Mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari, ilmiy tadqiqot


Ruhiy faoliyatning faolligiga ko‘ra xotira quyidagi turlarga bo‘linadi



Download 195,01 Kb.
bet11/41
Sana25.02.2022
Hajmi195,01 Kb.
#462268
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
1 MAVZU Boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti Boshqaruvda intel

Ruhiy faoliyatning faolligiga ko‘ra xotira quyidagi turlarga bo‘linadi:


a) harakat yoki motor harakat xotirasi;
b) obrazli xotira;
v) his-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi;
g) so‘z-mantiq xotira.
    1. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan;


a) ixtiyorsiz, b)ixtiyoriy, v) mexanik.
    1. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko‘ra:


a) qisqa muddatli xotira; b) uzoq muddatli;
v) operativ (tezkor) xotira.
    1. Ruhiy faoliyat qo‘zg‘atuvchisining sifatiga ko‘ra:


a) musiqiy, b) eshitish xotirasi.
    1. Ruhiy faoliyatning inson yo‘nalishiga qarab:


a) fenomenal, b) kasbiy.
Xayolning bilish jarayoni sifatidagi asosiy vazifasi shundan iboratki, u amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning mahsulini oldindan tasavvur qilish va ularning timsollar tariqasida vujudga keltirishdan iboratdir. Inson shaxsiy faoliyatida ayrim qiyinchiliklar vujudga kelsa, ularni bartaraf qilish uchun odam o‘ylanadi, fikriy obrazlarni yaratadi, ularga yangi qo‘shimchalar kiritadi, xullas mahsulotning sifatli chiqishini, uning buyum tariqasida namoyon bo‘lishini xayol uzluksiz ravishda ta’minlab turadi.Xayol bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada hukm suradi, ularni aks ettirish imkoniyatining to‘laroq ro‘yobga chiqishiga yordam beradi. Ayniqsa, u tafakkur bilan bevosita aloqada bo‘ladi, xuddi shu boisdan ularning har ikkalasi ham bashorat qilish, oldindan payqash, sezish, istiqbol rejasini tuzish imkoniyatiga ega. Shuning uchun ular o‘rtasida bir qator o‘xshashliklar va ayrim farqlar mavjuddir. Bu holat quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: 1) xayol tafakkur singari muammoli vaziyatda, masala va topshiriqlar yechish jarayonida tug‘iladi; 2) yangi yechim, usul, vosita qidirishda va ularni saralashda umumiylik mavjud; 3) xayolning ham, tafakkurning ham paydo bo‘lishi shaxsning ehtiyojlariga bevosita bog‘liq; 4) ehtiyojlarni qondirishning dastlab xayoliy obrazlari yaratiladi, uning natijasida vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni tug‘iladi; 5) xayolda oldindan aks ettirish jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol timsollar shaklida vujudga kelsa, tafakkurda ular umumlashmalar, tushunchalar bilvositalik xususiyati orqali ro‘yobga chiqadi.
Inson quyidagi holatlarda yaqqol tasavvurdan yiroq bo‘lgan xayolot olamiga kirib borishi mumkin: 1)inson hech qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida; 2) turmushning og‘ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoyalanish niyatida; 3)shaxsiy nuqsonlarning ta’qibidan; 4) ushalgan armondan; 5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga)uchraganda; 6)alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot (fantaziya) turmushda gavdalanishi mumkin bo‘lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar dasturini namoyon etadi. Yuqoridagi mulohazalar negizidan kelib chiquvchi xayolning bunday shakli psixologiya fanida passiv (sust) xayol deb nomlanadi. Psixologiyada aktiv (faol), ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tiklovchi va ijodiy turlar to‘g‘risida ham muayyan ma’lumotlar mavjuddir.
Xayol analitik holatdan tashqari sintetik xususiyatga ham egadir. Xayolning sintetik holati ushbu fenomenlar orqali ifodalanadi:
agglyutinatsiya (lot. Agglutinare yopishtirmoq, yelimlamoq ma’nosini bildiradi) muayyan tasavvurlarni bir-biriga qo‘shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning yangi obrazlarini yaratishdan iborat xayol fenomenidan biridir; giperbolizatsiya (yunon. Huperbole bo‘rttirish, kuchaytirish ma’nosini anglatadi); sxematizatsiya (yunon. “schema” obraz, shakl vujudga keltirish demakdir); tipizatsiya (yunon. “tupos” iz, chiziq degan ma’noni bildiradi) yoki tipiklashtirish; o‘xshatma-muayyan narsalarga nisbatan qiyoslash orqali muhim va nomuhim tomonlaridan umumiylikni tanlab olish kabilar.
xayol miya katta yarim sharlari po‘stining funksiyasi hisoblanishiga qaramasdan, uning fiziologik mexanizmlari miyaning boshqa qismlari bilan bog‘liq ekanligi to‘g‘risida faraz qilishga imkon tug‘diradi. Miyaning mana shunday chuqurroq qismlari gipotalam-limbik (yunoncha hypothalamus anglatadi va yuksak markazlar majmuasidan iborat bo‘lib, har xil funksiyalar moslashuvini ta’minlab turadi; lotincha limbus chegara, chet, hoshiya degan ma’noni bildiradi; yunoncha thalamus tepalik degani tizimi fantaziya obrazlarining shakllanishi bilan ularni faoliyat jarayonlariga qo‘shilishda miya yarim sharlari po‘sti bilan birga qatnashadi. Tizimning po‘stloq bilan po‘stloqosti qismlari bog‘lanishi tufayli gipotalamus miya stvolining yarim sharlar bilan tutashuvida «limb» (chegara) hosil qiladi.
Tafakkur.A. V. Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga ushbu shaklda ta’rif o‘z ifodasini topgan: «Tafakkur-ijtimoiy-sababiy, nutq bilan chambarchas bog‘liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayondir». O. K. Tixomirovning darsligida berilgan. Tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur- bu o‘z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalariga hamda o‘sha umumlashmalar yangiligiga bog‘liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir". O. K. Tixomirov mazkur ta’rifda tafakkurning aksariyat jihatlari va xususiyatlarini ta’kidlab o‘tgan. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy-sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy-sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Tafakkur operatsiyasi. Analiz va sintez operatsiyalari. Analiz-shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa vahodisalarni fikran yoki amaliy xususiyatlarini tahlil qilamiz. Sintez-shunday bir
tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarni, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Analiz va sintez o‘zaro bevosita mustahkam bog‘langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo‘lsa, uni sintez qilib bo‘lmaydi, har qanday analiz predmetlarni, narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.Taqqoslash-shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya vositasi bilan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
Abstraksiyalash shunday fikrlash, tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Umumlashtirish. Psixologiyada umumlashtirishning keng qo‘llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hissiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko‘proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob’ektiv muhim belgi asosida umumlashtiradi. Hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto‘g‘ri umulashtirishning (N. A. Menchinskaya, Ye. N. Kabanova-Meller) hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta’kidlab kelmoqdalar.
Konkretlashtirish. Umumiy, mavhum belgi va xususiyatlarni yakka, yolg‘iz ob’ektlarga tatbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi insonning barcha faoliyatlarida aktiv ishtirok etadi. Klassifikatsiyalash. Insonning bilish faoliyatida muhim rol o‘ynovchi fikr yuritish operatsiyalaridan biri klassifikatsiyalash hisoblanadi. Bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o‘xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab, narsalarni turkumlarga ajratish tizimi klassifikatsiya deb ataladi
Sistemalashtirish. Fikr ob’ektiv hisoblangan narsa va hodisalarni zamon (vaqt), makon (fazo) va mantiqiy jihatdan ma’lum tartibda joylashtirishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi bilimlarni o‘zlashtirishda, ko‘nikma va malakalarni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Odatda, sistemalashtirish operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va ob’ektlar makondagi, vaqtdagi egallagan o‘rniga qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi.
nutq tafakkur jarayonida hukmlar, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Shuning uchun hukm(juz’iy, shartli, tasdiqlovchi), xulosa chiqarish(induktiv,deduktiv,analogik) va tushuncha(yakka, konkret, umumiy, abstrakt)lar tafakkurning spesifik shakllari deb ataladi.
Tafakkurning individual xususiyatlariga (sifatlariga) bilish faoliyatining mazmundorlik, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlari kiritiladi. Psixologiya
fanida tafakkur shakliga, topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikran originallik darajasiga qarab quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi.


Download 195,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish