Yirik devor panellari
Yirik panelli uy deb zavodda tayyorlangan yirik o`lchamli ichki, tashqi, orayopma, ‘eregorodka, balkon panellaridan yig`ib montaj qilingan konstruktsiyasiga aytiladi.
Yirik devor panellari yirik hajmiy blok elementlarga qaraganda maydoni katta va qalinligi ikki marta kam bo`ladi. Yirik panelli uy elementlarining o`ziga xosligi ularning katta o`lchami va yuqori darajada zavodda tayyorlanganligidir. Devor panellarini yirik bloklardan farqi shundaki bular mustaqil ustuvorlikka ega emas, shuning uchun ular maxsus moslamalar bilan o`rnatilayotgan ‘aytda vaqtincha mahkamlanadi, keyin ko`ndalang devor, orayopma yoki karkas elementlari bilan payvandlab yoki boltlar yordamida doimiy mahkamlanadi.
Devor panellarini ajratilish (razrezka) tizimlari konstruktiv, trans’ort va montaj qilish tomonlari hisobga olinib tanlanadi. Devor paneli o`lchamini tanlashda devorlarni ajratilish sxemasini qabul qilinganligi asosiy omil hisoblanadi.
Devorda panellarning ajratilishini beshta asosiy sxemasi bor:
a) Gorizontal:
Bir qavatli panellar bir xona ko`rinishida;
Ikki xona o`lchamida, ya’ni ikki derazali;
po’losali-’olosa belbog`li va oraliq (‘rostenka) panellaridan yig`iladi.
b) Bo’ylama:
Ikki qavatli panellar, har qavatda bir derazali;
5) po’losali - ikki qavat balandligida bo’ylama oraliq (‘rostenka) va qavatlararo belbog` panellari.
Yirik panelli binolar konstruktiv sxemasi bo`yicha ikki guruhga bo`linadi:
1.Sinchsiz (karkassiz);
2.Sinchli (karkasli).
Sinchsiz binodagi tashqi va ichki devor panellari tushadigan yuklarni qabul qilib oladi. Binoning qattiqligi va ustuvorligi tashqi va ichki devor panellari hamda orayopma panellarning o`zaro bog`lanishi bilan ta’minlanadi.
Sinch panelli binolarda tushadigan yuklarni rigellar va sinch ustunlari qabul qiladi, devor panellari faqat himoya vazifasini bajaradi.
Sinchsiz panelli binolar 4 konstruktiv variantda bo`ladi:
Uchta bo`ylama yuk ko`taruvchi devor - ikkita tashqi va ichki, bunda orayopma paneli ikkita qisqa tomonga tayanadi;
Tashqi yuk ko`taruvchi devorli va ichki ko`ndalang hamda bo`ylama devorli, bunda orayopma kontur bo`yicha tayanadi;
Tashqi yuk ko`taruvchi devorli va ichki ko`ndalang, bunda orayopma uch tomoni bilan tayanadi;
Ko`ndalang yuk ko`taruvchi devorli, bunda orayopma ikki tomoni bilan tayanadi.
Konstruktiv sxemalarni tanlashda uncha katta yuzali bo`lmagan xonalarni tashkil qilishda sinchsiz sxema qo`llaniladi. Katta xonali jamoat binolarida sinchli sxema qo`llaniladi. Hozirgi kunda yirik panelli turar joy binolari 5,9,12 va 16 qavatli qilib qurilmokda.
Sinchsiz binoning sinchli binoga qaraganda yaxshi tomonlariga yig`ma elementlar sonining kamligi (uch martagacha), ‘o`latning kam sarflanishi, montajning oddiyligi va mehnat hajmining kamligi, yig`ma elementlarning zavod sharoitida tayyorlashning yuqori darajadaligi, intererda ustun va rigellarni chiqib turmasligi kiradi.
Sinchli binolarning sinchsiz binolarga qaraganda yaxshi tomonlariga 1m2 yashash maydoniga to`g`ri keladigan konstruktsiya og`irligining kamligidadir. Bu trans’ort xarajatlarini sezilarli kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |