Мавзу: эавларининг ахлоқий ва эстетик тарбия жараёнларига таъсири


 Globallashuv jarayonining Elektron axborot vositalariga ta’siri



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana16.08.2021
Hajmi1,01 Mb.
#149169
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
elektron axborot vositalarining yoshlar manaviyatiga tasiri

1.2. Globallashuv jarayonining Elektron axborot vositalariga ta’siri 

 

Globallashuv  XXI  asr  jaxon  taraqqiyotining  obyektiv  qonuniyatlaridan  biri 



sifatida  e’tirof  etilmoqda.    Globallashuv  fenomeni  haqida  gapirganda,  bu  atama 

bugungi  kunda  ilmiy-falsafiy,  hayotiy  tushuncha  sifatida  juda  keng  ma’noni 

anglatishi  mumkin.  Umumiy  nuqtai  nazardan  qaraganda,  bu  jarayon  mutlaqo 

yangicha  ma’no-mazmundagi  xо‘jalik,  ijtimoiy-siyosiy,  tabiiy-biologik  global 

muhitning  shakllanishini  va  shu  bilan  birga  mavjud  milliy  mintakaviy 

muammolarning  jaxon  miqyosidagi  muammolarga  aylanib  borishini  ifoda 

etmoqda. 

Globallashuv  jarayonlari  XX  asrning  oxiri  va  XXI  asrning  boshlarida  butui 

insoniyat,  yer  yuzidagi  barcha  xalqlar  va  millatlar  taraqqiyoti,  ayniqsa,  yosh  avlod 

uchun  misli  kо‘rilmagan  imkoniyatlar  yaratib  berganini  hech  kim  inkor  etolmaydi. 

Avvalambor, 

fan 


va 

texnikaning 

ilg‘or  yutuqlari,  zamonaviy  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalari,  xususan,  Internet  tizimi  barcha  chegaralarni 

ochib  berib,  о‘zaro  hamkorlik  va  integratsiya  rivojiga  sо‘zsiz  katta  hissa 

qо‘shayotganiga butun barchamiz  amin  bо‘lmoqdamiz. 

Ayni 

paytda 


zamonaviy 

fanlar 


о‘rganayotgan  muammolar  orasida 

globallashuvdan  dolzarbroq  mavzuni  topish  mushkul.  Chunki  uning  texnologik, 

moliyaviy  siyosiy,  madaniy  ekologik  va  ijtimoiy  jihatlari  bilan  nafaqat  rivojlangan 

mamlakatlar,  balki  butun  dunyo  yuzma  yuz  turibdi.  Ayniqsa  axborot  sohasidagi 

globallashuv  insonlar  hayotini  tubdan  о‘zgartirib  yubordi.  Hozirgi  kunda  axborot 

mahsulotlarining  dunyo  bozoridagi  daromadi    “qora  oltin”,  samolyotsozlik    va 

avtomobilsozlik  kabi  sohalar  daromadidan  ham  oshib  ketdi.  Shuningdek  axboriy 

globallashuv  barcha  shaxslar,  kompaniyalar  va  birlashmalarga  ijtimoiy  iqtisodiy   

muammolarni  samarali  hal  etishda  ulkan  imkoniyatlar  yaratdi.  Insoniyat  

bilimining  о‘sishida,  savdo  tijorat,  marketing,  turizm,  va  boshqa  kо‘plab  sohalarni 

о‘zlashtirishda  internet  imkoniyatlari  va  xizmatlaridan  kо‘z  yumib  bо‘lmaydi. 

Bugun globallashuvning  ta’siri:   

Birinchidan,    axboriy  globallashuv  natijasida  bir  millat  ongiga  boshqa  millat 



 

18 


madaniyati,  urf  odati  va  hayot  tarzi  singib  borayotganligi,  (bunda  kinofilmlar, 

teleseriallar,  qо‘shiqlar va kliplar  alohida о‘rin tutadi);   

Ikkinchidan,    axboriy  globallashuv  natijasida  jahondagi  kamsonli  xalq 

tillarining  mavqei  pasayishi, hatto, ayrimlarining  yо‘qolib ketishi;       

Uchinchidan,  axboriy  globallashuv  natijasida  bir  qator  yirik  davlatlar  dunyo 

axborot  olamida  hukmronlikka  intila  boshlashi,  natijada  davlatlar  bir-birini  ichki 

va  tashqi  axborot  bozoridan  siqib  chiqarishga  urinishi  oqibatda  esa  davlatlararo 

axborot  kurashi  boshlanishi  va  asosiy  maqsad  axboriy  psixologik  sohada  siyosiy 

ustunlikni  ta’minlashda  о‘z aksini topmoqda. 

Lekin  odamzot  tafakkurining  yuksak  va  yorqin  namoyoni  bо‘lgan  bunday 

yutuqlar  ayni  paytda  katta  kuch-quvvat  va  moliyaviy  imkoniyatlarga  ega  bо‘lgan 

ayrim  siyosiy  kuchlarniig  g‘arazli  niyatlarini  amalga  oshirishda  mafkuraviy  qurol 

sifatida  ishlatilayotgani  ham  e’tibordan  chetda  qoldirib  bо‘lmaydi.  Odamlarning, 

birinchi  navbatda  yoshlarning  ongu  tafakkurni,  ma’naviy  olamini  izdan 

chiqarishga  qaratilgan  bunday  urinishlarning  asl  mohiyatini,  ularning  uzoq  va 

davomli,  salbiy  oqibatlarini  anglash  va  bunday  xavf-xatarlarning  oldini  olish 

bugungi kunda о‘ta muhim ahamiyat kasb etib bormoqda”

1

,- deb yozadi Muxtaram 



Prezidentimiz  о‘zining  “Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini  aks ettirish" kitobida. 

Axborotni 

keng 

jamoatchilikka 



yetkazib 

beruvchi 

matbuot, 

radio, 


televideniye,  internet  kabi  hodisalarni  о‘zida  birlashtiruvchi  elektron  axborot 

vositalari  (EAV)  jamiyat  hayotiga  ulkan  ta’sir  о‘tkazish  quvvatiga  ega.  Qanday 

katta  kuchga  ega  ekanini  ularga  nisbatan  «tо‘rtinchi  hokimiyat»  atamasi 

qо‘llanilishida  ham  kо‘rish  mumkin.    EAVning  ta’sir  kuchi  beriladigan  xabarlarni 

tezkorligi,  qо‘yilayotgan  masalalarning  dolzarbligi  hamda  tahliliylik  darajasi  va 

mavjud  muammolarning  samarali  yechimlarini  taklif  etishiga    bog‘liq.  I.Karimov 

ta’kidlaganlaridek,  “Bugungi  kunda  zamonaviy  axborot  maydonidagi  harakatlar 

shu  qadar  tig‘iz,  shu  qadar  tezkorki,  endi  ilgarigidek,  ha,  bu  voqea  bizdan  juda 

olisda  yuz  beribdi,  uning  bizga  aloqasi  yо‘q,  deb  beparvo  qarab  bо‘lmaydi.  Ana 

shunday  kayfiyatga  berilgan  xalq  yoki  millat  taraqqiyotdan  yuz  yillar  orqada  qolib 

                                                 

1

 I.Karimov. Eng asosiy mezon  - hayot haqiqatini  aks ettirish.:Toshkent.2000   




 

19 


ketishi  hech gap emas”.

1

 



EAV  ijtimoiy  hayotdagi  muayyan  voqea,  hodisa  yoki  muammo  yuzasidan 

axborotni  yetkazib  berish  orqali,  uning  jamiyat  uchun  ahamiyati,  keng  aholi 

qatlamlari  uchun  dolzarbligini  ta’kidlaydi.  Axborot  oqimi  hajmi  bо‘yicha, 

mazmunan  rang-barang,  uzatilishga  kо‘ra  tezkor  bо‘lgan  bugungi  kunda  bu 

jarayon  yanada  chuqurlashib  bormoqda.  EAV  muayyan  xabarni  uzatish  yoki  biror 

bir  g‘oyaning  mohiyatini  ochib  berish  orqali  uning  о‘zlashtirilishiga,  kishilar 

ongida  barqaror  tasavvurlar,  obrazlar,  qadriyatlarning  shakllanishiga  ham 

kо‘maklashadi.  Qisqa  qilib  aytganda,  u  ijtimoiy  fikrga  doimiy  va  izchil  ta’sir 

о‘tkazish, uni shakllantira  olish imkoniyatiga  egadir.  

EAV  va  kommunikatsiya  texnologiyalari  rivoji  hozirgi  davrdagi  mafkuraviy 

kurashga  о‘ziga  xoslik  bag‘ishlamoqda.  Bu  jumladan,  ma’lumotlar  oqimi 

manfaatdorlik  nuqtai  nazaridan  yetkazilishida  yoki  ataylab  qarama-qarshi 

xarakterdagi  ma’lumotlarni  ketma-ket  berish  orqali  oxir-oqibatda  odamlarning 

idrokini  susayishtirishga  intilishida  yaqqol  namoyon  bо‘ladi.  Bu  о‘ziga  xoslik 

jamiyat  a’zolaridan  tizimli  ravishda  axborotning  muayyan  qismini  yashirish,  ularni 

muhokama  obyektiga aylantirmaslikka  intilishda  ham yaqqol kо‘rinadi.  

EAV  muayyan  axborotni  yetkazish,  u  yoki  bu  masalaga  diqqatni  qaratish 

orqali  fuqarolarni  uning  atrofida  birlashishlariga  xizmat  qiladi,  turli  ijtimoiy  guruh 

vakillariga  о‘z  fikrlarini  ifoda  etish,    yagona  maqsad  va  e’tiqod  yо‘lida 

birlashishga  zamin  yaratadi.   

Ma’lumotlarga  kо‘ra,  30  minutdan  keyin  axborotning  60  foizi,  kun  oxiriga 

kelib  40  foizi,  hafta  oxiriga  kelib  bor  yо‘g‘i  10  foizi  esda  qoladi.  Shundan  kelib 

chiqib,  ijtimoiy  fikrga  ta’sir  о‘tkazishga  qaratilgan,  turli  mafkuraviy  mazmun  bilan 

sug‘orilgan  axborotlarni  vaqti-vaqti  bilan  takrorlab  turishga  ham  alohida  e’tibor 

berilayotganini  ta’kidlash zarur.  

EAV  bu  sо‘z,  obrazlar, musiqa va shu kabi shakllarda axborotlarning tezlikda 

uzatilishi  va  ommaviy  tarqatilishini  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Bunday  vositalarga 

ommaviylik,  davriylik,  tinglovchi  yoki  о‘quvchilar  auditoriyasining  kengligi  kabi 

                                                 

1

 I. Karimov.  Yuksak ma’naviyat yengilmas  kuch.– T.: “Ma’naviyat”, 2010. – 112 b 




 

20 


xususiyatlar  xosdir.  Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  hozirgi  davrda  EAV 

imkoniyati  va qamrovining  keskin darajada о‘sganini  qayd etish lozim.  

EAVning  qamrov  darajasi,  boshqacha  aytganda,  mahalliy,  umummilliy, 

mintaqaviy  yoki  xalqaro  miqyosda  faoliyat  kо‘rsatishi  ham  uning  ta’sir  doirasini 

kо‘rsatuvchi omillardan  biri hisoblanadi.   

Globallashuv  jarayonida  juda  katta  axborotni  qayta  ishlash,  xohlagan 

mamlakat  kutubxonasida  saqlanayotgan  kitoblardan  foydalanish  imkoniyatining 

mavjudligida  ham  kо‘rish  mumkin.  Radio,  televideniye,  internet  eng  sо‘nggi  ilmiy 

yangiliklarni  qisqa  vaqtda  butun  dunyoga  ma’lum  qilish,  ilm-fan,  madaniyat, 

adabiyot  va  san’at  yutuqlaridan  har  bir  odam  foydalana  olishiga  zamin  bermoqda. 

Dunyo  miqyosdagi  ijtimoiy  va  madaniy-ma’naviy  maydon  shakllanayotgani 

madaniyatlararo  va  sivilizatsiyalararo  aloqalarning  mustahkamlanishiga  yо‘l 

ochmoqda.  

Yuqoridagi  mulohazalar  bugungi  kunda  turli  shakl  va  mazmundagi  axborotlar 

inson  va  jamiyat  hayoti,  taraqqiyoti  va  kamolotining  zaruriy  shartiga,  EAV  esa  uni 

tarqatishning 

muhim 

bо‘g‘iniga  aylanganini  kо‘rsatadi.  Xususan,  radio, 



televideniye,  gazeta  va  jurnallarsiz  har  qanday  ma’lumotli  kishi  ham  murakkab 

ijtimoiy-siyosiy  va  madaniy  jarayonlarda  tо‘g‘ri  yо‘l  topa  olishi  qiyin.  EAV  esa, 

kishilarga  о‘zining  individual  tajribasi  doirasidan  chiqishga  va  keng  qamrovli 

jarayonlar  mohiyatini  his qilishga  yordam beradi.  

EAVlarining  yana  bir  muhim  jihati  mavjud.    Oxirgi  paytlarda  informatsion 

tahdid  va  xurujlarning  tez-tez  uyushtirilayotganligi  qurolning  «axborot»  deb 

atalmish  yangi  turi  yanada  qudratliroq  bо‘lib  borayotganligidan  dalolat  beradi. 

Axborot  qurolining  qо‘poruvchilik  kuchi,  keltiradigan  talofatlari  har  qanday 

ommaviy  qirg‘in  qurolinikidan  kam  emas.  Chunki,  bu  qurol  yordamida  ongga 

berilgan  zarbalar  kishini  adashtiradi,  uni  о‘z  va  yurt  manfaatlariga  zid  harakat 

qilishga  undaydi  va  demak,  insonni  boshqarish,  uning  ustidan  hukmronlik  qilish 

imkonini  beradi.  

Psixologlar  о‘tkazgan  tadkikotlarga  kura,  aholining  15-25  foizigina  axborotni 

tanqidiy  nuqtai  nazardan  о‘zlashtirishga  qodir,  qolgan  75  foiz  odamlar  esa, olingai 




 

21 


axborotning ta’siriga  shundayligicha  berilib  ketadi.

1

 



Bu  esa  axborot-kommunikatsiyalarining  xozirgi  zamon  vositalari  va  usullari 

jamiyat  boshkaruvchanligini  ta’minlash,  insonga  ma’naviy-psixologik  va  axdoqiy 

ta’sir  о‘tkazish  uchun  keng  imkoniyatlarga  ega  ekanligidan  dalolat  beradi.  Insonga 

ta’sir  о‘tkazib,  uniig  xulq-atvorini  о‘zgargarish  misollari  qadimgi  zamonlardan 

ma’lum.  Misr,  Xitoy,  Kadimgi  Gretsiya  va  Rimda  shakllangan  insonning  fikri, 

ruhiy  holati  va  xatti-harakatlarini  boshqarish  san’ati  haqidagi  misollar  tarixiy 

manbalar  yordamida  bizlargacha  yetib  kelgan.  Xozirgi  kunda  axborot  maydoni 

globallashuvining  avj  olishi,  zamonaviy  tashviqot  usullari  va  texnik  vositalarining 

takomillashuvi  nafaqat  alohida  olingan  shaxsning  ongiga,  balki  butun  bir 

xalqlarning  turmush  tarziga  ta’sir  о‘tkazish,  davlatlarning  siyosatini  tashqaridai 

turib  boshqarish  uchun  sharoit yaratmoqda. Asrlar osha omma tomonidan axborot 

olish  imkoniyatlarining  kengayib  borayotganligi  natijasida  u  qudratli  siyosiy, 

iqtisodiy  va  mafkuraviy  qurolga  aylanib,  turli  siyosiy  kuchlar  va  markazlarning 

manfaatlariga  xizmat  qilayotganini  kuzatish  mumkin. 

Jaxon  -telekommunikatsiya  tarmoqlari  va  ommaviy  axborot  vositalari  orqali 

amalga  oshirilayotgan  axborot-madaniy  va  axborot-mafkuraviy  ekspansiya 

jahonning  turli  mamlakatlarida  tashvish  uyg‘otmokda.  Istiqbolda  qaram  bо‘lib 

qolish  va  mustaqillikni  qо‘ldan  chiqarish  ehtimoli  davlatlar  rahbarlarini,  jamoat 

instutlari  va  fuqarolarni  havotirga  solmoqda  hozirning  о‘zidayoq  kо‘plab 

mamlakatlar  о‘

madaniyati,  an’analari  va  ma’naviy  qadriyatlarini  -  axborot 



ta’siridan  himoya  qilish  uchun  maxsus  choralar  kо‘rishga  majbur  bо‘lmoqdalar. 

Bugungi  globallashuv  jarayoni  global  axborot  makoni  vujudga  kelishiga  olib  keldi. 

Axborotlashtirish  va  globallashuv  jarayoni  bir-birini  tо‘ldirib.  ta’sir  doirasini 

kengaytirib  bormoqda.  Ana  shunday  bir  sharoitda  “ommaviy  madaniyat”ning  zaif 

tomonlari  va  hodisalari  keng  ildiz  otib  borayotgani,  axborot  xurujining 

kuchayayotgani  yoshlar ongi va faoliyatiga  jiddiy  ta’sir о‘tkazmoqda. 

Televideniye  о‘z  imkoniyatlarini  tarbiya  uchun  safarbar  etayotgani  yо‘q, 

                                                 

1

  Polyakova    T.  A.      Pravovoye   obespecheniye  informatsionnoy bezopasnosti  pri  postroyenii 



informatsionnogo  obshestva v Rossii.- lise. d.Y.i.  Moskva, 2008.  - S. 170. 

 



 

22 


aksincha,  u  ijtmioiy  fe’l-atvorning  eng  salbiy  andozalarini  targ‘ib  etayapti. 

Reklamaga  mahliyo  bо‘lib  о‘stirish  о‘smirlarda  tanqidiy  fikrlash  qobiliyatini 

cheklaydi  va tajovuzkor fe’l-atvorni  rag‘batlantiradi. 

"Sessionmagazine.com" 

elektron 

jurnalining 

yozishicha, 

AQSH 


teledasturlarida  shahvoniyatga  oid  lavhalar  1999-2000  yillar  oralig‘ida  1997-98 

yillar  miqiyosidagiga  nisbatan  salkam  ikki  barobar  oshgan:  har  о‘nta  dasturdan 

bittasida  jinsiy  qо‘shilish  aks  etgan,  musiqiy  kliplarning  yetti  foizi  shu  mavzuga 

bag‘ishlangan.  2001  yilgi  Xollivud  filmlarining  uchdan  ikki  qismi  ham  shu 

mazmunda 

 

ekani 



aniqlangan. 

 

 



(http-

www.aao.org/advocacou/shildhealthmonth/media.htm).      Oqibatda  о‘smirlar  16 

yoshga tо‘lmasdanoq parda ortidagi hayotni kо‘rib ulgurayapti. 

Ustiga  ustak  bugun  axborot  bozorida  uchta  mavzuning  doimiy  ustuvor 

ahamiyat  kasb  etib  borayotgani  va  ularni  asosiy  tovar  sifatida  bozori  chaqqon 

bо‘layotgani 

Amerika 

axborot 


xavfsizligi 

soxasidagi 

olimlarni 

qattiq 


tashvishlantirmoqda  pul  (boylik  orttirish),  jinsiy  shtoka  (parnografiya),  kreminal 

xabarlarning  butun  nafaqat  axborot  tayyorlovchi  kompaniyalar  barcha  axborot 

iste’molchilarining  didi va ongini  shunga mos ravishda tarbiyalamoqda. 

Globallashuv  -  XXI  asr  dunyo  hamjamiyati  ijtimoiy-siyosiy  hayotidagi 

muhim  xodisadir.  Bugungi  globallashuv  asrida  axborotga  bо‘lgan  talab  har 

qachongidan  kо‘ra,  kuchayib  bormoqda  Shunday  ekan,  holis  va  haqqoniy 

axborotlarni  tarqatish,  ommaning  bu  mahsulotga  bо‘lgan  ehtiyojini  qondirish  har 

qachongidan  kо‘ra  bugungi  kunda  dolzarb  ahamiyat  kasb  etadi.  Ma’lumki, 

demokratik  jamiyatda  ommaviy  axborot  vositalari,  teleradio  kanallar  odamlarni 

xolis  va  haqqoniy  axborot  yetkazadigan,  gumanistik  qarashlar,  g‘oyalarni  ifoda 

qiladigan  erkin  minbar  sifatida  e’tibor  beriladigan  vositadir.  Prezidentimiz 

aytganlaridek,  axborot  omili  yadroviy  poligonlardan  ham  dahshatli  omilga  aylanib 

borayotir.  Agar  mazkur  omilga  alohida  e’tibor  berilmas  ekan,  u  borgan  sari 

kuchayib  boradi. Natijada, ayrim kuchlar qо‘lida asosiy “qurol”ga aylanadi. Bu esa 

nafaqat  davlatlar  yoki  mintaqalarda  keskin  vaziyat  vujudga  kelishiga sabab bо‘ladi, 

balki  xalqaro mikyosda ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.  




 

23 


AQShning  sobiq  prezidenti  Richard  Nikson  Milliy  xavfsizlik  kengashida 

byudjet  mablag‘larini  sarflash  masalasi  bо‘yicha  chiqish  qilganda  shunday  degan 

edi: “Axborot va targ‘ibot uchun sarflangan 1 dollar qurol-yarog‘ uchun sarflangan 

10  dollardan  kо‘proq  ahamiyatlidir,  chunki  ish  jarayonida  qurol  yarog‘  tizimi 

sifatida  foydalanish  sо‘nggi  paytlarda  qiyinchilik  tug‘dirmoqda,  tarqibot  uchun 

sarflangani  esa  har  soatda  va  hamma  joyda  ishlaydi”

1

.  Axborot  kuroli  bu 



radioelektron  klassli  qurol,  dushmanning  axborot  imkoniyatlarini  yо‘q  qilish uchun 

yaratilgan 

dasturli-axborot 

vositalar 

kompleksidan 

iboratdir. 

Agarda 

mustaqilligimizning  dastlabki  yillarida  G‘arb  matbuotining  Respublikamizga 

bо‘lgan  munosabatini  tahlil  etadigan  bо‘lsak,  "Ozodlik",  "BBS"  va  boshqa  radio 

hamda  gazetalarda  kо‘proq  ijtimoiy,  iqtisodiy,  maishiy  va  shu  kabi  sohalardagi 

kamchiliklarga  e’tibor  qaratilar  edi.  Lekin,  О‘zbekistan  о‘z  tashqi siyosatida qat’iy 

va 


dadil 

yо‘l  tuta  boshlaganidan,  ayrim  halqaro  tashkilotlar  "Buyuk 

derjava"larning  yо‘rig‘iga  yurmaganidan,  ularning  geostrategik  rejalarini  barbod 

etgandan  sо‘nt  axborot  xurujlar avj ola boshladi. Sо‘ngti vaqtlarda ayrim ommaviy 

axborot  vositalarida  terroristik  tajovuzlar  dunyoning  Yevropa  qismida  "terrorizm" 

deb  baholanib.  О‘zbekistonda  "inson  haq-huquqlarining  himoyasi"  sifatida 

qaratmoqda  Mana  shunday  sharoitda,  ya’ni.  demokratik  jarayonlarga  baho 

berishda  kim  holis  yondoshayotganligi,  kimning  esa  berayotgan  bahosi  uydirma 

bо‘lib  haqiqiy  demokratiyaga  va  milliy  manfaatlarga  zid  ekanligini  anglash  uchun 

har  birimizda  fuqaroviy  pozitsiya  bо‘lishi  kerak.  Shu  о‘rinda  ulug‘  alloma  Abu 

Rayxon  Beruniy  merosidagi  ayrim  fikrlarga  e’tiborni  qaratmoqchimiz.  Alloma 

bundan  ming  yil  burun  shunday  yozib  ketganlar:  "Habar beruvchilar sababli rostlik 

va  yolg‘onlik  tusini  oladi.  Chunki,  odamlarning  maqsadlari  hilma-xil  xalqlar 

о‘rtasida  tortishish  va  talashish  kо‘p.  Shunday  kishilar  ham  bо‘ladiki,  ularning 

tabiatiga  yolg‘on  habar  tarqatish  о‘rnashib  qolib,  unga  shu  vazifa  yuklangandek 

bо‘ladi  va  habar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va tabiatiga 

buzuq fikrlarning  joylashganligidan  kelib  chiqadi".  

Elektron  axbort  kommunikatsiyalari  misli  kо‘rilmagan  darajada  kuchayib 

                                                 

1

 Leonov N.S Informatsionno-analiticheskaya  rabota v zagranuchrejdeniyax-M.1996 




 

24 


borayotgan  hozirga  paytda  oldimizda  juda  kо‘p  muammolar  paydo  bо‘lmoqda  va 

bu  faqat  bizni  emas,  balki  jaxon  afkor  ommasini  ham  tashvishga  solmoqda. 

Axborotlar  oqimining  odamlarga  ta’siri  muammosi  muhim  ahamiyat  kasb etmoqda 

va  bu  borada  axborotlarning  avlodlarga  kо‘rsatadigan  ijobiy  yoki  salbiy  ta’sirini 

muvofiqlashtirish  masalasi  tobora  muhim  bо‘lib  borayotir.  Negaki,  xorij 

matbuotining  juda  kо‘p  axborotlari  kо‘p  hollarda  uni  xaspо‘shlab  taqdim 

etilmoqda.  Puxta  axboriy  madaiiyatga  ega,  maxsus  tayyorgarligi  bо‘lgan, 

mafkuraviy  immunitetli,  muayyan  darajada  mulohaza  qilish  uchun  dalil  sifatida 

ta’sir  kо‘rsatsa,  dunyoqarashi  endigina  shakllanib  kelayotganlar  uchun  u  teskari 

ta’sir kо‘rsatishi sir emas. 

Hususan,  2012  yil  21  dekabrda  “oxir  zamon”  bо‘lishi  “bashorat”  qilingan  va 

bu  kо‘pchilik  chet  el  televideniyelarda  bu  kunni  bо‘lishi  tо‘g‘risida  vahimali 

kо‘rsatuvlar  va  shoularni  efirga  berish  orqali  odamlarni  vahimaga  solib  qо‘ydi. 

Buning  oqibatida  turli  g‘arb  mamlakatlarida  aholining  о‘yin  kulgini  yoqtiradigan 

qatlami  oxir  zamon  bо‘lishi  yoki  bо‘lmasligi  tо‘g‘risida  oqshom  shoulari, 

Moskvada  shu  kunga  bag‘ishlab  konsertlar  tashkil  etildi. Yana shuni aytish kerakki 

g‘arb  mamlakatlarida  dо‘konlarda  sham,  gugurt,  tuzning  narxi  bir  necha  barobar 

kо‘tarildi,  aholi  bunkerlar  sotib  olish  hech  bо‘lmaganda  uylaridan  yertо‘lalar 

qazdirdilar.  Eng  achinarlisi  ayrim  ijtimoiy  tarmoqlarda  turli  guruxlarning  paydo 

bо‘lishi va ular  о‘sha kuni  о‘z joniga qasd qilish lozimligiga  da’vat qilishdi.   

Bu  vahimali  xabarlar  bizning  mamlakatmizda  shunchaki  mish-mish  tariqasida 

qabul  qilindi,  ammo  ozgina  bо‘lsa  ham  kishilar  ongiga  ta’sir  kо‘rsatmay  qolmadi. 

Chunonchi  о‘sha  kuni  ayrimlar  kunni  nishonlash  uchun  barlar,  restoranlar, 

choyxonalarning  savdosi  boshqa  kunlarga  qaraganda  ancha  yaxshi  bо‘lganligini 

kuzatdik.   

Muloxaza  uchun  bir  kalima  "Qobusnoma"dan:  Har  sо‘zni  haloyiqqa  zoxir 

qilsang,  yaxshi  yuz  bila  zohir  qil,  toki  maqbul  bо‘lsin  va  xaloyiq  sening  sо‘z  bila 

baland  martabaga  egaligingni  bilsunlar.  Nedinkim,  kishining  martabasini  sо‘z  bila 

bilurlar,  ammo  sо‘zning  martabasini  kishi  bila  bilmaslar,  chunki  har  kishining 

ahvoli  о‘

sо‘ziniig  ostida  pinxondur,  ya’ni  bir  sо‘zni  bir  iborat  bila  aytsa  bulur, 




 

25 


eshitgon  kishining  esa  kо‘ngli  undan  tira(qorong‘u)  bо‘lgay  va  yana  о‘shal  sо‘zni 

bir  iborat  bila  aytsa  bо‘lurkim,  eshitgon  kishining  joni  undin  rohatda  bо‘lgay"(51-

b).  "Uydagi  gapni  kо‘chaga  chiqarma,  eshitgan  har  gapga  laqqa  ishonaverma"  va 

haqazo  gaplar  borki,  bular  ham  axborotga  nisbatan  xalq  orasida  shakllangan 

munosabatning  kо‘rinishidir.  Ba’zan  kо‘chadai  uyga  u  yoki  bu  darajadagi  mish-

mishnimi,  biron  antiqa  xabarnimi,  eshitib  kelgan  va  buni  oila  davrasida 

rostakamiga  gaapirib  berayotgan  farzandlariga  kattalar  nasixat  qilishi,  ularning 

tafakkurida  mafkuraviy  immunitet  hosil  qilish,  albatta,  ularga  borib  taqaladi. 

Oilada  har  xil  gaplarga  munosabat  kattalarning  unga  munosabati,  bildiradigan  fikri 

bilan  yo  tо‘xtaydi,  yo  tomir  otib,  mish-mishlarga  qо‘shilib,  bolalab  ketadi.  Mana 

shular  ham  axborot  makonida  xavfning  yuzga  kelishiga  sabab  elementlardir. 

Bularga  nisbata  milliy  mentalitetimizda  о‘ziga  xos  munosabat  bildirilgan, 

muayyan  mafkuraviy  immunitet  hosil qilingan. 

Axborotning  ma’lum  bir  mintaqaga  xos  yoki  xos  bо‘lmagan  shakllari, 

mazmun-mohiyati  mavjud.  U  mazmuniga,  qaratilgan  obyektiga  qarab  uning  tag-

zaminidagi  mohiyatini,  uniig  xaspо‘shlashdan  farqini  bilib  olish  mumkin.  Bu  yana 

о‘sha  -  kishilarning  axborot  resurslaridan,  umuman  mavjud  axborotdan  qanchalik 

xabardorligiga,  ogohligiga  bog‘lanadi.  О‘zbekiston  xalqi  mustaqillik  yillarida 

о‘ziga  xos  ijobiy  axborotlar  eshitishga  kо‘nikma  hosil  qildi.  Prezidentimiz 

I.A.Karimov  2012  yil  shahidlar  xotirasi  maydonida  qilgan  suxbatlarida  bizning 

televideniyamiz  efirga  berayotgai  axborotlarning  mohiyati  kishida  ertanga  kunga 

ishonch,  umid  uygotishini,  lekin  xorij  televidsniyelari  faqat  vahima,  jabr-zulmni 

kо‘proq  kо‘rsatayotganini  ta’kidladilar.  Bu  bilan  axborot  vositalarining  auditoriya 

oldidaga  mas’uliyatiga  e’tiborni  yana  bir  marotaba  karatdilar.  Aytilgan  fakt 

mamlakat  televideniye  uchun,  balki  jami  OAV  uchun  ma’lum  darajada  dastur 

bо‘lishiga shubxa yо‘k. 

Jamiyatni  barqarorlashtirish,  aholining  ayniqsa,  yoshlarning  dunyoqarashini 

insonparvar,  ertangi  kunga  ishonch  uyg‘otadigai  axborotlar  bilan  boyitish  ezgu-

maqsad  bо‘lishi  lozim,  Lekin  jahon  axborot  makonida  ijobiy  dunyoqarashni  hosil 

qilishdan 

kо‘ra,  xalklar,  mintaqalar  о‘rtasidagi  munosabatlarni  kо‘proq 



 

26 


beqarorlashtirishdan  manfaatdor  kuchlar  hamon  bor  va  ular  ham  sukut  saqlab 

targanlari  yо‘q.  Mustaqillik  yillarida  qabul  qilingai  OAV  xayotiga  oid  о‘ndan  ortiq 

qonunlar,  qarorlar  mustaqil  О‘zbekiston  makonida  ommaviy  axborot  ishlab 

chiqarishni  yо‘lga  qо‘yishda  ma’lum  rol  о‘ynamoqda.  Bu  borada  respublikamiz 

hamdо‘stlik  mamlakatlari  ichida  yetakchi  о‘rinlardan  birini  egallab  turibdi.  Shunga 

qaramay,  axborot  xavfsizligi  bо‘yicha  qonun  qabul  qilish  vaqti  kelganga 

о‘xshaydi.  Chunki  aholining  axborot  olish  manbasi  va  jо‘g‘rofiyasi  soat  sayin 

kengayib,  takomillashib  borayotgan bir paytda buning ahamiyati  katta. 

Aholi,  ozod  mamlakatning har bir fuqarosi axborot olish huquqiga ega bо‘ldi. 

Lekin  ana  shu  haq-huquqning  mas’uliyati  ham  borligini,  u  avvalo  mamlakat 

xavfsizligi  bilan,  aholi  tinchligi-totuvligi,  jamiyat  barqarorligi  va  xokazo 

majburiyatlarni  anglash  bilan  amalga  oshishini  hammma  ham  bilavermaydi.  Erkin 

jamiyat  fuqarosi  hamma  narsani  eshitib,  kо‘rib,  shular  haqida  mas’uliyatsiz  gaplar 

tarqatuvchi  yuqumli  mafkuraviy  kasallik  manbaiga  aylanib  qolmasligi  kerak,  Har 

bir  individ  -  potensial  axborot  manbai,  tarqatuvchidir.  Buni  ba’zan  unutishadi  va 

yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  о‘ziga  mahliyo  bо‘lib,  hech  ikkilanmay  chapga  ham, 

о‘ngga  ham  gap  sota  boshlaydilar.  U  tilga  olayotgan  masalalar  faqat  maishiy 

masalalar  bо‘lsaku,  nur  ustiga  nur,  aksincha  ular  kо‘p  hollarda  о‘zlari  vakolatli 

bо‘lmagan  sohalarga  ham  о‘ylanib  о‘tirmay  xatlab  о‘tib  ketadilar,  mamlakatlar, 

shaxslar haqida tub hozirgina  kо‘rganday, о‘kiganday fikr  yurita  boshlaydilar. 

Axborot  manbalarining  kо‘pligi  kishilarning  ma’lum  tabaqasi  dunyoqarashini 

mas’uliyatsiz 

axborot 

manbalariga 

aylantirib 

qо‘ydi. 


Ana 

shunday 


mas’uliyatsizliklardan 

qutilish

tarqatilgai 

axborotiga 

mas’uliyat 

sezish 


madaniyatini 

shakllantirish 

manfaati 

ham 


bu 

borada 


qonunga 

ehtiyoj 


tug‘dirmoqda.  Albatga,  bugun  qonun  yaratilsa,  ertaga  aholining  axborot 

madaniyati  shakllanib  birdaniga  qolmasligi  aniq.  Atom  bombasining  insoniyat 

uchun  dahshatli  ekanligi,  uni  qо‘llash  bir  tomonga  ustunlik,  ikkinchi  tomonga 

mag‘lubiyat  olib  kelmasligini  tushunish  uchun  insoniyat  qancha  narsani  boshidan 

о‘tkazdi, qancha arboblar tarix saxifasiga  kelib  ketdi. 

Mana,  XXI  asrga  kelib  nihoyat  insoniyat  о‘zini  atom  bombalaridan  ozoddek 




 

27 


his  qilib  turibdi.  Endi  axborot  bombasi  bilan  qancha  kurashish  kerakligini  aniq 

aytish  qiyii.  Chunki  uniig  chegarasini  hali  hech  kim  aniqlagan  emas.  Bu  bombalar 

har  kuni  har  birimizning  oldimizda,  ongimizda,  yuragimizda  misli  kо‘rilmagan 

kuch  bilan  portlayotgan  bо‘lsa  ajab  emas.  Zero,  axborot  urushi  davom  etyapti,  u 

azaldan  bor  edi,  lekin  insoniyat  unga  deyarli  ahamiyat  bermas  edi.  Endi  esa  inson 

qalbi  arzimagan  axborotdan,  aytaylik,  hatto  farzandingizning  bir  og‘iz  e’tiborsiz 

sо‘zidan  ham  chil-parchin  bо‘ladigan  davrlarga  yetib  kelgan,  insoniyat  tafakkuri 

о‘zining eng yukori chо‘qqisiga chiqqan bir paytda axborotning naqadar vayronkor 

va  ayni  naytda  naqadar  bunyodkor  kuchga  aylanganini  tan  olishga  majbur  bо‘lib 

turibmiz. 

Dunyoning  rivojlangan  mamlakatlarida  ushbu  muammoni  bartaraf  etishning 

ishonchli  vositalarini,  mukammal  dasturlarini  ishlab  chiqishga  xarakat  qilinmoqda, 

katta  miqdordagi  mablag‘lar  ajratilmoqda,  kо‘plab  saytlar  filtirlab  qо‘yilmoqda. 

Albatta,  haqli  ravishda  savol  tug‘iladi,  О‘zbekistonda  yuqorida  aytib  о‘tilgan 

muammolar  tasirlariga  tushib  qolmaslik  uchun,  umuminsoniy  qadriyatlarga,  milliy 

an’ana  va  urf-odatlarga,  xalqni  e’tiqodiga,  ma’naviyati  va  madaniyatiga,  ongi  va 

tafakkuriga  zarar  yetkazadigan  yot  mafkura  va  qarashlardan  saqlash  uchun  nimalar 

qilinyapti  va  nimalar  qilish  kerak  bо‘ladi?  Internet  olamini  cheklab  yoki 

malumotlar  olishni  tо‘xtatib  qо‘yish  bilan  masala  xal  bо‘lmaydi.  Bu  hususida 

I.A.Karimov  quyidagicha  tо‘xtaladi  –“...  yoshlarimiz  nafaqat  о‘quv  dargohlarida, 

balki  radio-televideniya,  matbuot,  internet  kabi  vositalar  orqali  ham  rang-barang 

axborot  va  malumotlarni  olmoqdalar.  Jahon  axborot  maydoni  tobora  kengayib 

borayotgan  shunday  bir  sharoitda  bolalarimizning  ongini  faqat  о‘rab-chirmab,  uni 

о‘qima,  buni  kо‘rma  deb,  bir  tamonlama  tarbiya  berish,  ularni  atrofini temir devor 

bilan  о‘rab  olish,  hech  shubhasiz,  zamonning  talabiga  ham,  bizning  ezgu-maqsad 

muddaolarimizga  ham  tо‘g‘ri  kelmaydi.  Nega  deganda,  biz  yurtimizda  ochiq  va 

erkin  demokratik  jamiyat  qurish  vazifasini  о‘z  oldimizga  maqsad  qilib  qо‘yganmiz 

va bu yо‘ldan hech qachon qaytmaymiz”

1



О‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005  yil  29  sentabrdagi 



                                                 

1

 Karimov I.A. Yuksak manaviyat  - yengilmas  kuch. –T.: Manaviyat, 2008.  –B.114 




 

28 


“О‘zbekiston  Respublikasining  jamoat  ta’lim  axborot  tarmog‘ini  tashkil  etish 

tо‘g‘risida”gi  qaroriga  muvofiq  О‘zbekistonning  turli  tuzilmalari  tomonidan 

axborotlarni  uzatish  tarmoqlarida  ta’lim  va yoshlar bо‘yicha yaratilayotgan axborot 

resurslari  yagona  Ziyonet  axborot  tarmog‘iga  birlashtirildi.  Tarmoqning  asosiy 

vazifalari:  yoshlar  uchun  milliy  axborot  resurslarini  shakllantirish  va  rivojlantirish, 

yoshlarning  ma’naviy  va  aqliy  jihatdan  kamol  topishiga  kо‘maklashadigan 

axborotdan  keng  kо‘lamda  foydalanishlarini  ta’minlash,  sog‘lom  turmush  tarzini 

targ‘ib  etish  va  jismoniy  tarbiya  va  sport  turlarini  ommalashtirish,  о‘quvchilar  va 

yoshlar  uchun  masofadan  turib  ta’lim  olish  usullarini  va  boshqa  axborot-

kommunikatsiya  xizmatlarini  ta’lim  tizimiga  joriy  etishda kо‘maklashishdir. 

Ma’lumki,  kо‘plab  sayt  va  tarmoqlar  katta  mablag‘lar  evaziga  filtrlab 

qо‘yilgan  va  bu  holatni  kо‘plab  davlatlarda  kuzatish  mumkin. Albatta taqiqlar yoki 

filtr  vositalari  orqali  odamlarni  internet  olamidagi  turli  kuchlarning  xatarli 

tahdidlaridan,  keraksiz  va  salbiy  axborotlardan  saqlash  qiyin  va  faqatgina 

vaqtinchalik 

holat 


bо‘lishi 

mumkin. 


I.A.Karimov 

takidlaganidek 

“…yoshlarimizning  ma’naviy  olamida  bо‘shliq  yuzaga  kelmasligi  uchun  ularning 

qalbi  va  ongida  sog‘lom  hayot  tarzi,  milliy  va  umummilliy  qadriyatlarga  hurmat 

ehtirom  tuyg‘usini  bolalik  paytidan  boshlab  shakllantirishimiz  kerak”

1

.  Internetdan 



olinayotgan  axborotlarga  tanqidiy  yondashish  va  uning  foydali  manbalari  asosida 

о‘z  dunyoqarashini  kengaytirish,  g‘arazli  ma’lumotlarni  inkor  eta  bilish  idrokini, 

mafkuraviy  immunitetni  hosil  qilish  g‘oyat  muhim  jihatdir.  Har  bir  yosh  malum  bir 

kо‘nikma  va  bilimlarga,  diniy  va  dunyoviy  ilmlarni  mohiyatini  tushuna  olish 

qobiliyatiga  ega  bо‘lishi,  dunyoda  kechayotgan  siyosiy  va  iqtisodiy  jaryonlarga 

befarq  bо‘lmasligi  lozim.  Buni  avvalo,  о‘zining  taqdiri,  kelajagi  oldidagi 

mas’uliyat  deb  bilsa,  ikkinchidan,  vatani  va  xalqi  oldidagi  burchi  sifatida 

tushunmog‘i lozim. 

 


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish