Mavzu: Paskalda ekranni grafik holatga o’tkazish
Dars maqsadi: a) Talimiyligi: O’quvchilarga Paskalda ekranni grafik holatiga o’tkazishni o’rgatish b) Tarbiyaviyligi: Bilimga chanqoqlik ruhida tarbiyalash. c) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning kompyuter savodxonlik malakasini oshirish O’quvchilarga qo’yiladigan talablar 1. O’quvchi bilishi kerak: Paskal tilini 1.. O’quvchi bajara olishi kerak : 1 – 3 – mashqlar Dars jihozi: kompyuterlar, disketalar ; Darsning borishi: Kompyuter ekrani matnli va grafik holatlardan birida ishlashi mumkin. Matnli holat kompyuterning asosiy holati bo’lib, garfik holatga o’tish uchun maxsus buyruq va ko’rsatmalar berish kerak. Paskalning shunday buyruq va ko’rsatmalari Graph modulida joylashgan. Shu sababli, grafik holatda ishlash uchun dastur boshida Uses Graph ko’rsatmasi beriladi. Grafik holatda kompyuter ekrani mayda nuqtalardan (piksel) tashkil topadi. Unda yurgich nuqta shaklida bo’lib, ekrandagi barcha chizmalar yurgichning iz qoldirib yoki iz qoldirmasdan siljishi natijasida hosil bo’ladi. Yurgichning ekranda turgan o’rni uning koordinatasi bilan aniqlanadi. Koordinata boshi — (0,0) ekranning chap yuqori burchagida joylashgan. Ekran grafik holatga o’tkazilganda yurgich koordinata boshida joylashadi. Koordinata o’qlari X va Y koordinata boshidan mos ravishda o’ngga va pastga qarab yo’nalgan (o’sib boradi). Ekranning yurgich turgan nuqtasi joriy nuqta deyiladi. Ekranni grafik holatga o’tkazish uchun InitGraph ko’rsatmasi beriladi. Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha: MtGraph(GD, GM, ); bunda GD (GraphDriver) va GM (GraphMode) — butun sonli o’zgaruvchilar. Ularning qiymati kompyuterning grafik imkoniyatlariga va tanlangan grafik holatga bog’liq. GD o’zgaruvchining qiymati 0 (nol) deb olinsa, optimal grafik holat avtomatik ravishda aniqlanadi. — grafik holatda ishlashni ta'minlovchi bgi kengaytmali maxsus fayl joylashgan katalog. Zamonaviy kompyuterlar uchun egavga.bgi fayli qo’llaniladi. Bu fayl joriy katalogda bo’lsa o’rnida bo’sh satr yoziladi. Grafik holatdan chiqish uchun CloseGraph operatoridan foydalaniladi. Bu dastur ekranni grafik holatga o’tkazadi va yana matn holatiga qaytaradi. Grafik holatda 16 xil rangdan foydalanish mumkin. Bu ranglar 0 dan 15 gacha butun sonlar bilan kodlangan. Graph modulida har bir rang uchun maxsus o’zgarmas (konstanta) ajratilgan. Ular matn holatida ishlatiladigan ranglar bilan bir xil .