Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi.
Idrok tushunchasi lotin tilida «perceptio» qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersepsiya» (lotincha -ad ga perceptio- idrok, qabul qilish) deyiladi. Appersepsiya- idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar o‘zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tavofutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o‘ziningbilim saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar
idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar ma’lumotlar, xususiyatlar aks ettiradi Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunoncha «phainomenon»-noyob, g‘ayriodatiy holat degan ma’no anglatadi) muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ular jahon psixologiyasi fanida gallyusinatsiya (lotincha hallucinftio» alahlash, bosinqirash, valdirlash, ya’ni yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi, sezilishi), illyuziya (lotincha «illusio» –xato, adashish, yanglashish degan ma’noni bildiradi), attraksiya (frans. attraction»-o‘ziga tortish, mahliyo etish, jalb qilish ma’nosini beradi), yaqqol ko‘rinish (ruscha
«yasnovidenie»-yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyibdan xabar olish demakdir) tushunchalar orqali nomlanadi. Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi-bu yaqqol ko‘rish (yasnovidenie) deb atalib, voqealik, holat, hodisa va tasodifni yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Faqat ayrim hollardagina yaqqol ko‘rishning aniq ilmiy hisoblashlarga asoslangan mahsuli namoyon bo‘lishi mumkin, xolos. Aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko‘rishlik bilish subektining shaxsiy xayoloti, o‘zgalarning diqqatini tortishga, jalb qilishga aloqador hissiy kechinmalardan boshqa narsa bo‘lmasdan, uning yaqqollilik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko‘rish imkonining yuksakligi, aniqligi kishini hanuzgacha hayajonga soladi.
Idrokning muhim xususiyatlaridan biri – bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Idrokning yana bir muhim xususiyati – uning umumlashgan holda narsa va hodisalarning aks ettirishidir. Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. idrok etilayotgan narsalarning fizik holati o‘zgarsa ham, lekin uning ko‘z to‘r pardasidagi obrazining o‘zgarmasligi, nisbiy turg‘unlik ko‘rsatuvchi qonun, eng muhim xususiyat konstantlik deyiladi. Doimiylik, o‘zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi.
Xotira.Insonda shaxsiy tajriba, ko‘nikma, malaka va bilim ko‘lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Ma’lumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari, timsollari va ularning izlari yo‘qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murakkablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytadan jonlanishi mutlaqo mumkin bo‘lmas edi. Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘lanib, asta-sekin mustahkamlanib, miya qobig‘ida puxta saqlanib qoladi, shu bilan birga, hayot va faoliyatning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan jonlanadi, avvalgi holatini boshqatdan namoyon qiladi.
Hozirgi davrda qo‘llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta’rif berilib kelinmoqda: «Individning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin bu ta’rifda xotiraga taalluqli bo‘lgan juda ko‘p sifatlar, xossalar va xususiyatlaro‘z aksini topmagan, prof.E.G‘oziev bo‘yicha «Xotira atrof-muhitdagi voqelik(narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan mnemik (yunoncha mnema-xotira) faoliyatdir”-deya ta’rif berilgan.Ta’rifda xotiraning esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unitish, tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari alohida ajratib ko‘rsatilgan, lekin ularning har biri mustaqil holat va jarayon hisoblanmaydi
xotira 5 ta muhim mezonga (bizningcha) muvofiq ravishda turlarga, ko‘rinishlarga ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |