2. O’quv tamoyillari tizimida o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini o’stirish yo’llari
Ta`lim jarayonini izchillik bilan tizimli ravishda tashkil etishga o'qituvchi tomonidan o'z faoliyatini didaktik talablar doirasida tashkil etishga ta`lim qoidalari yordam beradi. Pedagogik adabiyotlarda ta`lim qoidalari o'qituvchi faoliyatiga qo'yiladigan talablar sifatida izoxlanadi. Ammo ta`lim jarayonida xam o'qituvchi, xam o'quvchilar ishtirok etishadi, shu sababli ta`lim qoidalari jarayonining ikkala sub`ektiga- xam o'qituvchi, xam o'quvchiga daxldor. Ta`lim qoidalari o'quv-tarbiya jarayoniga qo'yiladigan ijtimoiy talablar, ta`limni tashkil etish va boshqarishda rioya qilinadigan qoidalar sifatida amal qiladi. Shundan kelib chiqqan xolda, ta`limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga qo'yilgan pedagogik talablar ta`lim qoidalari, deb ataladi. Ta`lim qoidalari ta`lim ishtirokchilari tomonidan so'zsiz amal qilinishi lozim bo'lgan talablardir.
Ta`lim qoidalarining vujudga kelishi, rivojlanishi pedagogika fani tarixi bilan bog'liqdir. Ilk bor ta`lim qoidalarini O'rta Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz Abu Nasr Forobiy, ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy asarlarida uchratish mumkin. Maktab tarixida shakllangan ta`lim qoidalarini izoxlash, tizimga solish va pedagogik talablar sifatida asoslash esa buyuk chex pedagogi Yan Amос Komenskiy nomi bilan bog'liqdir. U o'zining mashxur "Buyuk didaktika" asarida pedagogik amaliyotdagi qoidalarning ko'pchiligini chuqur o'rganib, tajribadan o'tkazib izoxlab berdi.
Buyuk pedagog tabiatga moslab o'qitish g'oyasidan kelib chiqib, ko'rsatmalilik, tushunarlilik, izchillik, faollik bilim malakalarining puxtaligi. Ta`lim qoidalarini tartibga solish va ulardan amaliyotda foydalanishning mezonlarini o'rganish xali xam davom etmoqda.
U yoki bu didaktik xodisaga oid qarashlarini didaktik qoidalar qatoriga kiritishning o'ziga xos mezonlari mavjud. SHunday o'lchovlarga quyidagilar kiradi:
Umumiylik. Ta`lim qoidalari o'quv-tarbiya jarayonining barcha turlariga-ta`limning mazmuni, vositalari, metodlari, tashkiliy shakllari, natijalari uchun mushtarakdir. Binobarin, bolalarning real bilish imkoniyatlariga mos keladigan ta`lim mazmunini belgilashda, ta`limning turli me`yoriy modellarini (o'quv dasturi, darslik, o'quv qo'llanmalari) yaratishda, ta`limning tashkiliy shakllari, vositalari, metodlarini tanlashda ta`lim qoidalariga rioya qilinadi.
Amaliyot uchun yaroqlilik. Ta`lim qoidalari pedagogik amaliyotga yo'nalgan. Ta`limning xozirgi zamon talablari darajasida tashkil etish, boshqarish va nazorat etish extiyojlariga mos bo'lmagan qarashlarni, ta`lim qoidalari qatoriga kiritish mumkin emas.
Ta`limning samaradorligini oshirishga yo'nalganlik
Ta`lim qoidalarining barchasiga rioya qilish va ularni amalga oshirish yo'li bilan o'quv-tarbiya jarayonining samaradorligi oshiriladi.
Ta`limning samaradorligini oshirishga oid tadbirlar va ularni o'quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish yo'li bilan qo'lga kiritiladigan yutuqlar ta`lim qoidalari asosida oldindan belgilanadi.
Ta`lim qoidalari maqomi. Xar bir qoidaning o'z o'rni bor. Ularning birontasini boshqasi bilan almashtirish mumkin bo'lmaganidek, birini ikkkinchisi o'rnida qo'llash xam mumkin emas. Shu bilan birga, ta`lim qoidalaridan biri ikikinchisi uchun o'lchov sanaladi. Masalan, ilmiylik qoidasini ta`limning turli bo'g'inlarida-boshlang'ich, o'rta, maxsus va sh.k.maktablarda amalga oshirish uchun tushunarliliк qoidasiga rioya qilinadi. Tushunarlilik qoidasi, bir tomondan, o'quv-tarbiya ishlarining ta`lim darajalariga qarab asta-sekin murakkablashtirib va qiyinlashtirib borishni taqozo etsa, ikkkinchi tomondan, o'quvchilarning o'z ichki imkoniyatlari- faollik, onglilik kabi qator omillarni xisobga olishni talab etadi. Xuddi shunday, sistemalilik - izchillilikka, mustaqillik - faollikka, ko'rgazmalilik -onglilikka olib keladi. Yuqoridagilarga ko'ra ta`lim qoidalari tizimini quyidagicha belgilashni ma`qul, deb topdik:
- ilmiylik- tushunarlilik;
- sistemalilik-izchillik;
- mustaqillik-faollik;
- ko'rgazmalilik-onglilik;
- xayot bilan bog'liqligi, aloqadorligi-puxtalik.
Do'stlaringiz bilan baham: |