Mavzu: Efir moylarining fizik-kimyoviy konstantalari bo’lgan dorivor o’simliklar va



Download 320,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana30.05.2023
Hajmi320,83 Kb.
#946434
  1   2   3   4
Bog'liq
9-nazariy amaliy



1
Mavzu: Efir moylarining fizik-kimyoviy konstantalari bo’lgan dorivor o’simliklar va 
mahsulotlar. 
EFIR MOYLARI TARKIBIDAGI ARALASHMALARNI 
ANIQLASH 
Efir moylari tarkibida ba'zan turli aralashmalar (spirt, yog‘lar, mineral moylar, suv va 
boshqalar) uchraydi. Bunga efir moylarini olish vaqtida suvdan yaxshi tozalanmaganligi va qisman 
falsi - fikatsiya qilish maqsadida ularga ba’zi moddalar qo'shib yubo- rish sabab bo‘ladi. Shuning 
uchun efir moyining sifatini aniqlashda tarkibida bo‘lgan spirt, mineral moylar va suvga 
reaksiyalar qilish kerak.Efir moylaridagi spirt aralashmasini aniqlash (XIDF bo‘yicha. Soat 
oynasiga quyilgan suv ustiga bir necha tomchi efir moyi tomizilib, qora buyum usti (fon)da 
ko'rilganda moy tomchilari atrofida loyqalanish bo‘lmasligi kerak. Efir moyi loyqalansa, unda 
spirt aralashmasi boriigi ma’lum bo‘ladi. Quruq probirkaga 1 ml efir moyi quyiladi, so‘ngra paxta 
tampon bilan probirka yopiladi (paxtani efir moyiga yaqinroq tushiriladi). So'ngra paxta ustiga 
fuksinning kichik bo‘lakchasi — kristali solinadi va probirkadagi efir moyini qaynaguncha qizdi- 
riladi. Agar moyda spirt aralashmasi bo‘lsa, uning bug‘i probirkadagi paxtadan o‘ta turib, fuksinni 
eritadi, natijada paxta qizil rangga bo‘yaladi. Efir moylari taridbidagi yog4 va mineral moylami 
aniqlash (XI DF bo‘yicha). 1 ml efir moyini probirkaga quyib, 10 ml spirt bilan chayqatiladi. Efir 
moyi tarkibida yog‘ va mineral moylar (vazelin moyi, parafin moyi) bo‘lsa, ular spirtda erimaydi 
va probirkadagi aralashma loyqalanadi. Yog'lar aralashmasini yana akralein reaksiyasi yordamida 
aniqlash mumkin. Efir moylaridagi suv aralashmasini aniqlash (XI DF bo‘yicha) 1 ml efir moyini 
quruq probirkaga solinadi va unga suv bilan to'yintirilgan benzoldan 3 ml qo‘shib chayqatiladi. 
Agar efir moyida suv aralashmasi bo‘lsa, probirkadagi suyuqlik loyqalanadi. 
EFIR MOYLARINING FIZIK KONSTANTALARINI 
ANIQLASH 
Efir moylarining fizik konstantalariga zichligi, qutblangan nur tekisligining og‘dirish 
ko‘rsatkichi, yorug'likni sindirish koef- fitsiyenti, qotish harorati, fraksion haydash, eruvchanlik 
va boshqa ko‘rsatkichlar kiradi. Bu konstantalar efir moylarining chinligini aniqlash 
(identifikatsiya qilish) va sifatini belgilashda katta ahamiyatga ega. Masalan, efir moylarining 
zichligiga qarab, tarki- bida qaysi guruhga kiradigan birikmalar borligini aniqlash mumkin. Agar 
zichlik 0,9 dan past bo'lsa, efir moyi tarkibida, asosan, ochiq halqali yoki siklik terpenlar bo'lishi, 
zichlik 1 dan yuqori bo'lganida esa kislorod, azot va oltingugurt saqlovchi aromatik 
uglevodorodlarga boyligi ma’lum bo'ladi. Yorug'likni sindirish koeffitsiyenti va qutblangan nur 


2
tekisligining og‘ish burchagi ham efir moylarining tahlilida katta ahamiyatga ega. Ular efir 
moylarini saqlash davrida shu moylar tarkibiy qismining buzilishiga qarab o‘zgarishi ham 
mumkin. Efir moylarining zichligi piknometr, yorug‘likni singdi- rish koeffitsiyenti (refraksiya 
soni) refraktometr hamda qutblangan nur tekisligini og'diruvchi ko'rsatkich -- polyarimetr 
yordamida aniqlanadi (aniqlash usullari XI DF da 24—30- betlarda keltirilgan). Efir moylari 
barcha organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Turli konsentratsiyadagi spirtlarda (70-80-90 foiz) har 
xil erishiga qarab, qaysi efir moyi ekanligini aniqlash mumkin. Bundan tashqari, spirt 
konsentratsiyasi pasaygani sari, efir moylari tarki- bidagi ba’zi aralashmalar (yog‘lar, skipidar
parafin, vazelin moyi va boshqalar) cho'kib ajraladi. Shuning uchun efir moylarining tozaligi va 
sifatini aniqlashda ulaming eruvchanligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Efir moyining spirtlarda 
eruvchanligini aniqlash uchun (XI DF bo‘yicha) 1 ml moy 10 ml hajmdagi silindrga quyiladi va 
шоу to‘liq erib ketgunga qadar silindmi chayqatib turib, unga byuretkadan ma’lum 
konsentratsiyadagi spirt qo'shib turiladi. Efir moyi butunlay erigandan so‘ng qancha spirt ketgani 
hisoblanadi. Efir moylarini fraksion haydash yo‘li bilan uning tarkibidagi barcha qismlarining 
qaynash haroratini hamda miqdori aniqlanadi. Ayni vaqtda moy tarkibiga qo‘shilgan 
aralashmalami ham bilish mumkin. Efir moylarining qotish temperaturasini aniqlash tarki- bida 
stearopteni ko‘p bo‘lgan moylar uchun katta rol o‘ynaydi. Stearoptenlar ko‘pincha efir 
moylarining asosiy qismi hisoblanadi. 
EFIR MOYLARNING KIMYOVIY KONSTANTALARINI ANIQLASH 
Efir moylarining kimyoviy konstantalariga kislota, sovun- lanish va efir soni kiradi. Bu 
sonlarning qoidasi, aniqlash usul- lari va hisoblash formulalari yog'lar tahlili bo'limida to‘liq bayon 
etilgan bo‘lib, quyidagilar bilan ulardan farq qiladi: 
Kislota sonini aniqlashda tahlilga olingan 1,5-2 g (analitik tarozida tortilgan) efir moyi 5 ml neytral 
spirtda eritiladi va muntazam chayqatib turib, kaliy ishqorining spirtdagi 0,1 mol/1 eritmasi bilan 
titrlanadi.1 
Kislota soni yordamida efir moyi tarkibida sof holda bo‘ladigan birorta ma’lum kislota miqdorini 
aniqlash mumkin. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: 
Kislota foiz = , 
561 В ’ 
1
Efir moyi tarkibida fenollar ko‘p bo'lsa, ishqoming bir qismi fenolat hosil qilishga sarf bo'ladi, natijada kislotalar miqdori sun’iy 
ravishda ko'payib ketadi. Shuning uchun titrlashda fenolftalein o'rnida fenol-qizil indikatori ishlatiladi. 


3
bunda, K.S. — kislota soni, M — aniqlanishi lozim bo‘lgan kislotaning molekula og‘ irligi; В — 
shu kislotaning necha asosliligi. Sovunlanish sonini aniqlashda tarozida tortib olingan efir moyi 
awal 10 ml neytral spirtda eritiladi, so‘ngra kaliy ishqori- ning spirtdagi 0,5 mol/1 eritmasidan 25 
ml qo‘shib qizdiriladi. 
Efir va sovunlanish sonlari yordamida efir moyi tarkibida- gi ma’lum murakkab efirlami hamda 
shu efimi tashkil etgan spirt va kislota miqdorini aniqlash mumkin. Buning uchun quyidagi 
formuladan foydalaniladi: 
Murakkab efir, spirt yoki kislota Efir moylarining sovunlanish soni va efir sonini aniqlashda moy 
tarkibidagi fenollar va aldegidlaming xalaqit berishini hisobga olish lozim. 
EFIR MOYLARI TARKIBIDAGI BA’ZI ASOSIY QISMLAR MIQDORINI ANIQLASH 
USULLARI 
Efir moylari organik birikmalar aralashmasidan tashkil topgan bo‘lib, shu moy tarkibidagi 
ba’zi qismlargina tibbiyotda, par- fumeriyada va boshqalarda ishlatiladi. Efir moylarining asosiy 
qism- lari sifatida ko‘pincha kislorodli birikmalar — spirtlar, kislotalar, ularning murakkab efirlari, 
fenollar, aldegidlar, ketonlar va boshqalar bo'ladi. Efir moylari tarkibidagi terpenlar, ayniqsa, 
seskviterpenlaming tibbiyotda katta ahamiyati borligi keyingi vaqtda aniqlandi. Yuqorida 
ko'rsatilgan moylarning asosiy qismlari miqdorini aniqlash moylar sifatini a niqlashda katta 
ahamiyatga ega. Efir moylari tarkibidagi efirlar, ulami tashkil etuvchi kislotalar va spirtlar miqdori 
efir soni yordamida, sof kislotalar esa kislota soni yordamida aniqlanadi. Bulardan tashqari, efir 
moyi tarkibidagi fenollar, erkin holdagi spirtlar, aldegid va ketonlar, lak- tonlar hamda sof holdagi 
bir qancha birikmalar turli usullar bilan aniqlanadi. Fenollar, aldegid va ketonlar hamda erkin 
holdagi spirtlarni aniqlash usullari2 farmatsevtikada ko‘p qoMlaniladi. 
FENOLLAR MIQDORINI ANIQLASH 
Efir moylari tarkibidagi fenollar miqdorini aniqlash ulaming suvda eriydigan birikma — fenolatlar 
hosil qilishi reaksiyasiga asoslangan. 
Aniqlash texnikasi (XI DFga ko‘ra). 200—250 ml hajmdagi Kassiy kolbasiga 
(11- rasm) pipetka bilan o‘lchab, 5 ml efir moyi solinadi, uning ustiga natriy 
(yoki kaliy) ishqorining 5 foiz- li eritmasidan 150 ml quyiladi va 15 daqiqa 
davomida yaxshilab chayqatiladi. So‘ngra aralash- mani tindirib, kolbaning 
2
Efir moyi tarkibidagi erkin holda uchraydigan ko‘pgina moddalar miqdorini aniqlash uchun bir qancha: xromatografik, spektral, 
spektrofotometrik, polyarografik va boshqa mikrousullar keyingi vaqtda ishlab chiqildi. M. Goryaev, l.Pliva «Методы исседования 
эфирных масел. Алма-Ата, 1962» kitobiga qarang. 

Download 320,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish