-ichak-chavog‘i olib tashlangan baliq – kallasi olingan va olinmagan bo‘lishi mumkin; qorni yorilib ichak-chavog‘i ikra va urug‘ bezlari bilan birga hammasi olib tashlanadi;
-semujniy usulida kesib tozalangan baliq – qorni bo‘ylab uzunasiga ikki joyidan tilinadi va ichak-chavog‘i olib tashlanadi;
-plast (kallasi olingan va olinmagan) – orqa tomonidan yuqori labidan to dum suzgich qanotigacha kesilib, ichak-chavog‘i, ikrasi va urug‘ bezlari bilan birga olib tashlanadi;
-yarim plast – orqa tomonidan umurtqasi bo‘ylab o‘ng ko‘zidan to dum suzgich qanotigacha kesilgan baliq; ichki qismlari butunlay olib tashlangan (ikrasi va urug‘ bezlari qoldirilishi ham mumkin);
-bo‘lak – kami 10 sm dan ko‘ndalangiga bo‘lak-bo‘lak qilib kesilgan baliq: ichak-chavog‘i, ikrasi va urug‘ bezlari olib tashlangan;
-spinka-baliq – qorin qismi olib tashlangan baliq.
Baliq turi va tuzlash usuliga ko‘ra barcha tuzlangan baliq mahsulotlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |