2-rasm. Sokol konstruksiyasining turlari:
а -g‘isht bilan koshinlangan; b-toshli bloklar bilan koshinlangan; v-plitali koshinlangan; g-suvoq qilingan; d-beton blokli; e-temir beton panelli; 1-poydevor; 2-otmostka; 3-pishiq g‘isht; 4-devor; 5-g‘ishtli sokol bloki; 6-birinchi qavat pol konstruksiyasi; 7-tosh sokol bloki; 8-sokolning bort toshi; 9-koshin plitalari; 10-suvoq; 11-tom po‘lati; 12-beton blok; 13-poydevor devor paneli.
3-rasm. Peshtoq konstruksiyasi:
1-kobilka; 2-mahkamlagich (skrutka); 3-anker to‘sini; 4-peshtoq plitasi; 5-anker
Tashqi devorlar-binoning eng murakkab konstruksiyalaridan biri xisoblanadi. Tashqi devorlar turli kuch bilan va kuchsiz ta’sir etuvchi omillar ta’sirida ishlaydi (18 rasm). Bular qatoriga devorning massasi, unga tashqaridan va ichkaridan ta’sir etuvchi kuchlar va zo‘riqishlar. Quyosh radiatsiyasi, atmosfera yog‘inlari, harorat, namlik va shovqin ta’sirlari. Bino devorini loyixalash va bunyod etish davrida yuqorida qayd qilingan ta’sirlarni inobatga olish, devorning turidan qat’iy nazar, uning uzoq muddat o‘z xususiyatlarni yuqotmasdan xizmat kilish imkoniyatini yaratadi. Tashqi devorlar industrial va tejamkor bo’lishi kerak, chunki ularning kiymati bino umumiy kiymatining 20-25%ni tashkil qiladi. Tashqi devorlarning kalinligi, statik va te’lotexnik xisoblarga muvofik olinadi. Agar devor te’lotexnik xisobga ko’ra kalin kilinishi lozim bulsa-yu, lekin bunda devor materialining mustahkamligidan to‘la foydalanilmaydigan bo‘lsa, boshqa yaroqli material tanlash yoki ko’pqatlamli devor qurish maqsadga muvofiqdir.
Devor konstruksiyasi turlari.
Devorlar konstruksiyasi va terilishiga ko‘ra quyidagilarga: mayda donali tosh elementlar (g‘isht, sopol, blok, mayda blok)dan terilgan; yirik toshlar (yirik bloklar)dan terilgan; quyma va yig‘ma devorbop panellardan yoki hajm bloklardan terilgan devorlarga bo‘linadi. Alohida toshlar oralarini qurilish qorishmalari bilan to‘ldirib hosil qilingan devor toshdan terilgan devor deb ataladi.
Devorlarning normal ishlashi va yaxlitligini ta’minlash uchun toshlarni terishda choklarga ajratuvchi ma’lum qoidalarga rioya qilinadi (2.19-rasm). Devorlarni terishda vertikal choklar bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi kerak. Vertikal choklarning bunday bekitib ketilishi bog‘lanish deb ataladi.
Ustunlar va devorning derazalar oralig‘idagi qismini terishda choklarni bog‘lashning ana shu sistemasi qo‘llaniladi.
a) ^ t
G‘isht devorli binolarning zilzilaga chidamliligini oshirish uchun bir necha xil tadbirlar qo‘llaniladi. Bunda binoning turg‘unligi va fazoviy bikrligi qavatlararo yopma va tom yopmasi tekisligida devorlar ustidan bo‘ylama va ko‘ndalang o‘rnatilgan zilzilaga qarshi quyma yoki yig‘ma temirbeton armatura uzluksiz bo‘lishi kerak. Bu belbog‘lar armaturalari o‘z navbatida devorlar orasidan chiqarilgan temirbeton ustunchalarning po‘lat armaturalari yordamida o‘zaro bog‘lanib, fazoviy karkas hosil qiladi. Bino devori konturi bo‘yicha ilingan quyma temirbeton ora yopma o‘rnatilgan bo‘lsa, uning tekisligida zilzilaga qarshi belbog‘lar qo‘yilmasa ham bo‘ladi.
rasm. G‘isht devorlar terish usullari:
a - ikki qatorli; b - olti qatorli; 1 - ko ‘ndalangg‘ishtlar;
2 - uzunasiga yotqizilgan g ‘ishtlar.
Zilzilaga qarshi belbog‘ devorning butun eni barovarida o‘rnatilib, balandligi kamida 150 mm bo‘lishi kerak. Devor qalinligi 500 mm va undan katta bo‘lsa, belbog‘ enini devor enidan 100-150 mm kichik olish mumkin.
O‘z navbatida, har bir qavat uchun g‘isht bino devorlarining balandligi, zilzila kuchi 7, 8 va 9 balli mintaqalarda tegishlicha 5, 4 va 3, 5 m dan oshmasligi kerak. Agar devorlar armaturalar yordamida yoki ularga temirbeton kiritilib kuchlantirilsa, qavat balandligini yuqorida keltirilgan zilzila kuchiga muvofiq 6,5 va 4,5 m ga yetkazish mumkin.
Suvalmaydigan devor sirtidagi g‘ishtlar orasidagi vertikal va gorizontal choklarga maxsus moslamalar yordamida pardoz beriladi. Bu moslamalar choklarga bo‘rtgan, botiq, tekis va ochiq chok shaklini beradi. Suvaladigan sirtlarda g‘ishtlar orasidagi choklar 10-15 mm chuqurlikda bo‘lib, bu suvoq bilan devorning yaxshi bog‘lanishini ta’minlaydi (2.20-rasm).
a) b) d) e)
rasm. G‘isht devorlardagi choklarni pardozlash:
a - ochiq chok; b - tekis chok; d - bo'rtgan chok; e - botiq chok;
f - gorizontal chokni pardozlash.
Yaxlit g‘ishtlardan terilgan devorlarning asosiy kamchiligi hajm og‘irligi va issiqlik o‘tkazuvchanligining kattaligidir. Shunga asosan o‘rta iqlimli mintaqalarda tashqi devorlar 2,5 g‘isht qalinligida olinadi. Bu esa binoning og‘irligi katta bo‘lishiga va poydevorni qo‘shimcha kattalashtirishga olib keladi. Bunday mintaqalarda devor qalinligini va og‘irligini kamaytiruvchi, issiqlik o‘tkazuvchanligi kam bo‘lgan ichki kovak g‘ishtlarni (kovaklari ochiq yoki bir boshi ochiq) ishlatish maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda ichi g‘ovak g‘ishtlar bilan birgalikda zichligi 1400-1800 kg/m3 bo‘lgan yengil g‘ishtlar ham ishlatiladi. Bunday g‘ishtlar loyga kuydirish jarayonida yonib ketadigan va o‘rnida bo‘shliq hosil qiladigan to‘ldiruvchilar aralashtirib qoriladi.
Choklar bog‘lanishi og‘irlik kuchining tekis taqsimlanishini va devorni tashkil etuvchi hamma toshlar birgalikda ishlashini ta’minlaydi. Tosh devorlarni tiklashda yirik blok va devorbop panellarni o‘rnatishda se- mentli ohak, sement gruntli yoki sementli qorishmalar ishlatiladi. Quy- ma devorlar yoki betonni maxsus qoliplarga quyib tayyorlanadi. Qolip- lar devor ma’lum balandlikka yetgandan so‘ng yuqoriga surib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |