II. Baliq mahsulotlari
Baliqlar tirik holda sovutilib, muzlatilib, tuzlab, ziravorlar solib, sirkalab, dudlab, koklab, ikra baliq mahsulotlari, konserva qilib savdoga chiqariladi.
2.1. Tirik, sovutilgan va muzlatilgan baliqlar
Tirik baliq. Forel, sterlyad, karp, sazan, lesh, plotva, jerex, lin, karas, yaz, sudak, cho‘rtanbaliq, nalim, laqqa baliq, okun va boshqalar savdoga tirik holda chiqariladi. Tangachalari salga tushib ketadigan chuchuk suvda yashovchi baliqlar tashishda (tsisterna va chanlarda) siqilishga chidamsiz bo‘lganligi uchun, ular tirik holda kam sotiladi.
Tirik baliqlar juda sog‘lom, tetik (bo‘shang bo‘lmasligi), miqti (semiz), shikastlanmagan, tangachalari but bo‘lishi kerak. Ular suvda tashiladi va suvda saqlanadi. Tirik baliqlar tovar navlariga ajratilmaydi. Yangi tutilgan, yangi uxlagan yoki yangi o‘ldirilgan baliq iliq baliq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |