Мавзу: эавларининг ахлоқий ва эстетик тарбия жараёнларига таъсири


Bitiruv  malakaviy  ishning  tuzilishi  va  hajmi



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana16.08.2021
Hajmi1,01 Mb.
#149169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
elektron axborot vositalarining yoshlar manaviyatiga tasiri

Bitiruv  malakaviy  ishning  tuzilishi  va  hajmi.    kirish,  uchta  bob,  olti 

paragrif, xulosa va foydalanilgan  adabiyotlar rо‘yxatidan iborat. 

  



 



I-BOB. GLOBALLASHUV JARAYONINING ELEKTRON AXBOROT 



VOSITALARIDAGI IN’IKOSI 

 

1.  Axborot asrining Elektron axborot vositalarida aks etishi 

 

Globallashuv  jarayonlari  kuchaygan  XXI  asrning  dastlabki  yuz  yilligi 



insoniyat  tarixiga  axborot    texnologiyalari  asri  sifatida  kirib  keldi.  Kо‘z 

о‘ngimizda  zamonaviy  dunyoning  geosiyosiy,  geostrategik,  iqtisodiy  va  ijtimoiy, 

axborot-kommunikatsiya  qiyofasida  fundamental  о‘zgarishlar  yasaydigan  chuqur 

jarayonlar  rо‘y bermoqda.  

Kurrai  zamindagi  turli  mamlakatlar  iqtisodi,  madaniyati,  ma’naviyati, 

odamlari  о‘rtasidagi  о‘zaro  ta’sir  va  bog‘liqlikning  kuchayishi  xalqaro 

atamashunoslikda  birgina  –  globallashuv  sо‘zi  bilan  ifodalanadi.  U  gо‘yoki  ob-

havoga  о‘xshaydi.  Kunlar  sovib  ketsa,  issiqroq  kiyimlarimizni  kiyib  olamiz, 

aksincha  qizigudek  bо‘lsa,  yengilroq  libosga  о‘tamiz.  Demak,  bu  jarayondan 

chetda  turishning  deyarli  iloji  yо‘q.  Xususan,  aloqa  vositalarining  rivojlanishi, 

ularning  kompyuterlashtirilishi,  elektron  pochta,  internet,  kosmik  teleradioaloqa 

tizimlarining  texnik-texnologik  vositalari  kuchayib  ketishi  bilan  axborot  almashuv, 

binobarin, g‘oyaviy ta’sir о‘tkazish imkoniyatlari  ham tobora kengayib bormoqda. 

Hozirgi  kunda    jahonda  sodir  bо‘layotgan  jarayonlar  bir-birini istisno qiluvchi 

va  shu  bilan  birga  bir-birini  taqozo  etuvchi  differensiya  (tabaqalashuv)  va 

integratsiya  (hamkorlik  qilish)  qonuniyatlariga  bо‘ysunadi.  Bir  tomonda,  davlatlar 

parchalanib  ketmoqda,  hatto  bir  mamlakatdagi  turli  etnoslar  qarama-qarshiligi  oliy 

chо‘qqisiga  kо‘tarilib,  qonli  tо‘qnashuvlar  yuz  bermoqda.  Ikkinchi  tomonda  esa, 

kо‘zga  kо‘rinadigan  va  kо‘rinmaydigan  iplar  yaqin  va  uzoq  mamlakatlarni,  butun 

qit’alarni  mislsiz  kuch  bilan  bir  tugunga  bog‘lamoqda.  Siyosiy  ongda  ham  huddi 

shunday  jarayonlar:  begonalashish,  bir-birini  tushunishni  istamaslik  va  keskin, 

borgan  sari  kuchayib  borayotgan  qiziqish  jarayoni  kechmoqda.  “Biz  bugun  yon-

etrofimizda,  aytish  mumkinki,  bugun  dunyoda  notinchlik,  qarama-qarishlik  va 

keskin  ziddiyatlar  rо‘y  berayotgan  о‘ta  murakkab  bir  zamonda  yashayapmiz. 

Shunday  taxlikali  vaziyatni  e’tiborga  oladigan  bо‘lsak,  yurtimizning  tinchligi, 



 

xalqimizning  hamjixatligini  har  tomonlama  asrash  va  mustaxkamlash,  doimo 



cepgak,  sezgir  va  hushyor  bо‘lib  yashashimizni  bugun  hayotning  о‘zi  talab 

qilmokda”

1

  deb ta’kidlagan edi Prezident I.Karimov. 



Globallashuvning  milliy,  ijtimoiy-ma’naviy  qiyofaga  о‘tkazayotgan  ta’sirini 

birinchi  navbatda  axborot  fenomeni  bilan  izohlash  maqsadga  muvofiqdir.  Shuning 

uchun xam “Shu ma’noda, axborot - deb yozadi Islom Karimov olamidagi ustunlik 

kо‘p  narsani  xal  etadigan  bunga  vaziyatda  mustakil  ongni  mustakil  fikrga  ega 

bulgan  shaxsni  tarbiyalash  masalasi  nafaqat ma’naviy, kerak bо‘lsa, muhim siyosiy 

ahamiyat  kasb  etadi”

2

.  Chunonchi,  hozirgi  kunda  globallashuv,  jumladan  axborot 



globallashuvining  mutlaqo  domiga  tushmaslikning  chorasi  mavjud  emas  va  buning 

iloji  xam  yо‘k.  Eng  yaxshi  yо‘l  -  bu  ma’lum  milliy  davlat  manfaatlarini  saqlash  va 

himoya  qilish  maqsadida  axborot  texnologiyalarini,  dasturlarini  imkon  qadar 

tezlashtirish,  iktisodiy  va siyosiy sohadagi islohotlarni  izchil  yо‘lga qо‘yishdir. 

Axborot  qadim  zamon  zamonlarda  ham  qudratli  kuchga  ega  bо‘lgan.  Sо‘z 

qurolining  kuchi,  kuch  qurolining  sо‘zidan  kuchliroq  ekanligini  teran  anglagan 

Navoiy  hazratlari: 

Erursen shoh - agar ogohsen sen, 

Agar ogohsen sen, shohsen sen, - 

deb yozgan edilar. 

Axborotga  muayyai  vokea-hodisalar  tо‘g‘isidagi  xabar  yoki  ma’lumot,  ularni 

tushutirish,  tushunish  va  idrok  etishda  qadim  zamonlardan  buyon  qullanib  

kelinayotgan,  kibernetika  va  informatikaning  taraqqiyoti  tufayli  keyingi  vaqtda 

yangi,  keng  ma’no  kasb  etayotgan  tushuncha  sifatida  ta’rif  beriladi. О‘tgan asriing 

oxiri  va  hozirga  asr  boshida  axborot  vositalarining  jadal  rivojlanishi  XXI  asriing 

“Axborot  asri”  deb  atalishiga  sabab  bо‘ldi.  Bugungi  kunda  zamonaviy  axborot 

texnologiyalari, 

axborotlashgan 

jamiyatning 

intellektual 

salohiyatini 

                                                 

1

 I.Karimov. Xalk deputatlari Xorazm viloyati  Keigashining-  navbatdan tashqari sessiyasidaga nutqi.  // 



Xalk sо‘zi - 2012. -10 oktabr. 

2

 Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot xakiqatini  aks etgirish,  - T.: О‘zbekiston,  2009.-B.9. 



 

 



 

10 


shakllantirishda  muhim  ahamiyag  kasb  etmoqda.  Bugungi  kunda  axborot  asosida 

ta’lim-tarbiya  jarayni  olib  borilmokda,    ijtimoy  hayot  samarali  boshqarilmokda. 

Hozirgi  kunda  hayotning  biror-bir  soxasini  axborotsiz  tasavvur  etib  bо‘lmaydi. 

Axborotlar  banki,  axborot  texnologiyalari  kishilik  faoliyatining  ajralmas  qismiga 

aylanmoqda.  Axborotlarni  aniq  maqsadda  yig‘ish,  saqlash,  tizimlarga  ajratish  va 

ulardan  ommaviy  tarzda  foydalanishda  texnik,  dasturiy,  algoritmik  ishlar  va 

ularning 

tashkiliy 

vositalari  beqiyos  ahamiyatga  ega.  Axborotlashtirilgan 

jamiyatning  har  bir  bо‘g‘inida  axborotlar  bankiga  murojaat  qilinadi  va  bu  asosda 

zamonaviy  ta’lim  texnologiyalari  yaratiladi  va  ta’lim-tarbiya  jarayonlarini  optimal 

boshqarish imkoniyati  vujudga  keladi.

1

 

Axborot  tarqatish  vositalari,  kommunikatsiya  tarmoqlari  globallashayotgan 



bugungi  kunda  u  yanada  qudratli  kuch,  qurolga  aylanmoqda.  Jarayonlarni 

boshqarish  uchun,  avvalo,  tezkor  va  mavjud  vaziyat  tо‘g‘risida  tо‘la  tasavvur 

beradigan axborot zarur. 

Bugungi 


kunda 

iqtisodiyot 

va 

siyosat 


barobarida 

axborot 


ham 

globallashmoqda,    tо‘g‘rirog‘i,  axborotning  globallashuvi  iqtisodiy  va  siyosiy 

integratsiya  jarayonlariga  sharoit  yaratib  bermoqda.  Ba’zan  о‘zimiz  yashab  turgan 

mintaqadagi  jarayonlarga  tо‘g‘ri  baho  berish  uchun  ham  tashqi  axborotga, 

dunyoning  boshqa  mintaqalarida  rо‘y  berayotgan  voqealar  tahliliga  ehtiyoj 

sezamiz.  

  Ommaviy  axborot  vositalarining  yana  bir  muhim  jihati  mavjud.  Bu  jihat  – 

axborot  terroriga,  mafkuraviy  tahdidlarga  munosib  javob  berish  bilan  bog‘liq. 

Oxirgi  paytlarda  informatsion  tahdid  va  xurujlarning  tez-tez  uyushtirilayotganligi 

qurolning  «axborot»  deb  atalmish  yangi  turi  yanada  qudratliroq  bо‘lib 

borayotganligidan  dalolat  beradi.  Axborot  qurolining  qо‘poruvchilik  kuchi, 

keltiradigan  talofatlari  har  qanday  ommaviy  qirg‘in  qurolinikidan  kam  emas. 

Chunki,  bu  qurol  yordamida  ongga  berilgan  zarbalar kishini adashtiradi, uni о‘z va 

yurt  manfaatlariga  zid  harakat  qilishga  undaydi  va  demak,  insonni  boshqarish, 

                                                 

1

 Ma’naviyat asosiy tushunchalar iyuxli  lug‘ati.  -T.: G‘.G‘ulom  nomidagi  NMIU. 2009.-B. 



 


 

11 


uning  ustidan hukmronlik  qilish  imkonini  beradi. 

  Biz  ushbu  holatni  ham  bemalol  axborot  xuruji,  tahdidi,  urushi  deb  baholay 

olamiz.  Aslida,  axborot  maqsadga  erishishning  eng  arzon  vositasi  ham  sanaladi.  

Axborot  urushlari  biz  bilgan  urushlardan  qator  jihatlari  bilan  ajralib  turadi. 

Birinchidan,  axborot  urushlari  ancha  kamxarj  –  qо‘shin  saqlashni,  qurol-yarog‘ 

sotib  olishni  talab  qilmaydi.  AQShning  sobiq  Prezidenti  J.  Karter  ham: 

«Targ‘ibotga  sarflangan  1  dollar  qurollanishga  sarflangan  10  dollardan 

samaraliroq»,  deb  bekorga  ta’kidlamagan.  Ikkinchidan,  axborot  urushlari  hech 

qanday  chegaralarni  tan  olmaydi.  Internet,  sun’iy  yо‘ldosh  orqali  aloqa,  ommaviy 

axborot  vositalari  hukmronlik  qilayotgan  bugungi  dunyoda  axborotni  bojxona 

kо‘rigidan  о‘tkazib,  saragini-sarakka,  puchagini-puchakka  ajratishning  iloji  yо‘q. 

Biroq,  eng  tashvishlisi,  bu  urushda  raqibni  jismonan  yо‘q  qilish  emas,  uni  о‘ziga 

ma’nan bо‘ysundirish maqsadi kо‘zlanadi.  

Bozorning  oddiy  haqiqati  shundaki,  har  kim  topganini  savdoga  chiqaradi. 

Tovarni  sifati,  turi  va  foydasi  jihatidan  tanlash  xaridorning  ixtiyorida.  Ana  shu 

qonuniyat  nuqtai  nazaridan  qaraganda  jahon  axborot  bozorida  bizning 

manfaatlarimizga  mutlaqo  zid,  milliy  hususiyatlarimiz,  an’ana,  qadriyatlarimizni 

mensimaydigan  axborotlar  shiddat  bilan  hayotimizga  kirib  kelmoqda.  Bu  о‘z-

о‘zidan  axborot  sohasidagi  hurujlardan  himoyalanish,  binobarin,  milliy 

xavfsizlikni  ta’minlash  muammosini  kun tartibiga  qо‘ymoqda. 

Axborot xurujlarining  quyidagi  turlari  mavjud: 

– yolg‘on axborot tarqatish; 

– milliy-ma’naviy  qadriyatlarni  yemirib  tashlash; 

– yetti yot begona ma’naviy qadriyatlarni  singdirish; 

– xalqning  tarixiy  xotirasini  buzish va о‘zgartirish; 

– kiberterrorizm. 

Kiberterrorizm  о‘z  navbatida  virus  tarqatish,  internetda  noqonuniy  boylik 

orttirish  (kiberjinoyat),  kiber-manyakchilik,  turli  bо‘hton  va  uydirmalar  tarqatish 

orqali biror mamlakat  yoki shaxsni obrо‘sizlantirish  singari  turlarga  bо‘linadi. 

Bu  borada  "erkin  axborot  almashuvi"  nazariyasiining  asoschilaridan  biri 




 

12 


xisoblangan  MRB  sobiq  direktori  A.F.Dallesning  fikrini  keltirish  mumkin.  “Agar 

menga,  -  deb  yozadi  A.F.Dalles,  -  tashqi  siyosatning  faqatgana  bitta  tamoyilini 

tanlab  olish  huquqi  berilganda,  men  axborotning  erkin  oqimi  prinsipini  tanlagan 

bо‘lur  edim”.

1

  G‘arbda  "axborotning  erkin  oqimi”  deyilganida  cheksiz mikdordagi 



axborotni  bir  taraflama  uzatish,  bunda  axborot  mazmunining  hech  kanday 

meyorlar  bilan  cheklanmasliga  va  mazkur  axborot  u  yetkazib  berayotgan 

hududdagi davlat tomonidan nazorat qilinmasligi  tushuniladi. 

Axborot  turli  ijtimoiy  qatlamlarga  har  xil  ta’sir  qilishi  barobarida  uni  iste’mol 

qilish  amaliyoti  turli  guruhlarda  keskin  farq  qilishi  mumkin.  Bu,  eng  avvalo, 

axborot  manbalari  miqdori  о‘rtasidagi  farqda  namoyon  bо‘ladi.    Masalan,  ayrim 

odamlarda  axborot  manbai  minimal  (televideniye,  radio),  ba’zilarda  eng  keng 

(gazeta,  jurnal,  kitob,  yangi  kommunikatsiyalar  tizimi)  bо‘lishi  mumkin. 

Mutaxassislar  fikriga  kо‘ra,  hozirgi  davr  jamiyatida  aynan  axborotni  olish,  unga 

yо‘l topish sohasida keskin bо‘linish, tabaqalashuv sodir bо‘lmoqda.  

Yoshlar  о‘zining  xarakatchanligi,  yangiliklarga  intiluvchanligi  hamda  bо‘sh 

vaqt  resursiga  egaligi  tufayli  yuqori  darajada  komunikativ  faollik  kо‘rsatadilar. 

Boshqa  guruhlarda  esa  nisbatan  passivlik  kuzatiladi.  Ularga  xos  bunday  befarqlik, 

loqaydlik,  dunyo  bexabarlik  hususiyatlari  salbiy  oqibatlarni  ham  keltirib  chiqarishi 

mumkin.  Bu  birinchi  guruh  uchun  tobora  faollashayotgan  agressiv,  tajovuzkor 

siyosiy  ta’sirga  berilib  ketish  xavfining  mavjudligida,  ikkinchi  guruhning  esa, 

pozitiv  mazmunga  ega axborotlardan tashqarida qolishi bilan  belgilanadi.   

Axborotlarni  tashkil  etuvchi  va  tarkatuvchi  asosiy  maydon  -  bu  internet 

tarmog‘i  ekanligi  hech  kimga  sir  emas.  Tabiiyki,  yoshlar  katta  avlodga  nnsbatan 

internet  tarmog‘ining  eng  kо‘p  foydalanuvchi  qatlamidir.  Zamonaviy  jamiyatga  esa 

asosiy  tarmoq  xisoblangan  ushbu  vositadan  voz  kechish  yoki  uni  umuman  inkor 

etish mumkin  emas. 

Yoshlar  turli  reklamalar  va  ayniksa  bir-birlariga  bevosita  ta’sir  о‘tkazish 

natijasida  internet  tarmog‘idan  berilayotgan  kundalik  axborotga  katta  ehtiyoj 

sezmoqdalar.  Kutubxona  va  kitobxonlikka nisbatan bir necha marta arzon va qulay 

                                                 

1

 A. Dalles.  Iskusstvo  razvedki.  M., «Mejdunarodniye  otnosheniya»,  1992,  S. 127. 




 

13 


bо‘lgan  internet  tarmog‘i  ular  uchun,  axborotlar  bilan  ishlashning  eng  yaxshi 

makoni  sanaladi.  Ammo  davomiy  axborotlar  bilan  ishlash  oqibatida  foydalanuvchi 

о‘zi  sezmagan  holda  axborot  hurujiga  tushib  qoladi  sababi  oddiy  ya’ni  axborot 

iste’molchisi  bо‘lgan  har  bir  foydalanuvchiga  axborot  bilan  ishlash  kо‘nikmasi 

maxsus 

shakllantirilmagan.  Rivojlangan  mamlakatlarda  internet  tarmog‘iga 

maxsus  yо‘naltirilgan  axborot  vositalarini  tarqatilsa  hamda  unda  berilayotgan 

ma’lumotlarning  haqqoniyligini  tekshirib  borish  uchun  maxsus  internet-provayder 

kompaniyalari  hamda  markazlar  tashkil  etilgan.  Shu  markazlar  nafaqat  davlat 

mikyosida  balki  ma’lum  bir  soha  hamda  ixtisosliklar  doirasida  maxsus  ishlab 

chiqiladi.  Internet  tarmog‘iga  ketadigan  kо‘p  axborot  vositalari  mashhur 

teleradiokompaniyalar  yoki  OAVnomi  orqali  tarqatiladi.  Nega  televideniye  va 

gazeta-jurnallarda  keng  yoritish  bо‘lmagan  turli  ma’lumotlarni  katta  hajmdagi 

axborot  sifatida  internetda  bemalol  va  istagancha talqin qilish mumkin. Shu sababli 

ham  bugun,  internet  tarmog‘ida  BBS,  CNN,  TIMES  kabi,  internet  saytlari 

hammabop  bо‘lib  qolganligini  e’tirof  etish  mumkin.  Bu  saytlarda  mavjud 

axborotlar  dunyonipg  barcha  xalqlari  tushunadigai  asosiy  tillarda  deyarli  har  kuni 

har soat va har daqiqalarda tarqaladi   yangilanib  turadi.  

Global  axborot  tizimi  hisoblangan  internet  orqali  tarqatilayotgan  habarlar, 

ma’lumotlarni  foydali  tomonlari  bilan  birga  zararli  hatto  о‘ta  xavfli  ekanligini  ham 

eslatib  о‘tish  lozim.  Bunga  hozirgi  demokratik  tamoyillar  ishidan  kelib  chiqib  turli 

mamlakatlarda  faoliyat  olib  borayotgan  nodavlat,  nohukimat  hatto  ayrim  davlat 

matbuot  nashrlari  va  OAV  orqali  tarqatilayotgan  xabarlarni  ham  aytish  mumkin. 

Shunday  mas’uliyatsiz  axborot  vositalari  tarqatgan,  tarqatayotgan  xabarlari 

bevosita  va  bilvosita,  boshqa  jamiyatlar,  davlatlar,  milliy  birliklar,  diniy  e’tiqodiga, 

yosh  hususyatlariga  kо‘ra  yoki  yoppasiga  ijtimoiy  barqarorlikni  buzish,  ijtimoiy, 

milliy 

guruxlarni 

bir-biriga 

qayrash, 

inqilobiy 

xarakatlarga 

chaqirish, 

yolg‘ondakam,  iqtisodiy  inqirozlarni  bashorat  qilish,  davlatlar  о‘rtasida  yirik 

nifoqlar  keltirib  chikaruvchi  soxta  mafkuraviy  xurujlardai  iborat  ekanligi  kо‘rinib 

qolmoqda. 

Undan  tashkari  axborot  tizimlari  orqali  uzoq  muddatlarga  mо‘ljallangan 



 

14 


boshqa  halklarni  manqurtlashtirishga  olib  boradigan  kо‘zga  kо‘rinmas  uslublar  va 

texnologiyalar  ham qо‘llanilmoqda. 

Buni  quyidagi  jixatlarini  aytib о‘tish lozim: 

-internetda  va  boshqa  axborot  vositalari  orqali  tarqatilayotgan  xabarlar  uchun 

hech  kim  yoki  tashkilot  yoki  davlat  javob  bermasligi  va  bu  hol  sо‘z  erkinligi, 

demokratiyada  fikr erkinligi  tamoyili  bilan  xaspо‘shlanayotganligi; 

-shundan  foydalangai  holda,  bu  tizim  orqali  bо‘lar  bо‘lmas  axborotlarni 

tarqalib  ketayotganligi; 

-xabarlar  tizimida  oddiy  bir-birini  kо‘rolmaydigan  shaxslarni  raqiblarini  mavh 

etishida,  davlatlar  va  boshqa  jamiyatlarni  о‘zaro  tizimlarini  mot  etishgacha  bо‘lgan 

xolis bо‘lmagan axborot xurujlari  uslublaridan  foydalanish; 

- zarur  axborotlar  qatorida,  jamiyat  ma’naviyatiga,  axloqiga  salbiy  ta’sir 

kо‘rsatadigan  bema’ni  manbalar,  axborotlar,  tasvirlar,  filmlar,  kliplar,  kitoblar, 

matnlar,  qо‘shiqlar, ma’ruzalar  va boshqalarni borligi; 

- axborotlar  tarkibini  asosan,  mutlaqo  foydasi  yо‘q  shunchaki  vaktni 

о‘tkazishga  qaratilgan  lekin  shu  bilan  birga  hammani  о‘ziga  jalb  qiladigan  uyinlar, 

ma’lumotlar  borligi; 

-kompyuterlarni  boshqa  zarur  dasturlari  alohida  sotib  olib  qо‘yishga 

mо‘ljallangani  holda,  uning  bazasida  turli  uyinlarni,  korxonani  о‘zidayok,  qо‘yib 

chikarilishi,  ularni  internet  tarmoqlari  orqali targ‘ib qilib  tarqatilishi; 

-internetda  ta’lim  tizimida  foydalanayotgan  darsliklar,  о‘quv  qо‘llanmalar, 

referat,  kurs  ishlarini  tayyorlarini  kо‘chirib  kelinayotgani  oqibatida,  talabani 

izlanishga  ishtiyoqi  pasayib  ketayotganligi  shu  tufayli  fikrlash  qobiliyati 

susayishidek istiqbolsiz  jarayon kechayotganligi; 

-  hali  dunyoqarashi  tо‘liq  shakllanmagan  yoshlar  shuningdek  о‘z  qatiy  fikri 

pozitsiyasiga  ega  bо‘lmagan  kishilarni  о‘z  domiga  tortib  ketadigan  diniy, 

mafkuraviy  kuchga ega bо‘lgan oqimlarni  da’vatlarini  borligi; 

- diniy  ekstrimistik,  irqchilik,  agressiv  millatchilik,  fashistik  g‘oyalarii  targ‘ib 

qilinayotganligi; 

-  ayrim  firma  va  kompaniyalar  о‘zlarining  sifatsiz  ayni  paytda  zararli 




 

15 


mahsulotlarini  reklama  qilishda  ustalik  bilan  foydalanayotganligi; 

-  yirik  siyosatchilar,  taniqli  kishilar,  olimlar  san’atkorlarni  shaxsiy  hayoti, 

maishiy  turmush  tarzi,  oilasi,  uning  obrо‘sizlantiruvchi  yoki  soxta  obrо‘ 

keltiruvchi  aksari  bо‘htondan  iborat  habarlarni  tarqalishi.  Hususan  ularni  qanday 

ichki  kiyim  kiyishi,  nechta  jazmani  borligi,  qanday  restoran  yoki  kafelarda 

ovqatlanishi,  qanday  taqinchoqlari  borligi,  qimorda  qancha  pul  yutqizganligi, 

necha  marta  uylanganligi  yoki  turmushga  chiqqanligi,  mashinanasini  markasi,  uni 

qancha  pul  turishi,  it  yoki  mushugini  laqabi  qanday  ekanligi  kabi  xomaki 

ma’lumotlar  berilib  intelektual  saviyasi  past  kishilarni  ongini  shunday  axborotlar 

bilan  aylantirilayotganligi  va hakazo. 

Ulug‘  adib  Abdulla  Qaxxor “Adabiyotni kuchi atomdan kuchli, lekin uni о‘tin 

yorishga  sarflamaslik  kerak”  degan  edi.  Darhaqiqat,  foyda  kuchi  shunchalik 

qudratli  bо‘lgan  axborotlarini  befoyda  va  zararli  hatto  havfli  maqsadlarda 

foydalanilayotganligi  achinarli  hol. 

Hind  xalkining  farzandi  Maxatma  Gandi  axborotlarni  tо‘g‘ri  va  о‘rinli  talqin 

qilinishi,  ba’zi  xabar  yoki  g‘oyalar  jamiyatga  notinchlik  inqilobiy  о‘zgarishlarga 

olib  kelishi  haqida  fikr  yuritib,  -  “men  uyimni  havosini  almashtirish,  toza  havo 

kirishi  uchun  derazamii  ochamai,  lekin  havo  tо‘fonga  aylanib,  uyimni  ag‘dar-

tо‘ntar qilib yuborishini  istamayman”  degan edi.  

Globallashuv  deganda  faqatgina  internet  yoki  axborot  globallashuvini  nazarda 

tutish  xato  hisoblanadi.  Internet  tarmog‘i  globallashuv  jarayonini  kuchaytiruvchi 

asosiy omildir. Shunday ekan globallashuvga iqtisod, madaniyat, fan sohasidaga va 

ayniqsa  ma’naviyatdagi  globallashuvni  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Shuning 

uchun  ham  millat  ma’naviy  qiyofasini  salbiy  tomonga  о‘zgarishi  jamiyat 

a’zolarining  har  biriga  ma’nan  ta’sir  kо‘rsatib  qolmasdan  ularning  moddiy 

hayotiga  ham  yomon  ta’sir  qiladi.  Shu  ma’noda  yoshlarning  globallashuvga 

nisbatan  sog‘lom  ma’naviy  qiyofani  shakllantirishga  qaratalgan  dastur  ishlab 

chiqilishini  davr taqazo qiladi. 

Internetning  kuniga  24  soat  davomida  tо‘xtovsiz  ishlashi  va  uni  tо‘liqligicha 

qо‘lga  olishning  iloji  yо‘qligi  kо‘plab  davlatlarda  axborotlar  bilan  ishlash 




 

16 


belgilangan  kо‘nikmalar  shakllantiruvchi  о‘quv  markazlar  tashkil  etilgan. 

Bizningcha  universitet  va  talabalar  turar  joylarida  internet  markazlarining 

faoliyatini  amaliy  jihatdan  rivojlantirishda  О‘quv  markazlari  tashkil  etish  lozim. 

Axborot  xurujiga  qarshi  talabalarga  biror-bir  amaliy  yordam  kо‘rsatadigan 

qо‘llanma  va  kitoblar  yetishmayapti.  Talabalar  internet  axborot  xurujiga  qarshi 

о‘zlarida  hali  fuqarolik  pozitsiyasini  tо‘liq  shakllantirish  imkoniyatiga  ega  emaslar. 

Mashhur  iqtisodchi  xalqaro  Nobel  mukofoti  sohibi,  professor  F.Xayek  о‘z 

munozaralarida  shunday  deydi.  “Haqiqat  bir  tomondan  bizning  zamonaviy  fanimiz 

qonunlari  asosida  о‘z  isbotini  topmaydi  yoki  konstruktiv  metodologiyasi 

talabalariga  ham  asoslamaydi  lekin  shu  bilan  birgalikda  bizda  о‘zimizning  kо‘plab 

hozirgi  ilmiy  taxminlarimiz  ham  oxir-oqibatda  xato  chiqib  qolishi  uchun  ham  asos 

mavjud.  Agar  har  qanday  ta’limot  bizga  katta  yutuklar  olib  kelgan  taqdirda  ham, 

biz  ishonmaylik,  bu  ilgari  odimlash  uchun  jiddiy  mazmun  kasb  etganda  ham, 

mohiyatiga  kо‘ra, huddi avvalgilari  singari  anglashilmaganday  bо‘lib qolaveradi”. 

Rossiya  universitetlarida  2009  yili  talabalar  orasida  internet  tarmog‘ida 

boshqa  "о‘zingiz  foydalanadigan  asosiy  axborot  manbalarini  kо‘rsatib  о‘ting" 

degan mazmundagi  sо‘rovnoma о‘tkazilganda quyidagi  ma’lumotlar  olingan: 

52,0% talaba kutubxonadan; 

43,9% jurnaldan; 

36,7% gazetalar; 

43,9% televideniye  va radiodan; 

42,9% о‘qituvchilardan 

10,2%  kursdoshlardan  oladigan  axborot  deb  javob  bergan.  Kо‘rsatkichlarda   

ham      talabalarning      deyarli      yarmi      о‘z      bilimlarini  kengaytirish  uchun  asosiy 

manbalarni  ikkilamchi  vositalardai  olishi  ma’lum  bо‘lmoqda. 

Hullas,  globallashuv  jarayoni  avj  olgan  bugungi  kunda  har  qanday  axborotni, 

qanday  axborot  vositasidan  olinishidan  qat’iy  nazar  axborotdan  tо‘g‘ri  xulosa 

chiqargan  holda  uni  qay  maqsadda  foydalanishni  keng  jamoatchilikka  anglatish 

lozim  hisoblanadi. 



 

17 



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish