Мавзу: эавларининг ахлоқий ва эстетик тарбия жараёнларига таъсири



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana16.08.2021
Hajmi1,01 Mb.
#149169
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
elektron axborot vositalarining yoshlar manaviyatiga tasiri

 

 

                                                 

1

 Karimov I.A. Yuksak manaviyat  - yengilmas  kuch. –T.: Manaviyat, 2008.  –B. 113 




 

29 


II BOB. INTERNETDA “OMMAVIY MADANIYAT”NING AKS ETISHI 

2.1. Internetda axloq-estetik xususiyatlar integratsiyasi 

Tezkor  axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalarining  rivojlanishi  natijasida 

dunyodagi  turli  xalq  va  elatlar  orasida  globallashuv  jarayonlari  sodir  bо‘layotgan 

vaqtda  butun  insoniyat,  jumladan  xalqimiz  ham  ma’naviyatiga  salbiy  ta’sir 

kо‘rsatishi mumkin  bо‘lgan turli  mafkuraviy  tahdidlar  ostida yashamoqdalar.  

    Shu  о‘rinda  siyosiy  globallashuv  bilan tengma-teng holatda fan, madaniyat, 

ta’lim  va  axloq  sohasidagi  jarayonlarni  ifodalovchi  ijtimoiy-madaniy  globallashuv 

ham  sodir  bо‘layotganligini  yoddan  chiqarmasligimiz  zarur.  “Mana  shunday 

vaziyatda  odam  о‘z  mustaqil  fikriga,  zamonlar  sinovidan  о‘tgan  о‘z  xalqining 

hayotiy-milliy  qadriyatlariga,  sog‘lom  negizda  shakllangan  dunyoqarashi  va 

mustahkam  irodaga  ega  bо‘lmasa,  har  turli  ma’naviy  tahdidlarga,  ularning  goh 

oshkor,  goh  pinhona  kо‘rinishdagi  ta’siriga  bardosh  berishi  amrimahol”

1

,  deydilar 



muhtaram  Prezidentimiz  о‘z  asarlarida.  Demak,  bu  yovuz  kuchlarning  ta’sirini 

oldini  olish,  yoshlarimiz  ruhiyatida  milliy  ma’naviy-mafkuraviy  immunitetni 

kuchaytirish  shu yurtda yashayotgan barchamizning  eng zarur vazifalarimizdandir. 

   Hozirda  xalqimizning  dunyoqarashiga,  yoshlarimizning  milliy  ma’naviy  va 

madaniy  ahloqiga  salbiy  ta’sir  kо‘rsatishi  mumkin  bо‘lgan  mafkuraviy 

tahdidlardan 

eng 

xavflisi 



bu 

“ommaviy  madaniyat”dir.  Yurtboshimiz 

tariflaganlaridek,  “Chetdan  biz  uchun  mutlaqo  yot  bо‘lgan  manaviy  va  ahloqiy 

tubanlik  illatlarini  о‘z  ichiga  olgan  “ommaviy  madaniyat”ning  yopirilib  kelishini 

unutmasligimiz  kerak”.  Yurtboshimizning  “ommaviy  madaniyat”  tо‘g‘risida 

aytgan  ta’riflari  eng  maqbul  ta’rif  bо‘lib,  “ommaviy  madaniyat”  asosini  ma’naviy 

va  ahloqiy  tubanlik  illatlari  tashkil  qiladi.  Agar  uni  kengroq  о‘rganadigan  bо‘lsak,  

“ommaviy  madaniyat”  aslida  nima?  Nimasi  bilan  xatarli?  degan  savollarga 

Muxtaram  Yurtboshimizning  quyidagi  sо‘zlaridan  javob  topamiz:    “Ommaviy 

madaniyat”  bu  ahloqiy  buzuqlik  va  zо‘ravonlik,  individualizm,  egotsentrizm 

g‘oyalarini  tarqatish,  shuning  hisobidan  boylik  orttirish,  boshqa  xalqlarning  necha 

                                                 

1

 Karimov I.A. О‘zbek xalqi  hech qachon, hech kimga  qaram bо‘lmaydi.  T.13 T.:О‘zbekiston,2005.  110 



bet. 


 

30 


ming  yillik  an’ana  va  qadriyatlari,  turmush  tarzining  ma’naviy  negizlariga 

bepisandlik, ularni  qо‘porishga qaratilgan xatarli  tahdiddir”.

1

 

   Bugungi  zamonaviy  fan  “ommaviy  madaniyat”ning  tub  zamirida, 



darhaqiqat,  tijorat,  moddiy  manfaatdorlik  borligini  e’tirof  etadi.  Tarixga  nazar 

solinsa  har  doim  mahsulotlar  bilan  birga  begona  mafkuralar  ham  tarqalgani 

ma’lum  bо‘ladi.  Savdogarlar  о‘zlari  bilan  nafaqat  mahsulotlarni,  balki 

yangiliklarni,  dinni,  mafkurani,  qolaversa  madaniyatni  ham  tarqatishgan.    Ana    shu  

usul    bugungi    kunda    ham    о‘z  ahamiyatini  yо‘qotgani  yо‘q  va  hozir  ham 

savdogarlarning  madaniyatlar  eksportida  faol  qо‘llanilmoqda.  Farqli  jihati 

shundaki,  avvallari  bu  holat  savdogar  vositasida  bajarilgan  bо‘lsa,  bugun  bu 

vazifani  mahsulotning  о‘zi  ado  etayapti.  Masalan,  Amerika  bayrog‘ining  rasmi 

tushirilgan  sochiqlarni  yengil  mashinalarga  qо‘yib  yurish,  g‘arb  davlatlari  ramzi 

tushirilgan  kiyimlarni,  turli  ajnabiy  yozuvlar  yozilgan,  ma’nosini  о‘zi  ham 

tushunib  yetmaydigan  maykalarni  kiyib  yurganlar  “ommaviy  madaniyat” 

targ‘ibotchisi  bо‘layotganini  kо‘rishimiz  mumkin.    Savol    tug‘iladi:  Nega  

yoshlarimiz    О‘zbekiston    bayrog‘ini  mashinalariga    faxr    bilan  qо‘yib  

yurishmaydi?  Nega  milliy  mentalitetimizga  mos  kiyimlarni  kiyib    yurishni    havas 

qilmaydilar?  Bu  masalada  siz  va  bizning  xatoimiz  nimadan    iborat?  Balki  buyuk 

istiqlolga  va  о‘z  Vataniga  hamda  о‘z  ona  xalqiga  bо‘lgan    muhabbat  va 

masuliyatni  yoshlarimizda  shakllantira  olmayapmizmi? 

   “Ommaviy  madaniyat”  tub  mohiyatiga  kо‘ra,  milliy  madaniyatlarning 

kо‘shandasi  bо‘lib,  u  madaniy  xilma-xillikni  xushlamaydi,  uning  asl  maqsadi  -  bu 

olamni  bir  xil  rangda  kо‘rishdir.  Insonlarni  hayvoniylikka,  ahloqsizlikka 

chaqirishdir. 

    Milliy  ma’naviy  madaniyatimiz  va  diniy  qadriyatlarimiz  mazmun-

mohiyatidan  juda  gо‘zaldir.  Bu  milliy  madaniyatimizdan  begona  ruhiyatda  voyaga 

yetadigan  yoshlar tabiiy  ravishda turli  yot kuchlar qurboniga  aylanmoqdalar. 

     Bizning  milliy  madaniyatimizda  hayo,  andisha,  ibo  kabi  ahloqiy 

fazilatlarga  qat’iy  ravishda  amal  qilinib  kelinadi.  “Ommaviy  madaniyat”  aynan 

                                                 

1

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyatyengilmas  kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.117-bet. 




 

31 


milliy  qadriyatimiz  asosi  bо‘lgan  hayo,  andisha,  oqibat,  mehr–muhabbat  kabi 

gо‘zal  ahloqiy  qadriyatlarimizga  qarshi  bо‘lgan  ahloqsizlik  va  yovuzlikni  о‘zida 

aks  ettirgan  g‘ayriinsoniy  harakatdir.  Afsuski,  bugun  ba’zi  yoshlarimizning  milliy 

madaniyatimizga  zid  holatda  kindik  kо‘rinar  kiyinishlarida,  quchoqlashib,  о‘pishib 

salomlashishlarida,  muqaddas  Valentin  kuni  kabi  ahxmoqona  tadbirlarda 

“ommaviy  madaniyat”ning   ta’siri yaqqol kо‘rinib turibdi. 

      Patrik  Jozef  Byukenen  “G‘arbning  halokati”  asarida  shunday  deb  yozadi: 

1950  yillarda  boshlangan  “ommaviy  madaniyat”  1990  yilga  kelib  millatimizni 

naslsizlik  balosiga  duchor  qildi.  “Ommaviy  madaniyat”  asta-sekin  insonning 

hayvonga  xos  xususiyatlarini  kuchaytirib  boradi.  Bu  ma’naviy-ahloqiy  illatlarning 

ta’siri natijasida  kishilarda  bir qator kо‘rinishlar  namoyon bо‘ladi:  

1)  ahloqiy  buzuqlik  -  jamoat  joylarda  о‘pishish,  shahvoniy  film  va  suratlar 

kо‘rish;  

2)  zо‘ravonlik  va  zо‘ravonlikni  targ‘ib  qiluvchi  filmlar  va  kompyuter 

о‘yinlariga  odatlanib qolish;  

3) о‘zim bо‘lsam bо‘ldi, о‘zga bilan ishim  yо‘q tushunchasida qotib qolish;  

4) barcha narsalarga  shaxsiy manfaat  nazari  bilan  yondashish;  

5)  shaxsiy  manfaatni  har  narsadan  ustun  qо‘yish  -  bu  borada  hech  kim  bilan 

hisoblashmaslik,  hattoki, ota-ona hurmati  va fikrini  ham mensimaslik;    

6) о‘z nafsining  quliga  aylanish;   

7) hayosizlik,  giyohvandlik,  ichkilik,  tubanlikka  yuz tutish hamda  

8)  g‘ayriinsoniy  “nikoh”lar,  jinslar  о‘rtasida  hayvoniy  nafsga  berilish  kabi 

о‘ta salbiy holatlar. 

     Ravshan  bо‘ldiki,  “ommaviy  madaniyat”  yoshlarning  madaniy  ongini 

tо‘g‘ri  shakllanishiga  salbiy  tasir  kо‘rsatib,  ularni  xudbin  qilib  voyaga  yetkazadi. 

“Senga  erkinlik  beriladi,  bilganingni  qil,  yoshligingda  ayshingni  sur,  kо‘ngling 

tusagan  ishni  qil,  ozod  va  hursan,  hattoki  ota-onang  ham  senga  xо‘jayin  emas”, 

degan  safsatalar  yoshlarni  har  qanday  dindan  va  madaniyatdan  chalg‘itadi  va 

jamiyat 

oldidagi 

mas’uliyatini  yо‘qqa  chiqaradi,  farzandlik  burchlarini 

insoniylikdan  ham begona qiladi. 




 

32 


    “Ommaviy  madaniyat”  -  inson  shakllanishining  eng  muhim  payti  bо‘lgan 

15-25  yoshlar  orasida  yoshlarning  hayotini  va  dunyoqarashini  buzib  yuborishga 

harakat  qiladi.  Yoshlar omili doimo dolzarb masala bо‘lib kelgan. Yoshlik shunday 

bir  chorrahadirki,  inson  kelgusi  hayotini  о‘sha  chorrahada  belgilab  oladi.  Yuksak 

madaniyatli,  or-nomusli  gо‘zal  insonlarning  izidan  yuradimi  yoki  buzuqlik  va 

hayosizlik  kо‘chasiga yuz buradimi?  Bu siz bilan  bizga ham bog‘liqdir. 

      Yoshlarimizni  “ommaviy  madaniyat”  tahdidlaridan  asrash  uchun  yuksak  

insoniylik  va  odobga  asoslangan  milliy  mafkuraga  tayanishimiz  muhim 

ahamiyatga  ega.  Bunda  etiborimizni  mazkur  mafkuramizning  komil  inson  bо‘lish 

tamoyiliga  qaratishimiz  bilan  birga  ajdodlarimizdan  bizga  meros  bо‘lib  qolgan 

urf–odatlarimizga,  gо‘zal  ananalarimiz  va  diniy  qadriyatlarimizga  suyanishimiz 

shubhasiz kutilgan  samarani  beradi. 

    Milliy  qadriyatimiz  asosini  hayo  va  oqibat  tashkil  etadi.  Ayniqsa,  milliy 

qadriyatimizning  gо‘zal  kо‘rinishi  ayollarimiz,  ya’ni  onalarimiz,  qizlarimiz,  jufti 

halolimiz 

va  opa-singillarimizga  kо‘rsatayotgan  chiroyli  muomalalarimizda 

namoyon  bо‘ladi.  Dunyoning  boshqa  xalq  va  millatlarida  bu  madaniyat  va  mehru 

oqibat  uchramaydi.  Shu  о‘rinda  aytish  mumkinki,  ayollarimiz  ham  о‘z  qadrlarini 

hayo va odobda mujassam deb biladilar.   

   Ona  xalqimizning  tarbiyasi  asosida  voyaga  yetgan  Amir  Temur,  Mirzo 

Ulug‘bek,  Jaloliddin  Manguberdi,  Temur  Malik,  Gavharshodbegim,  Nodirabegim 

kabi  ajdodlarimiz  vatanparvar,  oilaparvar,  sharmu    hayoli,  shijoatli  va  or-nomusli 

bо‘lib  voyaga  yetishgan.  Milliy  qadriyat  va    odoblarimiz  ayollarimizning  qadri, 

ularning  hayosida va odobida mujassamdir. 

  Hayo  va  andisha  ayol  zotida  onalik  timsoli  bо‘lsa,  erkak  zotiga  ham  suv  va 

havodek  zarur.  Hayosiz  erkaklar  bor  joylarda  ayollarning  hayo  pardalari 

kо‘tariladi.  Hayosiz  ayollar  yashaydigan  jamiyatda  esa  hayosiz  va  beandisha 

farzandlar  dunyoga  keladi.        Ayol  о‘z  farzandiga  hayo  va  oqibat  hislarini  onalik 

mehri  va oq suti bilan singdiradi. 

   Oqibat  va  hayo,  mehmondо‘stlik,  bolajonlik  biz  о‘zbeklar  madaniyatining 

buyukligidandir.  Hech  bir  xalq  yо‘qki,  bizning  ona  Vatanimiz  gо‘zalligi  va 



 

33 


halqimizning  mehmondо‘stligiga  qoyil  qolmagan  bо‘lsa.  Mehmondо‘stlik  va 

bag‘rikenglik,  oqibat  va  andisha  milliy  mentalitetimiz  va  milliy  boyligimizdir. 

Buning  uchun  farzandlarimizni  о‘zbek  xalqining  boy  milliy  madaniyatiga  mos 

qilib 


tarbiyalashimiz 

zarur. 


О‘z  xalqining  milliy  qadriyatlarini  bilmay, 

о‘zgalarning  iflos  va  hayosiz  harakatlariga  ergashayotgan  bolalarni  qanday  qilib 

о‘zbek  bolalari  deya  olamiz?  Ularning  nazoratsiz  qolganligi  va  tarbiyasiz  voyaga 

yetayotganligiga  sizu biz aybdor emasmizmi?! 

   Ayniqsa,  “ommaviy  madaniyat”ning  qurboni  bо‘layotganlar  vatanfurush 

kimsalarga  aylanishini  yodimizda  saqlaylik.  Vatanfurushlar  Vatanini  oshkora 

sotmasligi  mumkin,  ammo  Vatanini  ich–ichidan  kemirib,  Vatan  taraqqiyotiga  hissa 

qо‘shmasdan befarq yashash vatanfurushlikning  bir kо‘rinishi  emasmi?! 

   Bu  kabi  salbiy  sifatlardan  bolalarimizni  asrashimiz  va  tarbiyaga  jiddiy 

e’tiborimizni  qaratishimiz  maqsadga  muvofiq  bо‘lar  edi.  Farzandlarimizni  sportga, 

ilm  olishga,  hunar  о‘rganishga,  sharmu  hayoli  bо‘lishga  о‘rgataylik.  Bu  mas’uliyat 

sizu bizni  xech qachon tark etmasin. 

   Muhtaram  Prezidentimizning  yoshlar  sportiga,  ularning  ilm  olishlariga 

e’tibor  berayotganliklari  hammamizga  о‘rnak  bо‘lishi  zarur  va  О‘zbekiston 

Respublikasining  har  bir  fuqarosi  bu  kabi  xayrli  ishlardan  о‘zini  chetga  olib 

qochmasligi,  balki  tashabbuskorlik  bilan  yoshlar  tarbiyasiga  jiddiy  e’tibor  berishi 

lozim. 

Ayni  kunlarda  internetda  keng  tarqalgan  videoviruslardan  biri  Harlem  Shake 

qisqa  vaqt  ichida  millionlab  insonlarni  о‘zining  bema’nilik,  behayolik  tо‘la 

girdobiga  tortib  oldi.  Vikipediya  yensiklopediyasi  yozishicha,  yarim  daqiqadan 

iborat  ushbu  rolikning  avvalgi  14-15  sekundida bir ishtirokchi noodatiy bosh kiyim 

bilan  raqsga  tushadi,  ayni  damda  boshqa  ishtirokchilar  о‘z  ishlari  bilan  band 

bо‘ladilar.  Shundan  sо‘ng  hamma  ishtirokchilar  turli  noо‘xshov  kiyimlarda  yoki 

deyarli  yalang‘och  holda  tartibsiz  harakat  qilib,  noodatiy  usulda  havoda  yoki 

sahnaga qarab erotik pozani namoyish etib, raqs ijro etadilar.   

О‘zlarining  aytishicha,  bulutli  havoda  bekorchilikdan  nima  qilishni  bilmagan 

avstraliyalik  5  nafar  о‘spirin  yuqoridagidek  “raqs”ni  ijro  etishadi  va  2013  yilning 2 



 

34 


fevral  kuni  rolikni  Youtube  ga  joylashadi.  qisqa  vaqt  ichida  ushbu  rolik  jahon 

bо‘ylab  tarqalib,  internet  foydalanuvchilarini  “telba”  qiladi,  uning  turli 

muqallidlari  yuzaga  keladi.  Dunyo  bо‘ylab,  “Harlem  Shake”ning  “original” 

variantini  40  000  000  kishi,  uning  parodiyalarini  500  000  000  dan  ortiq  kishi 

tomosha qilgan.  

“Harlem  Shake”  telbalari  dunyoning  turli  joylarida  turli  fleshmoblar  tashkil 

etib  ushbu  bema’ni  raqsga  о‘ynab,  turli  roliklarni  suratga  olmoqdalar.  Isroilning 

Tel-Aviv  shahrida  bir  paytning  о‘zida  70000  kishi  shu  raqsni  ijro  etib  rekord 

о‘rnatishdi (shaharda jami  400000 kishi  itiqomat  qiladi). 

Inglizchadan  tarjimasi  “Harlemcha  jilpanglash”  bо‘lgan  ushbu  raqs  turi  Nyu-

Yorkning  Harlem  tumanida  yashovchi  alkogolik  El  Bi  tomonidan  80-yillar  boshida 

“kashf qilingan”.    

Internetda  “Harlem  Shake”ka  taqlidan  О‘zbekistonlik  yoshlar  tomonidan 

suratga  olingan  50  dan  ortiq rolik tarqalgan. Harlem Shake nomi bilan mover.uz da 

220  dan  ortiq,  mytube.uz  da  50  ta  rolik  о‘rin  olgan.  Uznetdagi  eng  mashhur  rolik 

“Toshkentcha  Harlem  Shake”  hamda    Korzinka  supermarketida  tasvirga  olingan 

rolik  bо‘lib,  mover.uz  da  ikki  rolikni 30000 dan ortiq, mytube.uzda 4000 dan ortiq 

kishi  tomosha  qilgan.  Birgina  mover.uz  dagi  “Harlem  Shake”  bilan  bog‘liq 

roliklarni  250 000 kishi  kо‘rganligi  qayd etilgan. 

Yeng  achinarli  jihati  aksariyat  “о‘zbekona  Harlem  Shake”lar  о‘spirinlar, 

asosan,  maktab  va  kollej  о‘quvchilari,  universitet  talabalari  tomonidan  suratga 

olingan  va tarmoqqa joylashtirilgan.   

Roliklarning  maktab  sinf  xonalarida  о‘quvchilar  tomonidan  ijro  etilgani 

hayratlidir.  Hatto  ayrim  roliklardagi  behayo  qiliqlar  har  qanday  tomoshabinni  bu 

kabi yoshlarning  taqdiri haqida о‘ylashga majbur etadi. 

Bunday  jazavaga  tushishning  oqibatlari  turli  xil  davlatlarda  har  xil  kutib 

olindi.  Tunis  ta’lim  vazirligi  tomonidan  ushbu  raqs  ma’naviy  va  diniy  tuyg‘ularni 

masxara  qilgani  uchun  taqiqlandi.  Misrdagi  ehromlar  yonida  raqs  ijro  etgan 

talabalar 

tarixiy 


obidalarga 

behurmatlik 

qilgani 

uchun 


hibsga 

olindi. 


Pensilvaniyaning  Saskuexann  universiteti  futbol  komandasidan  11  futbolchi 


 

35 


“Harlem  Shake”  raqsini  ijro  eta  turib,  jinsiy  aloqa  holatini  aks  ettirgani  uchun 

jamoadan  chetlatildi.  Nyu-York  xokkey  jamoasi  yechinish  xonasida  yarim 

yalang‘och  va  bir  ishtirokchi  qip-yalang‘och  holda  ushbu  raqsga  rolik  ishlagani 

uchun о‘yinlardan  chetlatildi.   

AQShda  30  nafar  о‘quvchi  “Harlem  Shake”  raqsi  orqali  ratsizmni  targ‘ib 

qilgani  uchun  maktabdan  haydaldi.  Bu  mamlakatda  ayni  shu  raqs  sabab  100  dan 

ortiq  о‘quvchi  va  talabalarning  о‘quv  yurtlaridan  chetlatilgani  haqida  habar  berildi. 

Shuningdek,  15  nafar  oltin  koni  ishchilari  ish  joylarida  ushbu  raqsni  ijro  etgani 

uchun  ishdan  chetlatilib,  umrbod  oltin  qazish  uchun  litsenziyalari  bekor  qilindi.  Bu 

kabi xabarlarni  har kuni  ommaviy  axborot vositalaridan  о‘qimoqdamiz. 

Bu  kabi  aksilinsoniy  kо‘rinishdagi  harakat  jahon  ommaviy  axborot 

vositalarida  paydo  bо‘lishi  bilan  ziyolilar  avvaliga  hayron  bо‘lishdi.  Bugungi 

kunda  jahondagi  eng  taraqqiy  etgan  davlatlardagi  beqarorlik,  о‘sha  jamiyatlarda 

hukm  surayotgan  ertangi  kunga  ishonchsizlik  tufayli  yuzaga  kelgan  ma’naviy 

inqirozlar  u yerdagi  sarosimaga tushgan yoshlarni  chalg‘itib  qо‘ydi.  

Bunday  harakatlar  umuminsoniy  qadriyatlarga  mutlaqo  zid,  manqurtlikning 

yangicha  bir kо‘rinishidir.   

Insonning  estetik  didi,  axloqi,  madaniyati  uchun  hech  qanday  izohlab  berish 

mumkin  bо‘lmagan,    vahshiy  hayvonot  olamiga  ham  yot  bо‘lgan  bunday 

harakatlardan  xorijdagi  ba’zi  doiralar  manfaatdor  bо‘lib,  ular  hali  oq-qoraning 

farqini  anglab  ulgurmagan  yoshlarni  chalg‘itish  uchun  turli  aksilma’naviy 

texnologiyalarni  ishlab  chiqishmoqda.  Tobora  ildiz  otayotgan  bu  kabi  odatlar 

umuminsoniy  qadriyatlar  u  yoqda  tursin,  oddiy  insoniy  madaniyat  tushunchalariga 

ham  tо‘g‘ri  kelmaydi.  Buyuk  allomalar,  jahonning  g‘ururi  bо‘lgan  madaniyat 

peshvolarining  vorislari  va  avlodlari  bо‘lgan  о‘zbek  yoshlari  ichida  ham 

taqlidchilar  paydo bо‘lishini izohlash  qiyin.   

Bugun  yoshlarga  ta’lim  berayotgan  har  bir  pedagog,  о‘z  farzandining  ertangi 

taqdiriga  befarq  bо‘lmagan  har  bir  ota-ona,  mahalla-kо‘y,  mutaxassislar  bunga 

qaytadan,  yana  bir  bora  jiddiy  ye’tibor  bilan  qarashi  zarur.  Yoshlarimiz  esa, 

barkamol  shaxs  bо‘lib  yetishishlari  uchun  yaratilgan  sharoit  va  imkoniyatlarga 




 

36 


nisbatan  о‘z  munosabatlarini  chin  yurakdan,  samimiy  namoyon  yetishlari  kerak. 

Ular  nafaqat  о‘zlari,  balki  yon-atrofidagi  tengdoshlarini  ham  hatti-harakatlariga 

befarq bо‘lmasliklari  zarur.  

“Ommaviy  madaniyat”  ayniqsa  internet  tarmoqlardan  tarqatilishi  -  axloqiy 

buzuqlik  va  zо‘ravonlik,  g‘araz  g‘oyalarni  singdirish,  buning  ortidan  boylik 

orttirish,  xalqlarning  bir  necha  ming  yillik  axloq  qoidalari,  an’ana  va  qadryatlari, 

turmush tarzini  ma’naviy  ildizlaridan  qо‘porishgacha olib boruvchi salbiy illatdir.   

G‘arb  davlatlarida  erkak  bilan  erkak,  ayol  bilan  ayol  о‘rtasidagi  nikoh  - 

hayratlanarli  hodisa  bо‘lmay  qolayotganligi  nazar  tutilsa,  “ommaviy  madaniyat” 

targ‘ib  etayotgan  ma’naviy  tubanliklar,  behayoliklar,  qabohatlar  naqadar 

chuqurlashib ketganligini  tasavvur etish qiyin  emas. 

Payg‘ambarimiz  sollallohu  alayhi  va  sallam:  “Odam  bolasiga  zinodan  bо‘lgan 

nasibasi  yozilgandir.  Ikki  kо‘zning  zinosi  nazar  solishdir.  Tilning  zinosi 

gapirishdir.  Ikki  quloqning  zinosi  yeshitishdir.  Ikki  qо‘lning  zinosi  ushlashdir.  Ikki 

oyoqning  zinosi  yurib  borishdir.  Nafs  orzu  va  ishtaha  qiladi,  farj  esa,  uni  yo 

tasdiqlaydi, yo yolg‘onga chiqaradi”, deya ogohlantirganlar. 

Bundan  tashqari  fahshni  targ‘ib  qiluvchi  filmlarni  kо‘rish,  mana  shunday 

harakatlarni  tasvirga  olib  tarqatish  yer  yuzida  fisqu  fasod,  yomonlik  va  fahshni 

yoyishga kiradi.  Alloh  taolo bunday qabih ishlardan  qaytargan. 

“Albatta,  iymon  keltirganlar  ichida  fahsh  ishlar  tarqalishini  yaxshi 

kо‘radiganlarga  bu  dunyoyu  oxiratda  alamli  azob  bordir.  Alloh  biladir,  sizlar 

bilmassizlar.”  (Nur surasi 19 oyat). 

 

 

 



 

 

 




 

37 



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish