50
III BOB. BOSMA ELEKTRON VOSITALARINING AXLOQIY-ESTETIK
TARBIYAVIY AHAMIYATI
1. Internetning yoshlar axloqiy qiyofasiga ta’siri
Globallashuv haqiqatda insonning nafaqat moddiy hayot tarziga, shu bilan
birga ma’naviyati, ruxiy olamiga ham sezilarli ta’sir о‘kazmokda. Har kuni virtual
makonda bir necha milliondan ziyod axborot resurslarining paydo bulishi, uning
har daqiqa sayin о‘sib borayotganidan dalolat beradi. Global tarmoq afzalliklarini
inkor etmagan holda, uning insoniyat madaniyatiga tug‘dirayotgan havf-xatarlari
tо‘g‘risida sо‘z yuritishga tо‘g‘ri keladi. Bu noxush g‘ayriinsoniy holatlar muayyai
kuchlarning global tarmoqdaga axborotlarni sifatli va tez uzatish hamda tarqatish
bо‘yicha imkoniyatlardai foydalanish orqali jamoatchilik fikrini tо‘g‘ri yо‘ldan
burish, о‘zlari targ‘ib etayotgan nopok g‘oya va manfaatlar tomon yо‘naltirish
uchun ularga axborot yetkazish borasida olib borayotgan harakatlari bilan
bog‘liqdir. Sо‘zsiz, bunday ta’sirga internet auditoriyasining eng faol, eng kо‘p
qismi tafakkuri yetilib, dunyoqarashi puxta shakllanib ulgurmagan yoshlardir.
Taasufki, ana shunday jiddiy muammoni mukammal va tizimli о‘rganishga yetarli
e’tibor berilmayapti. Prezidentimiz "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" asarida
yozadilarki, "Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yо‘naltirilgan, bir
qarashda arzimas tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv
shiddatidan kuch olib, kо‘zga kо‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan
qoplab bо‘lmaydigan ulkan ziyyo yetkazishi mumkin"
1
. Bundan shu narsa
anglashiladiki, hozirda har qanday axborot chegara bilmaslik hususiyataga ega,
shunday ekan endigina ongi, dunyoqarashi shakllanayotgan yosh avlodni ma’naviy
olami daxlsizligini asrash muammo bо‘lib kо‘pchilikni о‘ylantirayotir.
Agar yaqin о‘tmishimizda asosiy axborot manbalari sifatida davriy bosma
nashrlar, radio va televideniye bо‘lgan bо‘lsa, ayni paytda bu qatordan internet
mustahkam joy oldi va qisqa fursatdagi jadal rivoji bilan tom ma’noda ulardan
1
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. -T.: Manaviyat, 2008.115-6.
51
ilgarilab ketdi.
Bugun yurtimizda 1053 ta Internet-kafe, 945 ta Internet provayder, 187 ta
axborot-resurs markazi,
1
«ZiyonET» yoshlar axborot portali faoliyat yuritmokda.
Internetdan foydalanuvchilarning soni esa 9 milliondan oshgan
2
. Ba’zi bir
tahlillarga kо‘ra ularning 80 foizini yoshlar tashkil etadi.
Har bir yangiligu kashfiyotning ijobiy va salbiy oqibatlari bо‘lganidek,
internetning ham yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi jihatlari yо‘q emas.
Bugungi yoshlar internet tarmog‘idan faqat ilm egallash, axborot olish yо‘lida
foydalanmoqda desak, yanglishamiz. Internet klublariga kirganda, uni tо‘ldirib
о‘tirgan yoshlarni kо‘rib hursand bо‘lamiz. Ammo aksariyat oila davrasida
kо‘rib bо‘lmaydigan shaxvoniy yoki vaxshiyona videofilmlarni tomosha qilish,
turli viloyatu shaharlardagi qiz va yigitlar bilan sevgi nomalari almashish, ushbu
tarmoqqa о‘z suratlarini kiritib reklama qilish bilangina bandligiga guvoh
bо‘lamiz.
Mamlakatimiz yoshlarinipg Internetdan foydalanish xolatini tahlil qilib kо‘rsak:
ularning 421 ming nafari «Odnoklassniki.ru», 129 mingga yaqini «Fasebook»
saytida, 165 mingdan ortigi «Moy mir», 250 mingdan ziyodi esa «Vkontakte.ri»
saytining doimiy foydalanuvchilari xisoblanadi. Vaxolanki, Rossiya IIV tomonidan
«Vkontakte.gi» sayta Runetdagi bolalar pornetrafiyasini saqlovchi ijtimoiy tarmoq
sifatida tan olingan, «Odnoklassniki.gi» va boshka ijtimoiy tarmoqlarda ham
pornografiya va shafqatsizlikni targ‘ib etuvchi resurslar mavjud.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga kо‘ra, bugun butunjaxoi Internet tarmog‘ida
о‘z joniga qasd qilishning oson yо‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 mln, erotik mazmunga
ega 4 mln.dan ziyod saytning mavjudligi har birimizni mushohada qilishga undashi
tabiiy. Mutaxassislar e’tiroficha, dunyodagi bolalar va о‘smirlarning 42 foizi
«onlayn-pornografiya» ta’siriga tushayotgan ekan. Yoki kompyuterlarga kiritilgan
о‘yinlarniig 49 foizi zо‘ravonlik va yovuzlikni, beshafqat urushlar, otishmalar,
portlashlarni targ‘ib qilishi nimadan dalolat
beradi?
1
AKT: tezkor, kulay va vlgor// Xalk suzi. - 2012. - 24 aprel.
2
Aloka va axboroglashtirish masalalari mukokamasi //Xalk s^zi. - 2012. - 24 iyul.
52
Bu kabi tahdidlar, avvalo, yoshlarniig ongini egallashga yо‘naltirilgan bо‘lib,
xalkimizning ma’naviy xazinasi bо‘lgan odob, axloq, sharm-hayo, iffat-andisha kabi
yuksak fazilatlarimizga tajovuz qilib, kо‘p ming yillik milliy qadriyatlarimizning
ildiziga putur yetkazayotgani ham, taassufki, bor gap.
Mana shunday yengil – yelpi ermakka odatlanib qolgan yoshlar tobora
xudbin, shavqatsiz va hayosiz bо‘lib ketmaydi, deb hech kim kafolat bera
olmaydi. Shu о‘rinda prezident I.A.Karimovning “Fidokor” gazetasi muhbiriga
bergan intervyusidagi “… ba’zi axborotlar bir qarashda siyosatdan holi, beg‘araz
bо‘lib kо‘rinadi, lekin yoshlarning ongida axloqsizlik g‘oyalarini yoyishda juda
katta ta’sir kuchiga egadir” degan fikrlarni eslatib о‘tish joiz.
Axborot uzatish, almashinish va qabul qilish jarayonida tezkorlik, aniqlik,
sifat va ta’sirchanlikni ta’minlash, axborotning dunyo bо‘ylab keng yoyilishi
imkoniyatini yaratishda “Butun jahon о‘rgimchak tо‘ri” ning ahamiyati katta va
aynan mana shu omil undan foydalanish ehtiyojini tobora orttirmoqda. Yangi yuz
yillikda О‘zbekistonga ham internet shiddat bilan kirib keldi va kundalik hayotda
о‘z о‘rniga ega bо‘ldi. Fan-texnika yutuqlari inson manfaatlari, ezgu maqsadlar
yо‘lida hizmat qilishi lozim, albatta. Biroq ayrim kuchlar virtual olamdan
g‘arazli niyatlari yо‘lida foydalanilayotgani ham ayni haqiqatdir.
Bugungi
kunga
kelib
dunyoning
mafkuraviy
manzarasi
juda
murakkablashib ketdi. Unda kuchli ta’sirga ega bо‘lishning eng maqbul yо‘li, har
qancha mablag‘ talab etilishidan qat’i nazar, yirik axborot tarqatuvchi mavqeini
egallash ekani ayon bо‘lib qoldi. Jahonda “axborot urushi” ketayotganini hatto
oddiy odamlar ham payqashi qiyin emas. Masalan, biron bir xorijiy mamalakaning
turmush
tarzi,
qadriyatlar
tizimini
ulug‘lovchi risolalar, kinofilmlar
tarqatilmoqda, deylik. Tabiiyki, bunday axborotlar jamiyatda ma’lum ijtimoiy
fikr shakllanishiga ta’sir etmay qolmaydi. Postindustrial inqilob, axborotlashuv
va globallashuv jarayonlari taasufki, faqat moddiy manfaat va extiyojlarini
qondirishga intiladigan, milliy qiyofasini qariyb yо‘qotgan, о‘z maqsadi yо‘lida
har qanday g‘oyani qо‘llashga tayyor toifalarni ham vujudga keltiridi. Bunday
salbiy holat mamalakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarimizga о‘z ta’sirini
53
kо‘rsatmay qolmaydi.
Internetning har yuzinchi sahifasi pornografik mazmunga ega ekanligi yosh
avlodning hulk-odobiga cheksiz zarar yetkazishi tabiiydir. Bu esa, о‘z navbatida,
jaxon afkor ommasini tashvishga solib, millat va elatlarning axborot-ruxiy
xavfsizlipshi ta’minlash masalasini kun tartibiga kо‘ndalang qilib qо‘ymoqda.
Yevropa mamlakatlarida internet ham umumevropa qonunchiligi, ham har bir
davlatning о‘z huquqiy-meyoriy xujjatlari bilan tartabga solinadi. Masalan: “Kiber
jinoyatlar tо‘g‘risida”gi Konvensiya, “Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz Internet
tо‘g‘risida”ti Yevropa Itgafoqi parlamenti Assambleyasining tavsiyalari, Germaniya,
AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Fransiya kabi ilg‘or davlatlarda voyaga
yetmagan va yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar
shular jumlasidandir.
Vaqti-vaqti bilan internet muammolari Yevropa Xavfsizlik Kengashida ham
muhokama qilinib, foydalanuvchilarning hayosiz veb-resurslarga kirishlariga
monelik qilish masalasiga alohida e’tibor beriladi. Shuningdek, 1951 yildan buyon
Germaniyada, jamoat joylarida yoshlar uchun zararli bо‘lgan materiallar
tarqalishiga qarshi qaratilgan qonun, 1954 yildan beri umuman bolalar uchun
zararli bо‘lgan ma’lumotlarni tarqatishni ta’qiqlash tо‘g‘risida qonun, 1997 yildan
esa yosh avlod ma’naviyati va sog‘liqni himoya qiluvchi meyorlarni о‘z ichiga
olgan axborot va kommunikatsiya xizmatlari tо‘g‘risidaga qoidalapra amal qilib,
ularning asl maqsadi, balog‘at yoshiga yetmaganlarni xavf tug‘dirishi mumkin
bо‘lgan axborotlardan himoya qilishdir. Bu mamlakatda, 52 yil bо‘libdiki,
yoshlarga zarar keltirishi mumkin bо‘lgan materiallarni tekshiruvchi Federal
boshkarma faoliyat kо‘rsatadi. Uning vakolatlari doirasiga bunday nobop va
sotishga ruxsat etilmagap maxsulotlarning (OAV, kitoblar, videofilmlar va
kompyuter uyinlari) rо‘yxatini tuzish vazifasi kiradi va ushbu rо‘yxat asosida
qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Dunyoning kо‘pgina mamlakatlari (Gollandiya, Shveysariya, Daniya, Yaponiya,
Xitoy, О‘zbekiston, Rossiya va boshqa) qonunchiligida yoshlarning ruhiyati va
ma’naviy о‘sishiga salbiy ta’sir kо‘rsatishi mumkin bо‘lgan axborotlarni
54
tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik kо‘zda tutilgan.
Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog‘lom axborotlardan himoyalash
mexanizmlari mavjud. Misol uchun, «Ommaviy axborot vositalari tо‘g‘risida»gi,
«Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari tо‘g‘risida»gi, «Bola huquqlarining
kafolatlari tо‘g‘risida»gi qonunlarda yoshlar orasida odob-axoqni buzishga, shu
jumladan, pornografiya, shafkatsizlik va zо‘ravonlikni namoyish etuvchi, bolalarga
zararli ta’sir kо‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga tashviqot kilishga
qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etilishi belgilab qо‘yilgan. Biroq bugun
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib
borayotgan tezkor davrda soxaga oid qonunchiligimizni ham shunga mutanosib
ravishda takomillashtirish lozimligini zamonning о‘zi
taqazo etmoqda.
Internetni cheklab qо‘yish yoki axborot olishni taqiqlash bilan muammo
hal bо‘lmaydi. Bu hususda yana prezidentimiz “… yoshlarimiz nafaqat о‘quv
dargohlarida, balki radio – televidiniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham
rang – barang axborot va ma’lumotlarni olmoqdalar. Jahon axborot maydoni
toboro kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat
о‘rab – chirmab, uni о‘qima, buni kо‘rma deb, bir tomonlama tarbiya berish,
ularning atrofini temir devor bilan о‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning
talabiga ham, bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga ham tо‘g‘ri kelmaydi.
Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokartik jamiyat qurish vazifasini
о‘z oldimizga maqsad qilib qо‘yganmiz va bu yо‘lda hech qachon qaytmaymiz”
1
.
Hayotni ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilish qiyin bо‘lgan hozirgi
sharoitda internet yoshlar uchun asosiy axborot manbaiga aylanayotir. Ammo
G‘arb madaniyatiga taalluqli ba’zi kо‘rsatuv va saytlar borki, ular mutloqo
axloqqa ziddir. Bunday axborot yoshlarimiz xulqi va dunyoqarashiga salbiy ta’sir
qilishi aniq. Ayni о‘rinda yana bir fikrni aytib о‘tish joiz. “Oynai jahon” seriallar
bilan tо‘lib – toshgani, bizningcha, ijobiy hol emas. Chunki yoshlar asosiy vaqtini
shu seriallarni kо‘rishga sarflashi ta’lim sifatiga ta’sir qilmay qolmaydi. Darvoqe,
1
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. -T.: Manaviyat, 2008.114-6.
55
gazeta va jurnal sahifalarida chop etilayotgan axborot hamda ma’lumotlarning
mazmunan sayozligi ham yoshlarimiz tafakkuriga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
XXI asr boshida hayot suratlarining beqiyos darajada tezlashuvi, axborot
oqimining kuchayishi oqibatida avtoritar – nufuz masalasi ham yangicha ma’no
kasb etayotir. Ba’zi yoshlar о‘zining bilim olish va hayotga munosabatini
belgilashda ota – ona, ustoz – murabbiyini emas, OAV hamda internetni avtoritar
sifatida e’tirof etishi, ulardagi axborot va ma’lumotlarni mutloq chin deb ishonishi
tashvishlanarli holdir. Nafsilamir bugun xaqiqatni uydirmadan ajrata olmaydigan,
bu boradagi hali tajribasi ham bо‘lmagan yoshlarning hayotiy tushuncha va
tasavvurlarini asosan ta’lim – tarbiya muassasalarining ish faoliyatini
qiyinlashtirib qо‘ymoqda.
Sir emaski, internet tez va arzon axborot yoki ma’lumot olish, yetkazish
hamda qayta ishlashda beqiyos manba sanaladi. Kundan – kun safi kengayib,
foydalanuvchilar soni ortayotgan mazkur tizim dunyo hamjamiyatining axborotga
bо‘lgan ehtiyojini qondirmoqda. “Uzoqni yaqin qiladigan” manba sifatida
qaraladigan internetning kо‘proq yoshlar kiradigan saytlarini tubdan yangilash
zarur. Sababi — sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yuksak ma’naviyat, pok
axloq asosida о‘g‘il–qizlarni tarbiyalash vazifasi ana shuni taqazo etadi.
“Ommaviy ma’daniyat” niqobi ostida g‘arbona kiyinish, g‘arbona muomala
singari milliy – ma’naviy qadriyatlarimizga zid g‘oyalar yoshlarimiz ongini
zaharlashiga loqayd qarab turib bо‘lmaydi. Shuning uchun, ayniqsa, ta’lim
tizimidagi saytlarning ma’lumotlar bazasini sog‘lom tarzi talablariga mos
ravishda giyohvandlik, kashandalik, ichkilikbozlikka qarshi kurashga oid
axborotu ma’lumotlar bilan boyitish, yangilash zarur.
Shuning uchun, MYP.UZ — milliy yoshlar portali «Kamolot» yoshlar
ijtimoiy harakati tashabbusi bilan о‘sib kelayotgan yigit-qizlar talablariga mos
keluvchi axborotlarni tarqatish maksadida tashkil etilgan. Mazkur portal yosh
avlodning dunyokarashi va psixologiyasidai kelib chikdi, u milliy mentalitetimiz,
xalkimiz urf-odatlariga mos bо‘lib, jamiyatimizning aksariyat soxalarini qamrab
oladi. U yuz mingdan ortiq, nomdagi axborot joylashtirilgan 22ta veb-saytdan
56
iborat. Sayt mualliflari asosiy e’tiborlarini yosh yigit-kizlar uchun muxim ahamiyat
kasb ztuvchi masalalarga qaratgan. Bir sо‘z bilan aytganda, milliy yoshlar
portalining tarbiyaviy, ma’rifiy ahamiyati katta bо‘lib, shunga о‘xshagan veb-
resurslar kо‘paytirilsa, jamiyat uchun ham, yosh avlod uchun ham fakat foyda
bо‘ladi. Shu munosabat bilan Prezidentimiz I.A.Karimovning yoshlarni ochik,
axborot olish davrida xukm surayotgan umumbashariy axloqiy inkirozdan asrash
muammosiga alohida e’tibor qaratgani diqqatga sazovor: “...keyingi yillarda
kо‘plab namoyish etilayotgan jangari filmlarini olaylik, - deydi u. - Bu filmlarni
kо‘pchilik, ayniksa, yoshlar maroq bilan kо‘radi, chunki odamzot tabiatan mana
shunday tо‘polonlarni tomosha qilishga moyil. Afsus bilan ta’kidlashimiz lozim:
tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan kо‘ra
vaxshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni hatti-harakatlarini qо‘zg‘atib yuborish
osonroq, Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday
filmlardan kо‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni о‘rganadi, xolos.
Natijada ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zо‘ravonlik, axloqsizlik
kabi illatlar joy olganini о‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va
filmlarning kaxramonlariga kо‘r-kо‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham
topiladi. Chunki ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qо‘l urayotgan ishi qanday
ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi.”
1
Axborot turli ijtimoiy katlamlarga, professional va milliy guruxlarga har xil
ta’sir ztishi hamda uni iste’mol qilishi ham bir-biridan farq qilganligi bois,
kishilarda, ayniqsa, yoshlarda axborotni saralay olish, ya’ni axborot iste’moli
madaniyatini yuksak darajada shakllantirish uchun, eng avvalo, yigit-qizlarda
milliy g‘urur, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘ularini uyg‘otish muhim. Zero,
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yildagi “Kamolot” YOIXni qо‘llab-
quv- vatlash va rag‘batlantirish tо‘g‘risidagi Farmonida uqtirilganidek, “Har
tomonlama komil va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni milliy va
umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalash masalasi davlat siyosatining ustuvor
1
Karimov I. A Vatan ravnaki uchun xar birimiz mas’ulmiz. 9-jild, - Toshkent: О‘zbekiavn, 2001. -
B. 74-75.
57
vazifalaridan biridir”.
Yosh avlodda bu jixatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bо‘lishi
lozimki, ular virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning
taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Fakat shundagina,
globallashuv jarayonlarida yoshlarning ma’lumotlarga kо‘r-kо‘rona ergashish,
ularni notо‘g‘ri talqin qilishiniig oldi olinadi. Axborot iste’moli madaniyatiga ega
yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda
bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi.
Dunyoda yoshlar kamoli haqida qayg‘urmaydigan millat, ularning kelajagi uchun
jon koyitmaydigan davlat topilmasa kerak. Yoshlar har bir millatning davomchilari
bо‘lishi barobarida, davlatning tayanchi, kelajagani hal qiluvchi kuch sifatida
namoyon bо‘ladilar. Ammo, shunday kuchlar ham borki, ular о‘z qarashlarini
singdirish yо‘lida har qanday usullardan ham voz kechmaydi. Vunday kuchlarning
kо‘lida insoniyat ongining mahsuli bо‘lgan eng yuksak texnologiyalar, usullar ham
qurol vositasini о‘tayotganligi barchani tashvishga soladi.
XX asrning о‘rtalarida insoniyat taraqqiyotining muhim bosqichi sifatida
qaralgan axborot texnologiyalarining rivojlanishi, axborot almashinuvining yangi
kо‘rinishlarining vujudga kelishi kо‘plab axborotlarning tarqalishiga olib keldi.
Aynan shu davrlardan boshlab mutaxassislar tomonidan “axborot xuruji”,
“axborot
uchun
kurash”
tushunchalari
ishlatila
boshlandi.
Axborot
texnologiyalarining rivojlanishi tufayli XXI asrning boshiga kelib, yangi zaxiralar,
boyliklar uchun kurash umuman yangi shaklda gavdalandi. Endilikda biron-bir
davlatni bosib olish uchun qurol-aslaxa, katta kuch talab qilmaydi. Aksincha, bu
uchun о‘sha davlat axolisining ongini zaharlash, mentalitet va milliy qadriyatlari
uchun yot bо‘lgan g‘oyalarni singdirishning о‘zi kifoya qiladi. Buni quyidagi dalil
ham isbotlab turibdi: ma’lumotlarga kо‘ra, bugunga kunda dunyoning 20 dan ortiq
davlati yadro qurolini yaratish ustida tajribalar о‘tkazayapti. Ammo shu paytning
о‘zida salkam yuzga yaqin mamlakat axborot xurujlarini uyushtirish bilan
shug‘ullanadi.
Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida chetdan kirib kelayotgan axborot oqimi juda
58
ham qattiq nazorat qilinar edi. Mamlakat mustaqillikka erishganidan sо‘ng esa
xorijdan keladigan axborot oqimlariga keng yо‘l ochildi. Tabiiyki, hali axborotga
“och bо‘lgan” aholi yangidan kirib kelayotgan axborotlarni ijobiy va salbiy
tomonlarini saralamay turib “is’temol” qila boshladi. Bu davrda aholi hali yaxshi
va yomon, kerakli va keraksiz axborotning unchalik farqiga bormasdi, balki ularda
xolis axborot oqimidan noxolisini ajratib olish uchun tugal siyosiy ong shakllanib
ulgurmagan edi. Albatta, bu kabi holatning asorati hozirgi davrga kelib
sezilmokda. Hozirgi kunda ham ba’zi yoshlarda har qanday axborotni ham mutlaq
haqiqat sifatida qabul kilish xolatlari rо‘y bermokda.
Ayniksa, hozirgi davrda Internet saytlarida yoshlar dunyokarashiga ijobiy
ta’sir kiluvchi axborotlar oqimidan tashkari buzgunchi g‘oyalar asosida
shakllantirilgan materiallar ham uchrab turadi. Internet saytlarida yoshlarga kuchli
ta’sir etuvchi axborotlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Birinchi toifadaga axborotlar sirasiga yot, buzg‘unchi g‘oyalar (diniy
ekstremizm va terrorchilik g‘oyalari, millatchilik, irqchilik, sadizm kabilar)ni
kiritish mumkin.
Ikkinchi toifadagi axborotlar esa g‘arb hayot tarziga xos, о‘zbek mentalitetiga
zid odatlar va kо‘nikmalarni targ‘ib etadi. Bu ayniksa, g‘arb yoshlarining kiyinishi,
odatlarini targ‘ib qiluvchi maqolalar, kliplar, filmlarda yaqqol namoyon bо‘ladi.
Uchinchi toifaga esa pornografik axborotlarii kiritish mumkin.
Tо‘rtinchi toifaga esa hali tekshirilmagan, о‘z isbotiga ega bо‘lmagan turli
xujumkor axborotlarni kiritish mumkin.
Internet saytlaridan tarqatilayotgan bu kabi yot g‘oyalar va axborotlarni
yoshlar tomonidan qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari jaxondagi barcha
mamlakatlari halqini ham tashvishga solmokda. Shuningdek, hozirgi davrda
yoshlar dunyokarashining shakllanishiga televideniyening kuchli ta’siridan ham
kо‘z yumib bо‘lmaydi. Bu soxadagi ta’sirlar turli teleseriallar va kabel
televideniyelar tomonidan uzatilayotgan turli dasturlarda о‘z aksini topali.
Ayniksa, efir vaqtining katta qismini milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga mos
bо‘lmagan teleseriallarning band etilishi tashvishlanarlidir. Qolaversa, boshqa
59
millat afsonalari asosida yaratilgan, milliy qaxramonlarni tarannum etuvchi
teleseriallar yoshlarda о‘z tarixi, milliy qaxramonlariga bо‘lgan e’tiborsizlikning
oshishiga, bu esa о‘z navbatida yoshlarda milliy g‘urur, о‘z tarixidan faxrlanish
hissining sо‘nishiga olib kelishini aloxida ta’kidlshn lozim.
Shunisi achinarliki, bizning milliy televideniye kabel (simli) telekanallar bilan
raqobatga kirisha olmayapti. Milliy televideniyening bu soxadaga faoliyatini
takomillashtirishga
zaruriyat
sezilmokda.
Afsuski,
bizdagi
aksariyat
telekо‘rsatuvlar axborotlarii kam berib, asosan kо‘ngil ochar harakterga ega
bо‘lgan, masalan, ma’lum bir holatni “muxokama” qilish bilan bog‘liq
kо‘rsatuvlarni kо‘plab beradi (50x50 va boshqalar). Shuning uchun ham milliy
televideniye xorijiy kanallardan mamlakatga kirib kelayotgai axborotlarga hozir
javob bо‘lishga doimo tayyor turishi lozim.
Yot g‘oya va axloqiy meyorlarni singdirish vositalari turli-tumanligi bilan
ham ajralib turadi. Masalan, sо‘nggi paytlarda kо‘payib ketgan turli klublar,
diskoteka va kafelarning faoliyati ham bunday g‘oyalarni targ‘ib etishga
yо‘naltirilishi mumkin. Bunday muassasalar odatda о‘z faoliyatini tijorat asosida
amalga oshirayotganliklari uchun ham ularning maqsadi, tabiiyki, faqat daromad
olishdan iborat bо‘lib, bu kabi maskanlarda tadbirlarning mazmuniga va tarbiyaviy
jixatlariga umuman e’tibor berilmaydi. Shuningdek, bu kabi kо‘ngil ochar joylarda
kо‘pincha spirtli ichimliklarni iste’mol qilish va narkotik moddalarni tarqatish
manbalari ekanligi ham hech kimga sir emas. Bu kabi bizning milliy an’ana va
qadriyatlarimizga begona bо‘lgan turmush tarzi yoshlar harakteriga kirib
kelmokda, shuning uchun, yoshlar tarbiyasini о‘z xoliga tashlab qо‘yish ularning
axloqiy jixatlarini aynib ketishiga, ularni kelajagini barbod qilishga olib kelishi
mumkin.
Turli g‘oyalarni targ‘ib etishda zamonaviy mobil telefonlarniig ham “xissasi”
katta bо‘lyapti. Telefon alparatlariga yoziladigan buzuqlik, yovuzlik yoki biron-bir
tashkilotning, guruxning faoliyatini targ‘ib etuvchi roliklar, kliplarning kо‘payib
ketayotganligi yoshlarning tarbiyasi, axloqi buzilishiga olib kelyapti. Shuningdek,
bunday axborotlar yoshlarda milliy qadriyatlarimiz, turli bayramlarimizga nisbatan
60
shubxa uyg‘onishiga ham sabab bо‘layotganligi achinarlidir. Albatta, bu kabi
axborot oqimlari yoshlarga hech qanday ma’naviy ozik, bermaydi, balki yoshlar
ongini yot g‘oyalar bilan zaharlaydi. Bu soxada ijobiy о‘zgarishlarga erishish
uchun kо‘ngilochar matbuotni jamiyat tomonidan baxolash mexanizmlarini ishlab
chiqish, ularda e’lon kilinayotgai materiallarga nisbatan jamoatchilik fikrini
ta’sirini oshirish lozim deb hisoblaymiz.
Yoshlar hayeti va tarbiyasiga kattga xavf solayotgan butui jaxonda balo-
qazodek tarqalib borayotgan bunday hurujlarga qarshi kurashish hayotiy-amaliy
ahamiyatga ega. Ammo Yurtboshiimiz ta’kidlaganidek, “Biziing milliy ruhimiz va
tabiatimizga yot va begona bо‘lgan ana shunday hodisalarni faqat tanqid va inkor
qilish yoki ularni ta’qiqlashni о‘zi yetarli emas. Bunday xatarlardan hayotimizni
asrash, ma’naviy bо‘shliq yо‘l qо‘ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy
g‘oyalar bilan xalkimizning ongu tafakkuri va saviyasini yuksaltirish, jahon
maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste’dod musobaqasida
bellashuvga qodir bо‘lishimiz shart”.
Prezidentimiz yana aytadilarki: “Tabora kuchayib borayotgan bunday
xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bо‘lib yashashimiz zarur. Bunday
tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur о‘ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil
etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan
javob berish mumkin”. Bu sharoitda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun virtual
olamda ham faol harakatlar olib borish zarur.
Eng avvalo g‘araz maqsadda amalga oshirilayotgan tashqi g‘oyaviy ta’sirlar,
mamlakatimizda sodir bо‘layotgai о‘zgarishlarga xolis yondashuv bayrog‘i ostida
berilayotgan bir yoqlama axborotlar va baxolarning oldini olish, ularga qarshi
obyektiv ma’lumotlarni kishilarga tezkor, tizimli va tadrijiy yetkazib berish
masalasi dolzarb bо‘lib turibdi. Har xil shaklu shamoyildagi bunday urinishlarga
qarshi xayotimizda sodir bо‘layotgan ijobiy о‘zgarishlar haqidagi chuqur tahliliy
ma’lumotlarni muntazam berib borish, fukarolarimiziing ijtimoiy faolligiii
kuchaytirish, -turli ijtimoiy toifa va guruxlarning qiziqish va intilishlari, hayotiy
manfaatlarini yoritish, “fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi
61
ma’rifat bilan kurashish” har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, oldimizda О‘zbekistondagi vaziyat, erishilgan yutuqlar
bо‘yicha obyektiv axborotlarni jaxon jamoatchiligiga vaqtida yetkazib berish
hamda mamlakatdagi real voqelikning undan tashkarida ham tо‘g‘ri va о‘rinli
qabul qilinishiga erishishdek muhim vazifa bor. Prezidentimiz aytganidek,
"Insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir о‘tkazadigan bu soxadagi
faoliyatimizni xalqimiziing ma’naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada
kuchaytirishimiz, yangi bosqichga kо‘tarishimiz zarur".
Yoshlarni xolis va haqqoniy axborotga ega bо‘lishini ta’minlash,
yurtdoshlarimizniig madaniy saviyasi, bilim va dunyoqarashini oshirish, shu bilan
birga, ularni vatanparvarlik va umumiisoniy qadriyatlarga hurmat ruxida
tarbiyalashni ma’naviyat soxasidagi tashkilotlar oldida turgan yana bir muhim
vazifa sifatida qayd etish mumkin.
Bugun axborot ham iste’mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson
о‘zida uni iste’mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Yoshlar shaxsiy
harakterdagi axborot himoyasi bо‘yicha bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishi, о‘zi
foydalanayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur. Ana shu maksadsa
2011
yildan
boshlab
Toshkeng
islom
universitetida
bakalavriat
va
magastraturaning barcha yо‘nalishlari talabalariga “Axborot iste’moli madaniyati”
nomli maxsus kurs о‘qitilishi yо‘lga qо‘yildi.
Axborot iste’moli madaniyati, eng umumiy ma’noda, axborat oqimidan inson
manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni
qabul qilish, saralash, tushunish va talkin etishga xizmat kiladigai bilimlar,
qobiliyat va malaka tizimini anglatadi.
Inson о‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun u yoki bu axborotni
eshitar ekan, hech bо‘lmaganda “Bu axborotni kim uzatayapti?”, “Nima uchui
uzatayapti?” va “Qanday maqsadda uzatayapti?” degan savollarni о‘z-о‘ziga
berishi, unga asosli javob topishga harakat kilishi kerak. Ana shundagina turli
g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, takdim etilayotgan ma’lumotlarga kо‘r-kо‘rona
ergashishning oldi olinadi. Shakllangan axborot iste’moli madaniyati odob axloq
62
normalarimiz va kadriyatlarimizga zid bulgan axborot, ma’lumotlarga iisbatan
о‘ziga xos qalqon rolini о‘taydi, shaxs dunyoqarashi va xulkidagi sobitlikni
ta’minlashga xizmat kiladi.
Yosh avlodda bu jixatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bо‘lishi
lozimki, ular virtual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uiing
taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Fakat shundagina,
globallashuv jarayonlarida yoshlarning ma’lumotlarga kо‘r-kо‘rona ergashish,
ularni notо‘g‘ri talqin qilishining oldi olinadi. Axborot iste’moli madaniyatiga ega
yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda
bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi.
“Kimki axborotga ega bо‘lsa, u dunyoga egalik qiladi”,- degan fikr bugungi
kunda barcha tomonidan e’tarof etilgan. Shunday ekan, bugungi kunda yoshlarda
axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish
hayotiy-amaliy ahamiyatga ega.
Kelgusida yoshlarning axborot muxitidagi ijtimoiy ongini monitoring qilish
tizimini shakllantirish, “virtual” axborot hududida ularning ustuvor nuktai-
nazarlarini о‘rganiig, kelajak avlodning axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazuvchi
axborotdan
aholini
himoya
qilish,
о‘sib kelayotgan avlodning media-
savodxonligini muntazam oshirib borish, yoshlarning ma’naviyatiga ta’sir
kо‘rsatuvchi “ommaviy madaniyat” tahdidi va yot oqimlarning haqiqiy moxiyatini
ochib beruvchi ma’lumotlarni yetkazish tizimini yо‘lga qо‘yish bо‘yicha faoliyatni
yanada rivojlantirish kabi masalalar jamiyatimiz oldida turgan vazifalardan bо‘lib
qoladi.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |