishi, hayvon tomonidan o’zlashtirilgan
energiyaning ko’p qismi uning hayot faoliyati uchun sarflanishi, ozuqadagi energiyaning faqat 5—
20%igina hayvonning o’sishi uchun sarflanishi to’g’risida fikr yuritildi. O’txo’r hayvonning
yirtqich tomonidan iste’mol qilinishida ozuqadagi energiyaning yana kattaroq bir qismi yo’qoladi.
Foydali energiyaning shunday ko’p sarf bo’ltani uchun ham ozuqa zanjirlari uzun bo’lmaydi.
Ozuqa zanjirlarining keyingi halqalarida massa tobora kamayib boradi. Masalan, 1 t
o’simlikdan o’rta hisobda 10 kg o’txo’r hayvon gavdasi massasi hosil bo’lishi mumkin. Ozuqa
zanjirining asosi hisoblangan o’simlik massasi o’txo’r hayvonlarning umumiy massasidan
hamisha bir necha barobar ko’p bo’ladi. Shunday qilib, tabiatda ekologik piramida hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: