4- birinchi qo’shiluvchi
3- ikkinchi qo’shiluvchi
7-yig’indi
Birinchi qo’shiluvchini doirachalarga qanday tasvirlaganingizni ko’rsating(4ta ko’k doirachani ko’rsatadilar), ikkinchi qo’shiluvchi(3ta qizil doirachani ko’rsatadilar),yig’indi:(hamma doirachani ko’rsatadilar).Ko’k doirachalarni nariroq surib qo’ying. Nechta doiracha qoldi(3ta).Buni qanday bildingiz
Yozadilar:7-4= 3
Buni birinchi misol bilan taqqoslang.Bumisol birinchi misoldan qanday hosil qilindi (yig’indi 7dan birinchi qo’shiluvchi 4ni ayirib, ikkinchi qo’shiluvchi 3ni hosil qildik).Bu misolni 2ni misol tagiga yozing va uni birinchi misol bilan taqqoslang.(Buyerda yig’indi 7dan ikkinchi qo’shiluvchi 4ni hosil qildik)
Yozadilar: 7-3=4
Shundan so’ng yuqoridagi kabu bir nechta mashq boshqa sonlar bilan bajaradilar, natijad umumiy xulosalarning bolalarning o’zlari ifodalaydilar : agar yig’indidan birinchi qo’shiluvchiini ayrilsa, ikkinvchi qo’shiluvchi, yig’indidan ikkinchi qo’shiluvchini ayrilsa birinchi qo’shiluvchi hosil bo’ladi.
Evrestik suhbardan foydalanishga misol tariqasida ”48-30 va 48-3 ko’rinishdagi ayirish” mavzusidagi darsning bir qismini qarab chiqamiz.
Darsning asosiy maqsadi:O’quvchilarni ayirishni ( bir qismini qarab chiqamiz) yangi formasi bilan tanishtirish.
Darsning dastlabki 5-8 daqiqasi (50+9) -30 va (30+7)-4 ko’rinishdagi misollarning qulay usul bilan yechishga ,shuningdek ikki xonali sonlarning xona birliklarining yig’indisi bilan almashtirishga (28=20+8,45=40+5,71=70+1 va h k)oid ishga bag’ishlanadi.
Doskaga 36-20 misolni yozib qo’yiladi.O’quvchilar uni o’qishadi, shunda kiyin esa sonlarni darlik ilovasida berilgan doirachali palasalarda foydalanib,bir o’quvchi doskaga qolgan o’quvchilar daftarlarida tasvirlaydilar: 36- 20 = (30+6)-20
Doskaga nima yozdim tushuntirib bering.(36 conini xona birliklari 30 va 6 sonlarining yig’indisi bilan almashtirdingiz,30 va 6 sonlari yig’indisidan 20 ayirish misoli hosil bo’ldi).
To’g’ri javob olgach, o’qituvchi yana savollar berishdan oldin yozishni davom ettiradi.
36-20=(30+6)-20=(30-20)+6
Shunday yozish mumkinmi? Bu nimani bildiradi?
To’g’ri javob olgach ,o’qituvchi bolalarga misol yechilishini mustaqil tugatishni taklif qiladi.Yuqorida keltirilgan dars jarayonida o’qituvchi o’quchilariga doimo savollar bilan murojjaat qilishi mumkin ,bu savollarning maqsadi, o’rganilayotgan material (masala)mohiyatini ular qay darajada tushunganliklarini aniqlashdan iborat ekani ko’rinib turibdi.Bu savollar o’quvchilarni u yoki bu yo’l bilan mexanik ravishda javob berish emas, balki o’ylashga , izlanishga , taqqoslashga o’rgatadi. Ular o’quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirtishga yo’naltirilgan .
Albatta, dars davomida o’qituvchi har xil savollar berishiga to’g’ri keladi. Ularning xarakteri (Hatto shakli ham ) birinchi navbatda o’qilayotgan material maqsadiga bog’liq. Bir qator hollarda o’quvchilardan ishning faktik tomoninin idrok qilishini (katefizik xarakterdagi savollar) talb qiluvchi savollar zarur bo’lib qoladi.Ammo reproduktiv (esga tusirish, yodda tiklash) xarakteridagi bunday savolardan haddan tashqari ko’p foydalanmasligi kerak. Ular odatda ,tafakkurni emas, balki xotirani yuqori darajada faollashtiradi.Haqiqatdan ham o’quvchiga ,”Nima deb ataladi?” , ”qanday ataladi?”, ”Bu qanday amal?”, ”Biz nima qildik?”, ”Gapirib ber” kabi savollar berilsa, o’quvchi mexanik faoliyatga , quruq yodlashga o’rganib qoladi.
Savollar o’quvchilarning fikrlashini faolashtirishi uchun , ularni voqia hodisalar va faktlarni taqqoslashga ,solishtirishga, ularni ajratish yoki guruhlashga , ular orasidagi bog’lanishlarni izlashga majbur qilishlari kerak. Quyidagi savolar xuddi shunga da’vat etadi: ,,Nega, Bu nimani bildiradi?”, ” Buni boshqacha yana qanday qilish mumkin?” ”Buni qanday tushinmoq kerak?” va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |