19-MAVZU: AMALIY EKONOMETRIK MODELLAR.
ISHLABCHIQARISH FUNKSIYALARI
Reja:
1. Iqtisodiy o‘sish jarayonini ishlab chiqarish funksiyalari
yordamida tadqiq etish.
2. Ishlab chiqarish funksiyalarining xarakteristikalari.
3. Talab va taklifning ekonometrik modellari.
4. Makroiqtisodiy ekonometrik modellarning turlari va ularni
iqtisodiy tahlilda qo‘llanilishi.
1. Iqtisodiy o‘sish jarayonini ishlab chiqarish funksiyalari
yordamida tadqiq etish
Ishlab chiqarish jarayoni kuzatilayotganda ko‘rish mumkinki
mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo, ish kuchi, texnika vositalari,
elektr energiyasi, asosiy fondlar va boshqa resurslar bevosita qatnashadi
va mahsulot hajmiga ta’sir etadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot bilan unga
sarflangan resurslar orasidagi bog‘lanishni ishlab chiqarish funksiyasi
orqali ko‘rsatish mumkin. Umumiy holda ishlab chiqarish funksiyasi
quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi.
y
=
f
(
x
1
,
x
2
,...,
x
m
),
bu yerda
y
- ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori;
x
i
– resurslar sarfi.
Iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishda asosiy bosqich – bu
funksiya va omillar o‘rtasidagi aloqa shakllarini tanlashdir. Bunga yoki
tekshirmay mantiqiy fikrlarga asoslanib yoki amaliy tajriba,
eksperimentlar asosida erishiladi.
Bog‘liqliklar to‘plamidan iqtisodiy jarayoni xarakteriga muvofiqroq
keladigan ishlab chiqarish funksiyasini tanlashga modellashtirilayotgan
ob’ektning texnologik, fizik-biologik va agrotexnik xarakteristikalarini
o‘rganish asosida erishiladi.
Empirik bog‘liqlikdan nazariy funksiyaga o‘tish eng kichik
kvadratlar usuli yordamida amalga oshiriladi. Uning mohiyati shunday
parametrlarni topishdan iboratdirki, unda funksiyaning hisoblangan
qiymatlari bilan uning haqiqiy qiymatlari o‘rtasidagi farq kvadratlari
yig‘indisi eng minimal bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi:
min
))
(
(
)
(
2
x
f
y
x
F
™
Regressiya tenglamasi to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, bog‘liqlikning
nazariy formasi o‘rganilayotgan aloqa qonuniyatlarini juda aniq aks
ettiradi.
Ishlab chiqarish funksiyalari matematik tasvirlash tipiga ko‘ra
chiziqli, darajali, parabola, ko‘rsatkichli va hokazo bo‘lishi mumkin. Bu
funksiyalarning ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
1. Chiziqli funksiya:
.
1
1
0
x
k
k
y
Bu funksiya bir jinsli bo‘lib, omil-dalillarning doimiy limitli
samaraliligi bilan xarakterlidir. Umuman iqtisodiyot uchun chiziqsiz
aloqa ham xarakterli bo‘lib, ma’lum doiralardagina chiziqli ko‘rinishga
keltiriladi.
2. Darajali funksiya:
b
ax
y
,
bu yerda
u
- ishlab chiqarilgan mahsulot;
x
- ishlab chiqarish resurslari sarfi;
b
- ishlab chiqarish samaradorligining o‘zgarish ko‘rsatkichi;
a
- erkin parametr.
Mazkur funksiya qo‘shimcha mahsulotning qo‘shimcha xarajat
birligiga nisbatan doim o‘sib yoki kamayib borishini nazarda tutadi,
biroq u qo‘shimcha mahsulotning ayni bir vaqtda kamayishi va o‘sib
borishiga yo‘l qo‘ymaydi. Buni funksiyaning birinchi tartibli hosilasida
ko‘rish mumkin:
1
b
bax
y
.
3) Kobba-Duglas tipidagi darajali funksiya eng ko‘p tarqalgan va
universal funksiya hisoblanadi. U quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi;
n
i
i
i
x
a
y
1
,
bu yerda
u
- natijaviy ko‘rsatkich;
x
i
- erkin o‘zgaruvchi miqdor;
,
a
i
- o‘zgarmas miqdorlar;
- ko‘paytirish operatori.
Bu
funksiya
parametrlari
bir
vaqtning
ichida
elastiklik
koeffitsientlariga teng. Elastiklik koeffitsientlarining iqtisodiy mazmuni
shundan iboratki, ular mustaqil o‘zgaruvchilar (
x
) bir foizga o‘zgarganda
natijaviy ko‘rsatkich (
y
) qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi. Darajali
funksiyani xarajatlar o‘rtacha bo‘lganda resurslarning unumdorligi
tadqiqotchini qiziqtirgan vaqtda qo‘llanish nazarda tutiladi. Uning
formasi mahsulot chiqarishda ma’lum resurslar - mehnat, ishlab
chiqarish fondi va tabiiy resurslarning ishtirokini shart qilib qo‘yuvchi
xususiyatlarni aks ettiradi. Bu mazkur funksiyaning xilma-xil iqtisodiy
jarayonlarni bayon qilishda universal qo‘llanilishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |