1. Sifat otga bog’langanda,sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar qaysi qismga qo’shilishi mumkin?



Download 42,12 Kb.
bet1/3
Sana14.03.2023
Hajmi42,12 Kb.
#918839
  1   2   3
Bog'liq
Sifat a variant


SIFAT A VARIANT
1.Sifat otga bog’langanda,sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar qaysi qismga qo’shilishi mumkin?
A.otga B.sifatga
C.vaziyatga qarab otga yoki sifatga D.har ikkalasiga birdan qo’shilishi mumkin
2.Berilgan gapda ajratilgan so’z vositasida qaysi hodisa yuzaga chiqmayapti?
Odam olasi ichida
A.sifatlashish B.so’z tushishi
C.ravshga ko’chish D.otlashish
3.Yaxshining yaxshiligi har yerda tegar.
Gapda otlashgan sifatning sintaktik vazifasini aniqlang.
A.hol B.kesim C.aniqlovchi D.aniqlovchi,ega
4.Taqlid so’zdan yasalgan sifatlar berilgan qatorni toping.
A.yaltiroq,yarqiroq,so’lqildoq B.jizza,qahqaha,sharshara
C.chirildoq,chiyildoq,liqildoq D.qalbaki,xomaki,dahanaki
5.Predmetning o’rin va paytga ko’ra belgisini buldiruvchi sifatlar qatorini toping
A.ochiq,yosh,keksa B.keng,kata,uzun
C.ichki,ertalabki,kuzgi D.oq,sariq,ko’k
6.Sifat qaysi gapda kesim vazifasida kelgan?
A.Ota-onaga muhabbat – barcha yaxshi fazilatlarning asosi.
B.Har qanday tashqi odob o’zining ichki poydevoriga ega.
C.Toza yurakni qo’rqitish qiyin
D.Ishonch-eng qudratli ijodiy kuch
7.Hol vazifasida kelgan sifat qaysi qatorda qo’llangan
A.U bugun darsni yaxshi tayyorlamadi.
B.Haqiqiy odam insoniyat uchun ishlaydi.
C.Yashil yaproqlarga berkinib bir zum,o’ying,hislaringni o’g’irlab olmas.
D.Bu dunyoning ishlari qiziq.Goh quvonib, goh bo’lasan ziq.
8.Sifat turkumining o’ziga xos morfologik xususiyati qaysilar?
A.Darajalanish xususiyatiga ega.
B.Sifatlovchi aniqlovchilar o’zlarining sifatlanmishlari bilan moslashmaydi.
C.Sifatlar sodda va qo’shma bo’ladi. D.A va C
9.Orttirma darajadagi yasama sifat qo’llangan gapni aniqlang.
A.Hammayoq top-toza B.Ular uchun behatar yo’l Toshkent edi.
C.Ko’m-ko’k osmonda suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovullardir
D.Insonning hayot yo’li g’oyat murakkab
10.Otlashgan so’z qo’llangan gapni toping?
A.Bilmaslik ayb emas,o’qimaslik-ayb
B.Birov yonbag’irdan gul tergani,birov buloq suvdan ichgani tarqab ketdi
C.Dunyoda el va yerga xiyonat qilishdan,zolimga do’st bo’lishdan ham ko’ra og’irroq,razilroq,mudhishroq jinoyat bormi
D.Donolikning bir belgisi-adolat.Zulum bilan hamroh erur jaholat
11.Qaysi sifatlar tuzilishiga ko’ra sodda sifatlar deb ataladi?
A.Qo’shimchalar qo’shish usuli bilan yasalgan sifatlar
B.Tub va yasama sifatlar
C.Tub sifatlar
D.Tub va qo’shimchalar qo’shish usuli bilan yasalgan sifatlar
12.Sifat aniqlovchi vazifasida qo'l­langan gap qaysi?

  1. Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat

  2. To'g'ri yursang, murodingga oson yetarsan

  3. Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq ko'chaga otildi

  4. Bir xotin sabzavotlar solingan xal- tasini ko'tarib kelardi

13.Predmetning o'rin va paytga ko'­ra belgisini bildiruvchi sifatlar qaysi qa­torda berilgan?

  1. keng, katta, uzun

  2. oq, sariq, ko'k

  3. ichki, ertalabki, kuzgi

  4. ochiq, yosh, keksa

14.Tarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho'zish yo'li bilan qaysi darajada- gi sifatlar hosil bo'ladi?

  1. oddiy daraja

  2. ozaytirma daraja

  3. orttirma daraja

  4. bunday yo'l bilan sifat darajalari hosil bo'lmaydi

15.Qaysi qatorda o'z va ko'chma ma’noda ishlatilgan sifat bor?

  1. Yaxshi do'sting kuldirar, yomon do'sting kuydirar

  2. Aybsiz do'st izlagan do'stsiz qolar

  3. To'g'ri o'zadi, egri to'zadi

  4. Issiq kiyim tanni ilitar, issiq so'z jonni ilitar

16.Qaysi qatordagi yasama sifat- larning asosida tovush almashishi bo'l­gan?

  1. issiq, achchiq B) qaynoq, so'roq

  1. sovuq, quruq D) sayroqi, tutatqi

17.Otlashgan sifat berilgan gapni toping.

  1. Birni ko'rib shukr qil, birni ko'rib fikr qil

  2. Ko'pi ketib, ozi qoldi

  3. Maqtanganning uyiga bor, keril- ganning to'yiga bor

  4. Ahmoqlaming yuragi og'zida, donolarning tili yuragidadir

18.Qizil qalpoq, jigarrang kurtka kiygan bu bolaginaning tim qora ko’zlari,dum-dumalq loppi yuzi negadir g’amli ma’yus edi.
Ushbu gapda sifat turkumiga mansub nechta so’z bor,ularning nechtasi orttirma darajada?
A.6 ta sifat,2 tasi orttirma darajada
B.6 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada
C.7 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada
D.7 ta sifat, 1 tasi orttirma darajada
19. Qaysi javobdagi so’z birikmalari tarkibida sifatlashuv hodisasi ro’y bergan?
A. chiroyli gul.ajoyib kitob,murakkab tushuncha
B. ifodali o’qimoq,ta’sirchan gapirmoq,qattiq yo’talmoq
C.chinni payola,piyoda askarlar,billur qandil
D.oltin kuz,singan ko’za,mis tanga
20. Qaysi qatordagi gapda nisbiy sifat qo’llangan?
A.Yaxshi fazilat insonning ziynatidir
B.Shirin oshing bo’lguncha shirin so’zing bo’lsin.
C.Tovus o’zining chiroyli patini har doim asrab avaylaydi
D.Do’ppili odamni ko’rsam,go’zal vodiy,ona qishlog’im ko’z oldimga keladi.
21.Jumladagi sifatning ma’no turini toping?
Uning yonoqlari uzunchoqroq edi.
A.Hid biluvchi sifat B.Shakil-ko’rininsh bildiruvchi sifat
C.Holat bildiruvchi sifat D.Hajm o’lchov bildiruvchi sifat
22.Qaysi qatorda yasama sifat berilmagan?
A.Iliq,toyg’oq,kuyunchak B.Rahmdil,erksevar,kamgap
C.Topqir,beg’ubor,naloyiq D.Chiniqqan,o’qigan,toliqqan
23.Quyidagi hususiyatlarning qaysi biri otlashgan sifatlarga xos emas?
A.otga xos ko’plik qo’shimchasini qabul qiladi.
B.otga xos egalik qo’shimchasini qabul qiladi.
C.otga xos yasovchi qo’shimchalarni qabul qiladi.
D.gapda otga xos barcha sintaktik vazifalarni bajara oladi.
24.Sifat turkumiga oid so’zlar qaysi javobda berilgan?
A.chiniqqan,o’qigan,esayotgan B.so’nmas,oqar,sehrlovchi
C.mayin,oqimli,quvnoq D.birinchi,ishchi,to’quvchi
25.Predmetning xususiyatini bildiruvchi sifatlar qaysi javobda ko’rsatilgan?
A.shirin, achchiq,nordon B.novcha,og’ir,kata
C.ko’k,sariq,yashil D.kamtar,xushfe’l,sho’x
26.Otlashgan sifat qaysi gapda qo’llangan?
A.Ichki go’zalllik bilan yo’g’rilmagan har qanday tashqi husn mukammal bo’la olmaydi
B.Ezgu mehnat hamma to’siqlarni yengadi.
C.Otning yaxshisi uloqda bilinadi.
D.Havo sof,bog’ ko’m-ko’k
27.Qaysi qatorda sifat yasovchi sinonim qo’shimchalar berilgan
A.-li,ba-,bo- B.-siz,-gi,-ki C.-ag’on,-li,-simon D.-gan,ser-,no-
28.Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad – milliy o’zligimizni chuqurroq anglash.
Ushbu gapda nechta yasama sifat mavjud? A.1 B.2 C.3 D.4
29.Sifat+ot ko’rinishidagi qo’shma sifatlar berilgan qatorni belgilang?
A.sovuqqon,balandparvar B.kamgap,kamquvvat
C.tezoqar,ertapishar D.dunyoqarash,toshbag’ir
30.Fe’ldan yasalgan sifatlar berilgan qatorni toping.
A.harakatchan,ishchan B.tinchliksevar,savlatli
C.sezgir,uchqur D.bexabar,sabrsiz
31.Qaysi gapdagi sifat otga ko’chgan?
A.-Tez orada tuzalib ketasiz,-dedishifokor kasaliga
B.Yaxshining so’zi qaymoq,yomonning so’zi to’qmoq
C.Terimchilar ashula boshladilar D.Hayo yaramas ishlardan tiyadi
32.Qaysi gapda sifat kesim vazifasida qo’llangan
A.Sap-sariq bug’doylarning oltin boshoqlari silkinar
B.Daraxtlarning tanasi pakana,mevasi mo’l va yirik edi
C.G’o’za shoxlari oqish,pushtirang gullar bilan bezangan
D.Ko’kimtir osmonda behisob yulduzlar chaqnab turardi
33.Asliy sifatlar berilgan qatorni toping
A.baland,go’zal B.ko’chma,sheryurak
C.devoriy,devqomat D.derazili,qishki
34.Sifat yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi bilan ayrim so’zlarda qanday tovush o’zgarishlari ro’y beradi?
A.tovush tushishi,tovush ortishi B.tovush tushishi,tovush almashishi
C.tovush tushishi,ortishi,almashishi D.tovush ortishi va almashishi
35.Qaysi qo’shimcha orqali sifat yasalganda so’zlarning asosida tovush ortishi va almashishi kuzatiladi? A.-q B.-qi C.-oq D.-k
36.Predmetning o’rin va paytga ko’ra belgisini bildiruvchi sifatlar qaysi qatorda berilgan?
A.keng,katta,uzun B.oq,sariq,ko’k C.ichki,ertalabki,kuzgi D.ochiq,yosh,keksa
37.Qaysi gap tarkibidagi qo’shma sifat egaga bog’lanib kelgan?
A.Baxtiyorning shalpangquloq,jajji kuchukchasi bor
B.Mlliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan
C.Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o’ynaydi
D.Samiq aka elliklardan oshgan,tarvuzdek yum-yumoloq,hazilkash,shirinso’z odam
38.Qaysi gapda asosi sifat turkumiga mansub bo’lmagan yasama so’zlar ishtirok etgan?
A.Oybek domla nihoyatda tiyraklik samimiyat bilan opaning gaplarini tastiqladi
B.Avaz dahlizdan rangdor vassali,sertokcha uyga kirdi
C.Shuni aytadilar-da,to’qlikka sho’xlikdeb
D.-Mehmon degan sergap bo’lmaydi,-dedi u ayyorlarcha
39.Quyidagi gapdagi otlashgan sifatning sintaktik vazifasini toping?
O’zingdan kattani hurmat qil
A.kesim B.aniqlovchi C.ega D.to’ldiruvchi
40.Qaysi gap tarkibida to’rtta yasama sifat ishtirok etgan
A.chakalakzor qorong’ilikda vahimali va sirli ko’rinadi
B.otlar balandlik,tepalikka intilib,oyoqlarini g’urur bilan chiroyli tashlaydi,boshlarini ko’rkam tutadi
C.to’rda o’tirgan oppoq soqolli,kulcha yuzi qip-qizil,o’tkir ko’zli bir chol gap boshladi
D.mevasi tukli,sariq yoki tillarang, shakli yumaloq yoki cho’ziq bo’lishi mumkin
41.Qaysi gapda til orqa undoshi sifat yasovchi qo’shimcha vazifasini bajargan?
A.Qo’rqoq oldin musht ko’tarar
B.Onangning har bir aytgan gapi qulog’im ostida jaranglaydi
C.Elakka chiqqan xotinning ellik og’iz gapi bor
D.Olmalarni saralayotganda chiriklarini alohida ajratib oling
42.Qaysi gap tarkibida ikki o’rinda yasama sifat qo’llangan?
A.Qo’limda bitta sigir bor.Jonivor juda sersut,qaymog’ini suzsangiz bir kosa keladi
B.Bo’m-bo’sh otxonaning eshigi lang ochiq turar edi
C.Ayniqsa,Nasriddinning quvnoq sarguzashtlari bilan tanishish uning tabiyzatiga hos hajviy mayllarga turtki beradi
D.Kuz fasli.Shamollar mayn,yoqimli esardi
43.Qaysi qatordagi so’zlar sifat turkumiga mansub?
A.Kurak,egik,taroq B.Qo’rqoq,yumuq,siniq
C.Teshik,tuzoq,o’roq D.Kichik,chiniq,yutuq
44.Qaysi gapda uchta yasama sifat ishtirok etgan?
A.Tuproq qatlami qalin,Sersuv yerlarda o’sgan archalar yo’g’on va bo’ydor bo’ladi
B.Atrofdagi hovlilardan ko’tarilgan tutinlar ko’kimtir,mayin,mavj bilan tiniq,sovuq havoda suzadi
C.Shahzodaning dilini ma’yus,har kungi mudxish tuyg’ularga o’xshamagan,allaqanday pokiza hislar chulg’ab oldi
D.Daryoga doimiy ravishda irmoqlar kelib qo’shilib turmasa,uning oqimi jo’shqin bo’la olmaydi
45.Qaysi gapdagi sifatlar bir hil gap bo’lagi vazifasida kelgan?
A.Bilimdon kishilar har yerda aziz va hurmatlidir
B.Pastakkina tandiri bilan katta uyda kichkina bir chol yashardi
C.Kichkina uy derazasidan ozgina joyga yorug’ tushib turardi
D.Qomati baland har kimsaning qimmati ham baland emas
46.Qaysi javobda shakl yasovchi qo’shimchalar bilan omonimlik hosil qila oladigan sifat yasovchi qo’shimchalar berilgan?
A.-chak,-choq,-ch B.-ma,-siz,-q C.-ma,-an,-k D.-qin,-in,-i
47.Quyida berilgan gapda nechta yasama sifat bor?
Tutunlar ko’kimtir,mayin,mavj bilan tiniq,sovuq havoda suzadi A.1 B.4 C.2 D.3
48.Kalta,ulug’,ulkan,buyuk,gigant.
Berilgan sifat sinonimlardan qaysilarida faqat shakl belgisi mavjud bo’lib,xususiyat belgisi
A.ulug’,buyuk B.ulkan,gigant C.ulug’,gigant D.buyuk,gigant
49.Markaziy Osiyoning erksevar,mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi.
Ushbu gapdagi yasama so’zlar haqidagi to’g’ri hukumlarni toping
1.gapda 3 ta yasama so’z qatnashgan
2.gapda 2 ta yasama so’z qatnashgan
3.gapda 1 ta qo’shma ot,1 ta qo’shma sifat qatnashgan
4.gapda 1 ta qo’shma sifat,1 ta sodda yasama sifat qatnashgan A.1,3,4 B.2,3,4 C.1,3 D.2,4
50.Xususiyat bildiruvchi juft sifatlar qaysi qatorda?
A.shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg’ish-qo’ng’ir ayiqning baxaybat gavdasi ko’rinib qoldi
B.baland-past devorlar orasidagi mevalarning oq,pushti,qizil gullariga tabassum bilan qaraysan
C.sehrli qalpoq ahtarib eski-tuski kiyim-boshlar tashlanadigan burchak-surchaklarni tintuv qilib yurgan edim
D.mahallaning qora-qura bolalari shoxdan shoxga tirmashadi
51.Uzun,qisqa,keng,baland,bahaybad,quvnoq,tor.
Berilgan sifatlardan nechtasi hajm-o’lchovni bildiradi? A.5 B.6 C.7 D.4
52.Tinchliksevar sifati tarkibida nechta yasama so’z mavjud?
A.2 ta yasama sifat B.1 ta yasama ot,1 ta yasama sifat
C.1 ta yasama fe’l,1ta yasama ot,1ta yasama sifat D.1 ta yasama ot,2 ta tasama sifat
53.Qaysi qo’shimcha sifatdan sifat yasaydi? A.ser- B.ba- C.bo- D.no-
54.Ravshdan sifat yasovchi qo’shimchalarni toping? A.-gi,-ki, B.-q,-ik C.no-,ser- D.-don,-kir
55.Baxil boyga borguncha,karamli tog’ga borar.
Ushbu gapda nechta otlashgan sifat bor? A.1 B.2 C.3 D.4
56.Qaysi gapda sifat va ot yasovchi sifatida shakldoshlik hosil qila oladigan qo’shimcha qatnashmagan?
A.hasharga yig’ilganlar erkakcha ishladi B.jo’shqin xotiralar xayolimniolib ketdi
C.bilimdon va tadbirkor,raqobatbardosh yoshlar Vatanimizning kelajagi hisoblanadi
D.ekin ek,bog’ yarat
57.Barcha bilan xushmuomala,ko’pchilik bilan dilkash va ayrimlar bilan apoq-chapoq bo’l
Ushbu gapda nechta yasama sifat qatnashgan? A.1 B.2 C.3 D.4
58.Sifat belgisini kuchaytirib,ta’kidlab ifodalagan gapni toping ?
A.lola qizil,sariq,oq ranglarda tovlanib ochildi
B.behi atirguldoshlar oilasiga mansub,bo’yi 2 m ga boradigan sershox daraxt
C.uzun-uzun arg’amchi yerda yotsa,maylimi?
D.”Boburnoma” asari haligacha sharqdagi voqeot janrining beqiyos namunasi bo’lib kelmoqda
59.Samoning bulutlar siyrak,zangorsimon sahnida ham to’lishmagan qandaydir beshakl oy xira,rangsiz yiltiraydi. Ushbu gapda nechta sifat turkumiga oid so’z qatnashgan?
A.3 B.4 C.5 D.6
60.O’z onamni elas-elas eslayman.Ko’zlari tim qora,chiroyli.Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi.
Ushbu parchada nechta takroriy sifat qo’llangan? A.3 B.4 C.1 D.2
61.Sifat yasovchi qo'shimchalar ha- qidagi to'g'ri hukmni aniqlang.
1.sifat yasovchi ba- old qo'shimcha­si -li, -dor qo'shimchalari bilan sinonimik munosabatda bo'ladi;
2.sifat yasovchi -siz qo'shimchasi be-, no- old qo'shimchalari bilan sinoni­mik munosabatda bo'ladi;
3.sifat yasovchi -li qo'shimchasi o'r- nida doimo ba-, dor- qo'shimchalarini qo'llash mumkin;
4.sifat yasovchi be-, no-, -siz qo'shimchalarini hamma vaqt birining o'rniga ikkinchisini almashtirib qo'llash mumkin. 1,2,3,4 B) 1,2 C)2, 3,4 D) 1,2,3
62.Sifat darajalarini ko'rsatuvchi qo'shimchalarning sinonimik qatori qaysi?
A.-roq, -ish, imtir, -mtir B.eng, juda, g'oyat, -roq
C.-li, -siz, be-, -roq D.ser-, ba-, be-, no-

Download 42,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish