Og’iriligi 3 tonnagacha bo’lgan katta o’lchamdagi sun’iy yoki tabiiy toshlardan quriladigan binolar yirik blokli deb ataladi.
Bunday binolarda devorning xamma elementlari shu jumladan yo’malar, ichki to’suvchi devorlar, zinalar xam yirik o’lchamli elementlardan tashkil to’gan.
Yirik bloklarni tayerlash uchun asosan engil betonlar ( q 1800 kgg’m3 bo’lgan) shlakobeton, keramzitbeton, g’ovakli beton va x.k.lar ishlatiladi. Rakushechnik va tuf toshlariga boy xududlarda, arralab olingan tabiiy bloklar ishlatiladi.
Yirik bloklarning qalinligi, g’isht devorlar qalinligiga teng qilib olinadi. Tashqi devorlar uchun 400 mm, 500 mm, 600 mm ular asosan to’g’ri to’rt burchakli parallelipiped shaklidadir.
Binoning burchaklari, peshtoqi (karniz), ‘anjarasi (‘ara’et), sokol, balkon, zinalari uchun maxsus bloklar ishlatiladi.
Bunday devorlar asosan tashqi va ichki yuk ko’taruvchi devorli konstruktiv sxema asosida quriladi. g’isht devorlariga nisbatan afzalliklari quyidagicha: mustao’kamligi yuqori; ko’’ga chidamlilik ko’rsatgichi katta; tezkor ravishda bunyod etiladi; texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlari yuqori; xamma elementlari industrial ravishda tayeralanadi; ravoq (‘eremo’chka)... va balkon bloklaridan tashqari boshqa bloklar tarkibida armatura bo’lmaydi. Kamchiliklari: maxsus xillarning ko’’ligi, burchak, kirish, balkon, peshtoq va ‘anjaralarni o’rnatishning murakkabligi, ayrim bloklarning nisbatan engilligi yuk ko’taruvchi kranlarning foydali ish koeffitsientini kamaytirib yuboradi.
Tashqi yirik blokli devorlar asosan 2 xil ko’rinishda teriladi (24 rasm):
2 qatorli
4 qatorli
24 rasm. Tashqi devorlarni bloklarga ajratish: a – ikki qatorli, b – to’rt qatorli.
Bloklarning turlari, o’lchamlari va shakllari maxsus kataloglarda nashr qilinadi.
Tashqi devor bloklarining sirti pardoz langan bo’ladi. Yirik bloklar o’zaro sement-qum qorishmasi bilan biriktiriladi. CHoklarga maxsus zichlashtiruvchi va namlik o’tkazmaydigan materiallar (mastikalar) ‘aroizol, chernit va x.k. qo’yiladi.
Yirik blokli devorlarning fazoviy mustao’kamligi, yo’malar bilan devorlarda qoldirilgan temir elementlarini o’zaro payvandlash va choklarni beton yoki qorishma bilan to’ldirish xisobiga ta’minlanadi. Seysmik mustao’kamliligi yo’malar tagida va burchaklarda ko’zda tutiladigan bo’ylama va gorizontal antiseysmik kamarlar yordamida amalga oshiriladi. O’zbekistonning yangi o’zlashtirilgan xududlardagi qishloq qurilishida ko’’lab bir va ikki qavatli yirik blokli binolar bunyod etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |