Mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari, ilmiy tadqiqot


Intizomga va mehnatga bo‘lgan munosabat



Download 195,01 Kb.
bet9/41
Sana25.02.2022
Hajmi195,01 Kb.
#462268
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
1 MAVZU Boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti Boshqaruvda intel

Intizomga va mehnatga bo‘lgan munosabat:


- Mehnatsevarlik;
- Jamoa o‘rtasida intizomni yo‘lga qo‘ya bilish;
- Atrofdagilarni mehnatsevarlikni tarbiyalash bilish;
- Bir noshud rahbarning beg‘amligi yuzlab minglab kishilar taqdirining bedaxl ta’sir etishi mumkin.

Bilim darajasi:


- Iqtisodiyotni bilish;
- Texnika va texnologiyani bilish;
- Istiqbolni ilmni funksiyalari va strukturasini bilish;


    1. Boshqaruvda bilish jarayonlari.


Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo‘ladi. Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir ob’ektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning ob’ekti bo‘la oladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta’sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan ob’ektlar ong to‘plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. Demak, diqqat-aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir. Diqqatning biror ob’ektga yo‘nalishiga ko‘ra sensor (perseptiv), aqliy (intellektual), harakatlantiruvchi (harakat) shakllariga ajratish mumkin.Diqqat muayyan ob’ektga to‘planishi ko‘p jihatdan insonning his- tuyg‘usi, irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog‘liqdir. His-tuyg‘ular va emotsional holatlar diqqatning ob’ekti bilan uzviy bog‘langandagina uning uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. His-tuyg‘ular, emotsional holatlar qanchalik kuchli va ko‘tarinki tarzda namoyon bo‘lsa, demak diqqat ham shunchalik ob’ektga mustahkam qaratiladi. Hislar, emotsiyalar diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo‘raytiradi. Insonning amaliy va aqliy faoliyati jarayonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar ma’lumotlar bilan boyib borishi natijasida diqqat ham takomillashadi. Yangilikni payqash hissi odam aqliy faoliyatini faollashtiradi (aktivlashtiradi), shu bilan birga, diqqatning ob’ektga uzoqroq to‘planishini ta’minlaydi. Insonning barqarorlashgan kayfiyati diqqatning kuchi va ildamligini oshiradi, tanlovchanligiga ijobiy ta’sir etadi. Stress, affekt singari emotsional
holatlar diqqatga salbiy ta’sir etib, uning tashqi ta’sirlariga beriluvchan, kuchsiz qilib qo‘yadi. Ana shuning oqibatida diqqat chalg‘iydi, bo‘linadi, parishonlik namoyon bo‘ladi, faoliyatdagi bir tekislik buziladi.
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko‘pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu, albatta, bejiz emas, chunki, diqqatning muayyan ob’ektga yo‘naltirilishi iroda kuchi bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning zo‘ri bilan yo‘naltirilgan ob’ektda to‘planib turadi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok qilishi ko‘p jihatdan kishining maqsadiga intilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan diqqatning kuchi, barqarorligi, mustahkamligi, ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o‘lchanadi. Diqqatning yuksak darajada mujassamligini ta’minlab turishda odamning faoliyatni bajarishga muvofiqlashgani muhim rol o‘ynaydi. Har qanday faoliyatni amalga oshirishning boshida qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular kishidan irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. Faoliyatni bajarishdagi nuqsonlarning namoyon bo‘lishi diqqatni to‘plashdagi qiyinchiliklarning oqibati bo‘lib hisoblanadi.
Diqqatning ob’ektga to‘planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog‘liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo‘ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-harakatlarning o‘ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir. Bilvosita qiziqish esa faoliyatning maqsadga, uning natijasiga yo‘naltirilgan qiziqishdir. Ixtiyoriy, irodaviy diqqat bilvosita qiziqish bilan aloqadordir. Psixologik ma’lumotlarning tahliliga ko‘ra, diqqatning ob’ektga to‘planishi va mustahkamlanishi ko‘zlangan maqsadni, faoliyat mahsulining zarurligi hamda sifatining ahamiyatini inson tomonidan anglash orqali ta’minlab turiladi. Faoliyat maqsadini anglash o‘z ish-harakatida kishi diqqatining yuksak darajada mujassamlanishini ta’min etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan biridir.
Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o‘zining yo‘nalishiga ko‘ra tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Agar diqqatning manbai ongimizdan tashqarida bo‘lsa tashqi deb ataladi. Masalan, shofer, tikuvchi, muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo‘ladigan diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo‘lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o‘zi yaratgan narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to‘g‘on qurilishini ko‘z o‘ngiga keltirish bilan bog‘liq holatlar bunga misol bo‘la oladi. Inson ongining o‘zida sodir bo‘layotgan o‘z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu istaklarini va shu kabilarni kuzatishda ichki diqqat yuzaga keladi. Diqqatning har ikkala ko‘rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo‘shish imkoniyatiga egadir.
Oliy nerv faoliyatining alohida reaksiyalari bo‘lmish orientir reflekslar to‘g‘risidagi I. P. Pavlov ilgari surgan ilmiy taxmin (gipoteza) psixologiya fani uchun muhim hissa bo‘lib qo‘shildi, chunki «bu nima?» refleksisiz diqqatning tabiatini ochish mutlaqo mumkin bo‘lmas edi. I. P. Pavlovning «bu nima?» refleksi haqidagi g‘oyasi ixtiyorsiz diqqatning g‘ayritabiiy (refleksiv) xususiyatini ochib berish uchun xizmat qildi. diqqatning fiziologik asoslari to‘g‘risida mulohaza yuritilganda fan olamida ikkita ta’limotning mohiyatiga to‘xtaladi. Ushbu ta’limotlarning birinchisi (I. P. Pavlov qalamiga mansub) diqqatning fiziologik asosi qo‘zg‘alish jarayonining bosh miya yarim sharlar qobig‘ining ayrim uchastkalarida to‘planishi natijasida optimal qo‘zg‘olish o‘chog‘ining hosil bo‘lishi va ayni vaqtda manfiy induksiya qonuniga binoan miya qobig‘ida boshqa nerv markazlarining ma’lum darajada tormozlanishidir. Ikkinchisi esa A. A. Uxtomskiyning dominanta nazariyasi talqinidan iboratdir. Chunki dominanta muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo‘zg‘aluvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘alish markazidir. Dominanta mavjudligida undan boshqa nerv markazlari tormozlangan bo‘ladi. U markaziy nerv tizimiga kelgan har qanday qo‘zg‘olish, impulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob qaytaradi-da, shu tariqa boshqa markazlarni tormozlash evaziga o‘z faoliyatini yana kuchaytiradi.
Sezgi biosfera va noosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat’iy nazar, sezgi organlariga ta’sir
qilish mahsulasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar tariqasida aks etishidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko‘rinishini, ularning xossalarini, o‘ziga xos
xususiyatlarini sezgi organlari yordamida, sezgilar orqali biladi, xolos.
sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo‘zg‘atuvchilarning o‘ziga mutlaq mos (adekvat) bo‘lgan analizatorlar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta’limotlariga ko‘ra, analizatorlar uch o‘zaro uzviy uyg‘unlikka ega bo‘lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilinganda mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir:
tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya’ni retseptordan;
analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog‘lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o‘tkazuvchi asab yo‘llaridan;
periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari (harakatlari) qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po‘stidagi qismlaridan (uchastkalaridan) iboratdir.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko‘z, quloq, teri, burun kabilar), ta’sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi
(efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi.
sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko‘rinishi ingliz olimi Ch. Sherringtonga taalluqlidir):
tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan sezgilar, ya’ni eksterioretseptiv sezgilar (retseptorlar);
ichki tana a’zolari holatlarini in’ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarida joylashgan sezgilar, ya’ni interioretseptiv sezgilar;
tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya’ni proprioretseptiv sezgilar.
Psixologiya fanida uchta katta guruh (turkum)ga ajratilgan sezgilar (eksteroretseptiv, prioretseptiv, interoretseptiv) o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:
Ko‘rish sezgilari Eshitish sezgilari
Hid bilish sezgilari. Eksterotseptiv Ta’m bilish sezgilari
Teri sezgilari
Muskul-harakat (kinestetik)
Statik sezgilar. Propriotseptiv Organik sezgilar. Interotseptiv
Birinchi turkum sezgilarni ko‘rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta’m- maza, kabi turlar tashkil qiladi. Ko‘rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlaridan iboratdir. Ko‘rish sezgilari bosh miya po‘stlog‘i burmasining tepa qismidan joy egallagan. Teri-tuyush, harakat sezgilari miya po‘stini markaziy burmasining orqa qismidan o‘rin olgandir.
A. R. Luriyaning fikricha, interioretseptiv sezgilar asl, tub ma’nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o‘rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilarning sub’ektiv ravishda paydo bo‘lishi yetarli darajada chuqur o‘rganilmagan, xuddi shu bois ular “noma’lum hislar” doirasiga kiritilgandir. Ular to‘g‘risidagi bilimlar bilan tanishish, o‘zgarib borishlarini tekshirish “kasalliklarning ichki manzarasi”ni ifodalab berishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Ichki organlarning xastaligida vujudga keluvchi mazkur holatlar ichki kasalliklarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etishi turgan gap (A. R. Luriya tadqiqotlaridan).
Proprioretseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi holati to‘g‘risida signallar bilan ta’minlab turadi. Ular inson harakatining regulyatorini va afferent asosini tashkil qiladilar.
Periferik retseptorlar muskullarda, paylarda va bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lib, maxsus tanachalari shakliga egadirlar. Mazkur tanachalar Puchchini tanachalari deb ataladi
sezgilarning turli ko‘rinishlari faqat o‘zlarining maxsusligi bilangina emas, balki ular uchun umumiy xususiyatlari bilan ham tavsiflanadilar. Sezgilarning ana shu xususiyatlariga – sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi kiradi.

Download 195,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish