3.2. Ijtimoiy tarmoqlarning axloqiy-estetik ta’sirini oshirishning omillari
Hozirgi kunda internet tobora eng kuchli ijtimoiy ta’sirga ega bо‘lgan
ommaviy axborot vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Moliya yoki bank
tizimini olamizmi, turli (madaniy, ma’rifiy, ijtimoiy) xizmat kо‘rsatish sohalari,
ta’lim jarayonlarini olamizmi, barchasi internet bilan bevosita bog‘liq.
Ijtimoiy tarmoqlar esa internet olamining ajralmas bо‘lagiga aylangan yirik
omildir. Buni "The Royal Pingdom" global analitik tadqiqot kompaniyasi
ma’lumotlari xam tasdiqlaydi. Unga kо‘ra 2,1 milliard kishini tashkil qiluvchi
dunyo internet foydalanuvchilaridan 1,1 milliard kishi bir vaqtning о‘zida ijtimoiy
tarmoqlar foydalanuvchisi hamdir. Shunday ekan, ijtimoiy tarmoqlarning turli
OAV qatorida jamiyat va inson ongiga ta’sirini о‘tkazishi bugungi kunni
muammolaridan biridir.
Avvalo, "ijtimoiy tarmoq" nima zkailigiga oydinlik kiritib olinsa. Masofadan
internet orkali odamlar orasidagi "online" tanishuv xamda muloqotni ta’minlovchi
va о‘z a’zolarining turli xil shaxsiy ma’lumotlarini о‘zida aks ettiruvchi internet
tarmoqlariga (saytlariga) ijtimoiy tarmoqlar deyiladi.
Masalan, internetdagi ijtimoiy tarmoqlarning eng yirigi - “Feysbuk”
(Facebook)da 850 millionta profil - foydalanuvchilarning shaxsiy sahifalari qayd
etilgan bо‘lib, Buyuk Britaniyada nashr etiladigan «The Economist» jurnalining
ma’lumotlariga kо‘ra, u jahon mamlakatlarining aksariyatida urf bо‘lgan hamda
sof daromadi 2011 yilda 1 milliard AQSH dollaridan ortgan. Kompaniyaning
bozordagi narxi 75-100 milliard dollargacha baholanmoqda.
“Feysbuk” muallifi va rahbari 27 yoshli Mark Tsukerberg esa jahondagi eng
yosh milliarder hisoblanadi. Uning ixtirosi allaqachon millionlab kishilarning
“onlayn pasporti”ga aylanib ulgurdi.
Jahon mamlakatlarida turli ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish maqsadlari,
miqyoslari va davriyligi turlicha bо‘lsa-da, ularda umumiy jihatlarni kuzatish
mumkin. Italiyalik tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, Amerika, Yevropa, Yaqin
Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Okeaniyadagi mamlakatlar
64
aholisining aksariyat qismi “Feysbuk” dan foydalanadi, Rossiya, Ukraina, Belarus
hamda Markaziy Osiyo davlatlarida esa “vKontakte” va “Odnoklassniki” kabi
ijtimoiy tarmoqlar keng tarqalgan.
Ayrim davlatlarda asosan о‘sha davlat fuqarolari tomonidan foydalaniladigan
ijtimoiy tarmoqlar ham mavjud. Ular qatoriga Xitoydagi “Renren” (Renren) va
“Tensent” (Tencent)ni, Vetnamdagi “TsingMi” (ZingMe) va Latviyadagi
“Draugiyem” (Draugiyem)ni kiritish mumkin.
Shubhasiz, ijtimoiy tarmoqlar millionlab insonlar uchun qator yengilliklar
yaratdi. Jumladan, istalgan paytda, sayyoramizning istalgan joyidan ijtimoiy
tarmoqqa ulanib, о‘z dо‘st-birodarlaringiz, qarindoshlar bilan muloqot qilishingiz,
ular holidan boxabar bо‘lib, jahonda rо‘y berayotgan yangiliklar, turli qiziqarli
ma’lumotlar, hayotingizning muhim onlari aks etgan fotosuratlar, videolavhalar va
boshqa turdagi axborot bilan о‘rtoqlashishingiz mumkin. Eng asosiysi, bu juda
qulay va nisbatan arzon vositadir. Ammo shu bilan birga bunday tarmoqlarning
salbiy jihatlari zaif tomonlari ham bormi? U yerda bizni qanday havf-xatarlar
kutmoqda?
Bitiruv malakaviy ishnini tayyorlash jarayonida о‘tkazilgan sо‘rovnomada
ishtirok etgan poytaxtlik bir guruh yoshlarning barchasi о‘z javoblarida Internet
tarmog‘idan foydalanishlarini va deyarli 90 foizi ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy
profillariga ega ekanliklarini bildirganlar. Sо‘rov natijalariga kо‘ra, О‘zbekistonlik
“ijtimoiy tarmoqchilar”ning 70 foizi “Odnoklassniki”, qolgan 30 foizi esa
“MoyMir” va “Feysbuk” “vKontakte” kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi
ma’lum bо‘ldi. Shuningdek, sо‘rovnomada qatnashganlarning aksariyati bunday
tarmoqlarga yuklangan shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash juda
murakkab va qiyin masala, deb kо‘rsatdi. Chunki tarmoqda “daydib yurgan”
anonim yoxud о‘zga shaxslarning ismi-sharifi bilan rо‘yxatdan о‘tgan minglab
yuzerlar, ya’ni foydalanuvchilar siz va sizning faoliyatingiz haqida turli g‘arazli
maqsadlarda axborot tо‘plashi mumkin.
Qolaversa, о‘zini monitor ortida himoyalangan deb hisoblovchilar turli hiyla-
nayranglar tuzog‘iga ilinib qolmaslikka kim kafillik beradi?
65
Bundan tashqari, ayrim yoshlar virtual ijtimoiy tarmoqlardan haddan ziyod
foydalanish real hayotdagi oilaviy va ijtimoiy munosabatlarga hamda ta’lim va ish
jarayoniga salbiy ta’sir etadi, deb hisoblaydilar.
Profil egalari ijtimoiy tarmoqlarga о‘rtacha ikki kunda bir marta kirib
turishlarini aytishgan bо‘lsa-da, ularning kо‘pchiligi tegishli saytlarda berilgan
ijtimoiy tarmoqdan foydalanish qoida va shartlari bilan tanishib chiqmagan.
Aksariyati esa bu boradagi qonun talablaridan bexabar. Ular о‘z hatti-harakatlarini
umumiy tushunchadagi odob-axloq qoidalari asosida amalga oshiradilar. Biroq,
bunday qoidalarga bepisand bо‘layotgan yuzerlar ham “kiber olam”da kо‘plab
topiladi.
Sо‘rovnomada ishtirok etganlarning hech qaysi biri: “Internetdagi ijtimoiy
tarmoq orqali Sizga zarar yetkazgan shaxsni javobgarlikka torta olishingizga
ishonasizmi?”, degan savolga qat’iy tarzda ijobiy javob bera olmadi.
Umuman olganda, tahlillar shundan dalolat bermoqdaki, internetdagi ijtimoiy
tarmoqlardan foydalanishga mukkasidan ketgan minglab kishilar о‘zlarining real
hayotdagi munosabatlari, о‘qish va ish jarayonidagi majburiyatlariga yetarli
darajada e’tibor qilmayotgan, mas’uliyatsiz yondashayotgan holatlar ham, afsuski,
avj olib bormoqda. Masalan, Gallup tadqiqot agentligi keltirgan ma’lumotlarga
kо‘ra, hozirgi vaqtda AQSH va Kanadadagi er-xotin ajrashishining har uchinchi
holatiga ijtimoiy tarmoq sabab bо‘lmoqda. Afsuski, ushbu kо‘rsatkich о‘sish
tendentsiyasini namoyon etmoqda.
Bunday holatni Yevropa mamlakatlarida ham kuzatish mumkin. Bir toifa
odamlar shu darajada onlaynga berilib ketganlarki, hatto о‘z vaqtida
ovqatlanmaydilar, belgilangan vaqtda dam olmaydilar, ish va о‘qishga yetarli
darajada e’tibor qaratmaydilar. Bu esa qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini
barchamiz yaxshi tushunamiz.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyada har bir foydalanuvchi bir kunda
о‘zining 10,4 soat, Angliyada 5,3, Turkiyada 7,8, yurtimizda esa taxminan 6 soat
vaqtini sarflayapti. Afsuski, mazkur gapning kesimi yoniga «behuda» sо‘zini
qо‘shib qо‘yish, yoki uni «isrof qilgan» jumlasiga almashtirish ham mumkin.
66
Taraqqiyot
odimlari
bugun internet qiyofasida dunyoning eng chekka
mamlakatlariga ham boylayapti. Bugun bо‘lajak kelin yoki kuyovlar haqidagi
dastlabki ma’lumotlar ham ijtimoiy tarmoqlardan qidirilayotgani ularning
nechog‘li ijtimoiy hayotimizga ta’sir kо‘rsatayotganini anglatadi. Taassufki,
mamlakatimizda eng mashhur ijtimoiy tarmoq hisoblanmish “Odnoklassniki.ru”
saytida yuzlab, minglab axloqqa zid profil yoki guruhlarga kо‘zingiz tushishi
mumkin.
Ammo, insonlar (ayniksa yoshlar) keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarni
nafaqat bir muloqot vositasi, balki uni "xobbi" darajasiga kо‘tarishmokda va tobora
ommalashtirishmokda. Bunga sabab sifatida sо‘nggi yillarda internet xizmatining
keskin arzonlashishi, zamonaviy mobil telefonlar ommalashuvi natijasida mobil
aloqa kompaniyalarining qulay internet xizmatlarini taklif etishini, turli kuchli
о‘ziga jalb eta olish xususiyatiga ega bо‘lgan ijtimoiy tarmoqlar sonining
kо‘payishini kо‘rsatish mumkin. Balki, bu ham о‘ziga xos ijobiy natijadir, lekin
yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarga qattiq berilishi va ulardan "xobbi" sifatida
foydalanish kо‘rsatkichlarining keskin oshishini ijobiy natija deb bо‘lmaydi.
Chunki, muntazam ijtimoiy tarmoqlardan kо‘ngilxushlik uchun foydalanish,
yoshlarda, umuman foydalanuvchilarda internet addiksiyasi (zararli odatga
berilish, qaramlik), о‘ziga xos internet kasalligi vujudga keltiradi, hayotiy sof
tuyg‘ularni virtual (hayotiy bо‘lmagan) tuyg‘ularga almashtirish zamirida: virtual
sevgi, virtual dо‘stlik, virtual hayot kabi ming yillar davomida yuzaga kelgan
insonlarning tabiiy hayotiy tuyg‘ularini, hayot va insonlar о‘rtasidagi muloqot
tarzini virtuallashuviga, natijada hatto yо‘k bо‘lib ketishiga asos bо‘lishi mumkin.
Misrosoft kompaniyasi asoschilaridan biri bо‘lgan Bill Geyts "internet addiksiyani
giyoxvandlik kabi kasallik sifatida baxolashini hamda undan oson qutilib
bо‘lmasligi, maxsus reabilitatsion muolajalar orqaligina undan xoli bо‘lish
mumkinligini e’tirof etgan".
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar quyidagi xato va kamchiliklarga yо‘l
qо‘yishadi:
-
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar о‘z ismi shariflaridan
67
foydalanmaydilar;
-
Tarmoqqa “nomaqbul” fotosur’atlar joylashtirishadi;
-
Muloqot jarayonida be’mani, axloqsiz gaplar, sо‘zalardan
foydalanishadi;
-
Notо‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanishadi;
-
Sahifalar ijtimoiy bо‘lsada tarmoqni siyosiylashtiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda kо‘roq insonlarni yovuzlik, axloqsizlikka chorlovchi
ma’lumotlar manbai sifatida anglashimiz mumkin bо‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlar
yoshlarimizni ma’naviy axloqiy qashshoqlashuviga olib kelayapdi.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarga nisbatan kо‘pchiligi sotsial psixologik
ta’sir kuchiga egadir. Virtual muloqot paytida iisonda fenomenal axloqiy erkinlik
paydo bо‘ladi va u bevosita jamiyatdagi axloqiy normalarni inkor etadi. Ushbu
farazni inobatga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlarning jamiyatga va shaxsga zararli
ta’sirini quyidagi jixatlardan kо‘rib chiqish mumkin.
Sо‘zlashuvda jargon (sо‘zlarni buzib gapirish), vulgarizm (faxsh, sо‘kinish,
xaqoratli
sо‘zlar) va varvarizm (boshqa tillardaga sо‘zlardan qо‘pol
foydalanish)dan erkin foydalaniladi va bu bevosita milliy tilniig buzilishiga olib
keladi. Shuningdek, inson tomonidan ishlatilayotgan barcha qо‘pol va behayo
sо‘zlar ma’lum vaqt о‘tib yoki usha vaqtning о‘zidan boshlab psixikada о‘z
in’ikosini vujudga keltirib boradi.
О‘zini namoyon etishda ham har qanday axloqiy prinsiplarni inkor etish
mumkin (misol uchun, beriladigan ijtimoiy tarmoq anketalariga bexayo shaxsiy
suratlarini qо‘yishi mumkin). Shu о‘rinda statistik ma’lumot, Facebook tarmog‘i
orqali shunchalik kо‘p pornografik video va foto tasvirlar tarqatilar ekanki, bu 176
mln Facebook foydalaiuvchilarining har biriga kuniga 3 dakikadan tо‘g‘ri kelar
ekan.
Turli yot g‘oyalarni yoshlar ongaga singdirish axborot xurujlarini uyushtirish
orqali jamiyatda tartibsizlikni yuzaga keltirish kabi g‘ayri insoniy ishlarni amalga
oshirish mumkin.
Inson shaxsiyatiga tegish. Ijtimoiy tarmoqlarda boshqalarning shaxsiy
68
ma’lumotlarini oshkor qilish orqali ularga ruxiy zarba berish, insonlarni masxara
qilib turli yо‘llar bilan ularning ustidan kulish mumkin. Misol uchun, birgina
Facebook orqali har kuni dunyo bо‘ylab 1mln 600 ming kishi о‘zgalarning turli xil
shaxsiy (asosan yolgon va tuxmatga asoslangan) ma’lumotlarini tarqatar ekan.
Moddiy zarar. Internet paketlari sotib olish va turli internet xizmatlariga
haddan
ziyod
mablag‘ sarflash natijasida moliyaviy taqchillik, kо‘rish
qobiliyatining susayishi, nurlanish kabi bir qator salbiy holatlar yuzaga keladi.
Ijtimoiy tarmoqlar, ayniksa, о‘smir yoshlarga ma’naviy va psixologik jixatdan
salbiy ta’sir etadi, chunki ijtimoiylashuv jarayonining kulminatsion о‘tish
davridagi о‘smirlarda о‘tuvchanlik kuchli bо‘ladi. Ijtimoiy tarmoklarga qaramlik
natijasida о‘smirlarda, hatgo voyaga yetgan insonlarda ham jamiyatdan
uzoqlashish, virtuallikka moyillik ustunligi, odamovilik, qо‘rslik, jizzakilik,
asabiylik vujudga keladi.
Olimlarning fikriga kо‘ra, virtual reallik inson ongining о‘zgarishiga
qanchalik ta’sir etgani aniq aytib berish qiyin, chunki virtuallikka qaramlik asosida
yotuvchi
gipermotivatsiyalashganlik
о‘ta kuchli moyillik) hali yetarlicha
kо‘rishilmagan. Virtual reallik mavzusi ham о‘z navbatida yirik tadqiqotlarni talab
etadi.
Ijtimoiy tarmoqlar aslida kimlarga va nima uchun kerak degan savolga anik
javob yо‘q. Ijtimoiy tarmoqlarning о‘zi bu savolga mantiqan "insonlar о‘rtasidagi
muloqotni taminlash, turli dunyo xabarlaridan boxabar etish, dо‘st orttirish,
о‘zining ikkinchi bо‘lagini "sevganini" topishda insonlarga yordam berish" kabi
maksadlari borligini bildirishadi, ammo bu bilan ular yoshlar ongiga “ommaviy
madniyat”ni singdirib, ulariing ongini umumai yot bо‘lgan romantik g‘oyalar, xom
hayollar bilan tо‘ldiradi. Buning tub mohiyatiga nazar solsak, kimlarningdir
iqtisodiy yoki siyosiy maqsadlari yotishini kо‘rish mumkin. Chunki, о‘z
g‘oyalarini sezilarsiz tarzda singdirib bо‘gach, ijtimoiy tarmoqlar turli chaqiriqlar
va reklamalar orqali avval moliyaviy sо‘ngra, xatto, yashirin siyosiy maqsadlarini
ham amalga oshirishi mumkin.
Bugungi kunda, internet kafelarida bekatlarda va jamoat transport vositalarida
69
mobil tslefonlarini ichiga kirib ketgudek ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarning
"kimlar" bilandir suxbatlashayotganini va "nimalarnidir" tamosha qilayotganini
kо‘p
kuzatishimiz
mumkin.
Dalil
sifatida
Odnoklassniki.ru
saytining
О‘zbekistondagi a’zolari 2mln, Mail.ru a’zolari esa 500 mingdan oshganligini
shuningdek, yuqoridagilar orasida Facebook a’zolari ham yо‘q emasligini aytib
о‘tish zarur. Ularning asosini esa yoshlar, voyaga yetmagan о‘smir yoshidaga
foydalanuvchilar tashkil etadi. Bundan taxminiy xulosa chiqarilsa, butun axolining
10 tadan 1 tasi kaysidir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi degan ma’lumot yuzaga
keladi.
Axborot globallashuvi jarayonida milliy axborot makonini shakllantirish,
himoya qilish va uni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish har bir
davlatning strategik manfaatlari bilan hamohang bо‘lgan ustuvor vazifalar sirasiga
kiradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanish sur’atining yanada
oshirilishi esa axborot almashuvi sohasida cheksiz imkoniyatlar yaratmoqda. Bu,
о‘z
navbatida,
dunyo
mamlakatlarining
ijtimoiy-siyosiy
va
iqtisodiy
rivojlanishining asosiy omillaridan biriga aylanib borayotir.
- Hozirgi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 9,8
milliondan oshdi, - deydi О‘zbekiston matbuot va axborot agentligi axborot
xizmati rahbari Shahriyor Mansurov. - 16 mingga yaqin UZ domenidagi veb-
saytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq veb-sayt ommaviy axborot vositasi
sifatida rо‘yxatga olingan. Ushbu veb-sahifalar asosan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy yо‘nalishlarga ixtisoslashgan. Eng asosiysi, ularning doimiy о‘quvchilari
soni kun sayin kо‘paymoqda.
Bugungi kunda xalqaro internet tarmog‘ini milliy axborotlar bilan tо‘ldirish
eng dolzarb masalalardan biridir. Ta’kidlash joizki, bu borada bir qator yutuqlarga
erishilmoqda. Davlatimiz rahbarining “G‘oyaga qarshi g‘oya, mafkuraga qarshi
mafkura, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq lozim”, degan sо‘zlariga amal
qilgan holda, asosiy e’tibor yoshlarimizda о‘ziga xos “axborot immuniteti”ni, ular
ongida oqni qoradan, yaxshini yomondan ajratish tuyg‘usini shakllantirishga
qaratilmoqda.
70
Prezidentimiz Islom Karimovning 2005-yil 28-sentabrdagi “О‘zbekiston
Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish tо‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq" Ziyonet" jamoat axborot ta’lim tarmog‘i tashkil etildi. Bugungi
kunda mazkur tarmoq yoshlar hamda ta’lim oluvchilarga axborot-kommunikatsiya
xizmatlarini kо‘rsatish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda.
“Ziyonet” tarmog‘ida 25 mingdan ortiq ma’ruza matnlari, ilmiy ishlar,
referatlar, о‘quv datsurlari jamlangan. U yangi о‘quv darsliklari, qonunchilikka oid
ma’lumotlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport haqidagi ma’lumotlar,
bolalar va о‘smirlarga mо‘ljallangan axborot resurslari va ta’lim sohasidagi
kundalik yangiliklar, qiziqarli maqolalar bilan boyitib borilayotir.
Portalga mamlakatimizda faoliyat kо‘rsatayotgan oliy о‘quv yurtlari, kasb-
hunar kollejlari, akademik litseylar, umumiy о‘rta ta’lim maktablari, bolalar va
о‘smirlar sport maktablari, Barkamol avlod markazlari, muzeylar, sport inshootlari
tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, arboblar bо‘limida xalqimiz tarixida, fan, madaniyat va
sport sohalarida о‘chmas iz qoldirgan insonlar haqida ma’lumotlar va videolar
joylashtirilganligi ham foydalanuvchilar uchun ulkan imkoniyatdir.
Qonunchiligimizda
о‘sib kelayotgan yosh avlodni har xil zararli
axborotlardan himoyalashning ta’sirchan mexanizmlari yaratilgan.
Mustaqilligimizning
ilk
kunlarida
qabul
qilingan
"О‘zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari tо‘g‘risida"gi qonunda
yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, jumladan, zо‘ravonlik, hayosizlik va
shafqatsizlikni targ‘ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, "Bola
huquqlarining kafolatlari tо‘g‘risida"gi qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va
zо‘ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga
zararli ta’sir kо‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bо‘luvchi
adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etish taqiqlanishi belgilab qо‘yilgan.
71
XULOSA
Axborot tarqatish vositalari, kommunikatsiya tarmoqlari globallashayotgan
bugungi kunda u yanada qudratli kuch, qurolga aylanmoqda. Jarayonlarni
boshqarish uchun, avvalo, tezkor va mavjud vaziyat tо‘g‘risida tо‘la tasavvur
beradigan axborot zarur.
Bugungi
kunda
iqtisodiyot
va
siyosat
barobarida
axborot
ham
globallashmoqda, tо‘g‘rirog‘i, axborotning globallashuvi iqtisodiy va siyosiy
integratsiya jarayonlariga sharoit yaratib bermoqda. Ba’zan о‘zimiz yashab turgan
mintaqadagi jarayonlarga tо‘g‘ri baho berish uchun ham tashqi axborotga,
dunyoning boshqa mintaqalarida rо‘y berayotgan voqealar tahliliga ehtiyoj
sezamiz.
Bugun globallashuvning ta’siri:
Birinchidan, axboriy globallashuv natijasida bir millat ongiga boshqa millat
madaniyati, urf odati va hayot tarzi singib borayotganligi, (bunda kinofilmlar,
teleseriallar, qо‘shiqlar va kliplar alohida о‘rin tutadi);
Ikkinchidan, axboriy globallashuv natijasida jahondagi kamsonli xalq
tillarining mavqei pasayishi, hatto, ayrimlarining yо‘qolib ketishi;
Uchinchidan, axboriy globallashuv natijasida bir qator yirik davlatlar dunyo
axborot olamida hukmronlikka intila boshlashi, natijada davlatlar bir-birini ichki
va tashqi axborot bozoridan siqib chiqarishga urinishi oqibatda esa davlatlararo
axborot kurashi boshlanishi va asosiy maqsad axboriy psixologik sohada siyosiy
ustunlikni ta’minlashda о‘z aksini topmoqda.
Prezidentamiz ta’kidlaganidek, hozirgi vaqtda hayotni elektron axborot
vositalari, xususan, televideniye va radiosiz umuman tasavvur etib bо‘lmaydi.
Bugungi kunda ular bir vaqtning о‘zida ham axborot maydoni, ham ijtimoiy-
siyeyosiy, ma’naviy-ma’rifiy minbar, shu bilan birga, insonga madaniy, badiiy —
estetik oziq beradigan va hordiq chiqaradigai makon vazifasini bajarmoqda desak,
xato bо‘lmaydi.
1
Shularni hisobga olib berilayotgan imkoniyatlardan tо‘g‘ri foydalangan holda
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch- T.: Ma’naviyat, 2008. -134 bet.
72
yoshlarni yetuk axloqiy fazilatlarga ega bо‘lgan shaxs sifatida tarbiyalash lozim
bо‘ladi buning uchun:
Tо‘rtinchidan, yoshlarni axloqiy-estetik tarbiyalash uchun ularni himoya
qilishni va buni qanday yо‘llar bilan amalga oshirishni anik bilishlari darkor.
Yoshlarlarni axloqiy–estetik ongiga birinchi navbat EAV va internet katta ta’sir
о‘tkazib, о‘sha vaqtning о‘zida ham xavf tug‘diradi. Biz har kuni televizor kо‘rish,
gazeta о‘kish, radio eshitish va internetga kirish orqali yanga va eng sо‘nggi
ma’lumotlardan doimo xabardop bо‘lib turamiz. Bu esa, bizni har tomonlama turli
axborot okimi о‘rab turganidan va ularning ta’siri uzluksiz ekanidan dalolat beradi.
Bu holatda, keraksiz axborotni kerakligidan ajrata olish, saralash hususiyatini
shakllantirish juda muhimdir.
Beshinchidan, axborot texnologiyalarini tobora rivojlanishi о‘quvchi,
talabalarga turli xil ta’sir о‘tkazishi mumkin. XXI asrning asosiy muammolaridan
biri bu talabalarni internet qaramlikka tushib qolishlarini oldini olish va ularni
bunga tayyorlashdir. Yosh avlodni psixologik qaramlikka tushib qolishlari juda
oson, sababi ularda fikrlash qobiliyati hali tо‘laligacha rivojlanib ulgurmagan
bо‘lib, onglari oq qogoz kabi toza, har qanday ma’lumotni tо‘laligicha qabul
qilishga tayyor bо‘ladi. Bu paytda ularni tо‘g‘ri yо‘lga boshlash, о‘rgatish,
shakllantirish va himoyalash lozim bо‘ladi.
Oltinchidan, endilikda bizning davlatimizda yoshlarni ma’naviy va ma’rifiy
jixaddan etuk inson qilib shakllantirishga katta e’tibor berilmokda. Bunga misol
tariqasida maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda о‘tkazilayotgan turli xil
mavzulardagi davra suxbatlari, tadbirlar, prezentatsiyalar va madaniy xordiq olish
joylariga sayyohatlarni keltirish mumkin. Shu о‘rinda, internetdagi ongga ziyon
yetkazuvchi, bema’ni, ta’qiqlangan, axloqni buzuvchi va eng asosiysi о‘zida
viruslar tashuvchi saytlardan himoyalanish, ularni ajrata olish va chetlab о‘tishni
о‘rgatishga bag‘ashlangan ilmiy nashrlarni chop etilishi ham maqsadga
muvofiqdir.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |