Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing. Amaliy mashg'ulot Anabazin gidroxlorid olish texnologiyasi Anabazin gidroxlorid – oq kristall kukun. Erish xarorati 216-2200 C., xidsiz, nordon ta’mli, suvda yaxshi eriydi. Anabazin gidroxlorid kichik miqdorda tamaki chekishni tashlash uchun – metilanabazin nafas olish markazini qo’zg’atuvchi stimulyator vosita sifatida ishlatishga tavsiya etiladi. Anabazindan yana nikotin kislota (vitamin рр) olinadi. Anabazin gidroxlorid 0,003g li tabletka xolida chiqariladi.
Anabazin gidroxlorid ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida sho’radoshlar- Chenopodiaceae oilasiga mansub itsigak – Anabasis aphylla L. o’simligidan foydalaniladi.
Xom ashyoni ekstraktsiyaga tayyorlash va alkaloidlarni ekstratsiyalash. Xom ashyo diffuzorga solinadi va o’tkir bug’da 12-15 min. bug’latiladi. Bug’latishdan sabab oqsil moddalarni o’simlik xom ashyosida ivib qolishning va qisman bo’ktirilishi uchun alkaloidlarning suv bilan ekstraktsiyalash jarayoni 850-950C xaroratda qarama-qarshi oqim bo’yicha diffuzor batereyalarda olib boriladi. Ekstraktlarni diffuzordan diffuzorga siqilgan xavo ostida olib o’tganda ular kalorizatordan o’tadi, u erda ular 850-950C gacha qizdiriladi, 10 karrali ekstraktsiyadan so’ng chiqindi ajratib olinadi. 0,8-0,9% pH 4,5-5 bo’lgan anabazin saqlagan ekstrakt yig’gichga yuboriladi.
Alkaloidlarni kerosin bilan ekstraktsiyalash. Yig’gichdan ekstrakt ishqorlantirichga “druk” filtri orqali yuboriladi. Ekstrakt 42% li pH I 12-11 bo’lgan NaON ning suvli eritmasi bilan ishqorlantiriladi. Ishqorlantirilgan ekstraktlarni kerosin bilan ishlov berish uchun likopchali nasadkali kolonkalardan foydalaniladi. Kolonka ekstraktlar bilan to’ldirilgandan so’ng pastdan markazdan qochma kuch ta’sirida ishlovchi nasos orqali oldindan 75-950C gacha qizdirilgan xolda kerosin yuboriladi. Kerosin kolonka bo’ylab o’tganda ustiga yig’iladi va quyilish trubasi orqali kerosin bilan to’yingan ekstrakt yig’gichga solinadi. Ekstrakt tarkibidagi alkaloidlar miqdori 0,01% ga etguncha kolonnaga kerosin yuboriladi.
Sul’fatlash jarayoni. Sul’fatlash 2 ta o’zaro qo’shilgan sulfatorda olib boriladi, bularning biriga 42% N2SO4 eritmasi solinadi. Xar bir sul’fator bir safar asosiy bir safar oxiri bo’ladi. Asosiy sulfatorda 0,5% N2SO4, oxirgi qismda 10% N2SO4 bo’ladi. Kerosinli ekstrakt yig’gichdan asosiy sul’fatorning injektorga yuboriladi. Oxirgi sul’fatorga sul’fatorlash jarayoni xuddi asosiy sul’fatornikiga o’xshash bo’ladi. Alkaloiddan ozod bo’lgan kerosin oxirgi sulfatordan aloxida idishga solinadi. Keyingi ajralishda oxirgi sul’fator asosiy, tayyor anabazin sul’fat olingandan so’ng asosiy oxirgi sul’fator sifatida ishlatiladi.
Anabazin sul’fatni neytrallash. Texnik anabazin sul’fat suv bilan (1:1) suyultiriladi va pH – 4,5-5 muxitda xloroform bilan ekstraktsiyalanadi. Sul’fat aralashtirgichli, qobiqli va teskari muzlatgichli apparatga quyiladi. Buni ustiga o’lchangan, xisoblangan miqdorda konts N2SO4 solinadi. Aralashma yaxshilab aralashtirilib 50C gacha sovutiladi. Keyin reaktsion massaga aralashtirib turgan xolda asta sekinlik bilan natriy nitrat quyiladi bunda reaktsion massaning temperaturasi 50C dan oshmasligi kerak. Xisoblangan miqdorda natriy nitrit solingandan so’ng reaktsion aralashma 4 soat 50C da aralashtiriladi, keyin 12 soatga tindiriladi. Keyin aralashma 40% li NaOH bilan pH – 6,8-7 ga etguncha neytrallanadi, bundan nitrozoanabazin ajralib chiqadi. Neytrallangan aralashma likobchali ekstraktorga quyiladi va unga xloroform qo’shiladi. Nitrozoanabazin ekstraktsiyasi 1soat davomida olib boriladi jami 7-8 marta ekstraktsiyalanadi, bunda pH – 6,5 bo’lishi kerak.
Ekstraktsiya oxirida xloroformli ekstrakt bir soatga tindiriladi. Birinchi beshta ta ekstrakt qo’shilib, suvsiz natriy gidrosulfatda quritiladi. Nutch filtrda filtrlanadi. Xloroform vakuum-tsirkulyatsion apparatda xaydaladi.
Nitrozoanabazinni gidrolizlash. Nitrozoanabazin aralashtirgichli, qobiqli va teskari muzlatgichli qurilmaga solinadi. Bunga xisoblangan miqdorda 18% li HCL solinadi. Aralashma aralashtiriladi va 98-1000 da qizdirib 8 soat tindiriladi. Reaksion massa sovigandan so’ng uni 40% NaOH bilan pH – 9,0-9,5 muxit xosil bo’lguncha qo’shiladi. Keyin likobchali ekstraktorda anabazin xloroform ekstraktsiyasi olib boriladi. Xloroform ekstraktni suvsiz natriy sulfat bilan quritiladi va nutch filtrida filtrlanadi. Xloroform vakuum-tsirkulyatsion apparatda xaydaladi. Anabazin qoldiq xloroformdan quritiladi va 120-1400C xaroratda 4-5 mm sim ust. qoldiq bosim ostida vakuumda xaydaladi.
Texnik anabazin gidroxloridni olish. Tozalangan asos-anabazin aralashtirgichli, qobiqli va pastki quyilishidan iborat apparatga solinadi. Bunda 1:2 nisbatda absolyut izopropanol solib 10-15 minut davomida aralashtiriladi. Keyin qurilmaga vodorod xlorid ning 25-30% li izopropanol eritmasini oz-oz qismdan solinadi. Xisoblangan miqdorda solingan vodorod xloridning spirtli eritmasi reaktsion massa bilan 1,5-2 soat davomida aralashtiriladi va u muzlatilgan suv bilan sovitiladi. Cho’kmaga tushgan anabazin gidroxlorid nutch-filtrda siqiladi va quritilgan aseton bilan yuviladi. Yuvilgan va yaxshilab siqlgan anabazin gidroxlorid xona xaroratida 10-12 soat davomida quritiladi.
Farmokopik anabazin gidroxloridni olish. Texnik anabazin gidroxlorid shishali dumaloq tubli kolbaga solinadi, unga absolyut izopropanol spirtni (1:4) nisbatda qo’shiladi va qaynab turgan suv xammomida to’liq erib ketguncha qizdiriladi. Keyin eritma emallangan idishga ikki qavatli qog’oz filtridan vakuum ostida filtrlanadi va doimiy aralashtirilib turgan xolda quyuq bo’tqa xosil qilgan aralashma xona xaroratida sovutiladi, cho’kmaga tushgan kristallar nutch-filtrda siqiladi va bir marta uch karalli atseton bilan yuviladi. 10-12 soat davomida davriy aralashtirilib turgan xolda xona xaroratida quritiladi, keyin vakuum ostida 0,6-0,7 atm va 40-500 xaroratda 2-3 soat davomida olib boriladi.
Ushbu jaraoynning texnologik sxemasini tuzing.