12- rasm. Shimmel
kolbasi
6
(a -b)-M
C -561 -0,42(fl-A) ’
bunda, a — efir moyining atsetatlangandan so'nggi efir soni; b — efir moyining atsetatlanmasdan
oldingi efir soni; M — spinning molekula og‘irligi;
C — spinning atomliligi.
EFIR
MOYLARINI,
EFIR
MOYI
SAQLOVCHI
DORIVOR
0‘SIMLIKLARNI
TIBBIYOTDA
QO‘LLASH
VA ULARNI SAQLASH
Efir moylari tibbiyotda dori sifatida ichiladi yoki badanga surtiladi va inyeksiya qilinadi,bundan
tashqari, ba’zi dorilar aralash- masi tarkibiga kiradi. Efir moyi saqlovchi o'simliklardan tayyor-
langan dori turlari ham tibbiyotda keng ishlatiladi. Efir moylari farmatsevtikada boshqa dorilar
mazasi va hidini yaxshilash uchun qadimdan ishlatilib kelinmoqda.
Ko'pgina efir moylari bakterisid xossasiga ega bo'lganidan tish kasalliklarini davolashda va
ingalyatsiyada (nafas yo'llarini dezinfeksiya qilishda) ishlatiladi. Xonalar (ko'pincha kasalxonalar)
havosini yaxshilash uchun ham efir moylaridan foydalaniladi.
Efir moylari ko'proq parfumeriyada, kosmetikada, texnikada va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.
EFIR MOYLARINI SAQLASH
Efir moylari havo kislorodi, yorug'lik va namlik ta’sirida bu- ziladi. Bunday sharoitda ular
oksidlanib, smolaga o‘xshash mod- dalar hosil qiladi. Natijada efir moylarining ranggi va hidi
o‘zgarib, o‘zi quyuqlashadi. Efir moylari ombor va dorixonalarda saq- langanda yuqorida
ko‘rsatilgan sharoitlar hisobga olinishi kerak.
Efir moylari tegishli MTH da ko‘rsatilgan og‘zi mahkam yo- piladigan idishlarda to'la holda 15*C
dan yuqori boMmagan haroratda, salqin hamda qorong‘u joyda saqlanadi.
Spinning foiz =
7
EFIR
MOYLARI
УА
ULARNI
SAQLOYCHI
DORIVOR
0‘SIMLIKLARNING TASNIFI
Efir moyi saqlovchi dorivor o‘simliklar va mahsulotlar tarki- bidagi moyni asosiy qismining
kimyoviy tuzilishiga qarab, olti guruhga bo‘linadi:
Tarkibida asiklik (ochiq zanjirli) monoterpenlar bo‘lgan efir moylar va o'simliklar.
Tarkibida monosiklik monoterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
Tarkibida bisiklik monoterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
Tarkibida aromatik monoterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
Tarkibida asiklik (ochiq zanjirli) seskviterpenlar bo'lgan efir moylar va o‘simliklar.
Tarkibida siklik seskviterpenlar bo‘lgan efir moylar va o‘simliklar.
TARKIBIDA ASIKLIK (OCHIQ ZANJIRLI)
MONOTERPENLAR BO‘LGAN EFIR MOYLARI
VA DORIVOR 0‘SIMLIKLAR
Bu guruhga kiradigan mahsulotlar (atirgul, limon moylari hamda kashnichning efir moyi va
mevasi) tibbiyotda uncha ahamiyatga ega emas. Lekin xushbo‘y boMgani sababli par- fumeriyada
ko‘p ishlatiladi. Bu moylarda birlamchi spirtlardan geraniol va sitronellol (atirgul hidini beradi),
geraniolning izomeri linalool spirti (marvaridgul va lavanda hidini beradi) hamda limon hidini
beradigan sitral aldegid (geraniol aldegidi) va boshqa birikmalar yoqimli hid beruvchi asosiy
qismlar hisoblanadi.
8
KASHNICH
MEVASI
VA
MOYI
-
FRUCTUS ET OLEUM CORIANDRI
O'simlikning nomi. Ekma kashnich — Coriandram sativum L.; selderdoshlar — Apiaceae
(soyabonguldoshlar — Umbelliferae) oilasiga kiradi.
Bir yillik, bo‘yi 30—70 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi silindrsimon, mayda qirrali, tuksiz,
ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. Baigi oddiy, qinli, tuksiz, ildiz oldi baiglari uzun bandli, uch
bo‘lakka qirqilgan, qirrasi tishsimon kesilgan, po- yasining pastki qismidagi baiglari qisqa bandli,
ikki bo‘lakka qirqilgan, o‘rta va yuqori qismdagilari esa bandsiz bo'lib, ipsimon ikki-uch bo‘lakka
ajralgan. Baiglari poyada ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, umumiy o‘ramasiz murakkab
soyabonga to'plangan; gulkosachasi besh tislili, meva bilan biiga saqlanib qoladi. Tojbaigi beshta,
pushti rangda, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi — yumaloq,
qo‘ng‘ir yoki saig'ish-kulrang, qo‘shaloq doncha.
Iyun oyidan boshlab, avgustgacha gullaydi, mevasi avgust- sentabrda pishadi.
Geografik tarqalishi. Vatani Ovrupo janubidagi davlatlar ham- da Turkiya. Ukrainada, Kavkazda,
Kuybishev va Voronej viloyatlarida hamda O'rta Osiyo respublikalarida o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Mahsulot yozning ikkinchi yarmida bi- rinchi soyabonlardagi mevalar
qo‘ng‘ir rangga kira boshlagan paytda (50—60 foiz mevalar pishgandan so‘ng) yig‘ila boshlana-
di. 0‘simlik mashinada o'riladi, soyabonlar bir tomonga qaratib bog'lanadi so'ngra yetilmagan
mevalar pishishini tezlashtirish uchun bog'lamlaming soyabonlarini yuqoriga qaratib, bir-biriga
suyab, g'aramlab qo‘yiladi.
Kashnich ertalab o‘rib to‘planadi va bog‘-bog‘ qilib bog‘la- nadi, kun isiganda o‘rilsa, qurigan
mevalari to‘kilib ketadi. Havo ochiq bo‘lsa — dalada, yog‘ingarchilik paytida esa — usti berk
joylarda quritiladi. Mevalarning hammasi pishganida va quri- ganidan keyin o‘simlik mashinada
yanchiladi, shamol mashinada mevalari ajratib olinadi.
Mahsulotning tashqi ko^nishi. Tayyor mahsulot yumaloq shaklli pishganda bo‘linmaydigan ikki
bo'lakli, qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish kulrang, diametri 4 mm bo'lgan qo‘shaloq donachadan iborat.
Наг yarimta mevaning qabariq tomonida sal do‘ppaygan Sta asosiy qovuig‘alari va yaxshi
sezilmaydigan 6 ta to‘g‘ri, qo‘shimcha qovurg'alari bo‘ladi.
Pishib yetilgan meva xushbo‘y hidga va yoqimli mazaga ega.
9
Meva namligi 13 foiz, umumiy kuli 7 foiz, 10 foizli xlorid kislotada erimaydigan kuli 1,5 foiz,
ezilgan, pishmagan va bu- zilgan kashnich mevalari 3 foiz, efir moyli boshqa o‘simliklar
mevasining aralashmasi 1 foiz, oiganik aralashmalar 1 foiz va mineral aralashmalar 1 foizdan ortiq
hamda meva tarkibidagi efir moyi 0,5 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. Kashnich mevasi tarkibida 0,7-1,5 foiz efir moyi, 10-20 foiz yog‘, 11—17foiz
oqsil va boshqa moddalar bo'ladi.
Kashnichning efir moyi rangsiz yoki och sarg‘ish, tiniq suyuq- lik bo‘lib, o‘ziga xos xushbo‘y va
yoqimli mazasi bor. Zichligi 0,845—0,862, refraksiya soni 1,471—1,478, qutblangan nur tekis-
ligini og‘dirish burchagi +56° — +68°.
Moy tarkibida 60—80 foiz linalool, 5 foiz geraniol va oz miqdorda bomeol, turli aldegidlar hamda
terpenlarning aralash- malari bo‘ladi. Standart talabiga ko‘ra efir moyi tarkibidagi linalool miqdori
65foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
Ishlatilishi. Kashnich mevasi ishtaha ochadigan, ovqat hazm qilishni yaxshilaydigan, o‘t
haydaydigan vosita sifatida va bavosil kasalligida hamda yaralarni davolashda ishlatiladi.
Kashnich mevasining efir moyi antiseptik, og‘riq qoldiruvchi, o‘t haydov- chi hamda bavosilga
qarshi dori sifatida ishlatiladi, shuningdek, farmatsevtikada ichiladigan dorilar ta’mini
yaxshilashda ishlatiladi.
Kashnich mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida hamda parfumeriyada ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Damlama, kukun (poroshok) va spirtli suvi. Mevasi me’da va bavosil
kasalliklarida ishlatiladigan hamda o‘t haydovchi yig‘malar — choylar tarkibiga kiradi.
10
TARKIBIDA
MONOSIKLIK
MONOTERPENLAR
BO‘LGAN EFIR MOYLAR VA DORTVOR 0‘SIMLIKLAR
Bu guruhga kiradigan dorivor o‘simliklar efir moylarining asosiy ta’sir etuvchi qismlari mentol,
sineol, limonen, pulegon, menton, karvon va boshqa birikmalar hisoblanadi.
QALAMPIR
YALPIZ
BARGI
VA
MOYI
-
FOLIA ET OLEUM MENTHAE PIPERITAE
0‘simlikning nomi. Qalampir yalpiz — Mentha piperita L.; yasnotkadoshlar — Lamiaceae
(labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, bo‘yi 30—100 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Po- yasi bir nechta, tik o'suvchi, to‘rt
qirrali, tuksiz yoki siyrak tukli. Bargi oddiy, cho‘ziq tuxumsimon yoki lansetsimon, o‘tkir uch- li,
qirrasi o‘tkir arrasimon. Baiglar poyada qisqa bandlar bilan qarama-qarshi joylashgan. Gullari
mayda, pushti, och binafsha yoki qizil-binafsha rangda, poya va shoxlar uchida g‘uj joylashgan
boshoqchasimon gul to‘plami hosil qiladi. Gulkosachasi nay- chasimon, binafsha rangli, besh tishli
bo‘lib, meva bilan birga qoladi. Gultojisi bir oz qiyshiq, voronkasimon, to‘rt boMakli
Do'stlaringiz bilan baham: |