Mavzu: Agrobiznesda innovatsion faoliyatini moliyalashtirish yo`llari Reja: Kirish


O’simlikchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati



Download 43,55 Kb.
bet2/7
Sana22.07.2022
Hajmi43,55 Kb.
#840172
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Agrobiznesda innovatsion faoliyatini moliyalashtirish yo`llari

. O’simlikchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
O’simlikchilik qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining yetakchi tarmog’i hisoblanadi. Uning mahsulotlari insonlar uchun oziq-ovqat, chorvachilik uchun yem-xashak, sanoat uchun – xom ashe sifatida foydalaniladi.
O’simlikchilik mahsulotlari jahon xalqlarining eng yirik tabiiy va iqtisodiy boyligidir. XXI asr boshlarida jahon olimlari tomonidan yer yuzida 500 mingga yaqin o’simliklarning mavjudligi aniqlangan. Ularning 23 ming yoki 4,6 foizining mahsulotlaridan jahon xalqlari turli xil maqsadlar uchun foydalanadilar. Ularning 6 ming yoki 26,1 foizi madaniy ekinlar guruhiga kiradi, shu jumladan 400 turi yoki 6,6 foizi O’zbekistonda uchraydi; ulardan 120 yoki 30 foizi ochiq va yopiq maydondarda rivojlantiriladi, ularning mahsulotlaridan aholi uchun oziq-ovqat, chorva uchun – yem-xashak, sanoat uchun natural xom ashyo sifatida foydalaniladi, xolos.
Ilmiy izlanish natijalari shuni ko’rsatadiki, jahon, shu jumladan O’zbekiston xalqlari, yaqin kelajakda o’simlikchilik mahsulotlaridan yanada kengroq va samaraliroq foydalanish uchun real imkoniyatlarga ega. Asosiy vazifa bosqichma-bosqich ularni ishga solish, ko’proq, sifatliroq va raqobatlilik darajasi yuqoriroq mahsulotlarni ishlab chiqarish, binobarin iste’mol qilishdir.
11.2. O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotini o’rganish xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti qonunlari, mexanizmlari va kategoriyalari talablarini hamda madaniy qishloq xo’jaligi ekinlarining botanik, agrotexnik va boshqa xususiyatlarini hisobga olib ular quyidagi turkumlar bo’yicha hisob-kitob qilinadi va rivojlanish natijalari baholanadi:
1. Boshoqli va dukkakli don ekinlari mahsulotlari;
2. Texnika ekinlari mahsulotlari;
3. Kartoshka ekini mahsulotlari;
4. Sabzavot ekinlari mahsulotlari;
5. Poliz ekinlari mahsulotlari;
6. Chorva ozuqalari va ekinlari mahsulotlari;
7. Mevali dov-daraxtlar mahsulotlari;
8. Tokzorlar mahsulotlari;
9. Pillachilik, tut daraxtlari mahsulotlari;
10.Gulzorlar mahsulotlari;
11.Ixota daraxtlar va o’rmonzorlar mahsulotlari;
12.Tabiiy pichanzorlar va yaylovlar mahsulotlari va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan madaniy ekinlar o’z navbatida kichik guruhlarga bo’linadi. Masalan, don ekinlari oziq-ovqatga, yem-xashakka va boshqa maqsadlarga foydalanilishi bo’yicha, texnika ekinlari – tola, shakar, yog’ beruvchi va boshqa turlarga bo’linib hisob-kitob qilinadi, oxirgi natijalari baholanadi.


Madaniy o’simliklar mayda guruhlarining o’ziga xos xususiyatlarini har tomonlar hisobga olib, ularning natura va qiymat shaklidagi iqtisodiy samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy ko’rsatkichlar tizimi yaratilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
1.Yerni ekishga tayyorlash, ekinlarni eki shva parvarish qilish, hosilni yig’ib olish usullari.
2.Elita va tovar urug’lar, ko’chatlar yetishtirish va ulardan foydalanish.
3.Ekinlarni almashlab ekish rejalaridan foydalanish.
4.Mineral va organik o’g’itlardan me’yoriy darajada foydalanish.
5.Mashinalar tizimini yaratish va foydalanish.
6.Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish.
7.Sug’orish usullarini takomillashtirish.
8.Ekinlar hosildorligini hisob-kitob qilish.
9.Ekinlar mahsulotlarini sifati buyicha navlarga bo’lish.
10.Mahsulotlardan sof va qayta ishlangan holda foydalanishni va saqlashni tashkil etish.
11.Ekinlar ekish, parvarish qilish, hosilni yig’ib olish va boshqa jarayonlarda mehnatni me’yorlash, razryadlarga bo’lish, mehnatni tashkil etishva unga haq to’lash.
12.Tarmoqlarda kapital quyilmalardan foydalanish samaradorligini oshirish.
13.Mahsulotlar tannarxi, sotish baholari, rentabellik ko’rsatkichlarini to’g’ri hisoblash va tahlil etishva hokazo.
Ayrim va guruh ekinlar bo’yicha texnologik jarayonlarni tashkiliy va iqtisodiy munosabatlari, tarixiy davrlar bo’yicha tahlil qilish va baholash o’ta murakkab ishdir. U maxsus ilmiy tadqiqot institutlarining izlanish natijalari asosida bajariladi. Ushbu Ma’ruzalar matni da O’zbekiston Respublikasining rivojlanish yillaridagi erishilgan yutuqlari va ayrim kamchiliklarni qisqa muddatlarda kamaytirish chora-tadbirlari bayon etilgan, xolos.
Quyidagi jadvallarda keyingi 10 yillikda, ya’ni 2005-2014 yillarda qishloq xo’jaligi ekinlari yalpi hosili va hosildorligi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, unda mamlakatimizda g’alla mustaqilligiga erishish davri raqamlarda aks etgan. Tahlil etilayotgan davrda g’alla 1,2 martaga, jumladan bug’doy ham 1,2 martaga, makkajo’xori 2,5 martaga, dukkakli don ekinlari 3,3 martaga oshgan. Paxta-xom ashyosi -8,8 ga kamaygan. Bu asosan ekin maydonlari kamayishi hisobiga bo’lgan.Kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari ham mos ravishda – 2,6; 2,6 va 2,7 martaga ko’paygan. SHu davrda barcha qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi (arpadan boshqa) oshib borgan.


Download 43,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish