2.2. Internet tarmoqlarida “ommaviy madaniyatga” qarshi kurashning
estetik vositalari
Ommaviy madaniyat dunyoning rivojlangan mamlakatlarini madaniyatini
standart madaniyat sifatida qabul qilish va uni Elektron axborot vositalari orqali
targ‘ib qilishni anglatadi. Ommaviy madaniyatning mohiyati odamlarni ongini va
qalbini egallab, ma’lum bir maqsad yо‘lida yо‘naltirishdan iborat. Ommaviy
madaniyatning hususiyati ijtimoiy hayotni oddiylashtirish va ziddiyatlarni yaxshi
— yomon odamlar о‘rtasidagi kurash deb tushuntirishdan iborat. Bundan tashqari
ommaviy madaniyat hayotga yengil-yelpi qarab xushchaqchaqlik, kayfsafolik,
mutlaq erkinlikni hatto jinsiy munosabatlardagi tо‘liq erkinliklarni targ‘ib qiladi.
Shuning uchun ommaviy madaniyat niqobi ostida axloqsizlik, buzuqsizlik ham
kirib kelmoqda. Bunday holatni oldini olish uchun, aholini va eng avvalo yoshlarni
axloqiy tarbiyasini kuchaytirib, ma’naviyatini, axloqiy sifatlarini yuksaltirish
lozim. Shunday ma’naviy immunitet shakllanishi kerakki yoshlarimiz axloq bilan
axloqsizlikni, yaxshi bilan yomonni va oq bilan qorani о‘zlari anglab olishga qodir
bо‘lishlari kerak. Bu borada majburiylikka asoslangan usullardan foydalanish ya’ni
internetdan foydalanishni man qilish samara bermaydi. Aslida man qilishni iloji
yо‘q, chunki, dunyo globallashib borayapdi. Xuddi shunday axborot olish ham
globallashib bormoqda. Oddiy bir telefon orqali dunyoda bо‘layotgan voqealardan
axborot olish mumkin. Shuning uchun yagona yо‘l milliy qadriyatlarimiz negizida
ma’naviyatni yuksaltirish. Shu о‘rinda yana shuni ta’kidlash kerakki, u yoki bu
mamlakatdagi Elektron Axborot Vositalarini xarakteri о‘sha jamiyatning sotsial
tabiati bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda ijtimoiy muhitning sog‘lomligi
yoki nosog‘lomligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy sog‘lom muhitda har bir inson о‘zini
hatti-harakatini xulqini о‘zi nazorat qilishga qodir bо‘ladi. Bunday odamlar
о‘zlarini nafslarini, ehtiyojlarini nazorat qilib, axloqsizlikdan va buzuqlikdan
о‘zlarini tiyishga qodir bо‘ladi. Inson о‘zini tiyib turishi uchun u о‘z ustidan
hokimiyatga ega bо‘lishi kerak. Eng kuchli hokimiyat bu insonni о‘z ustidan
bо‘lgan hokimiyatidir va u yuksak ma’naviyat orqaligini ta’minlanadi. О‘z ustidan
hokimiyatga ega bо‘lmagan odamda nafs hukmronlik qiladi, ya’ni, u nafsni quliga
38
aylanadi. Bunday odam huquq va axloq normalariga rioya qilishga qodir irodaga
ega bо‘lolmaydi.
Tabiiyki, "ommaviy madaniyat" degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va
zо‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bо‘lsa,
shuning hisobidai boylik orttirish, boshqa xalqlariing necha ming yillik an’ana va
qadriyatlari,
turmush
tarzining
ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni
qо‘porishga qaratilgan hatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qо‘ymaydi"
1
deb
ta’kidlanadi "Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch" asarida.
Sо‘nggi
paytlarda
televizor
ekranlarida,
kinoteatrlarda,
internet
tarmog‘ida turli disk yozuvlarida ochiqchasiga zо‘ravonlik, shafqatsizlik,
axloqsizlik, ma’naviy qashshoqlik, behayolik, fahsh, ochkо‘zlik, boylikka hirs
qо‘yishlik, turli zararli odatlar, giyohvandlik, ichkilikbozlik, kashandalikni oshkora
targ‘ib qiluvchi badiiy fil’mlar, mul’tfil’mlarni namoyish etish kо‘paymoqda.
Shuningdek, bugungi yoshlar axborot globallashuvi zamonida “Internet”
tarmog‘idan turli ma’lumot va tasvirlarni kо‘rish, о‘qish imkoniyatiga ega.Bu bir
tomondan ijobiy holat bо‘lsa, ikkinchi tomondan yoshlar ongiga salbiy ta’sir
о‘tkazishi, ularni axloqiy jihatdan tubanlashuviga, zararli g‘oyalar ta’siriga tushib
qolishlariga sabab bо‘lishi mumkin. G‘arbdagi turli markazlar “ommaviy
madaniyat” niqobi ostida har xil g‘oyaviy zararli saviyasi past, ma’naviy
tubanlikka yetaklovchi, animatsion va badiiy fil’mlar, rok-n – roll, pop, metallist
yо‘nalishlaridagi quloqni qomatga keltiruvchi, sharqona ahloq-odobga xilof
bо‘lgan musiqa mahsulotlarini yoshlarimiz e’tiboriga havola etishmoqda.
Bugungi kunda internet tarmog‘ida tо‘qqiz mingdan ortiq о‘z joniga qasd
qilishni targ‘ib etuvchi, tо‘rt mingdan ortiq erotik mazmundagi saytlar ishlab
turibdi. Global tarmoqdagi mavjud resurslarning о‘n ikkki foizi pornografik
mazmundadir. Ularga yoshlarni qiziqishi juda katta.
Dunyoda globallashuv jarayoni davom etayotgan, ta’lim-tarbiyada axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalasi nihoyatda dolzarb
masala bо‘lib turgan sharoitda yoshlarga bu imkoniyatlardan foydalanishni
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.117-bet.
39
ta’qiqlab qо‘yishni iloji yо‘q. Biroq, bir vaqtning о‘zida “ommaviy madaniyat” va
turli yot g‘oyalarga qarshi kurash olib borish, bu sohadagi ishlar samaradorligini
yanada oshirish talab qilinmoqda.
Taniqli adabiyotshunoslarimizdan biri yoshlarga qilgan ma’ruzasining birida
noxolis ijodkorlar haqida gapirib, fransuz adibi Markiz de Sad о‘zining fisqu
fujurga tо‘la kitobining sо‘z boshidan iqtibos olib misol keltiradi: “Biz olis
Sharqdagi mamlakatlarni bosib olish uchun endi fransuz askarining о‘q yegan
etigidagi oyog‘i chirib bitishi shart emas, shunchaki jang qilmay, uyatsiz
mahsulotlarimizni reklama qilsak bо‘ldi, ertaga dunyoning о‘zi oyog‘imiz tagiga
yiqinib keladi”. Qanchalik sharmandali gap bо‘lmasin shunday gullab–yashnagan
madaniyatlarning kо‘p hollarda “usti yaltiroq” bо‘lib chiqmoqda.
Avvalo, “ommaviy madaniyat” kishining ma’naviyatini buzadi, uni ma’naviy
qadriyatlarga bepisand munosabatda bо‘lishga о‘rgatadi, hayotga yengil-yelpi
munosabatda bо‘lish kayfiyatini shakllantiradi, bu esa, kishini о‘zligidan,
milliyligidan mahrum qiladi, uning mafkuraviy immunitetini parchalab tashlaydi.
Natijada bu toifadagi kishilarni birgina axborot makonining о‘zi bilan, ortiqcha
kuch yoki mablag‘ sarflamasdan turib boshqarish imkoniyati paydo bо‘ladi.
“Ommaviy madaniyat” kishini oilasidan, о‘zi yashab turgan jamiyatdan, Vatanidan
uzoqlashtiradi. Natijada uning ta’siri ostida qolgan kishi uchun hech qanday
muqaddas narsaning о‘zi qolmaydi. U о‘zining tor manfaati yо‘lida istalgan
narsadan — oilasidan, Vatanidan voz kechishi mumkin. “Ommaviy madaniyat”
targ‘ibotchilari iqtidorli, bilimli yoshlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi.
“Aytaylik, “XXI asr liderlari” kabi mavzularda о‘tkaziladigan seminarlarda ular
gо‘yoki iqtidorli yoshlarni tanlab olishda hokimiyatga yordam beradi, biroq bunda
eng avvalo, о‘z manfaatlarini kо‘zlashadi. Sо‘ngra chet ellarga muntazam safarlar
uyushtiriladi, ularda turli simpozium va seminarlar davomida bu odamlarning
ongiga g‘oyat ustalik bilan ta’sir о‘tkaziladi. Shu tariqa о‘zlarini “dunyo
fuqarolari” deb ataydigan kishilar toifasi tayyorlanadi va ularga yaqin kelajakda
yer yuzida hech qanday chegara qolmaydi, degan fikr singdiriladi” (Karimov I.A.
40
“Nezavisimaya gazeta”, 2005). Oradan yillar о‘tib ular о‘z davlatlarining
“integratsiya о‘yinlari” qurboni bо‘lishiga sababchi bо‘ladilar.
“Ommaviy madaniyat”ning yana bir jihati shuki, u doimiy ravishda
moliyalashtirib turishni talab qilmaydi, aksincha, axloqsizlik, madaniyatsizlik,
kelajakka ishonchsizlik, huquqiy nigilizm, о‘z joniga qasd qilish, pornografiya,
zо‘ravonlik, alkogolizm, giyohvandlik va shu kabi yot illatlarni targ‘ib qiluvchi
foto, audio, video va boshqa kо‘rinishdagi materiallar, turli bosma nashrlar, global
axborot tarmog‘iga joylashtirilgan millionlab saytlar ular uchun doimiy daromad
manbai vazifasini ham bajaradi. Shunisi xavfliki, “ommaviy madaniyat”, asosan,
yoshlarga о‘z ta’sirini о‘tkazadi. Chunki uning homiylari katta yoshdagi kishilarga
nisbatan yoshlarning ongu shuurini egallab olish osonroq ekanligini yaxshi
anglaydilar. Agar ular maqsadlariga u yoki bu darajada erishgudek bо‘lsalar,
buning oqibatini bartaraf etish uchun bir necha о‘n yilliklar, hatto, asrlar kerak
bо‘ladi, bu esa, butun insoniyat taqdiri juda katta xavf ostida qolishi mumkinligini
anglatadi.
«Ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zо‘ravonlik
g‘oyalarini tarqatish, boshqa xalqlarning an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining
ma’naviy negizlarini qо‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlarning oldini olishda
barchamiz mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz lozim. Shu bois hozirda
Prezidentimizning «Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi
ma’rifat bilan kurashish» kerakligi haqidagi fikrlari har qachongidan kо‘ra muhim
va о‘ta dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Axborot globallashuvi hozirgi zamon taraqqiyotining eng muhim bо‘lagiga
aylangan. Globallashuv о‘z ma’no-mohiyati jihatidan kengligi, qamrovi va
kо‘pqirraliligi bilan alohida ajralib turadi. Axborot globallashuvi jarayonlari
terrorizm tahdidini kuchaytirayotganligi, milliy о‘zlikka ta’siri, dunyoni bir
xillashtirish kabi salbiy tomonlari borligi ham hammamizga ma’lum. Har bir
ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bо‘lgani singari, globallashuv jarayoni
ham bundan mustasno emas. Axborot globallashuvi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy
hayot taraqqiyotiga, mamlakat va xalqlar о‘rtasida axborot almashuviga xizmat
41
qilayotganligini ham alohida ta’kidlash zarur. Axborot har bir jamiyatining
moddiy-ma’naviy, intellektual resursidir. Milliy axborot resurslarimizni AKT
orqali keng tarqatish masalalasi eng dolzarb masalalardan biri bо‘lib qolmoqda.
Hozirgi paytda uning keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda kо‘rish
mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar о‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik
aloqalarining
kuchayishi,
ilm-fan
yutuqlarining
tezlik
bilan
tarqalishi,
sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, tabiiy ofatlar paytida
о‘zaro yordam kо‘rsatish imkoniyatlarining ortishi – tabiiyki, bularning barchasiga
globallashuv
tufayli
erishilmoqda.
Mamlakatimizda
axborot-kommunikaiya
texnologiyalari, jumladan global axborot tarmog‘i – Internet axborot olish,
almashish va tarqatishda eng ilg‘or vosita hisoblangan Internet jadal sur’atlar bilan
hayotimizning turli jabhalariga kirib kelmoqda.
Respublikamizdagi yangi veb-saytlarni yaratayotgan va unga axborot kiritib
borayotganlarning aksariyati yoshlar ekanligini ham alohida ta’kidlash zarur.
Yoshlarimizning ma’naviy olamida bо‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning
qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-
ehtirom tuyg‘usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Xalqimiz
ma’naviyati, ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosi bitmas-tugalmas boylikdir.
Ma’naviy boyligimiz insoniyat mulkining bebaho ajralmas qismi hamdir. Mana
shu mulkni global axborot tizimida keng targ‘ib qilish nihoyatda katta ahamiyatga
egadir. Bugun biz mamlakatimiz rahbariyatining izchil siyosati natijasida о‘z
oldimizga ezgu maqsadlar qо‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirmoqdamiz. Buning
qadriga yetishimiz, tinchligimizni asrash albatta axborot xurujlariga munosib javob
berish, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi turish, ma’naviy jihatdan yetuk barkamol
avlodni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor qaratimiz zarur.
Axborot globallashuvi jarayonida Internet tizimi orqali xalqimiz uchun
mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni avvalo beg‘ubor yoshlarimizning qalbi
va ongi-shuuriga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir. Bunday
holatlarga qarshi yoshlarimizda о‘ziga xos «axborot immunitetini» shakllantirish,
42
axborotni «oq-qorasidan» ajratishga о‘rgatish barchamizda katta mas’ulyat
yuklaydi, albatta.
«Bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina
inson qadrini bilishi, о‘z milliy о‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda
yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida о‘ziga munosib о‘rin
egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin», -deb ta’kidlaydi muhtaram
Prezidentimiz о‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida.
Mamlakatimiz
mustaqillikka
erishganidan
buyon
halqimizning
asrlar
mobaynida orzu qilib kelgan oliyjanob maqsadlarini amalga oshirish uchun barcha
imkoniyatlar ishga solinmoqda. Uzoq davr orziqib kutilgan “Ozod va obod vatan,
erkin va farovon hayot” g‘oyasi voqelikka aylanmoqda. Oliyjanob maqsad yо‘lida
boshlangan yangilanishlar jamiyatimiz hayotini barcha sohalarini qamrab oldi.
Jamiyatimizda boshlangan о‘zgarishlarning negizida doimo ma’naviyat masalalari
turgani bejiz emas.
“Biz
halqimizning
dunyoda
xech
kimdan
kam
bо‘lmasligi,
farzandlarimizning bizdan kо‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bо‘lib
yashashi uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu
borada, ma’naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”
1
-,
deb ta’kidlaydi Prezidentimiz.
Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda yosh avlod haqida
g‘amxо‘rlik qilish asosiy va ustivor vazifa qilib belgilandi. Yurtboshimiz “Yuqori
malakali, zamonaviy bilimlarga ega bо‘lgan xozirgi kun talablari asosida fikrlay
oladigan yetuk kadrlarni tayyorlash xam ijtimoiy siyosiy, hamda iqtisodiy
muammolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi”
2
, degan edi. Jamiyatda
layoqatli, ishbilarmon, yetuk kadrlarga hamisha zaruriyat tug‘iladi. Ota-
bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bо‘lmish ilmu-ma’rifat, ta’lim va tarbiyani
inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Ana
1
I.Karimov Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”. 2008. b.4.
2
I. Karimov Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. Asarlar, 10- jild. – Toshkent: О‘zbekiston,
2002. 278-bet.
43
shu fikrga tayangan holda mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ta’lim-tarbiya
masalasi davlatimiz siyosatining ustivor yо‘nalishi sifatida qaralib, ta’lim tizimini
takomillashtirish maqsadida “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash
milliy dasturi qabul qilindi.
Milliy dasturning mohiyati — barkamol avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiya
asosida yetuk qilib tarbiyalash, talabalarning ma’naviyatini milliy istiqlol g‘oyasi
ruhida, yoshlarni vatanga va millatga muhabbat yoshlarda vijdon erkinligi,
bilimdonlik, jismoniy yetuklik, mustaqil fikrni kamol toptirishdir.
Bugungi kunda dunyodagi turli mafkuraviy markazlar chetdan turib “Mutloq
erkinlik”, “ Chegarasiz erkinlik” degan soxta g‘oyalarni yoshlarning ongiga
singdirishga harakat qilmoqda. Bu yо‘lda “Ommaviy madaniyat”targ‘ibotchilari
turli axborot texnologiyalaridan radiotelevideniye, internet tarmoqlaridan
foydalanmoqda.
Yoshlar “Ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi xurujlarga, diniy ekstremizm,
xalqaro terrorizm, halqimizga yot bо‘lgan g‘oya va qadriyatlarga qarshi
kurashishlari uchun axborot va pedagogik texnologiyalarning zamonaviy, yangi
shakllari joriy qilindi.
“Ommaviy madaniyat” xuruji, mustaqilligimizga qarshi kuchlar, markazlar
bizni
ichdan yemirmoqchi, ya’ni xalqimizning milliy ma’naviy axloqiy
tamoyillarimizni yо‘q qilmoqchi. “Ommaviy madaniyat” halqlarning milliy
о‘zligini, ma’naviyati, madaniyatlarini yо‘q qilishga qaratilganligi bilan xatarlidir.
Prezidentimiz I.Karimov О‘zining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”
asarida “Ommaviy madaniyat” xaqida quyidagilarni ta’kidlagan: “Kommunistik
mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilgandan sо‘ng jamiyatda paydo
bо‘lgan g‘oyaviy bо‘shliqdan foydalanib chetdan biz uchun mutlaqo yot bо‘lgan,
ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini о‘z ichiga olgan “Ommaviy madaniyat”
yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak”
1
1
I.Karimov Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshnkent, Ma’naviyat, 2008. 117-bet.
44
“Ommaviy madaniyatni” yoshlar ongiga singmasligi uchun g‘oyaviy yot
mafkuralarga, illatlarga beparvo bо‘lmasligi kerak. Bunday xurujdan himoyalanish
uchun ulug‘ ajdodlarimiz о‘z davrida qoldirgan komil inson haqidagi axloqiy
mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, “sharqona axloq kodeksini“
avlodlar qalbiga singdirish, xalqimiz ongida or-nomus, uyat va andisha,
sharmu-hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg‘u va tushunchalarni
shakllantirish zarur.
Yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib, ularni mustahkam,
e’tiqodli etib, ma’naviy tahdidlarga va chetdan kо‘rsatilayotgan ta’sirlarga qarshi
turishga qodir etib tarbiyalash muhim vazifa hisoblanadi. Mustaqillik yillarida
yurtimizda yangi avlod kadrlarini tayyorlash, iste’dodli yoshlar bilan ishlashning
samarali tizimi yangicha g‘oyaviy-siyosiy asosda ishlab chiqildi. Ana shu tizim
asosida har qanday yot g‘oyaga, “ommaviy madaniyatga” qarshi kurashish
mumkin.
Ushbu tizimning muhim xalqalaridan biri “milliy istiqlol g‘oyasi”dir. Aynan
milliy istiqlol g‘oyasi orqali diniy ekstremistik, teroristik yoki “ommaviy
madaniyat” kabi har qanday yot g‘oyalarga qarshi kurash olib borish va ularni
yengish mumkin. Buning uchun yoshlarni yuksak bilimli qilish talab etilmoqda.
Chunki yot g‘oya xurujchilari birinchi navbatda bildimsiz, loqayd, irodasi bо‘sh
yoshlarga hujum qilmoqda. Mamlakatimizning yuksak bilimli yoshlari yangi
g‘oyalarning mohiyatini aholining boshqa qatlamiga nisbatan tez ilg‘ab olmoqda,
ushbu g‘oyalarning hayot haqiqatlariga, real borliqqa nechog‘li mos kelishini tez
tushunib yetmoqdalar. Millat taraqqiyoti, ma’naviyati va madaniyati yuksak bilimli
yoshlarga bog‘liq bо‘lmoqda, yangilanayotgan jamiyatimizda ular erkin xarakat
qilmoqda, jamiyatni yanada taraqqiy ettirish uchun yagona milliy g‘oya asosida,
ozod va obod vatan qurish yо‘lida birlashib faoliyat kо‘rsatmoqda. Yoshlarning
milliy birdamligi yetuk va mukammal ma’naviy fazilat sifatida ular ongida tо‘la
namoyon bо‘lishi mamlakatimizning yuksalishiga, ijtimoiy – iqtisodiy, ma’naviy –
ma’rifiy va siyosiy zaminning mustahkam bо‘lishiga xizmat qilmoqda.
45
“Bugungi kunda о‘z hayotini ana shunday mas’uliyatli sohaga bag‘ishlagan
kо‘plab iste’dod sohiblari yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyatning ma’naviy
asoslarini mustahkamlash, komil insonni tarbiyalash yо‘lida munosib hissa
qо‘shib kelmoqda. Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoda kuchayib borayotgan turli
ma’naviy tahdidlarning oldini olish, “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan
farzandlarimizning ongu tafakkurini himoya qilishda ilmu fan va madaniyat
jamoatchiligi, ijod ahlining о‘rni va roli tobora ortib bormoqda. Nega deganda,
bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot va begona bо‘lgan ana shunday
“madaniyat” namunalarini faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni taqiqlash bilan
biron natijaga erishib bо‘lmaydi. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy
bо‘shliqqa yо‘l qо‘ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy g‘oyalar va yuksak
mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali boshqacha aytganda, bugun jahon
maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste’dod musobaqasida
bellashuvga qodir bо‘lishimiz shart.” –degan eda Prezident Islom Karimov.
Internet tarmog‘idagi «ommaviy madaniyat» hamda turli yot g‘oyalarga
qarshi kurash samaradorligini oshirish dasturlari о‘quvchilarni «Ommaviy
madaniyat» elementlariga kо‘r-kо‘rona taqlid qilishlarining oldini olish, ularda
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga nisbatan hurmat va sadoqat tuyg‘ularini
shakllantirish borasida ta’lim muassasalarida 1,5 mingdan ortiq tadbirlar о‘tkazildi.
Bu tadbirlarga mutaxassislarning 1274 marta tashriflari tashkil etildi. Ta’lim
muassasalarida о‘quv-tarbiyaviy jarayonini tizimli tashkil etish maqsadida
haftaning juma kuni «Ma’naviyat kuni» va shanba kuni «Ozodalik kuni» deb e’lon
qilindi. Vazirlikning tashabbusi bilan har chorakning oxirgi yakshanba kuni
umumta’lim maktablarida «Otalar kuni» deb belgilandi. «Otalar majlisi»ni
о‘tkazish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi. Barcha
umumta’lim maktablarida «Oila, mahalla, maktab» hamkorligi markazlari tashkil
etildi. О‘quvchi ma’naviyatini shakllantirishda о‘quv qurollarining mazmun-
mohiyati, dizayni, bosmaxona sifati masalalari ham muhim о‘rin tutadi. Hususan,
farzandlarimiz har kuni, har daqiqa muloqotda bо‘ladigan «О‘quvchi daftari» deb
ataluvchi о‘quv quroli mavjudki, uning muqovasi holati dolzarb masala
46
hisoblanadi. Binobarin, о‘quvchi daftari muqovasi ta’lim-tarbiya mezonlariga
tо‘liq javob berishi zarur. О‘quvchi daftari ekologik toza materialdan
tayyorlanishi, Davlat standarti va gigiyenik talablarga tо‘liq javob berishi, yozuv
daftarining muqovasida fan, texnika, adabiyotni rivojlantirishga, aniq va tabiiy
fanlar taraqqiyotiga hissa qо‘shgan allomalar, mutafakkirlar, olimlar, fan arboblari,
tarixiy shaxslar, yozuvchi va shoirlarning suratlarini, ular haqida qisqacha
ma’lumot, ularning hikmat darajasiga yetgan sо‘zlarini berish maqsadga muvofiq.
Kompyuter texnikalaridan meyoridan ortiqcha foydalanishning о‘quvchilar
salomatligiga zararli ta’sirini umumiy о‘rta ta’lim maktablarida о‘qitiladigan
maxsus о‘quv fanlari doirasida alohida tushuntirish lozim. «Kompyuter texnikasi
va videotasvirli uskunalaridan foydalanishning sanitar norma va qoidalari»da
о‘quv mashg‘ulotlari vaqtida 5-sinf о‘quvchilarining displey qarshisida uzluksiz
bо‘lish vaqti 15 daqiqagacha, 6-7-sinf о‘quvchilariga 20 daqiqagacha, 8-9-sinf
о‘quvchilariga 25 daqiqagacha qilib belgilanganligini barchaga uqtirish zarur.
Shuningdek, kompyuter о‘yin va о‘quv mashg‘ulotlari paytida 5 yoshli bolalar
uchun bu meyor 7 daqiqa, 6 yoshli bolalar uchun 10 daqiqadan oshmasligi lozim.
Birok, glrbalashuv jarayonida, axborot makonida siyosiy, g‘oyaviy va axloqiy
jixatdan buzg‘unchi kuchlar ommaviy kommunikatsiya vositalaridan, ayniksa,
internet tarmog‘idan foydalanib, axborot erkinligini suiste’mol qilib, о‘zlarining
geosiyosiy, iqtisodiy, diniy, irqiy va boshka g‘arazli tusdagi manfaatlari yо‘lida
agressiv axborotlarni tarqatib xali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib
ulgurmagan yoshlarni chalg‘itish, yoshlarning ongi va qalbini egallash yо‘lidagi
intilishlari tobora kuchli tus olayotgani, milliy va oilaviy qadriyatlar hamda axloq
koidalariga suiqasd qilinayotgani hech kimga sir emasdir. Buzg‘unchi kuchlar
boshqariladigan axborot ekpansiyasi orqali milliy chegaralarni buzish, davlatlar va
xalqlarni bir-biriga qarshi qо‘yish, yoki mamlakat ichida etnik va diniy nizolar
keltirib chiqarib, sо‘ngra, "yordam qо‘lini" chо‘zib mamlakatga humronlik
qilishdir.
47
Bunday holatlar nafqkat bizning jamoatchiligimizni, balki dunyodagi barcha
progressiv jamoatchlikni ham xavotir va tashvishga solmoqda desak, mubolag‘a
bо‘lmas.
Shunday ekan, nosog‘lom axborot oqimi va ta’siridan yoshlarni himoyalash
uchun qanday huquqiy mexanzmlar mavjud, degan о‘rinli savol tug‘iladi?
Ma’lumki, BMTning "Bola huqkuqlari tо‘g‘grisida" Konvensiyasining 32
moddasida "bolaning.... sog‘ligi uchun havf-xatar yetkazishi mumkin bо‘lgan yoki
ta’lim olishiga tо‘sqinlik qiladigan yoxud sog‘lom, jismoniy, aqliy, ma’naviy,
axloqiy va ijtimoiy rivojlanishiga zarar keltiradigan har qanday ishlardan himoya,
qilish borasida qonuniy, ma’muriy va ijtimoiy choralar kо‘rishi belgilanib
qо‘yilgan" bо‘lsa, ayrim xorijiy davlatlar tomonidan alohida qonunlar qabul
qilingan, xususan, "Yoshlarni himoyalash tо‘g‘risida" Germaniya, "Voyaga
yetmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta’siridan himoyalash tо‘g‘isida"
Litva, "Bolalarni sog‘lig‘i va rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi axborotdan
himoyalash tо‘g‘isida"gi Rossiya Federatsiyasining qonunlarini misol keltirishimiz
mumkin bо‘ladi.
AQSH tajribasi haqida gapiradigan bо‘lsak, shuni aytish lozimki, 2001 yili
kuchga
kirgan qonunga asosan, davlat dotatsiyasini oluvchi ommaviy
muassasalarning barchasi kontent filtratsiya tizimini о‘rnatishi majburligi
belgilanib (Child Internet Protection Act), 2001 yili 74 foiz maktablar, 43 foiz
kutubxonalar, 41 foiz oilalar (qaysikim bolalari Internetga chiqish imkoniyatlari
borlari) kontent filtratsiya tizimini, tegishli dasturlarni о‘rnatishdilar.
Yevropa mamlakatlari tajribasiga murojaat qiladigan bо‘lsak Buyuk
Britaniyada davlat strukturasi faoliyat yuritib ("Internet Watch Foundation"), u
doimiy ravishda internetdagi xavfli kontentli resurslarni monitoring qilib boradi.
Milliy
qonunchiligimizda
ham
yoshlarni
nosog‘lom axborotlardan
himoyalashning
mexanizmlari
mavjud
bо‘lib,
hususan,
«О‘zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari tо‘g‘risida»gi, «Bola
huquqlarining kafolatlari tо‘g‘risida»gi qonunlarda belgalab berilgan bо‘lsada,
bugungi axborot makonidagi tendensiyalar, axborot ekstansiyasi, agressiv
48
axborotlarning
kuchayishi
milliy
qonunchiligimizni
va
ma’rifiy-tarbiyaviy
ishlarimizni yanada kuchaytirishimiz lozim bо‘ladi.
Ma’lumki, muxtaram Yurtboshimiz Islom Karimov О‘zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasining 19 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida
ma’naviy hayotimizni yuksaltirish, azaliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, milliy
tabiatimiz va urf-odatlarimizga mutlaqo zid bо‘lgan har qanday zararli ta’sirlar,
buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi turish, ma’naviy jihatdan yetuk, о‘z mustaqil fikriga
ega, barkamol avlodni tarbiyalash borasida о‘zining fikr va g‘oyalarini bildirib
о‘tgan edilar.
Yurtboshimiz qо‘ygan ushbu yuksak vazifalarni rо‘yobga chiqarish davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat
tashkilotlari, fuqarolarning о‘zini-о‘zi boshqarish organlari, ota-onalar va
pedagoglarni uzoq muddatli uzliksiz va tizimli hamkorlikka chaqiradi, albatta.
Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari bizni global axborot makoni
bilan bog‘lab, axborotni olish va tarqatash geografiyasini kengaytirib, axborot
almashinuvini tezlashtirdi, dunyo mamlakatlari va xalqlariii yaqinlashtirdi. Bu
ijobiy xolat, albatta. Biroq, axborot makonida tahdidlar bor ekan, Milliy axborot
makonimizga chegara qо‘yib bо‘lmasligini nazarda tutib, yosh avlodning sog‘lig‘i
va
ma’naviy
olamining
daxlsizligini
ta’minlaydigan,
vayronkorlik
va
buzg‘unchilik mazmunidagi axborot oqimidan himoya qilishga qaratilgan alohida
qonunni ishlab chiqish masalasini о‘ylab kо‘rish fursati keldi desak, mubolag‘a
bо‘lmas.
Oliy Majlisning qonunchilik palatasida “Voyaga yetmaganlarni jismoniy va
ma’naviy rivojiga zarar keltiruvchi axborotdan himoyalash tо‘g‘isida”gi qonun
loyihasini, “Xavfsiz Internet” dasturini ishlab chiqish ishlari boshlangan.
Qonun loyixasida voyaga yetmaganlarni jismoniy va ma’naviy rivojiga zarar
keltiruvchi axborotlar turlari, axborotni klasifikatsiya qilish, axborot mazmuniga
talablar,
axborotni
joylashtirishga
(aylanishiga)talablar,
joylashtiriladigan
yoshlarga mо‘ljallangan axborotni ekpertiza qilish, nazorat qilish masalalari,
49
nodavlat tashkilotlarning axborotni monitoring qilish vakolatlari va boshqa
masalalar.
Dasturda: Internetdan foydalanishning huquqiy mexanizmlari, buzg‘unchi va
nosog‘lom axborot kontentidan yoshlardi himoyalash, Internetdan foydalanish
madaniyatini
yuksaltirish
masalalari,
Internetning
milliy
segmentini
rivojlantirishimiz va boshka masalalar.
Yoshlar axborot qurshovida, ta’sirida va muhitida yashab dunyoni kashf etadi,
mustaqil hayotga tayyorlanadi. Axborot о‘zining mazmuni va xilma-xilligi bilan
farqlanib turadi. Biroq u qanday bо‘lmasin yoshlarimizning ongi, kayfiyati,
hissiyotlari, psixikasiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etuvchi vositadir. OAV, Internet
va boshqa vositalar orqali axborot tarqalishini tartibga solishda nafaqat vakolatli
davlat organlari, balki nodavlat organlar, fuqarolik institutlari ham faol ishtirok
etishlari, qolaversa soxada voyaga yetmaganlarni jismoniy va ma’naviy rivojiga
zarar keltiruvchi axborotlarni monitoring qiluvchi nodavlat tashkilot shaklidagi
regulyativ organni tashkil etish masalasini muhokama qilish maqsadga muvofiq
bо‘lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |