1
2 – AMALIY ISH
Mavzu: Tarmoqlangan topologiyali tarmoqni qurish va uning
ishlashini tekshirish.
Ishning maqsadi:
1.
Turli qurilmalardan foydalanib tarmoqlangan tarmoqning tuzilishi va
sozlanishi bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish.
2.
Uning ishlash printsipini o‘rganish.
Mashg’ulotini bajarilish tartibi
1.
Boshlong‘ich ma’lumotlarni olish.
2.
Mavzu bо‘yicha nazariy va umumiy ma’lumotlar bilan tanishish.
3.
Berilgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish.
4.
Xisob ishlarini bajarish.
5.
Tegishli xulosa chiqarish.
Kerakli jixozlar
1.
Kompyuter.
2.
Cisco Packet Tracer dasturi.
Umumiy ma’lumotlar
Protokol – ma’lumotlarni uzatishda funksional bloklarning holatini aniqlovchi
standartdir.
Protokol bitta sathda joylashgan funksional bloklarning o‘zaro
harakat
qoidalari to‘plami hisoblanadi. Odatda protokol quyidagilarni tavsiflaydi:
•
xabarlar sintaksisi, ma’lumotlarni jo‘natishda ularni identifikatsiyalovchi
mavjud usuli. Masalan, ma’lumotlar elementi va yuborilishi kerak bo‘lgan manzilni
aks ettiruvchi tartib;
•
uzatiluvchi axborot interpritatsiyasini ta'minlash imkonini beruvchi
ma'lumotlar elementining nomi;
2
•
boshqarish va holat operatsiyalari.
Ma’lumotlarni uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlash
fazalarining dinamik
moslashuviga keladi. Tarmoqda rad etishlarning paydo bo‘lishi xodisalari uchun bu
holatdan chiqish tartibi ko‘rilgan.
Ochiq tizimlarning o‘zaro aloqa bazaviy etalon modeli. Ochiq tizimlarning
o‘zaro aloqa (OTO‘A) sohasining 7 ta sathini aniqlaydi. Unga mos ravishda
protokollarning 7 ta guruhi kiritiladi. Ular sathlar kabi nomlanadi. Protokollar bir-
birining ustida joylashib shtabelni hosil qiladi. Tizimga qo‘yilayotgan vazifadan
kelib chiqib, uning shtabeli tarkibi hamma sathlarni yoki ularning ayrimlarini o‘z
ichiga olishi mumkin. Shunday qilib, abonent tizimi 7 sathdan iborat bo‘lgan shtabel
bilan,
aniqlanadi, kommutatsiyalash maqsadi uchun retranslyatsion tizimi esa
ko‘pincha ikki-uch sathdan iborat shtabelga ega bo‘ladi.
Tarmoqning har bir sathida bir yoki bir nechta bir-biridan mustaqil bo‘lgan
protokollar ishlashi mumkin. N-sathning har bir protokoli tarmoqning turli
tizimlarida joylashgan shu sathdagi ob'yektlarning o‘zaro ishlashini ta'minlaydi.
Istalgan protokol boshqa protokollarning mavjudligini bilmaydi. Lekin, u
pastki qo‘shni sathda joylashgan protokoldan servis (xizmat) oladi. Servisga kirish
nuqtasi orqali o‘zaro ta'sirning
abstrakt tavsifi
primitiv
deb nomlanadi. Bazaviy
etalon modelda primitivning 4 ta toifasi aniqlangan: so‘rov, belgi, javob va
tasdiqlash.
Axborot tarmog‘ida ularning ilova nuqtalari
bilan aniqlanuvchi
protokollarning 2 tipi ajratiladi (2.1-rasm).
2.1-rasm. Protokollar tiplari
3
P-tipidagi protokollar abonent tizim obyektlarining bevosita o‘zaro ta’sirini
yoki mos sath administrativ tizimlarini ta’minlab beradi. K-tipidagi protokollarga
kelsak, ular qo‘shaloq juft tizimlarni o‘zaro ta’sirini tavsiflaydi. Bu protokollar
kommunikatsion tizim xarakteristikalarini tavsiflaydi.
Tarmoqning oxirgi uchta sinflari ma’lumotlarni marshrutlashtirish tarmog‘ini
hosil qiladi. Etib o‘tilganlarga
mos ravishda, masalan, paket kommutatsiyasi
tarmog‘ida 1-3 sath protokollari K-tipga (2.2-rasim), 4-7 stah protokollari esa P-
tipga tegishli. Bu yerda retranslyatsion tizim sifatida
paketlarning uch sathli
kommutatsiyasi ishtirok etadi.
2.2-rasm. Paketlar kommutatsiyasining tarmoq protokollari
Protokol qurilmalar yoki dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Ikkala
holatda ham protokollarni amalga oshirish haqida gapiriladi. Tabiiyki,turli
ishlab
chiqaruvchilar va dasturchilar ayni bitta protokolning turlicha amalga oshiriluvchi
protokollarini ishlab chiqishmoqda. Shu sababli korrekt qulaylik muammmosi
vujudga keladi – bu standart tilni dastur tilida aks etishidir. Ishni amalga oshirishni
to‘g‘riligini aniqlash uchun protokolga mosligi tekshiriladi. Tekshirish qurilma yoki
dasturni ishlab chiqishda ishtirok etmagan mustaqil tashkilot toomnidan o‘tkazilishi
kerak.