1 – Laboratoriya ishi
Alkaloidlarga xos sifat reaktsiyalar. Alkaloidlarni aniqlash uchun o’tkaziladigan sifat reaktsiyalarni 2 ta katta guruxga bo’lish mumkin:
1. Umumiy – cho’ktiruvchi reaksiyalar.
2. Xususiy (ba’zi alkaloidlarga xos) – rang xosil qiluvchi reaksiyalar.
O’simliklarda alkaloidlar bor-yo’qligi birinchi guruxga kiruvchi umumiy reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Lekin bu reaksiyalar yordamida o’simlik tarkibida qanday alkaloid borligini aniqlab bo’lmaydi. Alkaloidlar bu reaksiyalarda reaktivlar (yordamida) ta’sirida cho’kma xosil qiladi. Buning uchun xloroform yoki efirda eritilgan asos xoldagi alkaloid eritmasidan chinni yoki shisha plastinkachasi ustiga 1-2 tomchi tomizib quritiladi, so’ngra unga bir tomchi 0,1-0,05 n xlorid yoki sulfat kislota qo’shib eritiladi. Agar eritma ustiga bir tomchi reaktiv qo’shilsa, cho’kma xosil bo’ladi (reaktivdan ozgina qo’shish kerak, aks xolda cho’kma erib ketishi mumkin).
Alkaloidlarni cho’ktiruvchi reaktiv sifatida kompleks yodidlar (Bushard, Vagner, Meyer, Marme, Dragendorf reaktivlari), ba’zi kompleks kislotalar: fosfat-molibdat, fosfat-volfram, silikat-volfram kislotalar (Zonenshteyn yoki Vriz, Sheyblar, Bertran yoxud Godfrua reaktivlari), og’ir metall (simob, oltin, platina) tuzlari va ba’zi kislota xususiyatiga ega bo’lgan organik birikmalar (tanin, pikrin kislota) ning eritmalari ishlatiladi.
Maxsulot tarkibida alkaloidlar bor – yo’qligini aniqlash uchun umumiy (cho’ktiruvchi) reaksiya quyidagicha bajariladi.
100 ml xajmli kolbaga maydalangan maxsulotdan 1 g solib, uning ustiga xlorid kislotaning 1% li eritmasidan 25 ml quyiladi va suv xammomida 5 min davomida qizdiriladi (alkaloidlar maxsulotdan tuz xolida ajralib chiqadi). Kolbadagi suyuqlik sovigandan so’ng filtrlanadi. Bir nechta chinni idishchaga bir necha tomchidan filtrat solib, unga yuqori ko’rsatilgan umumiy cho’ktiruvchi reaktivlardan 1-2 tomchidan qo’shiladi.
Agar eritma ko’pgina reaktivlar (kamida 5-6 xil reaktiv) bilan cho’kma xosil qilsa, bu alkaloid borligidan dalolat beradi, cho’kma xosil bo’lmasa, eritmada alkaloid yo’qligini ko’rsatadi.
Maxsulot va eritmalarda qanday alkaloid borligini xar bir alkaloidga xos rangli ikkinchi guruxga kiruvchi reaktsiyalar bilan aniqlanadi. Bu reaktsiyalar jarayonida alkaloid molekulasida suv molekulasi ajralishi, alkaloid oksidlanishi yoki suv tortib oluvchi reaktivlar (konts H2SO4) ishtirokida aldegidlar bilan kondensatsiyaga kirishishi mumkin. Natijada xar bir alkaloidga xos turli rangdagi maxsulot xosil bo’ladi ( 2-jadval). Alkaloidlarni aniqlashdagi rangli reaksiyalarda kons, sulfat, nitrat, xlorid va boshqa kislotalar, formalin, turli oksidlovchi (K2Nr2O7, KclO4, H2I2), ishqorlar va boshqalar, xamda ishqorlar aralashmalari reaktiv sifatida ishlatiladi.
Alkaloidlarning N-oksid shakli sof (asos) va tuz xolidagi shaklidek reaktsiyaga kirishmaganligi sababli alkaloidlarning N-oksid shakli avval vodorod yordamida qaytarilib, so’ngra analiz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |