Mavzu: Ega va uning o’zbek tilshunosligidagi tadqiqi


Eganing birikma shakl bilan ifodalanishi



Download 43,96 Kb.
bet6/8
Sana20.06.2022
Hajmi43,96 Kb.
#679578
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Ega va uning o’zbek tilshunosligidagi tadqiqi

Eganing birikma shakl bilan ifodalanishi
"Birikmalar tizimi" bo‘limida hozirgi adabiy o‘zbek tilida mavjud
birikmalarning lisoniy qoliplari izohlandi. Bu yerda ana shu qoliplarning til
birliklari bilan to‘ldirilib, ma'lum grammatik shakl olib, sintaktik vazifada kelishi, ya'ni birikmashaklning sintaktik vazifasi bayon qilinadi.
Birikma qolipi til birliklari bilan to‘ldirilganidan keyin lisoniy birlik holatidan nutqiy birlik holatiga o‘tadi, leksema qatori nominativ birlik bo‘ladi;
birikma matnga (gapshakl tarkibiga) bir butun holda kiritilib, bir sintaktik vazifani bajaradi. Birikmaning tobe (birinchi) a'zosi odatda birikmaning bo‘lagi,
ichki bo‘lak holatida qoladi.
Eganing sodda birikma shakl bilan
ifodalanishi
Ega ko‘pincha sodda birikmashakl bilan ifodalanadi. Ushbu hodisa
birikmalarning turlari bo‘yicha tasvirlanadi.
I. Kuzatilgan badiiy proza matnida qaratuvchili birikmashakl 29 misolda
ega vazifasida kelgan va quyidagicha ifodalangan:
1. Qaratuvchi asosan qaratqich kelishigining belgili shaklida ishlatilgan

1) Kishi ismi bilan ifodalangan : X o l b e k n i n g k u l g i s i


birdan uzildi
(Pirimqul Qodirov). A z i z n i n g b r i g a d a s i institutning
tajriba uchastkasiga aylandi
(Hamid G‘ulom) kabi.
2) Kishi turdosh oti bilan ifodalangan : Ya l l a ch i l a r n i n g
k u y i .. kuyovning jo‘ralarini toqatsizlantirdi
(Oybek) kabi.
3) Kishilik olmoshi bilan ifodalangan : Shu bir parcha yerda m en i n g b i n a f sh a l a r i m bor (Hamid G‘ulom). Ana u n i n g u y i
(Hamid G‘ulom).
4) III shaxs narsa olmoshi bilan ifodalangan: U l a r n i n g h a r b ir i .. kattagina o‘ram (Hamid G‘ulom).
5) O‘z- ta'kid birligi bilan ifodalangan: O‘ z i m n i n g o j i z l i g i m
o‘zimga alam qildi
(O‘tkir Hoshimov).
2. Qaratqich kelishigining belgisiz shaklida ishlatilgan :
1) Nisbatlovchi qatnashmagan : Erta bahorda t u p r o q h i d i
boshqacha bo‘ladi
(O‘tkir Hoshimov). .. q i sh l o q x a l q i erta yotib,
erta turadi
(Hamid G‘ulom) kabi.
2) Nisbatlovchi qatnashgan : O n a m o r z u s i – mening orzum
(Hamid G‘ulom), O yo g‘ i n g i z t a g i – binafshalar (Hamid G‘ulom).
Misollardan ko‘rinib turibdiki, gapshakl tarkibiga qaratuvchili birikma bir
butun holda kiritiladi. Masalan, oxirgi jumlada gapshakl tarkibiga ega vazifa

sida tagi leksemashakli kiritilib, keyin u oyog‘ingiz leksemashakli bilan kengaytirilgan deyish til hodisasini teskari izohlash bo‘ladi; asli bu misolda (yuqoridagi barcha misollarda ham) jumla tarkibiga to‘g‘ridan to‘g‘ri nominativ


birlik sifatida qaratuvchili birikma kiritiladi.
II. Kuzatilgan badiiy proza matnida sifatlovchili birikmashakl
ega vazifasida kelgan va sifatlovchi quyidagicha ifodalangan:
1) sifat bilan : ..q a r i i m o m nikoh o‘qidi (Oybek). Osmonda
e r i n ch o q b u l u t l a r vazmin suzib boradi
(O‘tkir Hoshimov).
Kuyov boshidan m o‘ l - k o‘ l s o ch i q l a r sochildi (Oybek) kabi;
2) ot leksemaga -dagi, -lik, -li shakl yasovchisi qo‘shilgan leksemashakl
bilan : Faqat g u z a r d a g i ch o y x o n a - g i n a charag‘on, gavjum (Hamid G‘ulom). T o sh k e n t l i k y i g i t .. Avaz bilan Hulkarga
ustma-ust savol berar edi
(Pirimqul Qodirov). S o q o l l i k a m p i r ..
so‘zlarni ohangdor cho‘zib qichqirdi ..
(Oybek);
3) ot leksema bilan : K u yo v t o m o n bir necha qadam surgandek bo‘ldi (Oybek). T o‘ r t k o‘ z i t suruvning chetini aylanib yurar edi
(Pirimqul Qodirov) kabi;
4) sanoq son bilan: B e sh y i l ha-hu deguncha o‘tib ketdi (O‘tkir
Hoshimov). Mana, oradan tag‘in u ch y i l o‘tdi (Hamid G‘ulom). Bu ikki
misolda sifatlovchi asli besh yil vaqt, uch yil vaqt kabi birikma bilan ifodalangan bo‘lib, bunday birikmalar tarkibidagi vaqt- leksemasi ellipslanib, oldingi qismning o‘zi sifatlovchi vazifasida kelgan;
5) boshqa-, hamma- kabi belgi anglatadigan leksema bilan : Sizning
bog‘ingizga binafshani b o sh q a g u l ch i ekadi
(Hamid G‘ulom).
.. h a m m a t o m l a r .. xotin-qizlar bilan to‘ldi (Oybek);
6) ko‘rsatish birligi, sifat tur olmosh bilan : B u t a x m i n Avazga
noxush tuyildi
(Pirimqul Qodirov). Dildorxon, balki o‘ sh a g u l ch i
o‘zingiz bo‘larsiz?
(Hamid G‘ulom). B u n a q a q i z l a r .. oilalarini
yashnatadilar
(Hamid G‘ulom) kabi;
7) fe'l leksemaning sifatdosh shakli bilan : Ch a r ch a g a n a yo ll a r uyni to‘ldirib zich o‘ltirishdi (Oybek). Q a m a l g a n t u t u n juda
sekin tarqalmoqda edi
(Oybek). Q i z d i r i l g a n ch i r m a n d a l a r
havoni yangratadi
(Oybek).
III. Kuzatilgan badiiy proza matnida izohlovchili birikmashakl 10 misolda ega bo‘lib kelgan va izohlovchi quyidagicha ifodalangan:
1) opa , aka qarindoshlik otlari bilan: M e h r i o p a ham dasturxon qilib chiqdi (Hamid G‘ulom). R o b i ya o p a m ham sizga
o‘xshagan qahramonlar deyman
(O‘tkir Hoshimov). Xizmatkorxonada Y o‘ lch i b o y a k a bor ekan (Oybek) kabi;

2) amal bildiruvchi ferma oti bilan : Lekin A' z a m f e r m a ularga


ham rad javobi berdi
(Hamid G‘ulom) kabi.
IV. Bir misolda ega izofa birikmasi bilan ifodalangan: F e r u z q i shl o g‘ i - .. qishloqlarning eng balandi (Hamid G‘ulom).
V. Ikki misolda ta'kidlovchili birikmashakl ega bo‘lib kelgan: M e n
o‘ z i m quruq o‘tin topib kelaman
(Oybek). Bularni m e n o‘ z i m parvarish qilaman (Hamid G‘ulom).
Mana bu jumlalarda ham ega asli ta'kidlovchili birikmashakl bilan ifodalangan-u, lekin ta'kidlanmish ellipslanib, ta'kidlovchining o‘zi ega vazifasini
bajargan : O‘ z i mash'alning yorug‘ida yaxshiroq ko‘rinmoqchidir-da!
(Pirimqul Qodirov). .. O‘ z l a r i y a m juda salmoqlanib so‘zlar ekanlar
(Oybek).
VI. To‘rt misolda tushum kelishigining belgisiz shaklidagi vositasiz
to‘ldiruvchili birikmashakl ega bo‘lib kelgan va quyidagicha ifodalangan:
1) fe'lning otdosh shaklida, birlikda ishlatilgan : S o a t o l i sh o‘zining ham, onasining ham esiga aslo kelmagan edi (Oybek). .. b i n a f sh a
e k i sh xayoliga ham kelmagan
(Hamid G‘ulom).
2) fe'lning -vchi affiksi bilan yasalgan shaklida kelgan. Bu affiks asli sifatdosh yasovchisi deyiladi, bu yerda shunday leksemashakl otlashib, ko‘plik
affiksini olib kelgan : Y o‘ l t o‘ s u v ch i l a r quvonib baqirishdi ..
(Oybek).
E s l a t m a. Kuzatilgan badiiy matnda eganing hollovchili birikmashakl
bilan ifodalanishiga misol uchramadi.

Download 43,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish