Mavzu: Agrobiznesda innovatsion faoliyatini moliyalashtirish yo`llari
Reja:
Kirish
Qishloq xo`jalik dehqonchilik maxsulotlarini yetishtirishda innovatsion faoliyat.
O’simlikchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotini o’rganish xususiyatlari
G’allachilikning xalq xo’jaligidagi axamiyati
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatuvchi agrobiznesni tashkil etish innovatsion faoliyat
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Insoniyat taraqqiyoti tarixida ijtimoiy ishlab chiqarish, shu jumladan tovar-pul munosabatlari alohida o’rin tutadi. Bu jarayon jahondagi turli mamlakatlarda o’ziga xos, o’ziga mos ravishda amalga oshiriladi. O’zbekistonda bosqichma-bosqich shakllanib, rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari mamlakatning taraqqiyot darajasi, urf-odatlarini, madaniy va ma’naviy merosini, mentalitetini va hokazolarni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, shu jumladan, qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarining shakllanishida islohotlarning ustuvor yo’nalishlari, uning nazariy asoslari, amalga oshirish xususiyatlari, Respublika Prezidenti asarlarida, farmoyishlarda, qonunlarda, Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarda bayon etilgan.
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotining barqaror rivojlanishining dolzarb muammolari O’zbekiston Respublikasining «Mulk to’g’risida», «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish», «Er to’g’risida», «Mehnat to’g’risida», «Soliq to’g’risida», «Fermer xo’jaligi to’g’risida», «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi qonun va kodekslarda hamda Respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlarida va boshqa hujjatlarda ko’rsatib o’tilgan.
Bozor munosabatlari tizimini takomillashtirish orqali qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi mahsulotlar va shu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy va moliyaviy resurslar shartnoma asosida erkin bahoda xarid qilish muammolari ijobiy hal qilinishi, past rentabelli, zarar ko’rib ishlayotgan qishloq xo’jaligi korxonalari, fermer xo’jaliklari faoliyatida misli ko’rilmagan o’zgarishlar ro’y berayotgan davrda, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhim rol uynamoqda. Bu esa shubxasiz o’quvchilar va mutaxassislarning bilimini oshirish kabi dolzarb vazifalarni hal qilishni taqozo qiladi.
Keng ma’noda bozor iqtisodiyotiga o’tish va uning barqaror samaradorligini ta’minlash ma’lum davrni talab etadi. Shu maqsadda qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlar yanada chuqurlashtirildi.
Hozirgi davrda bosh vazifa bozor iqtisodiyoti qonunlari, mexanizmlari, kategoriyalari talablarini hisobga olgan holda ko’proq, sifatliroq va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish, ularning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini, shu jumladan, mehnat unumdorligini oshirish, tannarxni pasaytirish, sotish baholarini takomillashtirish hamda xarajatlar rentabelligini oshirish imkoniyatlarini qidirib topish va ulardan oqilona foydalanish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |