Mavzu: Ega va uning o’zbek tilshunosligidagi tadqiqi


Eganing nutqiy voqelanishi



Download 43,96 Kb.
bet5/8
Sana20.06.2022
Hajmi43,96 Kb.
#679578
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Ega va uning o’zbek tilshunosligidagi tadqiqi

Eganing nutqiy voqelanishi
Eganing leksemashakl bilan ifodalanishi
Boshqa sintaktik bo‘laklar qatori ega ham leksemashakl bilan, birikmashakl bilan va bularning birgalikda turlicha qatnashuvi bilan voqelanadi.
Sifat leksemashaklning ega bo‘lib kelishi: .. ya x sh i s i - qadrdon
choyxonaga yig‘ilish,..
(Hamid G‘ulom). E n g yo m o n i - mana shu:
o‘chib qolishi!
(O‘tkir Hoshimov).
Jamlovchi sonning ega bo‘lib kelishi: I k k a l a m i z ham charchagan
edik
(O‘tkir Hoshimov).
Ega olmoshning quyidagi turlari bilan ifodalangan
1) kishilik olmoshi bilan
a) men olmoshi bilan M e n bularni sevaman (Hamid G‘ulom) kabi;
b) sen olmoshi bilan S e n nimangga muncha kerilasan? (Hamid
G‘ulom) kabi;
d) siz 2 (birlikni "sizlash") olmoshi bilan: S i z o‘tirsangiz bo‘ldida (Pirimqul Qodirov) kabi;
e) u (kishi) olmoshi bilan : U ayvonda, stol yonida yolg‘iz o‘tiribdi
(Hamid G‘ulom) kabi;
f) ular (kishi) olmoshi bilan: U l a r chimchilovchilarni qarg‘aydilar
(Oybek) kabi;
g) ular (narsa) olmoshi bilan : U l a r yerdan shipga yetarli qilib taxlangan (Oybek);
2) so‘roq olmoshi bilan : K i m bu odamni bunchalik mehribon qilib
qo‘ydi ekan?
(Pirimqul Qodirov);
3) bo‘lishsizlik olmoshi bilan : Uyda h e ch k i m ko‘rinmaydi?
(Hamid G‘ulom). H e ch n i m a qilmaydi! (O‘tkir Hoshimov);
4) gumon olmoshi bilan : K i m d i r uni ola chilvir bilan zirkka bog‘lab
qo‘ygan edi
(Pirimqul Qodirov) kabi;
5) ko‘rsatish birligi bilan :
a) bu birligi bilan : B u qanday maynabozlik! (Oybek) kabi;
b) bular (kishi) birligi bilan(1): Bizning beshinchi bo‘limning chiroqlari
b u l a r
(Pirimqul Qodirov);
d) bular (narsa) birligi bilan : B u l a r yil-o‘n ikki oy ochiladilar (Hamid G‘ulom) kabi.
Ega hamma- jamlik anglatuvchi leksemasi bilan, o‘z- ta'kid birligi bilan
ham ifodalanadi: H a m m a dalada (Hamid G‘ulom). Yaxshi suv, opa.
O‘ z i m a m ichdim
(O‘tkir Hoshimov).
Nutqda ega bo‘lak, tabiiy, eng ko‘p ot leksemashakl bilan ifodalanadi

Atoqli ot leksemashakl asosan kishi ismiga to‘g‘ri keladi, faqat bir misolda


ega bo‘lak familiya bilan ifodalangan: .. D a v l a t b e k o v o‘zining eng yaqin
shogirdlarini ko‘rganday sevinib, ..
(Pirimqul Qodirov).
Bir misolda ega bo‘lib joy atoqli oti kelgan: .. qadimgi yo‘l tepasida T u pr o q q o‘ r g‘ o n yuksalgan (Hamid G‘ulom).
Kuzatilgan matnda quyidagi kishi ismlari ega vazifasida kelgan : Nuri , Lutfiniso , Yo‘lchi , Yormat , Shoqosim , Aziz , Dildor
, Nafisa , Turdi , Hulkar , Avaz, Xolbek , Olimjon :
Y o‘ l ch i nafasini rostlash uchun eshikka chiqdi (Oybek). A z i z armiyadan kech kuzda qaytib keldi (Hamid G‘ulom). H u l k a r serkaga qarab intildi (Pirimqul Qodirov). O l i m j o n boshimga egildi (O‘tkir Hoshimov)
kabi.
Ega vazifasida kelgan turdosh ot leksemashakllarning uchdan bir
qismi kishi otlariga, qolgan qismi esa narsa otlariga to‘g‘ri keldi.
Kishi otlari quyidagi shakllarda ega bo‘lib kelgan: a) sonlash paradigmasining birlik shaklida inson, kishi, xalq, ona, yigit, qiz, kuyov;
b) sonlash paradigmasining ko‘plik shaklida odamlar, chollar, qariyalar,
oqsoqollar, ayollar, xotinlar, yigitlar, bolalar, terimchilar, sovchilar, yallachilar, boylar
; d) sonlash paradigmasining birlik shakliga nisbatlovchi qo‘shilgan
holda : dadam, yordamchim, akang, otasi, qaynatasi.
Narsa otlari quyidagi shakllarda ega bo‘lib kelgan: a) birlik shaklida
yomg‘ir, momaqaldiroq, chaqmoq, mo‘miyo, shamol, tuproq, buloq,
choy, eshik, binafsha, suv, uy, tutun, zamon, ziyofat, qo‘ng‘iroq, serka, tuman
va b; b) ko‘plik shaklida chiroqlar, qamishlar; d) birlik shakliga nisbatlovchi qo‘shilgan holda biqinim, ko‘nglim, ichim, yuzim, ko‘zim, ovozing, do‘pping, didingiz, javobingiz, suvi, maktabi, tayog‘i; e) ko‘plik shakliga
nisbatlovchi qo‘shilgan holda (1): chiroqlarimiz.
Yuqoridagi tasvirdan xulosa shuki, badiiy nutqda ega asosan leksemashakl bilan, shunda ham ko‘pincha turdosh ot, yana aniqrog‘i – narsani anglatadigan turdosh ot bilan ifodalanadi; ot leksemashakl bilan ifodalanadigan
ega gapshakl tarkibida albatta qatnashadi. Ega vazifasida kelgan ot leksemashakl III shaxs hukmida bo‘lgani sababli kesimga III shaxs tuslovchisi
qo‘shiladi, bunda tuslovchi ega vazifasidagi ot leksemaga muvofiqlashib
qo‘shiladi; tuslovchi ega vazifasida qanday va qaysi ot leksema kelishini belgilashga mutlaqo molik emas; shunga ko‘ra egani kesimning kengaytiruvchisi,
kesim tarkibidagi tuslovchiga xos valentlikning namoyon bo‘lishi deyish -
g‘ayrimantiqiy, teskari fikr. Faqat I, II shaxs tuslovchisi bilan shakllangan kesimda-gina eganing I, II shaxs kishilik olmoshi bilan ifodalanishi aniq bo‘ladi,
lekin shunda ham ega tuslovchi asosida emas, balki tuslovchi ega (bajaruvchi) asosida tanlab qo‘shiladi. Xullas, kesimni gapshaklning mutlaq hokim
bo‘lagi mavqeiga ko‘tarish, o‘zbek tilida gapshaklni Wpm ramzi bilan yozib
ko‘rsatish asosli emas.


Download 43,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish