3.1. Internetning yoshlar axloqiy qiyofasiga ta’siri.................................................50
3.2. Ijtimoiy tarmoqlarning axloqiy-estetik ta’sirini oshirishning omillari……….63
Xulosa…………………………………………………………………………….70
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Axborotni keng jamoatchilikka yetkazib beruvchi
matbuot, radio, televideniye, internet kabi hodisalarni о‘zida birlashtiruvchi
elektron axborot vositalari jamiyat hayotiga ulkan ta’sir о‘tkazish quvvatiga ega.
Qanday katta kuchga ega ekanini ularga nisbatan «tо‘rtinchi hokimiyat» atamasi
qо‘llanilishida ham kо‘rish mumkin. Elektron axborot vositalarining hozirgi
paytdagi eng ommalashgani, eng samarlisi, yoshlarning eng kо‘p vaqtini
о‘tkazadigan tizim bu internet hisoblanadi. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat
— yengilmas kuch” nomli asarida hozirgi axborot maydonida rо‘y berayotgan
о‘zgarishlar xususida fikr yuritilib, jumladan, shunday deyiladi: “Bugungi kunda
yoshlarimiz nafaqat о‘quv dargohlarida, balki radio-televideniye, matbuot, internet
kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jahon
axborot
maydoni
tobora
kengayib
borayotgan
shunday
bir sharoitda
bolalarimizning ongini faqat о‘rab-chirmab, uni о‘qima, buni kо‘rma, deb bir
tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan о‘rab olish, hech
shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham
tо‘g‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat
qurish vazifasini о‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib qо‘yganmiz va bu yо‘ldan hech
qachon qaytmaymiz”.
1
Shu nuqtai nazardan tadqiqotning dolzarbligi quyidagi jixatlar bilan izohlash
mumkin:
Birinchidan, axborot asrining Elektron axborot vositalarida aks etishini ilmiy
tahlillar asosida xozirgi globallashuv sharoitida eyektron axborot vositalari
axborotni yetkazish va uni ta’sir doirasi juda yuqoriligini aniqlash juda muhim;
Ikkinchidan, globallashuv jarayonida Elektron axborot vositalari muayyan
xabarni uzatish yoki biror bir g‘oyaning mohiyatini ochib berish orqali uning
о‘zlashtirilishiga, kishilar ongida barqaror tasavvurlar, obrazlar, qadriyatlarning
1
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T. “Ma’naviyat”, 2008, 114-b.
4
shakllanishiga ham kо‘maklashadi. Qisqa qilib aytganda, u ijtimoiy fikrga doimiy
va izchil ta’sir о‘tkazish, uni shakllantira olish imkoniyatiga ega bо‘lgan vosita
hisoblanadi.
Uchinchidan, global tarmoq afzalliklarini inkor etmagan holda, uning
insoniyat madaniyatiga tug‘dirayotgan havf-xatarlari tо‘g‘risida sо‘z yuritishga
tо‘g‘ri keladi. Bu noxush g‘ayriinsoniy holatlar muayyan kuchlarning global
tarmoqdaga axborotlarni sifatli va tez uzatish hamda tarqatish bо‘yicha
imkoniyatlardai foydalanish orqali jamoatchilik fikrini tо‘g‘ri yо‘ldan burish,
о‘zlari targ‘ib etayotgan nopok g‘oya va manfaatlar tomon yо‘naltirish uchun
ularga axborot yetkazish borasida olib borayotgan harakatlari bilan bog‘liqdir.
Sо‘zsiz, bunday ta’sirga internet auditoriyasining eng faol, eng kо‘p qismi
tafakkuri yetilib, dunyoqarashi puxta shakllanib ulgurmagan yoshlardir. Ana
shunday jiddiy muammoni mukammal va tizimli о‘rganishga yetarli e’tibor berish
zarur. Bu mafkuraviy tahdidlarnining mazmun mohiyati, namoyon bо‘lish
shakllari, ijtimoiy oqibatlariga falsafiy axloqiy nuqtai nazardan yondashuvni
taqazo qiladi.
Tо‘rtinchidan, Ijtimoiy tarmoqlar esa internet olamining ajralmas bо‘lagiga
aylangan yirik omil hioblanadi. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning axloqiy-estetik
tarbiya masalalariga kо‘proq salbiy ta’sir etayotganligini axloqiy tahlil etish va uni
jamoatchilikka yetkazish lozim hioblanadi.
Beshinchidan,
Elektron
axborot
vositalarida
“ommaviy madaniyat”
hodisasinin aks etishi va ularning yoshlarga axloqiy-estetik ta’sirini nazariy
jixatdan tahlil qilish ehtiyojga aylandi. Shuningdek tadqiqotning dolzarbligi EAV
orqali “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib qilishning eng maqbul usuli ekanligi va bu
orqali yoshlarni ma’naviy axloqiy jixatdan ta’sirga solish mumkinligini ijtimoiy-
falsafiy, axloqiy tahlil qilish zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: