Bog'liq Mavzu Ega va uning o’zbek tilshunosligidagi tadqiqi
Eganing murakkab birikmashakl bilan
ifodalanishi
Bunday birikmashakllar murakkab deb tarkibida ikkitadan ortiq leksema qatnashuviga ko‘ra nomlandi. Asli bularning ko‘p qismi ikki a'zoli
bo‘lib, bir a'zosi yoki har ikki a'zosi birikmashakl bilan ifodalanadi. Murakkab birikmashakl tarkibidagi a'zolarning o‘zaro bog‘lanish tartibi turli qavslar
yordamida ko‘rsatildi. Bularning ko‘rinishlari quyidagicha:
I. Ega qaratuvchili birikmashakl bilan ifodalanadi:
1. Qaratuvchi leksemashakl bilan, qaralmish birikma bilan ifodalanadi:
1) Qaralmish sifatlovchili birikma bilan ifodalanadi:
a) [qaratuvchi] X [(sifatlovchi X sifatlanmish) qaralmish]: D i l d o rn i n g q o‘ n g‘ i r o q d a y o v o z i uni xushyor torttirdi (Hamid
G‘ulom). Kunlardan bir kun N a f i s a n i n g t o‘ y d a r a g i yoyildi
(Hamid G‘ulom). Birgina A h m a d j o n n i n g 10- b r i g a d a s i besh yuz tonna qo‘shimcha paxta berish majburiyatini olgan (Hamid
G‘ulom).
b) X <{[(sifatlovchi) X (sifatlovchi)] X [sifatlanmish]}
qaralmish>: U n i n g s e r d a r a x t k e n g h o v l i s i nim qorongi
(O‘tkir Hoshimov).
d) «qaratuvchi» X «<{[(tarz hollovchisi) X (tarz hollovchisi)] X [hollanmish]} + gan sifatlovchi> X <[(sifatlovchi X sifatlanmish) + i qaralmish]>»: D i l d o r n i n g sh a x t b i l a n ch e r t i b - ch e r t i b
a y t g a n a n i q - r a v sh a n s o‘ z l a r i boshqa savolga o‘rin qoldirmadi (Hamid G‘ulom).
2. Qaratuvchi birikmashakl bilan, qaralmish leksema bilan ifodalanadi:
1) Qaratuvchi sifatlovchili birikmashakl bilan ifodalanadi: [(sifatlovchi X
sifamlanmish) qaratuvchi] X [qaralmish]:
a) Sifatlovchi vazifasida sifat leksema, sifat tur olmosh keladi: Men burolmagan tutqichni aylantirishga y o sh b o l a n i n g k u ch i yetarmidi!
(O‘tkir Hoshimov). H a r q a n d a y i sh n i n g h a m o x i r i qiyin
bo‘ladi (O‘tkir Hoshimov).
b) Sifatlovchi vazifasida ot leksema keladi: Q o‘ q o n a r a v a n i n g
d u k u r i qursin! (Oybek). K u y o v t o m o n a y o l l a r i esa uyning
to‘rida .. g‘uj turishdi (Oybek).
2) Qaratuvchi izohlovchili birikmashakl bilan ifodalanadi: [(izohlanmish
X izohlovchi)qaratuvchi] X [qaralmish]: R a' n o k e l i n o y i m n i n g
e sh i g i orqasidan tambalangan ekan (O‘tkir Hoshimov).
3. Quyidagi misolda qaratuvchi ham, qaralmish ham sifatlovchili birikma
bilan ifodalangan; qaralmish bo‘lib kelgan birikma o‘z ichida sifatlovchili birikma bilan ifodalangan: {( sifatlovchi X sifatlanmish) qaratuvchi } X {[sifatlovchi] X [(sifatlovchi X sifatlanmish)] qaralmish}: ..B u m a h a l- l a
n i n g sh u m t a k a e r k a k b o l a l a r i "kelin chimchilash" degan
eski odatga juda rioya qilishar ekan (Oybek).
II. Ega sifatlovchili birikmashakl bilan ifodalanadi:
1. Sifatlovchi sifatdoshdan boshqa leksemashakl bilan ifodalanadi:
1) Sifatlovchi leksemashakl bilan, sifatlanmish birikma bilan ifodalanadi:
[sifatlovchi] X [(sifatlovchi X sifatlanmish) sifatlanmish]: Kuch sinovda
h a r i k k i t o m o n astoydil kurashdi (Oybek). Y a n a b i r y a q i n
t o m o n i - qo‘shni (Hamid G‘ulom). O‘yindan keyin k e ch a g i s oq o l l i k a m p i r kelinni "salom"ga olib chiqdi (Oybek). Mening zimmamga K o‘ t a r m a d a g i b r i g a d a tushgan (O‘tkir Hoshimov).
B a ' z i sh i l q i m b o y v a ch ch a l a r qo‘llaridagi shaldiroq qog‘oz
aqchalarni havoda silkitadilar (Oybek). .. Buqabuloq atroflarida b u n a q a
a n t i q a q i sh l o q l a r ko‘p (Hamid G‘ulom). Shu qiy-chuv ichida
Mirzakarimboy bilan xotini o‘rtasida b i r o z a ch ch i q - t i z i q g a p
o‘tdi (Oybek).
Mana bu misolda sifatlanmish o‘z navbatida sifatlovchi leksemashakl va
sifatlanmish birikmadan tuzilgan: {sifatlovchi} X {[sifatlovchi] X [(sifatlovchi X sifatlanmish) sifatlanmish]}: B u T o sh k e n t l i k j u r n a- l i
s t y i g i t .. Avazlarning ishini Mansurovdan eshitib qiziqib qolgan edi
(Pirimqul Qodirov).
2) Sifatlovchi birikmashakl bilan, sifatlanmish leksema bilan ifodalanadi:
[(sifatlovchi X sifatlanmish) sifatlovchi] X [sifatlanmish]: .. Nurini b i r
t o‘ d a x o t i n l a r palak ostida kattagina xonaga kiritdilar (Oybek). Qiz
tomondan g u p ch a k d e k y u m – y u m a l o q xotin belini belbog‘ bilan mahkam bog‘lab o‘rtaga tushdi (Oybek).
Mana bu misolda sifatlovchi kesimlik leksemasi boshqargan to‘ldiruvchili
birikma bilan ifodalangan: [vositali to‘ldiruvchi X to‘ldirilmish) sifatlovchi]
X [sifatlanmish]: Yaxshi boqilgan suruvlarda o‘ z i g a x o s b i r i n t iz o m bo‘ladi (Pirimqul Qodirov).
3) Mana bu misolda sifatlovchi to‘ldiruvchili birikmashakl bilan, sifatlanmish sifatlovchili birikma bilan ifodalangan: [(vositali to‘ldiruvchi X
to‘ldirilmish) sifatlovchi] X [(sifatlovchi X sifatlanmish)sifatlanmish]: