Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatuvchi agrobiznesni tashkil etish innovatsion faoliyat
Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish mablaғlari hamda ularning uzoq muddat ishlashini tahminlaydigan tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiga bevosita qishloq xo’jaligiga xizmat qiluvchi tarmoqlar kiradi: ishlab chiqarishga yo’naltirilgan transport, tahmirlash ustaxonalari, ombor xo’jaliklari, kommunikatsiya tizimi va telegraf, aloqa, elektroenergiya uzatish liniyalari, texnik xizmat stantsiyalari, ilmiy – ishlab chiqarish laboratoriyalari, hisob markazlari. Bunday xizmatlarga o’simlik muhofazasi, agrotexnika, veterinariya, texnik tahmir, yuridik va boshqa xizmatlar kiradi. Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko’pgina omillar tahsir etadi. Ularning ichida tuproq-iqlim sharoiti, hudud relhefi, suv bilan tahminlanishi, yer hududi konfiguratsiyasi, yo’l holati, korxonaning joylashishi, ishlab chiqarish obhektlarining joylashishi, qo’llanilayotgan texnologiyalar, ishlab chiqarish ixtisoslashishi va kontsentratsiyalashish darajasiga alohida ehtibor beriladi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida sobiq ittifoq davridagiga qaraganda hozirgi vaqtda aloqaning o’rni va ahamiyati juda muhimdir. CHunki, xo’jaliklarning aksariyat qismi o’zi yetishtirgan mahsulotlarning davlat buyurtmasidan tashqari qismini xohlagan tashkilot, firmaga yoki bozorda sotishi mumkin. SHu bois ularning bozor konhyunkturasini o’rganishi yoki baho tizimi o’zgarib turishidan xabardor bo’lishida, aloqa tizimining eng zamonaviy uskunalaridan foydalanishda xo’jaliklar yetishtirgan mahsulotlarni sotish bilan boғliq bo’lgan jarayonlarni imkon darajasida hal qilishga ko’maklashadi.
Aloqa tizimining yana bir muhim xususiyati shundaki, bunda xo’jalikning ichki tizimida bO’layotgan barcha jarayonlardan xabardorlik hamda ularning muammolarini hal etish imkoni yaratiladi. Xo’jalik ichida faoliyat ko’rsatayotgan barcha uskunalar va mexanizmlarga zarur holatda texnik yoki boshqa xizmatlarni ko’rsatishda, aloqa tizimining o’rni va vazifasi qanchalik darajada ahamiyatli ekanligini ko’rish mumkin.
Xo’jaliklarning sifatli mahsulot yetishtirishi va nasldor chorva mollari bilan tahminlanishida bozordagi holatni o’rganish va boshqa jarayonlarda ilmiy va axborot tahminoti o’ziga xos o’rin tutadi. Bu tahminot orqali yangiliklar qancha tez tarqatilsa, qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari bu yangiliklarni shuncha tez o’zlashtirishi va joriy etishlari, ikkinchidan, ulardan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishlari mumkin. CHunonchi, paxtani plyonka ostiga ekishning juda keng va tez tarqalishi, yahni Andijonda tajriba usulida o’tkazilib, uning boshqa viloyatlarga tarqatilishi yoki rivojlangan chet el mamlakatlari texnologiyasining respublikamizga keltirilishi, yahni "Maral-125", "Magnum-7240", "Keys-2166" kombaynlari va traktorlarining qishloq xo’jaligiga joriy etilishi va ularning ishlab chiqarish jarayonidagi samarali faoliyati shular jumlasidandir.
Asosiy yirik xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlardan biri yo’l xo’jaligidir. Qishloq xo’jaligida eng ko’p tarqalgan va asosiy tarmoq avtomobilg’ yo’llari hisoblanadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo’lgan yo’llar qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni istehmolchilargacha yetkazish kabi keng ko’lamli va salmoqli vazifalarni bajarishadi, ichki tarmoq xarakteridagi yo’llar esa xo’jalik ichidagi barcha ichki muammolarni hal etishda o’ziga xos o’rin tutadi. Xo’jalik ichidagi yo’llar mahsulot ishlab chiqarish bilan boғliq bo’lgan barcha faoliyatlarga xizmat qiladi. Qishloq xo’jaligida yo’llarning joylashishi, asosiy obhektlarga qulay turishi, asfalg’tlanganlik darajasi va tekisliligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda o’z tahsirini ko’rsatadi.
Malumki, infratuzilmaning eng yirik tarmoqlaridan biri transport xo’jaligi hisoblanadi. Ishlab chiqarish harakati jarayonini transportsiz tasavvur qilish qiyin. Bu borada qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatayotgan transportlar faoliyati uzoq davrni o’z ichiga oladi. Dastavval qishloq xo’jaligida transport vazifasini o’tab kelgan ish hayvonlaridan foydalanilgan.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida xizmat ko’rsatuvchi texnikalarning holati ishlab chiqarish samaradorligini ko’p jihatdan belgilab beradi. Keyingi 5-6 yil ichida mavjud texnikalarning bir qismi xizmat muddatini o’tab bo’lgan va ishga yaroqsiz holga kelib qolgan edi.
Etishtiriladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini istehmolchilargacha bo’lgan uzluksizligini tahminlashga ishlab chiqarish infratuzilmasining ikkinchi yirik tarmoғi xizmat qiladi. Bu tarmoqqa mahsulotlarni saralash, tayyorlash, saqlash va sotish bilan boғliq bo’lgan jarayonlar kiradi.
Xo’jaliklarda mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng uni saralash va tayyorlash ishlari olib boriladi. Saralashda mahsulot tarkibidagi ozuqa moddalari ko’rinishiga qarab ikki guruhga bo’linadi. Bu esa, o’z navbatida, mahsulotlarni saqlash uchun tayyorgarlik ko’rishga imkon yaratadi. CHunki saralash jarayonida mahsulotning pishish darajasi, navi va turiga qarab, saqlash dasturi ishlab chiqiladi. Mahsulotning qismini qayta ishlashga topshirish, ikkinchi bir qismini esa saqlash masalasi hal etiladi.
Mahsulotlarni saralash ishlari olib borilmasa, saralash jarayonidagi ehtiborsizlik va kamchiliklar tufayli isrofgarchilikka yo’l qo’yilishi mumkin. Saralangan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash ishlari ularning sifatiga katta tahsir ko’rsatadi. Respublikamiz qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar orasida asosiy pul tushumi paxta, ғalla va meva-sabzavot mahsulotlari hisobiga bo’ladi. Bu turdagi mahsulotlarga ayniqsa, meva va sabzavotlarga tez va soz xizmat ko’rsatilsa, ikkinchi qismi tayyorlov tashkilotlariga sotilsa, nobudgarchilikka yo’l qo’yilmaydi. Qishloq xo’jaligi korxonalarida yetishtiriladigan meva va sabzavot hamda ғalla mahsulotlarini saqlash, birinchidan, xo’jaliklarning moliyaviy ahvolini yaxshilashga imkoniyat tuғdirsa, ikkinchidan, istehmolchilarning yil davomida doimiy talabi qondirilishi mumkin.
Meva va sabzavotlarni saqlash omborxonalari 2 turga bo’linadi:
1. Muvaqqat (vaqtinchalik omborlar);
2. Doimiy omborlar.
Muvaqqat omborlar aholi va chorvachilik majmuasiga yaqin joyga quriladi. Unda ildizmevalar va kartoshkani saqlash mumkin. Doimiy omborlar siғimi 100 tonnadan 30000 tonnagacha bo’lishi mumkin. Bunday omborlarda faol ventilyatsiya bo’lganda mahsulot yaxshi saqlanadi.
Hozirgi paytda meva va sabzavotlarning gaz muhitini boshqarib saqlash rivojlangan Angliya, Frantsiya, Gollandiya, AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda keng qo’llaniladi. Bunda mahsulotlar sifati 7-8 oygacha buzilmasdan saqlanishi mumkin.
Malumki, respublikamiz qishloq xo’jaligida ғalla maydonlari va hosili yildan-yilga oshib bormoqda. Yetishtirilgan rejadagi hosilning davlatga sotilganidan qolgan qismi xo’jalik ixtiyorida bo’ladi. Uning bir qismi istehmol va uruғlik uchun omborxonalarda mahlum vaqtgacha saqlanadi.
Hozirgi kunda don va don mahsulotlarini saqlashda 10-15 %gacha nobudgarchilikka yo’l qo’yilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, xo’jalik uchun zarardir. Dunyo miqyosida don mahsulotlari 3 tartibda saqlanadi:don massasini quruq holda saqlash;don massasini sovutilgan holda saqlash;havosiz joyda saqlash.
Umuman, qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan mahsulotning turiga karab, ularni saqlash uchun zamonaviy omborxonalar va sovutgichlar qurilishini tashkil etish kerak.
Qishloq xo’jaligi korxonalarida o’zlari yetishtirgan mahsulotlarni sotish, yahni istehmolchiga yetkazish juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada hozirgi paytda respublikamizda tajriba yo’qligi hamda xo’jaliklar bozor holatini bilmasliklari sababli ko’p hollarda kasodga uchramoqda. XO’jaliklarda mahsulotni sotishdan avval bozor konhyunkturasini bilish lozim. Bunda o’tgan yil yakunlarini hisobga olib, kelgusi yilda qaysi mahsulotlarga talabning oshishi yoki kamayishi hamda qaysi turdagi mahsulotlarni yetishtirganda xo’jalik yil yakunida yuqori rentabelli ko’rsatkich bilan chiqishi mumkinligini bozor konhyunkturasi oydinlashtiradi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasining har bir tarmoғidagi nuqsonlar bartaraf etilishi uchun zaruriy holatlarda kapital qo’yilmalarni jalb etish kerak. Mavjud ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarini rivojlantirish davr talabidir. Infratuzilmaning har bir tarmoғida, u agroservis tarmoqlari bo’ladimi yoki tayyor mahsulotni istehmolchiga yetkazib berishdagi xizmat ko’rsatuvchi tarmoqla’ bo’ladimi, bundan qathi nazar, har bir soha obhektlarini eng samarali va jahon talablariga javob beradigan texnik jihozlar bilan tahminlash hozirgi kunning dolzarb muammolaridandir. Bu muammolarni o’z vaqtida yechish, birinchidan, qishloq xo’jaligi korxonalari ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirsa, ikkinchidan, aholining oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarga bo’lgan talabini to’la qondirish imkoni yaratiladi.
Xulosa
Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligi birinchi navqbatda, ularning iqtisodiyot va umuman jamiyat uchun o’sib borayotgan ahamiyatidan kelib chiqqan. Iqtisodiyotning tuzilishi innovatsiyalar ta’siri ostida o’zgaradi. Axir resurslardan foydalanishning samaradorligini o’sishi hisobiga ularni bir qismi bo’shaydilar va faolyaitning boshqa sohalariga qayta taqsimlanadilar. Masalan, qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning ulushi qisqaradi, xizmatlar sohasida esa o’sadi. Bundan tashqari, innovatsiyalar yangi ishlab chiqarishlar, sohalarni vujudga kelishi va mavjud bo’lganlarni asta- sekin barham topishining bevosita sababai bo’ladilar.
Innovatsiyalarning jamiyatni iqtisodiy tashkil qilinishini ham o’zgartiradilar. YAngi ijtimoiy institutlar va xo’jalik tashkilotlari (masalan, venchurli firmalar) paydo bo’ladilar, ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar o’zgaradilar. Mulkning tuzilishida siljishlar sodir bo’ladi. Boshqaruv texnologiyasi takomillashadi: vertikal ta’sir ko’rsatishlar borgan sari gorizontallar bilan to’ldiriladi va almashtiriladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mazmuni ham o’zgaradi.
Ushbuni hamda bizning iqtisodiyotimizning o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda ilmiy - texnik taraqqiyot sohasida davlat tomonidan tartibga solishdan voz kechish va bozor mexanizmlari va xususiy tashabbusga umid bog’lash yengiltaklik bo’lib ko’rinadi. Innovatsion jaryonni rivojlanishini boshqarishning o’zagi deb davlatning ilmiy - texnik siyosatini hisoblash zarur.
Innovatsion faoliyatni tartibga solish har xil darajalarda: umuman davlat darajasida, mintaqaviy darajada, alohida korxona, tashkilot, muassasa darajasida amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni boshqarishga tizimli yondoshish har xil darajalardagi regulyativ innovatsion faoliyatning yagonaligi, barcha boshqaruv qurollari va qarorlarining yaqindan o’zaro aloqasi va muvofiqlashganligini ko’zda tutadi.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi innovatsion loyihalarni boshqarishning asosini tashkil qiladi. Davlat innovatsion faolyaitni tartibga solishning barcha turlari- tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, me’yoriy- huquqiyni amalga oshiradi. Bu tartibga solish innovatsion bashoratlar va strategiyalar bazasida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |