“VATANNING FIDOYI FARZANDLARI YODIMIZDA MANGU YASHAYDI”
Kirish so’z; Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yoqotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo'la olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik - taroqqiyot garovidir. 9 mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi.
II jahon urushida Ozbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar ondam ichtirok etgan. 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush moydonlaridan nogiron bo'lib qaytdi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo'ldi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni va “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun kurashgan, fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, tinchlik-osoyishtalik yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish xalqimizga xos azaliy qadriyat ekanining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.
Bularning barchasi aziz yurtimizning aziz duogo‘ylariga bildirilayotgan katta hurmat-e’tibor ramzi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ularning doimiy qilayotgan xolis duoi xayrlari yurtimizni va xalqimizni turli balo-ofatlardan saqlashga xizmat qilayotgani aniq. Zero, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: "Agar orangizda munkillagan qariyalar, o‘tlab yurgan jonzotlar va emizikli chaqaloqlar bo‘lmaganida edi, boshingizga balolar selday oqib kelar edi" deb marhamat qilganlar.
Asli mukarram qilib yaratilgan inson doimo hurmat- ehtiromga loyiq. Ayniqsa umri dovamida ko‘plab xayrli ishlarni qilib hozirda qarilik yoshiga yetgan nuroniy otaxonlarimizni, aziz momolarimizni qancha ulug‘lab, e’zozlasakda oz. Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning muborak hadislarida ham yoshi ulug‘larimizni qadrlash, ularning hurmatini joyiga qo‘yish borasida ko‘plab ko‘rsatmalar kelgan. Abu Hurayra (r.a) dan rivoyat qilinishicha, Nabiy alayhissalom: “Kim kichigimizga rahm qilmasa, kattamizning haqqini bilmasa, bizdan emas”, deganlar. Boshqa bir hadisda esa: “Soch-soqoli oqargan musulmonni, Qur’onni yod olgan, unda g‘uluvga ketmagan hamda unga jafo qilmaganni, adolatli hukmdorni ikrom qilish Allohni ulug‘lashdandir”, deb marhamat qilganlar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Alloh taolo Hashr surasining 10-oyatida marhamat qilib aytadiki: Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: «Ey, Rabbimiz! O‘zing bizlarni va bizdan ilgari imon bilan o‘tganlarni mag‘firat etgin va qalblarimizda imon keltirgan zotlarga nisbatan gina paydo qilmagin! Ey, Robbimiz! Albatta, Sen mehribon va rahmli zotdirsan!»
Demak, yoshi ulug‘larni hurmatlash faqatgina dunyoviy odob-axloq, burch, vazifagina bo‘lib qolmay, balki Alloh taoloning nazdidagi buyuk va savobli ish hisoblanar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |